Innovative Academy
  • Register
  • Login
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Journals
    • Eurasian Journal of Academic Research
    • Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences
    • Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture
    • Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences
    • Eurasian Journal of Mathematical Theory and Computer Sciences
  • New Journals
    • Central Asian Journal of Education and Innovation
    • Eurasian Journal of Technology and Innovation
    • Bulletin of pedagogs of new Uzbekistan
    • Bulletin of students of new Uzbekistan
  • Conferences
    • Science and technology in the modern world
    • Applied Sciences in the modern world: problems and solutions
    • Natural Sciences in the modern world: theoretical and practical research
    • Innovative research in the modern world: theory and practice
    • Pedagogy and psychology in the modern world: theoretical and practical research
    • Social Sciences in the modern world: theoretical and practical research
  • Announcements
    • Ilmiy maqola qanday yoziladi?
    • Questions and answers to doctoral studies
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • What is the Hirsch index and how to increase it?
    • atm

Search

Advanced filters

Search Results

YOSHLAR ORASIDA HAYOTIY MAQSADLAR INQIROZI VA MOTIVATSIYANING PASAYISHI

Mazkur maqolada zamonaviy yoshlar orasida hayotiy maqsadlar inqirozi va motivatsiyaning pasayishi muammosi psixologik nuqtayi nazardan nazariy va empirik jihatdan tahlil qilinadi. Global ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, raqamli muhitning kengayishi, kasbiy noaniqlik va qadriyatlar transformatsiyasi yoshlarning hayotiy maqsadlarini shakllantirish jarayoniga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Tadqiqotda hayotiy maqsadlar inqirozining psixologik determinantlari — identifikatsiya muammolari, ichki motivatsiyaning susayishi, ijtimoiy solishtirish, stress va emotsional beqarorlik omillari tahlil qilinadi. Nazariy tahlil zamonaviy motivatsiya nazariyalari, ma’no va hayotiy maqsadlar konsepsiyalari asosida olib borilgan. Empirik tadqiqot doirasida so‘rovnoma, individual suhbat va psixologik baholash metodlari qo‘llanilib, yoshlarning motivatsion holati va hayotiy yo‘nalishlari aniqlangan. Tadqiqot natijalari yoshlar orasida hayotiy maqsadlar inqirozi keng tarqalganligini va bu holat motivatsiyaning pasayishi, o‘ziga ishonchsizlik hamda kelajakka nisbatan noaniqlik bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi. Maqolada ushbu muammoni bartaraf etishga qaratilgan psixologik yondashuvlar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan bo‘lib, ular ta’lim muassasalari va psixologik xizmatlar faoliyatida qo‘llash uchun tavsiya etiladi.

Sherzod Matkarimov, Zoxida Raximova , Oybek Xudayberdiyev

58-61

2026-01-02

INSONNING HAYOTIY TANLOV HODISASI

Ma’lumki, hayotiy tanlov muammosi va u bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan inson mohiyati va uning hayoti to‘g‘risidagi ekzistensial masalalarni tadqiq etish uning mavjudligining asoslari va o‘ziga xos xususiyatlarini, shuningdek, mavjudlikning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini tahlil qilishni nazarda tutadi. Insonning hayotiy tanlovi, o‘zini va kelajagini yaratish muammosi psixologik tadqiqotlarda alohida o‘rin tutadi. Insonning o‘z hayot yo‘lini tanlash, hayot mazmunini izlash, o‘z hayotiy vazifasini anglash, o‘z hayotiy imkoniyatlari va istiqbollarini belgilash, dunyo, odamlar, o‘z-o‘zi va boshqalar bilan munosabatlarni o‘rnatishdagi erkinlik va cheklovlar masalalari ushbu muammo bilan chambarchas bog‘liq.

S.S. Shukurulloyeva

28-32

2026-01-30

HAYOTIY KOMPETENSIYALAR VA O‘QUVCHILARNING SHAXSIY RIVOJLANISHI: O‘ZARO BOG‘LIQLIK TAHLILI

Ushbu tezisda hayotiy kompetensiyalar tushunchasi, ularning mazmun-mohiyati hamda zamonaviy ta'lim jarayonida o‘quvchilarning shaxsiy rivojlanishi bilan uzviy bog‘liqligi tahlil qilinadi. Muallif hayotiy kompetensiyalarni shakllantirish o‘quvchilarda nafaqat bilim va ko‘nikmalarni, balki tanqidiy fikrlash, muammolarni hal qilish, ijtimoiy-emotsional barqarorlik kabi shaxsiy xususiyatlarni rivojlantirish bilan chambarchas bog‘liq ekanligini asoslaydi. Tezisda ilg‘or xorijiy va milliy tajribalarga tayanilgan holda, umumta’lim muassasalarida hayotiy kompetensiyalarni rivojlantirish orqali o‘quvchilarning shaxsiy taraqqiyotiga erishish yo‘llari yoritiladi. Tadqiqot natijalari hayotiy kompetensiyalarni ta’limning mazmuniy asosi sifatida qarash zarurligini ko‘rsatadi.

Erkaboy Davletov

10-13

2025-06-07

HAYOTIY KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISHDA BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA INTEGRATSIYALASHGAN YONDASHUVLAR

Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘quvchilarning tayanch hayotiy kompetensiyalarini shakllantirishda integratsiyalashgan yondashuvlarning pedagogik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Integratsiyalashgan yondashuv – bu fanlararo bog‘liqlik, o‘quvchilarning amaliy faoliyatga yo‘naltirilgan o‘zaro muloqotlari va real hayot bilan uzviy bog‘langan ta’limiy topshiriqlar orqali o‘z ifodasini topadi. Maqolada integratsiyalashgan ta’limning nazariy asoslari, amaliy modellari hamda ularning hayotiy kompetensiyalar – ijtimoiylashuv, muammolarni hal qilish, tanqidiy fikrlash, sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirishdagi ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun mos keluvchi integratsiyalashgan dars namunalariga tahliliy yondashuv berilgan va samaradorlikni oshirishga doir metodik tavsiyalar keltirilgan.

Erkaboy Davletov

5-9

2025-06-07

O’SPIRINLIK DAVRIDA KASB TANLASH MUAMMOLARI

Ilk o‘spirinlarga xos xususiyatlardan biri hayotiy rejalarning shakllanishidir. Bir tomondan hayotiy rejalar shaxs o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarni umumlashtirishi va mustahkamlashi natijasida vujudga keladi.  Boshqa tomondan  maqsad va motivlarning qonkretlashishi  jarayoni ro‘y  beradi.  

Faxriddin Ne’matov

40-47

2023-05-15

MAKTAB O’QUVCHILARIDA HAYOTIY KO’NIKMALARNI RIVOJLANTIRISH VA HAYOTIY MAQSADLARNI BELGILASH

Ushbu maqolada maktab o’quvchilarida hayotiy ko’nikmalarni rivojlantirish va hayotiy maqsadlarni belgilash hamda ularning yo’l-yo’riqlari haqida so’z yuritilgan.

Zamira Jumayeva

23-25

2023-06-09

DASTURIY TA’MINOT HAYOTIY SIKLI VA UNING AHAMIYATI

Hozirgi kunda axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi natijasida dasturiy ta’minot inson hayotining deyarli barcha sohalarida muhim o‘rin egallamoqda. Ta’lim, sog‘liqni saqlash, bank-moliya tizimi, sanoat va kundalik hayotda foydalanilayotgan ko‘plab tizimlar sifatli va ishonchli dasturiy ta’minotga bog‘liqdir. Shu sababli dasturiy mahsulotlarni yaratishda tartibli, rejalashtirilgan va samarali yondashuv zarur hisoblanadi.Dasturiy ta’minotni yaratish jarayonida qo‘llaniladigan eng muhim tushunchalardan biri bu — dasturiy ta’minot hayotiy siklidir (Software Development Life Cycle — SDLC). Hayotiy sikl dasturiy mahsulotning paydo bo‘lishidan boshlab, uni joriy etish va texnik qo‘llab-quvvatlashgacha bo‘lgan barcha bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu jarayonlar ketma-ket va tizimli ravishda amalga oshirilsa, dasturiy ta’minot sifati yuqori bo‘ladi.

Gulzoda Allaberdiyeva, Shaxlo Ulasheva

109-111

2026-02-12

AVTOMOBIL YOʻLLARINING HAYOTIY SIKLIDA INTELLEKTUAL TRANSPORT TIZIMLARINI QOʻLLASH: LOYIHALASH, QURISH VA EKSPLUATATSIYA QILISHNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Ushbu maqolada avtomobil yoʻllarining hayotiy sikli doirasida intellektual transport tizimlarini (ITT) joriy etishning dolzarbligi va samaradorligi tahlil qilinadi. Loyihalash bosqichida ITT vositalari orqali harakat oqimining prognoz qilinishi, qurilish jarayonida texnologik nazoratning avtomatlashtirilishi, shuningdek, ekspluatatsiya davrida real vaqt rejimida monitoring va boshqaruv tizimlarining qoʻllanilishi koʻrib chiqiladi. Maqolada shuningdek, yoʻl infratuzilmasini raqamlashtirish, xavfsizlikni oshirish va xizmat koʻrsatish xarajatlarini kamaytirishdagi innovatsion yondashuvlar yoritilgan. Tadqiqot natijalari asosida avtomobil yoʻllarini zamonaviylashtirishda ITT texnologiyalarining amaliy ahamiyati asoslab berilgan.

Farhod Quljanov

30-34

2025-09-15

O‘QUV VAZIYATLARINI VITAGEN TA’LIMGA INTEGRATSIYA QILISHNING AHAMIYATI

Mazkur maqolada o‘quv vaziyatlarini vitagen (hayotiy tajribaga asoslangan) ta‘limga integratsiyalashning nazariy-metodik asoslari va amaliy imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqot Pedogogik oliy ta’lim muassasalari tarix yo’nalishi 2-bosqich O’zbekiston tarixi fani mavzulari asosida olib borildi. Unda vitagen ta‘limning shaxsiy hayotiy tajriba, hissiy xotira va real ijtimoiy vaziyatlarga tayangan holda bilimni shakllantirish tamoyillari asosida o‘quv vaziyatlari modellashtirildi.

Sardorbek Vohidov

61-65

2025-06-26

MA`LUMOTLAR BAZASIDA HAYOTIY SIKL

Mazkur maqolada ma’lumotlar bazasida hayotiy sikl tushunchasi va uning asosiy bosqichlari yoritib berilgan. Ma’lumotlar bazasini yaratish jarayonining talablarni aniqlashdan boshlab, loyihalash, amalga oshirish, sinovdan o‘tkazish, ekspluatatsiya qilish hamda foydalanishdan chiqarishgacha bo‘lgan jarayonlari tahlil qilingan. Shuningdek, har bir bosqichning axborot tizimlaridagi o‘rni va ahamiyati ochib berilgan. Maqola oliy ta’lim muassasalari talabalari va axborot texnologiyalari sohasiga qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan.

Isroil Tojimamatov , Moxira To’ychiyeva

12-15

2025-12-16

O'TKIR HOSHIMOV ASARLARIDA HAYOTIY HAQIQATGA SODIQLIKKA DOIR

Bilamizki ko'plab o'zbek adiblarining real hayot voqealariga uyg'un holda yoritilgan asarlari kitobxonlar tomonidan sevib mutolaa qilinadi. Ushbu maqolada O'tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asaridagi hayotiy haqiqatlarning mahorat bilan yoritilganligi haqida so'z boradi.

Mohinurbegim G'ofurova

142-143

2024-01-09

SHAXS HAYOTIY TANLOVINI TARKIB TOPISHIDA HAYOT MAZMUNINI ANGLASH ASOSIY KATEGORIYA SIFATIDA

Hozirgi kunda shaxsning hayotiy tanlovi muammosining dolzarbligini isbotlashga zarurat mavjud emas. Ushbu holat jahon hamjamiyatidagi sezilarli o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lib, ular, o‘z navbatida, zamonaviy insonning hayotiy amaliyotlarida tanlovni amalga oshirish zaruratiga, shuningdek, ko‘rib chiqilayotgan sohadagi mutaxassislarning tadqiqot faoliyatining dinamik jarayonlariga ta’sir ko‘rsatdi.

S.S. Shukurulloyeva

131-135

2026-01-30

URUG‘LI VA DANAKLI MEVALI O‘SIMLIKLARNING KLASSIFIKATSIYASI, GEOGRAFIK TARQALISHI VA EVOLYUTSIYAVIY AHAMIYATI

Ushbu tezisda urug‘li va danakli mevali o‘simliklarning sistematik joylashuvi, ularning kelib chiqish hududlari, hayotiy shakllari, biologik va iqtisodiy ahamiyati keng yoritilgan. Bundan tashqari, bu o‘simliklarning evolyutsiyaviy taraqqiyoti, madaniylashtirish jarayonlari hamda insoniyat hayotidagi roli ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilingan. Tezis zamonaviy botanik tadqiqotlar va klassifikatsiya mezonlariga asoslanadi.

Mushtariy Mamajonova

110-111

2025-05-26

AYOLLARDA YOSHGA QARAB OPTIMIZM VA EMOTSIONAL BARQARORLIKNING O’ZGARISHI

Ushbu maqolada ayollarning yosh guruhlariga qarab optimizm va emotsional barqarorlikda qanday o’zgarishlar sodir bo’lishi tahlil qilinadi. Maqolada yosh, biologik, ijtimoiy va psixologik omillar ayollarning optimistik fikrlash va emotsional holatini qanday shakllantirishi haqida ko’rib chiqiladi. Yoshga qarab, ayollarning hayotiy tajribalari, gormonal o’zgarishlar, ijtimoiy rollar va oilaviy mas’uliyatlar kabi faktorlar optimizm va barqarorlikka turlicha ta’sir ko’rsatishi mumkin. Maqola, bu o’zgarishlarni yanada chuqurroq tushunishga yordam beradi.

Dilfuza Pulatova

144-146

2025-01-28

VEKTOR MIQDORLARNI OʻRGATISH METODIKASI

Ushbu ishda vektor miqdorlarni o‘qitishning samarali metodikasi yoritilgan. Avval skalyar va vektor miqdorlar o‘rtasidagi farq hayotiy misollar orqali tushuntiriladi. Vektorlarni o‘rgatishda ko‘rgazmalilik, geometrik tasvir va koordinata usulidan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Vektorlar ustida amallar (qo‘shish, ayirish, son bilan ko‘paytirish, skalyar ko‘paytma) bosqichma-bosqich o‘rgatiladi hamda ularning fizikadagi qo‘llanilishi (kuch, tezlik, tezlanish, ko‘chish) orqali nazariy bilimlar mustahkamlanadi. Talabalarda mustaqil fikrlashni rivojlantirish uchun interfaol metodlar qo‘llaniladi, bilimlarni mustahkamlashda esa test topshiriqlari, amaliy masalalar va laboratoriya ishlari asosiy vosita sifatida xizmat qiladi. Shuningdek, koordinata usuli yordamida vektorlarni (x, y, z) orqali ifodalash va ular ustida hisoblashlar bajarish metodikasi alohida o‘rin tutadi. Vektor tushunchasi nafaqat matematikada, balki fizika fanida ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib, kuch, tezlik, tezlanish va ko‘chish kabi miqdorlarni tahlil qilishda qo‘llanadi. Shu bois, dars jarayonida nazariy bilimlarni amaliy vazifalar bilan uyg‘unlashtirish samaradorlikni oshiradi. Metodik jihatdan interfaol usullar – guruhli ish, muammoli vaziyatlarni yechish, savol-javoblar qo‘llanilib, talabalar mustaqil fikrlashga yo‘naltiriladi. Bilimlarni mustahkamlash bosqichida esa test topshiriqlari, amaliy masalalar, laboratoriya ishlari orqali nazariya va amaliyot uyg‘unlashtiriladi. Umuman olganda, vektor miqdorlarni o‘qitishda bosqichma-bosqichlik, ko‘rgazmalilik va hayotiy misollar asosida yondashish samarali natija beradi.

Durdona Zayniddinova , Madina Turdiyeva

43-46

2025-10-07

ADABIYOT DARSLARIDA O‘QISH SAVODXONLIGI KO‘NIKMASINI O‘QUVCHILARDA SHAKLLANTIRISH HAYOTIY ZARURAT SIFATIDA

Ushbu tezisda adabiyot darslarida o‘qish savodxonligi ko‘nikmasini shakllantirish hayotiy zarurat ekanligi va ushbu ko‘nikmani shakllantirish uchun pedagoglarimiz ko‘proq nimalarga e’tibor berishlari kerakligi haqida ma’lumot berilgan.

Dilfuza Shamsiyeva

58-60

2025-10-28

DASTURIY TA’MINOT HAYOTIY SIKLI VA UNING AHAMIYATI

Bugungi kunda axborot texnologiyalari jamiyatning ajralmas qismiga aylangan. Dasturiy ta’minotlar inson faoliyatining deyarli barcha sohalarida keng qo‘llanilmoqda: ta’lim, sog‘liqni saqlash, moliya, sanoat, transport va davlat boshqaruvi. Mobil ilovalar, veb-saytlar, avtomatlashtirilgan tizimlar va boshqa axborot resurslari sifatli dasturiy ta’minotga bog‘liqdir. Shu sababli dasturiy mahsulotlarni yaratishda tartibli, rejalashtirilgan va samarali yondashuv muhim ahamiyatga ega.Dasturiy ta’minot yaratish jarayoni faqat dastur kodini yozish bilan cheklanmaydi. U foydalanuvchi talablarini aniqlash, tizimni loyihalash, dasturlash, testlash, joriy etish va keyinchalik texnik qo‘llab-quvvatlash jarayonlarini o‘z ichiga oladi.

Gulzoda Allaberdiyeva, Shaxlo Ulasheva

16-17

2026-02-23

UMUMINSONIY AXLOQIY MEZONLAR VA ZAMONAVIY YOSHLARNING HAYOTIY QARASHLARI

Mazkur maqolada umuminsoniy axloqiy mezonlarning mazmun-mohiyati, ularning yosh avlod dunyoqarashi va hayotiy pozitsiyasi shakllanishidagi o‘rni, zamonaviy sharoitda mazkur qadriyatlarning ahamiyati hamda ularni singdirish jarayonining dolzarb masalalari ilmiy jihatdan yoritiladi.

Abay Mustafaev

18-20

2025-09-26

ORGANIZMNING YASHIRIN ENERGIYASI: T₃ GORMONI VA HAYOTIY JARAYONLARNING BOSHQARUVI”

Ushbu maqola inson organizmidagi triyodtironin (T₃) gormonining kimyoviy tabiati, sintezi, fiziologik funksiyalari va boshqarilish mexanizmlarini yoritadi. T₃ gormoni metabolizm tezligini oshirish, yurak-qon tomir tizimi faoliyatini tartibga solish, markaziy asab tizimi rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash va hujayralarda oqsil sintezi hamda mitoz jarayonlarini kuchaytirish kabi asosiy hayotiy jarayonlarga ta’sir ko‘rsatadi. Maqolada gipotalamus–gipofiz–qalqonsimon bez tizimi orqali T₃ darajasi teskari aloqa tamoyili bilan nazorat qilinishi, uning ortiqcha yoki yetishmovchiligi natijasida yuzaga keladigan gipertireozi va gipotireoz holatlari, shuningdek diagnostika va davolash imkoniyatlari ham muhokama qilinadi. Shu bilan birga, T₃ gormonining organizmdagi energetik boshqaruvchi roliga alohida urg‘u berilgan.

Sitora Chinpo’lotova

141-143

2025-12-17

BURHONIDDIN MARGʻINONIY FIQHIDA NORMATIVLIK VA MOSLASHUVCHANLIK MASALASI (AL-HIDOYA ASARI ASOSIDA)

Mazkur maqolada buyuk hanafiy faqihi Burhoniddin Margʻinoniyning fiqhiy qarashlarida normativlik va moslashuvchanlik masalasi Al-Hidoya asari asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda islom huquqining qat’iy qoidalari (normativlik) bilan hayotiy sharoitlar, zamon va makon omillariga moslashish (moslashuvchanlik) o‘rtasidagi muvozanat Margʻinoniy fiqhiy metodologiyasi misolida yoritiladi. Asarda muallifning Qur’on, sunnat, ijmo‘ va qiyosga tayangan holda hukm chiqarishi, zarurat va urf-odat omillarini inobatga olishi ilmiy jihatdan asoslab beriladi. Shuningdek, “Al-Hidoya”dagi muomala, ibodat va jinoyat huquqiga oid masalalar orqali fiqhning faqat nazariy emas, balki amaliy va hayotiy xarakterga ega ekanligi ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijalari Margʻinoniy fiqhining normativ barqarorlikni saqlagan holda moslashuvchan yondashuvni ta’minlaganini ochib beradi hamda ushbu merosning zamonaviy huquqiy va ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdagi ahamiyatini asoslaydi.

Dildora Yigitaliyeva

105-110

2026-01-31

JIGARNING HAYOTIY VAZIFALARI VA JIGAR SIRROZI

Ushbu maqola inson jigari va uning hayotiy vazifalari, shuningdek, siroz kasalligi haqida keng qamrovli ma’lumot beradi. Jigar metabolizm, safro ishlab chiqarish, toksinlarni chiqarish, immunitetni qo‘llab-quvvatlash va qon ivishida muhim rol o‘ynaydi. Siroz – jigarda chandiq to‘qimalari hosil bo‘lishi bilan xarakterlanadigan jiddiy kasallik bo‘lib, u ko‘pincha spirtli ichimliklar, surunkali gepatit B va C, yog‘li jigar kasalligi, irsiy kasalliklar va o't yo‘llari bilan bog‘liq patologiyalar natijasida rivojlanadi. Maqolada sirozning erta va rivojlangan bosqichdagi simptomlari, tashxisi, davolash usullari, shuningdek, oldini olish va bemorlarni boshqarish bo‘yicha tavsiyalar keltirilgan. Shu bilan birga, maqola jigar transplantatsiyasi va profilaktik choralar ahamiyatini ham ta’kidlaydi.

Oydinoy Sobirova , Muqaddas Xadjayeva

20-23

2025-12-05

DAVLAT TA’LIM MUASSASALARIDA TARBIYAVIY ISHLARNI SAMARALI TASHKIL ETISH ORQALI O‘QUVCHILARNI INKLYUZIV TA’LIMGA TAYYORLASH

Ushbu maqolada kar va zaif eshituvchi bolalarda hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish orqali ularni inklyuziv ta’limga jalb etish imkoniyatlari sanab o‘tilgan. Asosan, tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish inklyuziv ta’limda muhim omil ekanligi ochib berilgan.

Muborak Dehqonova , Dilora To’raqulova

31-34

2022-11-30

OMINA SHENLIKOʻGʻLI IJODIDA HAYOTIY VA BADIIY HAQIQAT

Ushbu maqolada turk yozuvchisi Omina Shenlikoʻgʻli ijodidagi hayotiy va
badiiy haqiqat masalasi koʻtarilgan boʻlib, kommunistik davr va hozirgi kundagi illatlar -
johillik, hasad, yaxshilik, matonat va shu kabi gʻoyalarning badiiy talqini ilgari
surilganligi, yoki yozuvchi ijodidagi e’tiqodning oʻrni tahlilga tortilgan boʻlib, adiba bu
asarlari orqali kitobxonlarga nima bermoqda kabi savollarga javob berishga harakat qilingan.

Gulsevar Toshpoʻlatova

101-103

2023-05-19

5-SINF O‘QUVCHILARIGA MATEMATIKA O‘QITISH METODIKASI

Ushbu tezis 5-sinf o‘quvchilariga matematika fanini samarali o‘qitish metodlarini o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, yosh xususiyatlari va amaliy qo‘llanilish jihatlari hisobga olingan. Hayotiy misollardan foydalanish va interaktiv metodlarni qo‘llash orqali o‘quvchilarda matematik tushunchalarni shakllantirish, mantiqiy fikrlash va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish mumkin. Ushbu yondashuv o‘quvchilarda matematika faniga qiziqishni oshiradi va kelgusidagi ta’lim bosqichlariga tayyorlaydi.

GAVXARBONU TO‘RAYEVA

104-105

2026-01-19

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA NUTQ O‘STIRISH METODIKASI

Maqolada nutq tushunchasi, nutq o‘stirish metodikasi, uning ahamiyati, o‘quvchilar nutqini rivojlantirish yo‘llari, metodikasi, nutqni egallashning qator aspektlari, nutq o‘stirish yo‘nalishlari, o‘quvchilar nutqini o‘stirishda aniq belgilangan talablar, ta’lim-tarbiya jarayonida nutq o‘stirishga erishish orqali o‘quvchilarda shakllantirilishi lozim bo‘lgan hayotiy ko‘nikmalar haqida so‘z boradi.

Go‘zal Jo‘rayeva

7-12

2025-06-07

1 - 25 of 256 items 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Indexing

butom

Requirements Editorial Board Politics Send the material

Language

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Developed By

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, st. Shirin 53, 100131


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2023 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy