Innovative Academy
  • Регистрация
  • Вход
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Журналы
    • Евразийский журнал академических исследований
    • Евразийский журнал медицинских и естественных наук
    • Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры
    • Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук
    • Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук
  • Новые журналы
    • Центральноазиатский журнал образования и инноваций
    • Евразийский журнал технологий и инноваций
    • Бюллетень педагогов нового Узбекистана
    • Бюллетень студентов нового Узбекистана
  • Конференции
    • Наука и технология в современном мире
    • Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения
    • Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Инновационные исследования в современном мире: теория и практика
    • Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
  • Объявления
    • Как написать научную статью?
    • Вопросы о докторантуре и ответы на них
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • Xirsh indeksi nima va uni qanday oshirish mumkin?
    • «Faol hamkor» aksiyasi
    • «In Ambassador» jamoasi
    • atm

Найти

Расширенные фильтры

Результаты поиска

MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA O‘RTA SINF O‘QUVCHILARINI BUXORA-SAMARQAND MUSIQA USLUBI BILAN TANISHTIRISH TEXNOLOGIYALARI

Mazkur maqolada musiqa madaniyati darslarida o‘rta sinf o‘quvchilarini Buxoro-Samarqand musiqa uslubi bilan tanishtirishning pedagogik texnologiyalari tahlil qilinadi. O‘rta sinf o‘quvchilarida milliy musiqa madaniyatiga qiziqishni oshirish va ularni boy musiqiy meros bilan tanishtirish orqali estetik va tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Maqolada o‘quvchilarni Buxoro va Samarqand musiqa an’analarining o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirishda zamonaviy ta’lim texnologiyalari va innovatsion yondashuvlardan samarali foydalanish usullari yoritiladi. Shuningdek, dars jarayonida qo‘llaniladigan metodikalar, musiqiy namunalar va interfaol uslublarning samaradorligi tahlil qilinadi.

Rustamova Farangiz

9-13

2024-12-17

MUSIQA PEDAGOGIKASINING MUSIQA MADANIYATIDAGI AHAMIYATI

tezisda musiqa pedagogikasining musiqa madaniyatidagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Musiqa pedagogikasi nafaqat musiqiy bilimlarni yetkazishning usullari va jarayonlari bilan bog‘liq, balki kengroq madaniy kontekstda musiqaning jamiyatga, shaxsiy rivojlanish va estetik qadriyatlarni shakllantirishdagi rolini o‘rganishga ham yordam beradi. Maqolada musiqa pedagogikasining tarbiyaviy, madaniy va ijtimoiy jihatlariga e'tibor qaratiladi. Shuningdek, musiqa madaniyatining rivojlanishida pedagoglarning vazifasi va ta’siri xususida fikr yuritiladi.

Jalilova Ug'iloy Nuriddinovna

64-66

2024-10-07

MUSIQA FANING PEDAGOGIK AHAMIYATI

Ushbu maqolada musiqa fanining pedagogik ahamiyati keng ko‘lamda tahlil qilinadi. Musiqa ta’limining o‘quvchilarning estetik didini shakllantirish, hissiy va aqliy rivojlanishini ta’minlash, ijtimoiy ko‘nikmalarini mustahkamlashdagi roli yoritiladi. Maqolada musiqa orqali o‘quvchilarning tafakkur, diqqat, eslash kabi kognitiv jarayonlari rivojlantirilishi, shuningdek, o‘zini ifoda etish va madaniy merosga hurmat tuyg‘usining shakllanishi ko‘rsatib o‘tiladi. Musiqa fanining maktab va oliy ta’limdagi o‘rni, uning ta’lim-tarbiya jarayonidagi samaradorligini oshirish yo‘llari ham tahlil qilinadi. Ushbu ish pedagoglar, musiqa o‘qituvchilari va ta’lim sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar uchun foydali bo‘ladi.

Shahobiddinova Zilola Orif qizi

89-91

2025-09-15

MILLIY MUSIQA MEROSI ASOSIDA OʻQUVCHILARDA MILLIY ONG VA MILLIY IDENTITETNI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI

Ushbu maqolada milliy musiqa merosi asosida oʻquvchilarda milliy ong va milliy identitetni rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslari tahlil qilinadi. Milliy ong tushunchasining pedagogik va falsafiy talqini yoritilib, musiqa ta’limining ma’naviy-tarbiyaviy imkoniyatlari asoslab beriladi. Tadqiqotda milliy musiqa namunalarining shaxs ongiga ta’sir mexanizmlari ochib beriladi. Shuningdek, globallashuv sharoitida milliy identitetni mustahkamlashda musiqa ta’limining o‘rni ko‘rsatib o‘tiladi. Maqolada tarixiy, qiyosiy-tahliliy va pedagogik kuzatuv metodlaridan foydalanilgan. Natijalar milliy musiqa merosi o‘quvchilarda milliy o‘zlikni anglash, ma’naviy qadriyatlarga hurmat va estetik didni shakllantirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi. Tadqiqot yakunida milliy musiqa asosida ta’lim jarayonini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Qobilova E’zozxon Bakirovna

26-31

2026-02-18

MUSIQA SAVODINI O‘TISH VA MUSIQALI RITMIK HARAKATLAR BAJARISHGA DOIR METODIK TAVSIYALAR

Musiqa madaniyati darslari mazmunida o‘quvchilarning musiqa savodxonligini tarkib toptirish muhim maqsadlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Chunki, musiqa savodi musiqa darsining ta’limiy vazifasini bajaradi. Ushbu maqolada musiqa savodini o‘tish va musiqali ritmik harakatlar bajarishga doir metodik tavsiyalar haqida so‘z yuritiladi.  

Mo‘minova Qunduz Yusufovna

131-138

2023-05-26

MUSIQANING INSON PSIXOLOGIYASIGA TA’SIRI VA AHAMIYATI

Ushbu maqola musiqa va musiqa terapiyasining inson ruhiy salomatligiga ta’sirini o‘rganadi. Musiqa hissiyotlarni tartibga solish, stress va xavotirni kamaytirish, depressiya bilan kurashish, diqqat va xotirani yaxshilash kabi foydali xususiyatlarga ega ekanligi ko‘rsatildi. Tadqiqot natijalari musiqa terapiyasining ruhiy va jismoniy salomatlikni qo‘llab-quvvatlashdagi muhim rolini tasdiqlaydi.

To‘rayeva Mohigul Zahriddin qizi, Zakirova Zilolola Azamovna

56-59

2025-12-09

VOKAL MUSIQA PEDAGOGIKASINING ASOSIY TAMOYILLARI VA USLUBLARI

Ushbu maqolada vokal musiqa pedagogikasining o'quvchilarda vokal qobiliyatlari va musiqa mahoratini rivojlantirishga qaratilgan asosiy tamoyillari va usullari muhokama qilinadi. Muallif vokal va musiqani o‘qitishda an’anaviy va innovatsion yondashuvlarni tahlil qilib, samarali o‘qitishning asosiy tamoyillarini belgilab beradi hamda musiqa maktablari va kollejlari o‘qituvchi va o‘quvchilariga amaliy tavsiyalar beradi. Asar musiqa ta’limi mutaxassislari hamda vokal va musiqiy qobiliyatlarni rivojlantirishga qiziqqan har bir kishi uchun qimmatli manba hisoblanadi.

Xojanazarov Tolibek

19-22

2024-05-14

O‘QUVCHILARDA MUSIQA SAVODXONLIGINI SHAKLLANTIRISHNING SAMARALI USULLARI

Ushbu maqolada o’quvchilarning musiqiy savodini shakllantirishda Musiqa o’qituvchisiningpedagogik faoliyati, uslubiy yondashuvlari va tarbiyaviy ta’siri chuqur tahlil qilinadi. Musiqiy savodxonlik o’quvchilarning eshitish, ritmni anglash, nota va ohanglarni farqlash, ijodiy fikrlash, emotsional ifoda kabi muhim qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim vosita hisoblanadi. Maqolada musiqa mashg’ulotarining tuzilmasi, savodni o‘rgatishning o‘yinli va interaktiv metodlari, bolalar uchun eng qulay yondashuvlar yoritilgan. Musiqa o’qituvchisining didaktik o‘yinlar, qo‘shiqlar, vizual va audio vositalar orqali savodni o‘rgatishi o’quvchilarning intellektual, estetik va ijtimoiy rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi asoslab berilgan. Yakuniy xulosalarda esa musiqiy savodxonlikni rivojlantirishda tizimli yondashuv va rahbarning kasbiy mahorati asosiy omil ekanligi ta’kidlangan.

Ismoilova Munisa

79-82

2025-11-17

BOSHLANG'ICH SINFLARDA MUSIQA SAVODXONLIGINI OSHIRISH METODIKASI

Musiqa ta'limi bolalarning ijodiy fikrlashini, estetik his-tuyg‘ularini va madaniy savodxonligini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Boshlang‘ich sinflarda musiqa savodxonligini oshirish, bolalarning musiqa san'atiga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish va ularni musiqa madaniyati bilan tanishtirish uchun zarurdir. Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda musiqa savodxonligini oshirish metodikasi haqida so‘z yuritamiz.

Umbarova Ma'rifat Ibragimovna

61-63

2024-10-10

MUSIQA TA’LIMI ORQALI O‘QUVCHILARDA MILLIY O‘ZLIKNI SHAKLLANTIRISH

Ushbu maqolada musiqa ta’limining o‘quvchilarda milliy o‘zlikni shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Musiqa san’ati yosh avlodning milliy madaniyatga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning ma’naviy va estetik dunyoqarashini rivojlantirish vositasi sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada milliy musiqiy meros, xalq qo‘shiqlari va an’anaviy cholg‘ular orqali o‘quvchilarning o‘ziga xos milliy identifikatsiyasini shakllantirish metodlari yoritiladi. Shu bilan birga, milliy musiqa asarlarini ta’lim jarayoniga integratsiya qilishning zamonaviy yondashuvlari, didaktik usullar va interaktiv metodlar tahlil etiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, o‘quvchilarda milliy g‘urur va o‘zlikni anglashni mustahkamlash uchun an’anaviy musiqiy qadriyatlarni ta’lim jarayonida faol qo‘llash samaradorligi asoslanadi.

Firuza Baratova , Gulchexra Ismailova

127-131

2025-02-26

MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR VOSITASIDA YEVROPA KLASSIK MUSIQA ASARLARINI O’RGANISH USLUBLARI

Ushbu maqolada musiqa madaniyati fan dasturida belgilangan Yevropa mumtoz musiqasi mavzusi bo’yicha darslarni tashkil etishning innovatsion pedagogik texnologiyalari, shuningdek, oltinchi sinf yil mavzusi va uning negizida mujassamlashgan mumtoz musiqa haqida o’quvchilarga kerakli bilim va tushunchalarni berish, ularni estetik madaniyatini shakllantirish va musiqiy-nazariy savodxonligini o’stirish, o’ziga xos pedagogik, metodik ish, usul va shakllaridan o’rinli va unumli foydalanishga doir tavsiyalar berilgan..  

Berdimurodova Surayyo Rashidovna

205-212

2023-05-27

BO'LAJAK MUSIQA O'QITUVCHILARIGA MUSIQA O'QITISH METODIKASINI O'RGATISH MEXANIZMLARINI ISHLAB CHIQISHNING PEDAGOGIK SHARTLARI

ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarining bo‘lajak musiqa o‘qituvchilariga musiqa o‘qitish metodikasini o‘rgatish mexanizmlarini ishlab chiqishning pedagogik shartlari, shuningdek, ushbu mavzu bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar berish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar bayon etilgan.

Zakirova Zilola A’zamovna, Xoliqulova Sarvinoz Ilyos qizi

130-133

2025-12-09

UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA MUSIQA TA’LIMI JARAYONIDA MILLIY RUHNI SHAKLLANTIRISHNING KONSEPTUAL MODELI

Ushbu maqolada umumta’lim maktablarida musiqa ta’limi jarayonida milliy ruhni shakllantirishning konseptual modeli tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida xalq musiqasi, maqom san’ati, folklor san’ati va an’anaviy ijrochilik asosida o‘quvchilarda estetik tarbiya, musiqiy tafakkur va ma’naviy tarbiya shakllantirishning didaktik imkoniyatlari o‘rganildi. Konseptual model pedagogik texnologiyalar, ustoz-shogird an’anasi, ijodiy faoliyat va jamoaviy ijro metodlariga asoslanib, o‘quvchilarda milliy qadriyatlarga hurmat, vatanparvarlik tarbiyasi va milliy o‘zlikni anglash tuyg‘ularini rivojlantirishga qaratilgan. Shu bilan birga, musiqiy did, ijrochilik mahorati va sahna madaniyati ham konseptual model orqali mustahkamlanadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, konseptual model asosida olib borilgan darslar musiqa ta’limining samaradorligini oshiradi va yosh avlodni ma’naviy barkamol, estetik didi rivojlangan va milliy qadriyatlarga sodiq shaxs sifatida tarbiyalashga xizmat qiladi.

E’zozxon Qobilova

44-48

2026-02-18

O‘ZBEK MILLIY MUSIQA SAN’ATI VOSITASIDA BO‘LAJAK MUSIQA O‘QITUVCHILARINING MILLIY MADANIYATGA NISBATAN MUNOSABATLARINI RIVOJLANTIRISH

Bugungi kunda O‘zbekistonda musiqa sanʼati va madaniyatini yanada rivojlantirishda uchun yangi imkoniyatlar yaratildi. Musiqa madaniyatining turli yO‘nalishlari bO‘yicha yosh isteʼdodlarni izlab topish, ularning ijodiy faoliyatini yuksaltirish yuzasidan gʼamxO‘rlik qilish muhim ahamiyatga molik vazifalardan biriga aylandi. “...Xalqimizning maʼnaviy saviyasini oshirish, yosh avlodni yuksak insoniy gʼoyalar, ona Vatanga mehr va sadoqat ruhida tarbiyalash, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida kamol toptirishda musiqa sanʼatining O‘rni va ahamiyati beqiyosdir” . Zero, O‘tmishdagi musiqiy ijrochilik anʼanalarini tiklash, zamonaviy sharoitlarda saqlab qolish, O‘zbek milliy musiqiy asarlari va sozlarini xorijiy mamlakatlarda namoyish etish, musiqa taʼlimida yangi anʼanalarni tarkib toptirish, xalq maʼnaviy merosini asrab-avaylash va kelgusi avlodlarga yetkazish, jamiyat hayotida musiqa madaniyatining tutgan O‘rnini tahlil etish dolzarb vazifa hisoblanadi.

Dostqobilova Munavvar Qochqorovna

157-160

2025-05-13

GLOBALLASHUV SHAROITIDA MUSIQA TA’LIMI ORQALI OʻQUVCHILARDA MILLIY OʻZLIKNI ANGLASHNI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY ASOSLARI

Ushbu maqolada globallashuv sharoitida umumta’lim maktablarida musiqa ta’limi orqali o‘quvchilarda milliy o‘zlikni anglashni rivojlantirishning ilmiy asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida xalq musiqasi, maqom san’ati, folklor san’ati va an’anaviy ijrochilik orqali o‘quvchilarda estetik tarbiya, musiqiy tafakkur va ma’naviy tarbiya shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari o‘rganildi. Musiqa pedagogikasi va zamonaviy pedagogik texnologiyalar yordamida darslar interaktiv, ijodiy va samarali tarzda tashkil etiladi. Konseptual model o‘quvchilarda milliy qadriyatlarga hurmat, vatanparvarlik tarbiyasi, madaniy merosni qadrlash va milliy ruhni rivojlantirishga xizmat qiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, musiqa ta’limi globallashuv sharoitida yosh avlodni milliy ruh, estetik did va ijodiy faollikka ega shaxs sifatida tarbiyalashda samarali vositadir.

E’zozxon Qobilova

114-118

2026-02-18

BO‘LAJAK MUSIQA O‘QITUVCHILARIDA VOKAL IJROCHILIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH

Mazkur maqolada bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarida vokal ijrochilik kompetensiyalarini rivojlantirishning samarali metodikasini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Musiqa ta’limi jarayonida vokal ijrochilikning ahamiyati, uning pedagogik va ijodiy jihatlari tahlil qilinib, zamonaviy yondashuvlar asosida o‘qituvchilarni tayyorlash bo‘yicha metodik tavsiyalar berilgan. Tadqiqotda innovatsion texnologiyalar, amaliy mashg‘ulotlar va musiqiy tahlilning integratsiyalashgan usullari orqali vokal kompetensiyalarni rivojlantirish mexanizmlari o‘rganilgan. Shuningdek, maqolada xalq musiqa an’analaridan samarali foydalanish va ijodkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ilg‘or tajribalar misolida tavsiyalar keltirilgan.

Xayitboy Ruzmetov

134-137

2024-12-24

OʻZBEK CHOLGʻU ASBOBLARINING JAHON MUSIQASI RIVOJLANISHIGA QOʻSHGAN HISSASI

Oʻzbek milliy cholgʻu asboblari jahon musiqa sanʼati rivojiga katta hissa qoʻshgan.  Ularning oʻziga xos tovushlari va xususiyatlari butun dunyodagi musiqachilar va bastakorlarning eʼtiborini tortdi va ular oʻz asarlariga etnik lazzat va chuqurlik kiritish uchun foydalanadilar. Maqolada oʻzbek cholgʻu asboblarining jahon musiqa sahnasiga qoʻshgan hissasi bu borada musiqashunos olimlarning qoʻshgan hissasi  oʻrganiladi.  Maqolada, shuningdek, ushbu cholgʻu asboblarini oʻz ijodiga kiritgan mashhur musiqachilar va bastakorlardan misollar keltirilgan.Maqolada oʻzbek cholgʻu asboblari nafaqat Oʻzbekistonning madaniy merosi, balki jahon musiqa sanʼatida yangi va innovatsion ohanglar yaratishda muhim ahamiyat kasb etishi alohida taʼkidlanadi.

Xujayeva Nasiba Qarshiboy qizi

45-48

2024-05-27

MUSIQA NAZARIYASI DARSLARIDA O'QUVCHILARINING MUSIQIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH

Tafakkur - bu insonning amaliy faoliyati asosida hissiy bilimlardan kelib chiqqan voqelikni umumlashtirilgan aks ettirish jarayoni. Musiqa bolani va aqliy jihatdan rivojlantiradi. Kognitiv ahamiyatga ega bo'lgan musiqa haqida turli xil ma'lumotlarga qo'shimcha ravishda, u haqida suhbat hissiy-majoziy tarkibning xususiyatlarini o'z ichiga oladi. Bolalar lug'ati musiqada yetkazilgan kayfiyat, his-tuyg'ularni tavsiflovchi majoziy so'zlar va iboralar bilan boyitilgan. Musiqiy faoliyat aqliy jarayonlarni o'z ichiga oladi: taqqoslash, tahlil qilish, yodlash va shu bilan nafaqat musiqiy, balki bolaning umumiy rivojlanishiga ham hissa qo'shadi.

Adinayeva Shoira Abdulaxatovna

117-119

2024-06-17

O‘ZBEK MUSIQA SAN’ATINI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION MUSIQA TA’LIMINI TAKOMILLASHTIRISH ASOSLARI

Ushbu maqolada O‘zbek musiqa san’atini rivojlantirishda innovatsion yondashuvlarning ahamiyati, zamonaviy musiqa ta’limining metodik asoslari va ularni takomillashtirish yo‘llari yoritilgan. Shuningdek, raqamli texnologiyalar, interaktiv o‘qitish usullari va ijodiy yondashuvlar orqali yosh avlodda milliy musiqa merosiga bo‘lgan qiziqishni oshirish masalalari tahlil qilingan. Maqolada ilg‘or xorijiy tajriba hamda o‘zbek milliy an’analarining uyg‘unligi asosida samarali musiqa ta’limi modelini shakllantirish istiqbollari ko‘rib chiqiladi.

Muyassarxon Achildiyeva

48-55

2025-12-18

BOLALAR MUSIQA VA SAN`AT MAKTABLARIDA SHARQ VA YEVROPA MUSIQA CHOLG`U ASBOLARIDA O`QUVCHILAR IJRO MALAKALARINI SHKILLANTIRISH

Mazkur maqolada Bolalar musiqa va san`at maktabida besh yillik ta`lim olayotgan  o`quvchilariga o`zbek  milliy musiqa cholg`ularimiz va yevropa cholg`ularining ijrosini, o`zbek an`anaviy ijro uslubi bilan bir qatorda Sharq xalqlari musiqasining nozik ijro uslubini teng o`rgatish,  hamda ularni kelajak avlodga yetkazish,  sharq xalqlari musiqa cholg`usi va yevropa musiqa cholg‘usida o`quvchilarning ijro mahoratini oshirish haqida sо`z boradi.

Mamatova Robiyaxon Nig’matulla qizi

57-59

2023-10-10

O‘ZBEKISTONDA XALQARO TAJRIBAGA ASOSLANGAN MASOFAVIY MUSIQA TA’LIMI MODELLARINI JORIY ETISH

Ushbu maqolada O‘zbekistonda xalqaro tajribaga asoslangan masofaviy musiqa ta’limi modellarini joriy etish masalasi tahlil qilinadi. Masofaviy musiqa ta’limi zamonaviy raqamli texnologiyalar va pedagogik yondashuvlarga asoslangan holda samaradorligini oshirish imkoniyatlariga ega. Jahon tajribasi asosida masofaviy musiqa ta’limi platformalari, o‘quv-uslubiy materiallar hamda interaktiv metodlardan foydalanishning ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda rivojlangan mamlakatlardagi ilg‘or tajribalar o‘rganilib, O‘zbekiston sharoitida qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. Masofaviy ta’lim orqali musiqiy bilim va ko‘nikmalarni samarali o‘zlashtirishning afzalliklari va istiqbollari ko‘rib chiqiladi.

Qurbonniyoz Panjiyev , Nosir Axmedov , Tohirjon Ismailov

58-65

2025-02-28

ВКЛАД А.НАВОИ В РАЗВИТИЕ МУЗЫКАЛЬНОГО ИСКУССТВА В ПРОЦЕССЕ ДЕМОНСТРАЦИИ ТЕНДЕНЦИЙ В КОМПОЗИЦИИ СРЕДИ ПРЕПОДАВАТЕЛЕЙ МУЗЫКИ

Статья посвящена вкладу Алишера Навои в развитие музыкального искусства в процессе проявления композиционных тенденций у будущих учителей музыки.

Imyamin Qirg‘izov

200-205

2025-12-23

BO’LG’USI MUSIQA O’QITUVCHILARINI MA’NAVIY-MA’RIFIY FAOLIYATGA TAYYORLASH

Ushbu tezisda bo’lg’usi musiqa o’qituvchilarini ma’anaviy-ma’rifiy faoliyatga tayyorlashning innovatsion texnologiyalarini nazariy va amaliy asoslari yoritib berilgan. Shu bilan birga pedagogik ta’limda musiqa o’qituvchilarini maktab musiqa o’qituvchisi amaliy faoliyatiga tayyorlash bo’yicha ularning egallashi lozim bo’lgan zarur bilim, ko’nikma, malakalari haqidagi tushunchalar o’z ifodasini topgan.

An Anjella Aleksandrovna

63-65

2023-11-08

MUSIQA NAZARIYASI ASOSIDA O‘QUVCHILARDA MUSIQIY TAFAKKUR VA IJROCHILIK MAHORATINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI

Mazkur maqolada musiqa nazariyasi fanining o‘quvchilarda musiqiy tafakkur va ijrochilik mahoratini shakllantirishdagi o‘rni ilmiy-pedagogik jihatdan tahlil qilinadi. Musiqiy tafakkur musiqiy idrok, eshitish, tahlil va ijodiy fikrlash jarayonlarining uzviy birligi sifatida talqin etilib, nazariy bilimlarning amaliy ijro bilan uyg‘unlashuvi masalasi asoslab beriladi. Tadqiqot davomida musiqa nazariyasi mashg‘ulotlarida ritm, temp, dinamika, artikulyasiya va garmoniya tushunchalarini o‘rgatish orqali o‘quvchilarning musiqiy savodxonligi, eshitish madaniyati hamda ijro sifatini oshirish imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish musiqiy ta’lim samaradorligini oshirishning muhim omili ekani ta’kidlanadi.

Dusmamatova Barchin Eshburiyevna

97-101

2026-01-31

YANGI O‘ZBEKISTONDA YOSHLAR ESTETIK MADANIYATINI MILLIY MUSIQA TARBIYASI ASOSIDA RIVOJLANTIRISH VAZIFALARI

Ushbu maqolada yangi o‘zbekistonda yoshlar estetik madaniyatini milliy musiqa tarbiyasi asosida rivojlantirish vazifalari, didaktik tarbiya integratsiyasi asosida yoshlarning musiqa madaniyatini yuksaltirishning ijtimoiy-falsafiy  omillarini hayotga tadbiq etish bugungi kunning eng ustuvor vazifalaridan biri bo‘lib qolayotganligi masalalari atroflicha yoritib beriladi. Shuningdek, barkamol avlod kamolotida musiqa tarbiyasini amalga oshirishda mazkur soha bo‘yicha kadrlar tayyorlayotgan ta'lim muassasalari katta ahamiyat kasb etayotganligi ilmiy asoslab beriladi.

Tursunova Laylo Ergashevna

54-57

2024-02-19

1 - 25 из 422 результатов 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Индексация

Zenodo
WorldCat
Universal Impact Factor
SJIFactor
SIS
ROAD
Researchbib
OpenAIRE
Open Access
ISSN
Internet Archive
Index Copernicus
Google Scholar
DataCite
DOI
DRJI
CiteFactor
Advanced Science Index

butom

Требования Редакционный совет Политика Отправить материал

Язык

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Разработано

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, Amir Temur Avenue 120/30, 100017


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2024 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy