Innovative Academy
  • Register
  • Login
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Journals
    • Eurasian Journal of Academic Research
    • Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences
    • Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture
    • Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences
    • Eurasian Journal of Mathematical Theory and Computer Sciences
  • New Journals
    • Central Asian Journal of Education and Innovation
    • Eurasian Journal of Technology and Innovation
    • Bulletin of pedagogs of new Uzbekistan
    • Bulletin of students of new Uzbekistan
  • Conferences
    • Science and technology in the modern world
    • Applied Sciences in the modern world: problems and solutions
    • Natural Sciences in the modern world: theoretical and practical research
    • Innovative research in the modern world: theory and practice
    • Pedagogy and psychology in the modern world: theoretical and practical research
    • Social Sciences in the modern world: theoretical and practical research
  • Announcements
    • Ilmiy maqola qanday yoziladi?
    • Questions and answers to doctoral studies
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • What is the Hirsch index and how to increase it?
    • atm

Search

Advanced filters

Search Results

ASTRONOMIYA FANIDAN SINFDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL ETISH

Astronomiya fanidan dars mashg’ulotlari jarayonini tashkil etishning asosiy shakli ham u yoki bu turdagi dars mashg’ulotidir, shubhasiz. Tashkil etilgan dars jarayonining har biri umumiy yakunlangan, shuning bilan birga aniq bir maqsadga (o’quvchilarga yangi bilimlar berish, yangi astronomik tushunchalarni kengroq shakllantirish, olingan bilimlairni amaliyotda qo’llash malakasiga ega bo’lishni o’rgatish, mavjud bilimlarni yanada chuqurlashtirish va ularni mustahkamlash, takrorlash hamda nazorat qilish kabilar) yo’naltirilgan bo’ladi.

Sarvinoz Hamidova, Oysha O’rinova, D.I. Kamalova

63-66

2023-01-10

GAMIFIKATSIYA METAVERS VA KVEST TEXNOLOGIYALARI TA’LIMNING KELAJAGI

Zamonaviy ta'lim jarayonida texnologik yutuqlar o'ziga xos o'rin tutmoqda. Gamifikatsiya, metavers va kvest texnologiyalari kabi innovatsion usullar talabalarning motivatsiyasini oshirish va ularni interfaol muhitga jalb qilish uchun samarali vositalar sifatida qo'llanilmoqda. Ushbu tezisda gamifikatsiya tamoyillari, metavers platformalarining potensiali va kvest texnologiyalarining ta'limdagi roli tahlil qilinadi. Natijada, bu usullar ta'lim jarayonini yanada samarali va mazmunli qilish uchun zarur vosita ekanligi isbotlanadi.

Kumushoy O’rinboyeva , Madinabonu Maripova , SHohista Abubakirova , SHohsanam Zafarova

126-128

2025-04-28

ASTRONOMIYA FANINI O‘QITISHDA ILMIY-TADQIQOT NATIJALARIDAN FOYDALANISH

Ushbu maqolada astronomiya fanini o‘qitishning muhim jihatlaridan biri
bo‘lgan ilmiy-tadqiqot natijalaridan foydalanish haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.

Iroda Otaqulova, Dilshodaxon Djabborxonova

60-62

2023-05-07

MEXANIKA KURSINI OʻQITISHDA OʻYIN-TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI

Mazkur maqolada mexanika kursini o‘qitishda o‘yin texnologiyalaridan foydalanishning ilmiy-nazariy asoslari, ularning samaradorligi, talabalarda fan bo‘yicha chuqur bilim hosil qilish, mustaqil fikrlash va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini shakllantirishdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy ta’limda gamifikatsiya (o‘yinlashtirish) texnologiyalarining o‘rni, ularni tatbiq etish usullari va xorijiy tajribalardan namunalar ko‘rib chiqilgan.

Kumushoy Oʻrinboyeva , Saboxat Abduqaxxorova , Marvaroy Axunova , Mashxuraxon Qo’chqarova

149-151

2025-04-18

UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA "SAQLANISH QONUNLARI"

Ushbu maqolada umumta’lim maktablarida fizika fanida o‘qitiladigan “Saqlanish qonunlari” mavzusi pedagogik jihatdan tahlil qilinadi. Maqola energiya, impuls va zaryad saqlanish qonunlarining nazariy asoslari, ularni amaliy mashg‘ulotlarda o‘rgatish metodikasi va o‘quvchilarda tushunishni mustahkamlashning samarali yo‘llarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, interaktiv dars uslublari va eksperimental mashg‘ulotlar yordamida saqlanish qonunlari konseptini yanada aniq va chuqur tushuntirish mumkin.

I. M. Toirjonova , L.O. Jumanazarova , Z. U. Tilovboyeva

118-121

2025-12-15

ASTRONOMIYA TA’LIMIDA STEAM VA FANLARARO INTEGRATSIYA

Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida astronomiya fanini o‘qitishda innovatsion STEAM (Science, Technology, Engineering, Arts, Mathematics) yondashuvining nazariy-metodik asoslari tahlil qilingan. Astronomiya darslarida aniq fanlar (fizika, matematika, kimyo) va muhandislik-texnologik elementlarning o‘zaro integratsiyasi aniq faktlar, ilmiy formulalar hamda vizual modellashtirish orqali yoritib berilgan. Maqolada o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash, muammolarni yechish ko‘nikmalari va kosmik dunyoqarashni shakllantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar keltirilgan.

Sabina Xudoyqulova, Dilnavoz Kamalova

125-127

2026-02-10

FIZIKA O’QITISHDA VIRTUAL O’YINLARNING AHAMIYATI

Mazkur maqolada zamonaviy ta’lim jarayonida virtual o’yinlardan foydalanishning fizika fanini o’qitishdagi ahamiyati yoritilgan.Vertual òyinlar ta'lim jarayonida innovation yondashuv sifatida qaralib,ular o'quvchilarda fanga bo'lgan qiziqishni oshirish murakkab fizik tushunchalarni osonroq tushunish,eksperimentlarni xavfsiz va interaktiv shaklda bajarish imkoni berishi ta'kidlangan.Shuningdek,vertual o'yinlar orqali o'quvchilarning mantiqiy fikrlash,muammo yechish,hamkorlikda ishlash kabi ko'nikmalarini rivojlantirish mumkinligi ko'rsatib o'tilgan.

Kumushoy Oʻrinboyeva , Roziyaxon Muxtarova , Zuhra Ibrohimjonova , Moxichehra Ashurboyeva

145-148

2025-04-18

MEXANIKA BOʻLIMINING ASOSIY MAVZULARINI “KVEST” TEXNALOGIYALARI YORDAMIDA OʻRGANISH

Ushbu tezisda mexanika fanining asosiy mavzularini "kvest" texnologiyalari yordamida o'rganish jarayoni ko'rib chiqiladi. Mexanika, fizika fanining muhim tarmog'i bo'lib, harakat va kuchlar, materiallar mexanikasi, dinamika va statika kabi asosiy tushunchalarni o'z ichiga oladi. "Kvest" texnologiyalari esa zamonaviy ta'limda interaktivlik va innovatsiyalarni ta'minlaydigan vositalar sifatida ajralib turadi.

Kumushoy Oʻrinboyeva , Orzixon Raxmonaliyeva , Maftuna Raxmonqulova , Zarifa Xaydarova

142-144

2025-04-18

KOMETA VA ASTEROIDLAR: FARQI NIMADA?

Ushbu ilmiy maqolada kometalar va asteroidlar o‘rtasidagi farqlar chuqur tahlil qilinadi. Har ikkala osmon jismi ham Quyosh tizimiga tegishli bo‘lib, ularning kelib chiqishi, tarkibi va harakatlanish xususiyatlari bir-biridan keskin farq qiladi. Kometalar — muz, gaz va chang aralashmasidan tashkil topgan bo‘lib, Quyoshga yaqinlashganda bug‘lanish natijasida yorqin quyruq hosil qiladi. Ular odatda uzoq orbitali va sekin harakatlanuvchi jismlar sanaladi. Aksincha, asteroidlar tosh va metallardan iborat bo‘lib, ular ko‘proq Mars va Yupiter orasidagi asteroid kamarida joylashgan. Ularning yuzasi qattiq, shakli esa noaniq bo‘lishi mumkin.

Kumushoy O’rinboyeva , Ma’muraxon Mirzayeva, Gulmiraxon Dehqonova, Mehribonu Shahobiddinova

38-43

2025-04-25

FIZIKA O’QITISHDA SUN’IY INTELLEKTDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI

Ushbu maqolada sun'iy intellektini ta'limda qo'llashning ijobiy va salbiy oqibatlari ko'rib chiqamiz, ta'lim sohasiga sun'iy intellekt tizimlarining paydo bo'lishi, rivojlanishi va imkoniyatlari hamda ularni ta'lim jarayonida qo'llash orqali ta'lim sifatini oshirish haqida fikrlar yuritilgan. Fizikani umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'qitishning zamonaviy usullari: axborot texnologiyalari orqali o'qitish, loyiha usuli orqali o'qitish, fanlararo bog'liqlik usuli orqali o'qitish va boshqa usullardan foydalanish taqdim etilgan.

Kumushoy Oʻrinboyeva , Izzatillo Maxmudov , Mahliyo Foziljonova , Mahliyo Xoldarova

139-141

2025-04-18

RAQAMLI O’YINLAR VA UNING TA’LIM TIZIMIDAGI O’RNI

Bir sohani rivojlantirish uchun ilmiy yondashuv kerak. Buning uchun xodimlarning bilim va dunyoqarashini oshirish zarur. Bu esa o'qitishda yangicha yondashuvlarni ilgari surish, o'qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishni taqozo etadi. Ushbu maqola maktab fanlarini o'qitish, o'quvchilar tafakkurini rivojlantirishda raqamli (kompyuter va mobil) o'yinlarning ahamiyati haqida ma'lumot berilgan. Fanlarni o'qitishda yuzaga keladigan muammolar, ularni bartaraf etishda o'yinlarning roliga alohida e'tibor qaratilgan. Shuningdek, maqolada o’quvchilarni o'qitishda raqamli o'yinlardan foydalanish samarasi tasvirlangan.

Kumushoy Oʻrinboyeva , Mahliyo Abdusattarova , Zilola Abduqahharova , Muazzamoy Yoqubjonova

157-161

2025-04-18

UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARDA ASTRONOMIYA FANINI O‘QITISHDA VIRTUAL USLUBLARDAN FOYDALANISH.

Ushbu maqola astronomiya fanini o‘qitishda amaliy va laboratoriya
mashg‘ulotlarida smartfonlarga o‘rnatish mumkin bo‘lgan virtual laboratoriya va simulyator
ilovalardan foydalanish. Astronomiyaga oid eng yaxshi mobil ilovalar haqida ma’limotlar
taqdim etiladi.

Dilshodaxon Djabborxonova

83-86

2023-05-10

KINEMATIKA

Ushbu kirish qism antik davrdan boshlangan harakatni o‘rganish urinishlaridan tortib Nyuton mexanikasi va matematik ifodalarning roliga qadar bo‘lgan rivojlanish tarixini yoritadi. Matematika fizik kattaliklarni universal tarzda aniqlash va ulardagi munosabatlarni qat’iy matematik tilda ifodalash vositasi sifatida tavsiflanadi. “Harakat” tushunchasi fazoda va vaqtda jismning o‘rnining nisbiy o‘zgarishi sifatida aniqlanib, fazo va vaqt o‘lchov etalonlari — metrologik standartlar orqali aniqlanadi. Kinematikaga kirishda moddiy nuqta, tekis va tekis tezlanuvchan harakat, aylana bo‘ylab harakat va ballistik (burchak ostida otilgan jismlarning) misollari ko‘rib chiqiladi.

