Tezisda O‘zbekiston ta’lim tizimida xalqaro tadqiqotlar (PISA, PIRLS, TIMSS va boshqalar)ni joriy etishning dolzarbligi, istiqbollari va undan kutilayotgan natijalar yoritiladi. Xalqaro baholash dasturlari o‘quvchilarning faqat bilim darajasini emas, balki real hayotiy vaziyatlarda bilimni qo‘llash, muammo yechish, funksional savodxonlik, kommunikativ va raqamli kompetensiyalarini baholashi ta’kidlanadi. Shu asosda milliy o‘quv dasturi, baholash tizimi va o‘qituvchilar malakasini xalqaro mezonlar bilan uyg‘unlashtirish zarurati asoslab beriladi.