Mazkur maqolada zamonaviy texnologiyalar, sun’iy intellekt va onlayn platformalarning tilni tinglab tushunish ko‘nikmalarini shakllantirishdagi roli yoritilgan. Tinglab tushunish ko‘nikmasi kognitiv jarayon sifatida talqin qilinib, uning nutq mazmunini anglash, talaffuzni to‘g‘ri qabul qilish, intonatsiya va urg‘uni tushunish hamda kontekstual ma’noni aniqlash kabi jihatlari izchil tahlil etilgan. Maqolada Duolingo va BBC Learning English kabi platformalar yordamida interaktiv mashqlar, subtitrlar, nutqni takrorlash va avtomatik xatolarni aniqlash imkoniyatlari orqali tinglab tushunish va og‘zaki nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish samaradorligi asoslab berilgan. Shu bilan birga, maqolada o‘quvchining diqqat, motivatsiya va individual ehtiyojlariga moslashtirilgan o‘rganish jarayoni, shuningdek, madaniyatlararo kontekstni hisobga olishning ahamiyati ham ta’kidlangan. Tadqiqot natijalari til o‘rganish jarayonida sun’iy intellekt va onlayn texnologiyalardan samarali foydalanish, real va autentik nutq materiallarini tatbiq etish zarurligini ko‘rsatadi.