Dilnavoz Kamalova , SHahzoda SHomurodova

106-113

2025-07-30

MİRZO ULUG’BEK- BUYUK O’ZBEK ASTRONOMİ

Dunyo astronomiya fani taraqqiyotida o’rta asr Sharq astronomiyasi, jumladan, Markaziy Osiyo olimlarining faoliyati alohida o’rin tutadi.Bu davrda ayniqsa, Quyosh,Oy va sayyoralarning harakat nazariyasi, amaliy astronomiyaning vaqt va joyning geografik koordinatalarini aniqlashga doir masalalari bo’yicha O’rta Osiyo, xususan, o’zbek allomalari juda boy meros qoldirdilar. Bu davrda musulmon mamlakatlarning yuzlab buyuk mutafakkirlari astronomiya, matematika va falsafa fanlari bo’yicha tadqiqot ishlari bilan mashg’ul bo’ldilar.Ular ichida: Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad al- Farg’oniy,Abu Nasr al- Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Umar Xayyom, Abu Mahmud Hamid al-Xo’jandiy,Nasuriddin at-Tusiy, Mahmud al-Chag’miniy, Qozizoda Rumiy, G’iyosiddin Jamshid Koshiy va Mirzo Ulug’bek kabi mashhur siymolar o’z ijodlari, ilmiy meroslari bilan Markaziy Osiyo xalqlarininggina emas, balki dunyo xalqlarining boyligiga aylanib, bugun jahonning barcha ellari orasida hurmat bilan tilga olinadilar.Ushbu maqolada ana shunday buyuk’ allomalardan biri buyuk astronom Mirzo Ulug’bek  haqida so’z ketadi.

Jumayev Dilshodbek Yo’ldosh O’g’li

1-4

2022-03-11

KOMPTON EFFEKTI VA VODOROD ATOMINING ELEKTRON STRUKTURASINING RIVOJLANISHI HAMDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA NAZARIY TAHLILLAR

Ushbu maqola Kompton effekti va vodorod atomining elektron tuzilmasining rivojlanishiga oid zamonaviy nazariyalarni o‘rganadi. Maqolada Kompton effekti, fotonlar va moddalar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirni ifodalovchi kvant fenomeni sifatida ko‘rib chiqiladi, shu bilan birga, vodorod atomining elektron tuzilmasi va uning kvant mexanikasi asosidagi rivojlanishlari tahlil qilinadi. Bohr modelining o‘zaro munosabatlari va uning cheklovlari, shuningdek, zamonaviy kvant mexanika metodlari yordamida muhokama qilinadi. Maqola, har ikkala nazariyaning ilmiy yutuqlari va kamchiliklarini tahlil qilishga qaratilgan bo‘lib, bu ikki fenomenning rivojlanishi kvant nazariyasining mukammal tushunilishiga qanday hissa qo‘shgani ko‘rsatiladi.

Ixtiyor Maxmudov, Jamoliddin Begʻamov, Ra’no Jumaeva

12-15

2024-12-06

MIRZO ULUG`BEKNING HAYOTI VA FAOLIYATI

Ushbu maqola buyuk davlat arbobi, olim va astronom Mirzo Ulugʻbek ning hayoti va ilmiy faoliyatini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada uning ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi, ayniqsa astronomiya va matematika sohasidagi ishlari yoritiladi. Shuningdek, Ulug‘bek tomonidan tashkil etilgan ilmiy maktab va uning jahon ilm-fanidagi o‘rni tahlil qilinadi.

Nigora Muhammadova , Shahlo Karimjonova

146-147

2026-03-25

KEPLERNING SAYYORALAR HARAKATI QONUNLARI

Mazkur maqolada Yoxann Keplerning sayyoralar harakati qonunlari to‘g‘risidagi ilmiy kashfiyotlari, ularning tarixiy o‘rni, ilmiy va amaliy ahamiyati batafsil o‘rganiladi. Sayyoralar orbitasi va ularning harakatidagi qonuniyatlarni tahlil qilishda Keplerning uchta asosiy qonuni muhim rol o‘ynaydi. Ushbu maqolada Keplerning sayyoralar harakati haqidagi nazariyasi, uning Ptolemey va Kopernik tomonidan ilgari surilgan modellarni qanday to‘g‘rilashga yordam bergani, shuningdek, uning amaliy natijalari va bugungi kunda ilm-fan va kosmik tadqiqotlarda qanday qo‘llanilayotgani yoritiladi. Sayyoralar va ularning orbitasi haqidagi ilmiy tushunchalar Keplerning qonunlari yordamida yanada aniqroq va ishonchli bo‘ldi.

Shavkat Nabiyev, Munisabonu Akbarova

5-8

2024-12-11

MIRZO ULUG‘BEK VORISLARI

Ushbu maqolada buyuk alloma va davlat arbobi Mirzo Ulugʻbekning ilmiy merosi hamda u asos solgan ilmiy maktab an’analarini davom ettirgan olimlar faoliyati ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda Ulugʻbek ilmiy maktabining vujudga kelish jarayoni, uning astronomiya, matematika va fan rivojidagi ahamiyati, shuningdek, uning shogirdlari hamda ilmiy merosini davom ettirgan izdoshlari faoliyati yoritilgan. Maqolada Ulugʻbek rasadxonasi faoliyati, ilmiy anʼanalarning keyingi avlodlarga ko‘rsatgan ta’siri hamda ushbu ilmiy merosning jahon ilm-fani taraqqiyotidagi o‘rni tahlil etilgan. Tadqiqot natijalari Ulugʻbek ilmiy maktabi Sharq ilm-fani rivojida muhim ahamiyat kasb etganini va uning izdoshlari ushbu ilmiy an’analarni davom ettirganini namoyon etadi. Shuningdek, maqolada Ulugʻbek davrida ilmiy muhitning shakllanishi, ilmiy izlanishlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda o‘sha davr olimlarining ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi ham alohida yoritiladi. Tadqiqot jarayonida Ulugʻbek ilmiy maktabining keyingi asrlardagi ilmiy rivojlanishlarga ko‘rsatgan ta’siri ham tahlil qilinadi va uning ilmiy merosi bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganligi ta’kidlanadi.

Zebo Doniyorova, N. Kаrimovа

36-39

2026-03-24

“QIZIQARLI ASTRONOMIYA VA TARIXIY SANALAR KECHASI” TADBIR SENARIYSI VA ASTRONOMIK KECHALARNING TA`LIMDAGI AHAMIYATI

Mazkur maqolada fan oyliklari doirasida maktabda o‘tkaziladigan dars va darsdan tashqari tadbirlarning ahamiyati yoritilgan. Tadbirlarning o‘quvchilarda fanga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularning bilim samaradorligini ta’minlash hamda mustaqil fikrlash va ijodiy yondashuvini shakllantirishdagi o‘rni ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, maqolada “Qiziqarli astronomiya va tarixiy sanalar kechasi” tadbirining namunaviy ssenariysi keltirilib, unda buyuk olimlar merosini o‘quvchilar ongiga singdirish, milliy va jahon ilm-fani yutuqlarini uyg‘unlashtirish bo‘yicha tajribalar bayon etilgan. Tadbirni tashkil etish jarayonida qo‘llangan pedagogik-uslubiy yondashuvlar o‘quvchilarda motivatsiyani oshirish va fanlarni qiziqarli o‘rganishga undashda samarali vosita sifatida baholangan.

MAVLUDA SHUKUROVA, DILNAVOZ KAMALOVA

380-384

2025-10-07

VODOROD ATOMI

Ushbu maqolada vodorod atomlari xususan uning faoliyati, tuzilishi hamda joylashuv o’rni, vodorod atomining bugungi kundagi ahamiyati haqida so’z yuritiladi.

Zafarbek Ro’ziboyev , Jasurbek Jumaboyev

60-62

2023-12-25

KVEST O’YINLARI ORQALI O’QUVCHILARNI MUSTAQIL IZLANISH KO’NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH

Mazkur  maqolada  fizika fanini o’qitishda interaktiv metodlardan biri  kvest o’yinlarini qo’llashning ahamiyati yoritilgan. Unda o’quvchilarda mustaqil izlanish, tahlil qilish, muammo yechish va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishda kvest o‘yinlarining roli asoslab berilgan.

Kumushoy O’rinboyeva, Yorqinoy Anafiyayeva, O’g’iloy Jumanova

35-37

2025-04-25

ELEKTR ISITISH ASBOBLARINING FOYDALI ISH KOEFFITSIYENTINI ANIQLASHNI O’RGANISH

Ushbu maqolada elektr isitish asboblarining foydali ish oekkitsiyenti (FIK) ni aniqlashni o’rganish.

Oysha O’rinova, Sarvinoz Hamidova, D.I. Kamalova

71-73

2023-01-10

TERMODINAMIKA QONUNLARI, KARNO SIKLI VA O‘ZGARMAS TOK QONUNLARIGA OID TAJRIBALARNI O‘QITISH METODIKASI

Mazkur maqola o‘rta maktabda termodinamika qonunlarini o‘qitishning metodik asoslariga, xususan, o‘zgarmas tok qonunlari va Karno sikli haqidagi tajribalarga bag‘ishlangan. O‘zgarmas tok qonunlari – Jouli, Kirxoff va Ohm qonunlarining amaliy jihatlari, shuningdek, ularni o‘rgatish metodikasi muhokama qilinadi. Karno sikli va uning termodinamik protsesslarini tushuntirish orqali o‘quvchilarda energiya o‘tkazish va entropiya tushunchalarini shakllantirish maqsadida o‘quv jarayonini samarali tashkil etish usullari keltirilgan. Ushbu maqola o‘qitish jarayonini zamonaviy talablarga moslashtirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, o‘quvchilarga bilimlarni amalda qo‘llash ko‘nikmalarini oshirishni ko‘zda tutadi.

Yo’ldosh Kosimov , Jamoliddin Begʻamov , Ra’no Jumaeva

116-119

2025-02-26

TERMIN VA ZODIAK TERMINI TUSHUNCHALARINING TA’RIFI

Ushbu maqaolada terminlarning shakllanish xususiyatlari, ilmiy bilimlarning turli sohalarida terminlarning kelib chiqishi, unga berilgan ta’riflar, terminlarning astronomiya sohasida shakllanish yo’llari, zodiak terminlari borasida xalq qarashlari, yulduzlar borasidagi miflar haqida ma’lumotlar ochib beriladi.

Feruzabonu Rustamova

258-261

2023-04-29

KVEST TEXNOLOGIYALARI YORDAMIDA O‘QUVCHILARNING AXBOROT TEXNOLOGIYALARI BO‘YICHA KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH

Mazkur ishda kvest texnologiyalaridan foydalanish orqali o‘quvchilarning axborot texnologiyalari bo‘yicha kompetensiyalarini rivojlantirish masalalari yoritilgan. Shuningdek, bu yondashuv o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, muammoli vaziyatlarni hal qilish, jamoaviy ishlash va raqamli ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qilishi ta’kidlangan.

Madinabonu Ma'ripova , Shoxsanam Zafarova

75-79

2025-04-25

1 - 25 of 69 items 1 2 3 > >> 

Indexing

butom

Requirements Editorial Board Politics Send the material

Language

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Developed By

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, st. Shirin 53, 100131


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2023 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy