Innovative Academy
  • Register
  • Login
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Journals
    • Eurasian Journal of Academic Research
    • Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences
    • Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture
    • Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences
    • Eurasian Journal of Mathematical Theory and Computer Sciences
  • New Journals
    • Central Asian Journal of Education and Innovation
    • Eurasian Journal of Technology and Innovation
    • Bulletin of pedagogs of new Uzbekistan
    • Bulletin of students of new Uzbekistan
  • Conferences
    • Science and technology in the modern world
    • Applied Sciences in the modern world: problems and solutions
    • Natural Sciences in the modern world: theoretical and practical research
    • Innovative research in the modern world: theory and practice
    • Pedagogy and psychology in the modern world: theoretical and practical research
    • Social Sciences in the modern world: theoretical and practical research
  • Announcements
    • Ilmiy maqola qanday yoziladi?
    • Questions and answers to doctoral studies
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • What is the Hirsch index and how to increase it?
    • atm

Search

Advanced filters

Search Results

BADIIY-ESTETIK TAFAKKUR TAKOMILIDA KONSEPSIYA VA MILLIY QADRIYATLAR HAMDA O'ZBEK NASRI

Ushbu maqola badiiy-estetik tafakkur takomilida konsepsiyaning o'rni va milliy qadriyatlarning o'zbek nasriga ta'sirini tadqiq qiladi. Tadqiqot o'zbek adabiyotining taraqqiyotida milliy qadriyatlar va badiiy-estetik konsepsiyalarning o'zaro ta'sirini tahlil etadi. Maqolada zamonaviy o'zbek nasrining shakllanishida milliy o'zlikni anglash, madaniy merosning badiiy interpretatsiyasi va estetik tafakkurning transformatsiya jarayonlari ko'rib chiqiladi. Tadqiqot natijasida milliy qadriyatlarning badiiy-estetik konsepsiyalarga integratsiyasi o'zbek nasrining o'ziga xos xususiyatlarini shakllantiruvchi asosiy omil ekanligi aniqlandi.

Moxiniso Zaripova

10-13

2025-08-06

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING BADIIY-ESTETIK KOMPETENTSIYASINI SHAKLLANTIRISH XUSUSIYATLARI

Ushbu maqolada Maktabgacha yoshdagi bolalarning badiiy-estetik kompetentsiyasini shakllantirish xususiyatlari, badiiy-estetik kompetentsiyaning shakllanishida tasviriy faoliyatning boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘ligi masalalari haqida fikr yuritilgan.

Behzod Asqarov

363-365

2024-07-31

ESKI TURKIY (CHAG‘ATOY) ADABIY TILIDA OT KONSEPTINING BADIIY-ESTETIK QIRRALARI VA MAZMUNIY KENGAYISHI

Maqolada Eski turkiy (Chag‘atoy) adabiy tili materiallari asosida “ot” konseptining badiiy-estetik qirralari va mazmuniy kengayishi kognitiv-poetik yondashuvda tadqiq etildi. “Ot” lexemasi va uning sinonimik-variant qatlami (tulpor, yilqi, duldul va b.) Chag‘atoy matnlarida nafaqat nomlovchi birlik sifatida, balki kuch-qudrat, davlat, shon-shuhrat, sadoqat, safar, jangovar jasorat, taqdiriy yo‘l kabi qadriyat maydonlarini faollashtiruvchi timsol darajasida namoyon bo‘lishi ko‘rsatildi. Navoiy, Lutfiy, Sakkokiy, Bobur singari ijodkorlar poetikasida “ot” obrazining metafora, metonimiya, tamsil, kinoya kabi trop va badiiy vositalar orqali semantik “ko‘payishi” (polysemantik va assotsiativ kengayish) izchil tahlil qilindi.

Shahzodbek Xolliyev

117-121

2025-10-17

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING BADIIY-ESTETIK MADANIYATNI O’YINLAR ORQALI SHAKLLANTIRISH

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning o’yinli texnologiyalar yordamida badiiy-estetik madaniyatini shakllantirish, ularni har tomonlama maktab ta’limiga sifatli qilib tayyorlash kabi masalalar ko’rib chiqildi.

Turopova Ra’no Barat qizi

260-262

2022-02-27

METAADABIYOT POSTMODERNIZMNING ASOSIY ADABIY SHAKLI SIFATIDA

Ushbu ilmiy ishda postmodernizmning asosiy yo`nalishi hisoblangan metaadabiyot, uning kelib chiqish tarixi va asosiy badiiy-estetik xususiyatlari tadqiq qilinadi.

Muxlisa Tursunova

53-55

2024-04-23

TOHIR MALIKNING “SHAYTANAT” ASARIDA SINONIMLARNING QO’LLANILISHI

Mazkur maqolada Tohir Malikning “Shaytanat” asarida sinonimlarning qo‘llanilishi, ularning obrazlar xarakterini ochish va ruhiy holatni chuqurlashtirishdagi o‘rni lingvistik jihatdan tahlil qilinadi. Asarda sinonimik qatorlar orqali qahramonlarning ichki kechinmalari, ijtimoiy mavqei hamda psixologik holati badiiy-estetik vosita sifatida yoritilgan. Ayniqsa, sinonimlardan foydalanish emotsional kuchaytirish bilan bir qatorda konfliktni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shahnoza Kunnazarova

86-88

2025-12-31

ERKIN VOHIDOV SHE’RIYATIDA METAFORANING BADIIY-ESTETIK VAZIFASI

Mazkur maqolada XX asr o‘zbek she’riyatining yirik namoyandasi Erkin Vohidov ijodida metaforaning badiiy-estetik va semantik vazifalari tahlil qilinadi. Tadqiqotda metafora shoir poetik tafakkurining muhim unsuri sifatida qaralib, uning obraz yaratish, lirik kechinmalarni chuqurlashtirish hamda falsafiy g‘oyalarni umumlashtirishdagi roli ochib beriladi. Maqolada Erkin Vohidovning “Ayrlish” va “Sadoqat” she’rlari asosida metaforaning funksional xususiyatlari, ramziy mazmuni va individual mualliflik talqini aniqlanadi.

Malika Elmurodova

43-45

2025-12-22

QISSADA BADIIY XRONOTOP TURLARI VA SINTEZI

Mazkur maqolada qissalarda badiiy xronotop turlari va ularning sintezi tahlil qilinadi. Xronotop tushunchasi qissa janridagi vaqt va makonning o‘zaro aloqadorligini tushuntirishda nazariy asos sifatida ko‘rib chiqiladi. Tarixiy, mifologik va syujetli-dramatik xronotoplarning qissaning mazmuni va badiiy-estetik qiymatini shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, ushbu xronotoplarning sintezi voqealar rivoji, xarakterlar dinamikasi va asarning mazmuniy chuqurligini oshirishdagi ahamiyati yoritiladi. Qissaning xronotop orqali o‘quvchiga estetik ta’sir ko‘rsatish imkoniyatlari ko‘rib chiqilib, xronotop turlarini o‘rganish qissa janrini tadqiq qilishda muhim metod sifatida asoslanadi.

Sevara Suleymanova

48-49

2023-11-30

THE HARMONY OF MODERNITY AND TRADITION IN THE DEVELOPMENT OF UZBEK NOVEL WRITING

This article examines the interplay between tradition and modernity in the development of Uzbek novel writing. The formation process of the novel genre in Uzbek literature and the interaction between national traditional elements and modern artistic techniques are explored through the perspectives of literary scholars and practical examples. Furthermore, the artistic and aesthetic significance of the harmony between tradition and modernity is revealed through a comparative analysis of novels from different periods. The stages of formation and development of Uzbek novel writing are summarized using a tabular and analytical approach. The article aims to examine the Uzbek literary process in conjunction with modern literary theory.

Jaloladdin Abdikarimov

146-149

2025-09-26

ESTETIK ZAVQ VA MA’NAVIY MOHIYAT UYG‘UNLIGI

Maqolada arbain mavzusidagi she’riyat estetik uyg‘unlik va ma’naviy-axloqiy birlik nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Unda shoirlarning mahorati, fikr va his-tuyg‘u uyg‘unligi, tarkib va ifoda hamohangligi o‘rganiladi. Ayrim asarlarda estetik lazzat bilan ma’naviy chuqurlikning uyg‘unlashib, g‘oya va badiiy ifodaning bir butun holda namoyon bo‘lishiga alohida e’tibor qaratiladi. Tadqiqotda qalb bilan nafs o‘rtasidagi ichki kurash, ma’naviy kamolot jarayonlari, ushbu holatlarni ifodalashda dramatik va allegorik vositalardan foydalanish masalalari ham muhokama etiladi. Ishda arbain she’riyatini badiiy-estetik mezonlar asosida tahlil qilishning ahamiyati ta’kidlanadi.

O‘tkirbek Muhammad Sobir

124-127

2026-01-26

AN’ANAVIY XONANDALIK VA MAQOMLARDA IJROCHILIK USLUBLARINING EVOLYUTSIYASI VA ULARNING BADIIY AHAMIYATI

Ushbu maqolada o‘zbek an’anaviy va maqom xonandaligida ijrochilik uslublarining tarixiy-evolyutsion rivoji, shakllanish omillari va ularning badiiy-estetik ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilinadi.  An’anaviy ijrochilik uslublari asosan xalq og‘zaki ijodi, maqom san’ati, marosim musiqasi va ustoz–shogird an’anasi orqali shakllanganligi ko‘rsatildi. Shu bilan birga, xonandalarning vokal imkoniyatlarini rivojlantirish, ohangni bezash, badiiy ifodaning chuqurligini oshirish kabi ijrochilik jihatlari ham batafsil yoritiladi. Maqolada ijrochilik uslublarining shakllanish jarayonida tarixiy, madaniy va pedagogik omillar o‘rganildi. Ijrochilik uslublari nafaqat musiqa asarining mazmunini chuqurroq yetkazishga xizmat qiladi, balki tinglovchida estetik zavq uyg‘otish va milliy ruhni yetkazishda muhim vosita hisoblanadi. An’anaviy xonandalik ijrochilik uslublarini ilmiy asosda o‘rganish va ularni zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirib ta’lim jarayoniga tatbiq etish zarurligini asoslaydi. Shu yo‘l bilan milliy musiqiy madaniyatni saqlash va rivojlantirish, shuningdek, kelajak avlod xonandalarining ijodiy salohiyatini oshirish imkoniyati yaratiladi.

Barno Bobomuratova

8-11

2025-12-17

BO‘LAJAK MUSIQA TA’LIMI O‘QITUVCHILARINING BADIIY-ESTETIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH MAZMUNI

Mazkur maqolada oliy musiqa ta’limida musiqa o‘qitish fanlari bilan ijtimoiy-gumanitar fanlar integratsiyasini shakllantirish, fanlararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali bo‘lajak musiqa ta’limi o‘qituvchilarining badiiy-estetik kompetentliginirivojlantirishning innovatsion modeli va uning tahlili keltirilgan

Durdona Murodova

130-133

2023-05-18

BADIIY MATNDA CHEGARALANGAN LEKSIK BIRLIKLARNING BADIIY-ESTETIK VAZIFASI (SH.BOSHBEKOV ASARLARIDAGI SHEVAGA XOS VA DAG‘AL SO‘ZLAR MISOLIDA)

Badiiy matnda shevaga xos so‘zlarning badiiy-estetik vazifasi, poetik qimmati alohida ahamiyatga ega. Ushbu maqolada ijodkorning individual-badiiy uslubini shakllantirishda va asar tilining o‘ziga xosligini ta’minlashda noadabiy qatlamga mansub birliklarning o‘rni xususida fikr yuritiladi.

Gavhar Andaniyazova

59-62

2025-11-10

XALQ OGʻZAKI IJODI JANRLARI VA ULARNING ESTETIK QOBILIYATLAR RIVOJLANISHIDAGI OʻRNI

Maqolada xalq ogʻzaki ijodi janrlarining boshlangʻich sinf oʻquvchilarining badiiy-estetik qobiliyatlarini shakllantirishdagi oʻrni tahlil qilinadi. Ertak, maqol, topishmoq, afsona va dostonlarning estetik tarbiya vositasi sifatidagi imkoniyatlari yoritiladi. Xalq ogʻzaki ijodini zamonaviy taʼlimga uygʻunlashtirishning metodik asoslari koʻrsatib beriladi.

Gulnora Kaxarova

7-9

2025-08-06

ABDULLA SHER IJODIDA LIRIK QAHRAMON KONSEPSIYASI

Ushbu maqolada zamonaviy o‘zbek she’riyati namoyondalaridan biri - Abdulla Sher ijodining badiiy-estetik xususiyatlari tahlil qilinadi. U. Normatov, A. Haymetov, V.Zohidov kabi adabiyotshunos olimlarimizning shoir ijodi xususidagi fikrlariga ilmiy munosabat beriladi.   Abdulla Sher ijodida Oybek va Mirtemir an’analarining izchil davom etishi ta’kidlanadi. Shoirning realizmga yo‘g‘rilgan she’rlari, hayotiy voqealarga yaqinligi, xalqona ruh, zamonga munosabat bildiruvchi lirik obrazlar orqali ifodalanadi. Undagi she’riy mahorat inson obrazining, uning ichki va tashqi borlig‘ini atroflicha chuqur, badiiy gavdalantira bilishida namoyon bo‘ladi.

Sayyora Xaqnazarova

128-129

2026-01-13

USMON AZIM PUBLITSISTIKASIDA ZAMON VA INSON MUAMMOLARI IFODASI

Ushbu maqolada Usmon Azim publitsistik ijodining asosiy g‘oyalari zamon va inson muammolarining badiiy ifodasi, muallifning dunyoqarashi hamda falsafiy pozitsiyasi tahlil qilinadi. “So‘ng so‘zlar” to‘plamidagi maqolalar asosida yozuvchining zamon ruhi, ijtimoiy adolat, inson mas’uliyati, ma’naviyat va axloqiy qadriyatlar haqidagi qarashlari ochib beriladi. Maqolada Usmon Azim publitsistikasining ijtimoiy-falsafiy mohiyati va badiiy-estetik yondashuvlari yoritilgan

Gulnora Yavqochova

51-52

2025-11-04

SALIM ASHUR SHE’RLARIDA PARALINGVISTIK VOSITALARNING BADIIY-ESTETIK FUNKSIYASI

Ushbu maqolada shoir Salim Ashur she’riy asarlarida paralingvistik vositalarning o‘rni va ahamiyati tadqiq etiladi. Paralingvistik birliklarning she’riy matndagi emotsional-ekspressiv vazifasi, mazmunni chuqurlashtirishdagi roli hamda muallif individual uslubini shakllantirishdagi funksiyalari misollar asosida yoritilgan. Tadqiqot natijalari Salim Ashur she’riyatida paralingvistik vositalar badiiy ta’sirchanlikni oshiruvchi muhim poetik omil ekanini ko‘rsatadi.

Saodat Mustafаyeva

31-34

2026-02-06

BOBUR SHE’RLARIDA INSON RUHIYATI VA KECHINMALARI TASVIRI

Mazkur maqolada Zahiriddin Muhammad Boburning she’riy merosida inson ruhiy holatlari va ichki kechinmalarining badiiy-estetik ifodasi tahlil qilinadi. Maqolada shoirning g’azallarida ask etgan asosiy g’oyaviy-estetik yo‘nalishlar- insoniy fazilatlar, axloqiy poklik, vatan sog’inchi, muhabbat va dunyoning o‘tkinchiligi kabi mavzular poetic struktura asosida tahlil etiladi. Mazkur tadqiqot ishida “Boburnoma”dagi lirik parchalar ham tahlil etilib, ularda shoirning ruhiy holati, ma’naviy izlanishlari hamda estetik qarashlari ifodasining o‘ziga xos jihatlari ilmiy asosda ko‘rsatib o‘tiladi.

Maftuna Omonkeldiyeva

4-8

2025-06-17

O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA MAQOLLARNING O‘RGANILISHI

Maqolada o‘zbek tilshunosligida maqollarning o‘rganilishi bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar tahlil qilinadi. Unda maqollarning lingvistik, pragmatik, stilistik, lingvopoetik, badiiy-estetik, lingvokulturologik va aksiolingvistik xususiyatlarini tadqiq etgan olimlar ishlari umumlashtiriladi. Xususan, maqollarning idioma, ibora va matallardan farqlanishi, ularning semantik mohiyati, obrazlilik darajasi va kommunikativ vazifalari kabi masalalar batafsil yoritiladi. Tadqiqot natijalari asosida maqollar tilning semantik va madaniy qatlamlarini aks ettiruvchi muhim paremik birlik sifatida tavsiflanadi. Maqollarning milliy mentalitet, madaniy tajriba va xalq dunyoqarashini ifodalovchi lingvomadaniy birliklar sifatidagi o‘rni ko‘rsatiladi. Shuningdek, barqaror birikmalarni kognitiv aspektda o‘rganishning dolzarbligi asoslanib, ularning konseptual asoslari, mental jarayonlar bilan bog‘liqligi va nutq jarayonidagi kognitiv funksiyalarini dastlabki ilmiy vazifa sifatida belgilash taklif etiladi. Maqola o‘zbek tilidagi barqaror birikmalarni zamonaviy lingvistika, xususan kognitiv lingvistika nuqtayi nazaridan yanada chuqur o‘rganishga ilmiy asos yaratadi.

Sohiba Babanazarova

123-126

2025-12-11

USING VIRTUAL TOURS OF HISTORIC SITES IN ENGLAND TO MOTIVATE AND ENGAGE YOUNG PEOPLE IN THEIR EDUCATION

The article about intellectual and creative activity of teenagers is especially productive if it is devoted to the knowledge of artistic values. Here intelligence and creativity are activated. Moreover, in adolescence, there is a lively interest in art and a great need for its knowledge on the logical-cognitive and artistic-aesthetic levels. In communication with highly artistic works (when preparing teenagers for their perception and the process itself), logical and artistic thinking develops, with maximum activation of creative thinking and imagination, generalization and their own attitude, as well as reproduction. However, this is not enough for teenagers: intellectual and creative potential requires its implementation in any activity of knowledge. It is in this process of intellectual and creative development with the result of activities (for example, cognitive and educational) that the personality of teenagers is formed.

Gavkhar Nazarkulovna Pirmanova

59-65

2024-12-23

HAYRATIY POETIKASIDA AN’ANA VA YANGILANISHNING POETIK TALQINI

Maqolada shoir Umrzoq Hayratiy poetikasida an’ana va yangilanishning o‘zaro uyg‘unligi poetik jihatdan tahlil qilinadi. Shoir ijodida presedent nomlar, metafora, ramz, takror va qofiyalarning qo‘llanishi orqali milliy adabiyot an’analari davom ettirilishi hamda yangi badiiy izlanishlar amalga oshirilgani yoritilgan. Tadqiqotda Hayratiy she’riyatida milliylik va umuminsoniylikning o‘zaro aloqasi hamda poetik birliklarning badiiy-estetik vazifasi ilmiy asoslangan.

Manzura Abdullayeva

15-19

2025-10-21

XALQ QO’SHIQLARIDA TIL SOMATIZMINING OBRAZLANTIRILISHI

ushbu maqolada o’zbek xalq qo’shiqlarida til somatizmining  badiiy ifodalari, iboralar tarkibidagi ko’chma ma’nolari, qo’shiqlardagi badiiy-estetik vazifalari haqida fikr yuritilgan

Dilfuza Hamroyeva Dilfuza

12-14

2023-08-08

KOMPOZITOR IJODIDA RUHIY KECHINMALAR

Mazkur maqolada buyuk san’at darg‘asi kompozitor professor D. Amanullayeva hayoti va ijodi atroflicha yoritilgan bo‘lib, unda uning musiqiy merosi badiiy-estetik tamoyillari hamda san’at taraqqiyotiga qo‘shgan beqiyos hissasi ilmiy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Kompozitorning ijodiy izlanishlari, musiqiy tilining o‘ziga xosligi, uslubiy tamoyillari hamda turli janrlarda yaratgan asarlari musiqashunoslik mezonlari asosida o‘rganilib, uning badiiy maktabi shakllanishiga ta’sir etgan omillar ham har tarafkama ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada kompozitorning zamondoshlari va shogirdlari bilan ilmiy-ma’rifiy muloqotlari, musiqa madaniyatining rivojiga ko‘rsatgan ta’siri ijodiy merosining keying avlod sa’atkorlari tomonidan qanday qabul qilinganligi haqidagi mulohzalar ham o‘z aksini topadi. Hamda uning umummadaniy ahamiyati chuqur ilmiy asosda tahlil qilinadi.

Sevinch Norsunatova

7-9

2025-12-23

IQBOL MIRZO SHE’RIYATIDA OKKAZIONALIZMLARNING QO’LLANISHI

ushbu maqolada O’zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzoning “Ko’zlaringga termulsaydim” she’riy kitobida  qo’llanilgan okkazionalizmlar semantik jihatdan tahlil qilinadi. Ushbu birlik she’rning badiiy-estetik qiymatini oshiradi, o‘quvchini fikrlashga, his qilishga va anglashga undaydi. Natijada, shoirning til bilan ijodiy muomalasi nafaqat uslubiy yutuq, balki o‘zbek poetik tafakkurining yangi qirralarini ochib beruvchi muhim omil sifatida e’tirof etiladi.

Shoxista Yoqubboyeva

140-142

2025-05-12

O‘ZBEK ADABIYOTIDA “ONA” OBRAZI VA UNING RAMZIY TALQINI

Ushbu maqolada zamonaviy o‘zbek adabiyotida ona obrazining badiiy-ramziy talqinlarini o‘rganishga bag‘ishlanadi. Maqsad — ona timsolining adabiy uslubiy jihatlari, uning ramziy funksiyalari va zamonaviy kontekstdagi yangilanishlarini tadqiq etish. Buning uchun bir nechta zamonaviy adiblar asarlari tahlil qilinadi, ona obrazining semantik va badiiy-estetik jihatlari aniqlanadi.

Gulnoza Samadova

105-107

2025-10-31

1 - 25 of 64 items 1 2 3 > >> 

Indexing

butom

Requirements Editorial Board Politics Send the material

Language

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Developed By

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, st. Shirin 53, 100131


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2023 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy