Innovative Academy
  • Ro'yxatdan o'tish
  • Kirish
  • En
  • O'z
  • Ру

Innovative Academy

  • Журналы
    • Евразийский журнал академических исследований
    • Евразийский журнал медицинских и естественных наук
    • Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры
    • Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук
    • Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук
  • Новые журналы
    • Центральноазиатский журнал образования и инноваций
    • Евразийский журнал технологий и инноваций
    • Бюллетень педагогов нового Узбекистана
    • Бюллетень студентов нового Узбекистана
  • Конференции
    • Наука и технология в современном мире
    • Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения
    • Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Инновационные исследования в современном мире: теория и практика
    • Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
  • Объявления
    • Как написать научную статью?
    • Doktorantura yuzasidan savollar va ularga javoblar
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • Xirsh indeksi nima va uni qanday oshirish mumkin?
    • «Faol hamkor» aksiyasi
    • «In Ambassador» jamoasi
    • atm

Qidirish

##search.advancedFilters##

##search.searchResults##

MULOQOT PSIXOLOGIYASI

Ushbu maqola muloqot psixologiyasining turli jihatlarini, jumladan, verbal va non-verbal muloqotni, hissiy ta’sirlarni va ijtimoiy kontekstni ko‘rib chiqadi. Shuningdek, muloqotda yuzaga keladigan xatoliklar, ularni bartaraf etish usullari va jamoaviy ishdagi ahamiyatiga e’tibor qaratiladi. Maqola samarali muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ilmiy yondashuvni taklif etadi.

Ruxshona Qodirova , Dilnoza Odiljonova, Muhsina Bozorova

71-74

2024-12-09

KATTA MAKTABGACHA YOSH BOLALARNING KOMMUNIKATIV O'YINLARNI TASHKIL ETISH ORQALI MULOQOT KO'NIKMASINI SHAKLLANTIRISH

Katta  guruhlarda ta'lim-tarbiya jarayoni, bolalarning muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Muloqot, insonlar o‘rtasidagi aloqalar, fikr va his-tuyg‘ularni ifodalash, hamda ijtimoiy muloqotning asosiy vositasi sifatida qaraladi. Maktabgacha ta'lim jarayonida kommunikativ ko‘nikmalarni shakllantirish, bolalarning ijtimoiy o‘zaro munosabatlari, til rivojlanishi, va umumiy shaxsiy taraqqiyotlari uchun asosiy omil hisoblanadi. Kommunikativ o‘yinlar, bolalar uchun muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishda samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi. Ular bolalarga o‘z fikrlarini ifodalash, boshqalar bilan muloqot qilish, va turli ijtimoiy vaziyatlarga moslashish imkoniyatini beradi. Bu o‘yinlar orqali bolalar o‘zaro aloqalarni mustahkamlash, muammolarni hal qilish, va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini oshiradilar. Katta  guruhlarda kommunikativ o‘yinlarni tashkil etish, bolalarning ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, til va muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish uchun ayniqsa muhimdir. Bu jarayonda o‘yinlarning turlari, metodikasi, va amaliyotlari bolalarning yoshiga, qiziqishlariga, va rivojlanish bosqichlariga mos ravishda tanlanishi kerak.

Dilrabo Bozorova , Xurshida Nuritdinova

135-137

2025-05-28

KOREYS TILI TA'LIMIDA MAMLAKATSHUNOSLIK MATNLARI ORQALI TALABALARDA MADANIYATLARARO MULOQOT KO'NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH USULLARI

Madaniyatlararo muloqot ko'nikmalari zamonaviy globallashuv sharoitida koreys tili ta'limining muhim tarkibiy qismi sifatida talabalarga koreys madaniyatini chuqur anglash, madaniy farqlarni hurmat qilish va samarali muloqot qilish imkonini beradi. Ushbu maqola koreys tili ta'limida mamlakatshunoslikka oid matnlar orqali talabalarda madaniyatlararo muloqot ko'nikmalarini shakllantirish usullarini o'rganadi. Matnlarni tanlash mezonlari, masalan, autentiklik, zamonaviylik, madaniy ahamiyat, til murakkabligi va o'quv dasturiga moslik kabi asoslarni amaliy strategiyalar bilan bog'lash orqali maqola talabalarda madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini rivojlantirish uchun yo'l-yo'riq taqdim etadi. Amaliy strategiyalar uch bosqichli matn bilan ishlash tizimi, madaniy realiyalarni tahlil qilish, qiyosiy tahlil, loyiha ishlari, rolli o'yinlar va vizual materiallardan foydalanishni o'z ichiga oladi. Ushbu yondashuvlar talabalarning koreys madaniyati haqidagi bilimlarini kengaytiradi, madaniyatlararo sezgirlikni oshiradi va samarali muloqot ko'nikmalarini shakllantiradi. Maqola madaniyatlararo muloqotga qodir, mulohazali va madaniy jihatdan sezgir shaxslar tayyorlashga xizmat qiluvchi ta'lim metodologiyalarini rivojlantirishga hissa qo'shadi.

Ahrorbek Erkinov

84-88

2025-06-12

OʻQUVCHILARNING OGʻZAKI VA YOZMA MULOQOT KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISH

Ushbu tezisda o‘quvchilarning og‘zaki va yozma muloqot kompetensiyalarini shakllantirish masalalari o‘rganilgan. Zamonaviy ta’lim jarayonida kommunikativ kompetensiyalar o‘quvchilarning muloqot madaniyati, fikrini aniq ifodalash qobiliyati va ijtimoiy faoliyatdagi muvaffaqiyati bilan bevosita bog‘liq. Tadqiqotda og‘zaki va yozma muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishning didaktik va metodik jihatlari, samarali usullar va o‘quvchilarni baholash mexanizmlari tahlil qilingan. Shu bilan birga, pedagogik amaliyotdagi misollar va adabiyotlar asosida muloqot kompetensiyasini shakllantirish strategiyalari ko‘rib chiqilgan.

Moxinur Xolmatjonova

30-32

2025-11-10

BOSHLANG‘ICH SINFDA O‘QITUVCHI NUTQINING O‘QUVCHILAR MULOQOT KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHDAGI PSIXOPEDAGOGIK IMKONIYATLARI

Ushbu tezisda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining muloqot kompetensiyasini shakllantirishda o‘qituvchi nutqining psixopedagogik ta’sir mexanizmlari tahlil qilinadi. Muloqot kompetensiyasi boshlang‘ich sinf o‘quvchisida o‘z fikrini aniq ifodalash, suhbatdoshni tinglash, ijtimoiy vaziyatga mos muloqot shaklini tanlay olish kabi ko‘nikmalarning shakllanishini nazarda tutadi. Shuningdek, o‘qituvchi nutqi orqali sinfda sog‘lom psixologik va lingvistik muhitni yaratish, o‘quvchilarda nutqiy faollikni oshirish hamda ijtimoiy muloqotda qatnashish qobiliyatini rivojlantirish bo‘yicha samarali yo‘llar ko‘rsatib beriladi. Tezisda mahalliy va xorijiy psixopedagog olimlarning qarashlari asosida metodik tavsiyalar ham keltirildi.

Santalat Kurbanova

103-105

2025-07-21

OʻQITUVCHINING SHAXSLARARO MULOQOTI ETIKASI VA MADANIYATI

Ushbu maqolada o‘qituvchining shaxslararo muloqoti etikasi va madaniyatini shakllantirish masalalari yoritilgan. Pedagogik jarayonlarda o‘qituvchi nutqining madaniyati, muloqot qoidalariga rioya etishi, shaxslararo muloqot orqali ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasidagi muloqotni samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tavsiyalar beriladi. Maqolada o‘qituvchining etikasi va muloqot madaniyati pedagogik mahoratning muhim elementi sifatida qaraladi.

Nargiza Inoyatova

15-17

2024-12-10

PEDAGOGIK MULOQOT – O‘ZARO TA’SIR KO‘RSATISH VOSITASI

Mazkur maqolada pedagogik takt talablariga amal qilgan o‘qituvchilarga muloqot uslubini shakllantirish, talabalar bilan haqiqiy muloqot madaniyatiga erishishini ta’minlash, ishontirish va uqtirish orqali talabalarga ta’sir kuchini singdirish masalalari yoritib berilgan.

Sitora Fatullayeva

24-27

2024-08-15

BO‘LAJAK BOSHLANG’ICH SINF O‘QITUVCHILARINING IJODIY FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHDA PEDAGOGIK MULOQOTNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA FUNKSIYALARI

Maqolada bo‘lajak boshlang’ich sinf o‘qituvchilarning ijodiy faoliyatini rivojlantirishda pedagogik muloqotning o‘ziga xos xususiyatlari va funksiyalari haqida so'z yuritiladi.

Aksungul Baltamuratova

138-148

2022-11-28

MULOQOT IJTIMOIY VA SHAXSLARARO MUNOSABATLARNING IFODASI SIFATIDA

Ushbu maqolada shaxslararo munosabatlarda muloqot madaniyati, uning inson hayoti va faoliyatidagi muhim sharti sifatida e’tibor berilib, muloqotning psixologik tizimi, muloqot davomida o‘zaro ta’sirlar, kundalik ijtimoiy hayotda muloqot va shaxslararo munosabatlar muammosi muhim ahamiyati haqida so‘z yuritiladi.

Dilfuza Sattorova , Toxir Nurulloyev

7-11

2025-05-28

HARBIY DEONTOLOGIYANING AXLOQIY-ME’YORIY TAMOYILLARI VA ULARNING RAQAMLI MULOQOT TIZIMIDA NAMOYON BO‘LISHI

Ushbu tezisda harbiy deontologiyaning mazmuni va uning raqamli muloqot tizimida namoyon bo‘lishi ilmiy-nazariy jihatdan yoritiladi. Deontologik yondashuv kasbiy burch, xizmat intizomi, maxfiylik, javobgarlik va hurmat tamoyillariga asoslanadi; raqamli muhitda esa bu tamoyillar axborot xavfsizligi, shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish, operativ xavfsizlik (OPSEC), onlayn etik muomala va ijtimoiy tarmoqdagi xulq qoidalari orqali real amaliy ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotda axloq falsafasining markaziy g‘oyalari (kategorik imperativ, kommunikativ ratsionallik) harbiy etika va axborot etikasi bilan integratsiyada tahlil qilinadi, harbiy ta’lim muassasalarida raqamli muloqot madaniyatini shakllantirishga doir metodik yo‘nalishlar, baholash mezonlari hamda amaliy ko‘rsatkichlar muhokama qilinadi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, deontologik tamoyillarni raqamli siyosatlar, standartlashtirilgan protokollar va axloqiy kompetensiya modullari bilan uyg‘unlashtirish bo‘lajak harbiy xizmatchilarda barqaror raqamli muloqot madaniyatini shakllantirishning asosiy omilidir.

Bahtiyor Soyibnazarov

70-72

2025-10-14

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA XAVOTIRNI KAMAYTIRISHDA IJOBIY MULOQOT STRATEGIYALARINING O‘RNI

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘rtasida xavotirni kamaytirishning samarali yo‘llaridan biri sifatida ijobiy muloqot strategiyalarining ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot jarayonida empatik eshitish, deskriptiv maqtov, nizosiz muloqot (NVC), “growth mindset”ga asoslangan fikr-mulohaza va sinf muhitini qo‘llab-quvvatlash kabi strategiyalarni tizimli qo‘llash orqali o‘quvchilarda xavotir darajasining pasayishi kuzatildi. Tadqiqot xorijiy manbalarda sinovdan o‘tgan dasturlar (FRIENDS for Life, TAPES, growth mindset intervensiyalari) va mahalliy pedagogik tajribalar tahliliga asoslandi. Natijalar boshlang‘ich ta’limda o‘qituvchilarning ijobiy muloqot strategiyalaridan foydalanishi xavotirni kamaytirish va sinf muhitini yaxshilashga samarali ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatadi.

Gulsara Xoshimova

9-13

2025-08-05

PARALINGVISTIKADA MULOQOT VA UNING SHAKLLARI XUSUSIDA

Ushbu maqolada tilshunoslikning yangi yo’nalishlardan bo’lgan Paralingvistikaning nazariy asoslari tadqiq ostiga olingan. Shuningdek, muloqot, muloqot shakllari hamda muloqot tushunchasi, mazmuni, maqsadi, vositalari, va uning turlari haqida ma’lumot berilgan.

Oydinoy Anvarbekova

70-72

2024-01-23

TALABALAR ORASIDA SAMARALI MULOQOTNI RIVOJLANTIRISH UCHUN INNOVATSION TA’LIM STRATEGIYALARIDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI

Muloqot - bir  birimizga fikrlarimizni, tuyg'ularimizni, tasavvur va g'oyalarimizni etkazib beruvchi vosita. Har bir talaba, albatta, samarali muloqot ko’nikmalariga muhtoj. Shu nuqtai nazardan, o'qituvchilar talabalar o'rtasida muloqot ko’nikmalarini rivojlantirishda muhim o’rin tutadi.  Hozirgi tezkor zamonda darslarda innovatsion usullar va strategiyalardan foydalanishga talab ortib bormoqda,  talabalar o'rtasida komminikatsiya ko'nikmalarini oshirish uchun turli xil sifatli o'quv resurslarini shakllantirishni talab etmoqda.Ushbu maqolada talabalarda muloqot ko’nikmalarini rivojlanishi va kelajakda etuk kadr bo’lib etishishida raqamli resurslarning o’rni haqida aytilgan.

Nilufar Djurayeva

53-56

2024-01-03

KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O`QUVCHILARDA MULOQAT TA’SIRCHANLIGINING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK ASOSLARI.

Mazkur tezisda kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning muloqot jarayonida ta’sirchanlikni namoyon etish xususiyatlari, ularning ijtimoiy va psixologik rivojlanishida pedagogik omillarning roli yoritilgan. Muloqot ta’sirchanligi bolaning shaxsiy rivojlanishida, o‘qituvchi va tengdoshlar bilan o‘zaro munosabatni shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Ish davomida o‘quvchilarda muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishning samarali metodlari, shuningdek, muloqotda psixologik ta’sirchanlikni oshirish omillari tahlil qilingan. Tadqiqotda kuzatuv, suhbat va diagnostika metodlaridan foydalanilgan hamda natijalar statistik tahlil asosida keltirilgan.

Bibimarjona Uchtemirova

23-26

2025-10-31

INGLIZ TILI O‘QITISHDA MADANIYATLARARO MULOQOT MUAMMOLARI VA ULARNI BARTARAF ETISH USULLARI

Ushbu  maqolada madaniyatlararo  muloqot  kompetensiyasida ingliz  tilini  o‘qitishning  funksiyalari hamda ingliz  tilini  o‘rganuvchilarning  madaniyatlararo  muloqot  kompetensiyasini qanday rivojlantirish, shuningdek ijtimoiy-rolli muloqotni o‘qitishning maqsadlari muhokama qilinadi.

Zulfiya Raxmatova

78-81

2023-01-25

KOMUNIKATIV DISKURSNING TADQIQOT OB’YEKTI

Ushbu tezizda muloqot jarayonida lisoniy birliklarni tanlab olish, ularni qo’llash hamda ushbu qo’llanishdagi birliklarning muloqot ishtirokchilariga ta’siri masalasi, muloqot strategiyalarini, shuningdek ularni amalga oshirish uchun ishlatiladigan usullarni, texnika va vositalar o’rganilgan.

Dilrabo Sattarova

41-43

2023-12-23

TALABALARNING RAQAMLI TEXNOLOGIYA VA O'ZINI-O'ZI BOSHQARISH ORQALI NUTQ KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH

Muloqot ko'nikmalari va uni tadqiq qilishning ahamiyati muhimligi butun dunyoda tan olingan. O'z-o'zini o'rganish muloqot qobiliyatlarini yaxshilashning shunday variantlaridan biridir. Ushbu tadqiqotning maqsadi taqamli texnologiya va talabalarning muloqot qobiliyatlarini rivojlantirishda o'zini-o’zi boshqarish va uning ba'zi vositalarining ahamiyatini muhokama qilishdir. Hozirgi vaqtda o'z-o'zini o'rganish faqat qaysi faoliyat va ko'nikmalar haqida gapiriladi va o'zini-o’zi boshqarish qayerda va qanday kengaytirish va rivojlantirish mumkinligi haqida gapiriladi.

Dilnoza Kambarova

141-144

2022-09-21

O’QUVCHILARNING IJTIMOIY MUVOFIQLASHUVIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR. MULOQOT KO’NIKMALARI DARAJASI.

Ushbu maqolada o’quvchilarning ijtimoiy muvofiqlashuviga ta’sir etuvchi omillar va muloqot ko’nikmasi. Bunda o`quvchilarning ijtimoiylashuv jarayonida muloqot funksiyalari pedagogik muammo sifatida haqida yozilgan. O‘qituvchilarning o‘zaro axborot almashishi bilan bog‘liq xususiyatlari, uning sinf jamoasiga singib keta olish qobiliyati bilan bog‘liq. Sinf jamoasida ro‘y berayotgan har qanday voqea va hodisalar o‘qituvchilar nazoratida bo‘lishi, ularning oqibatini o‘qituvchilar tez va adolatli tahlil qilishi va oldini olishi lozim.

Axmedova Xosiyat Nasibovna, Xalimjanov Abduqunduz Rahimjon o’g’li

54-57

2025-10-13

RASMIY MULOQOTDA LINGVOMADANIY XUSUSIYATLAR

Maqolada rasmiy muloqotda lingvomadaniy xususiyatlar, muloqot so‘zining
leksik izohi, bu termin bilan baravar qo‘llanib kelayotgan sinonimlari haqida izoh berilgan.
Shu bilan bir qatorda tilshunoslarning muloqot matniga lingvomadaniy yondashuvlari
xususidagi fikrlari bayon etilgan. Nutqiy muloqotning maqsadiga ko‘ra: axborotni uzatish va
uni qabul qilishga mo‘ljallangan nutqiy muloqot; baho munosabatini bildirish va unga
nisbatan javob reaksiyasini qabul qilishga mo‘ljallangan nutqiy muloqot; nutqiy ta’sir
ko‘rsatish va uning natijasiga erishishga mo‘ljallangan nutqiy muloqotga ajratilgan.

Xurshida Narxodjayeva

123-126

2023-05-07

MADANIYATLARARO MULOQOTDA PARALINGVISTIK VOSITALARNING QO`LLANILISHI

Ushbu maqolada madaniyatlararo muloqotda paralingvistik vositalarning ahamiyati, turlari, ulardan birining noverbal muloqot ekanligi, shuningdek, tana harakatlari, imo-ishoralar, mimika va intonatsiya muloqot jarayonida muhim rol o‘ynashi haqida so‘z yuritiladi. Turli madaniyatlarda bu vositalar turlicha talqin qilinishi, bu esa tushunmovchilik yoki kommunikativ to‘siqlarga olib kelishi mumkinligi, shuning uchun chet tilini o‘rganishda o‘sha tilga xos bo‘lgan imo-ishoralarni ham bilish zaruriyati ta’kidlanadi.

Raxmatullayeva Zarina Alisher qizi

4-6

2025-03-27

TALABALAR O‘RTASIDA XALQARO MULOQOT MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHDA MAVJUD PEDAGOGIK YONDASHUVLAR

Ushbu maqola talabalarda xalqaro muloqot madaniyatini shakllantirish bo‘yicha mavjud pedagogik yondashuvlarni tizimli tarzda o‘rganadi va ularning samaradorligini baholashga qaratilgan. Kirish qismida globallashuv sharoitida oliy ta’lim muassasalarida madaniyatlararo kompetensiya hamda kommunikativ mahoratni rivojlantirish zaruriyati ko‘rsatib o‘tiladi. Maqolaning maqsadi — kommunikativ, madaniyatlararo, shaxsga yo‘naltirilgan, integrativ va axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan pedagogik yondashuvlarning nazariy asoslari, amaliy qo‘llanilishi va ta’lim jarayonidagi o‘rnini aniqlashdir.

Dilfuza Rayimova , Shahnoza Ahmadjonova

27-31

2025-09-30

VIRTUAL MULOQOT JARAYONIDA LISONIY SHAXS FENOMENINING NAMOYON BO’LISHI

Mazkur maqolada virtual muloqot maydonida lisoniy shaxs  tushunchasi va uning  ayni nutqiy jarayonda o’zini namoyon qilishi bilan bog’liq jihatlar xususida fikr yuritiladi.

B. Isroilova

23-25

2023-12-06

MULOQOT PSIXOLOGIYASI

Ushbu maqolada muloqot psixologiyasining mohiyati, uning nazariy asoslari va insonlar o‘rtasidagi kommunikativ jarayonlarda tutgan o‘rni tahlil qilinadi. Muloqotning verbal va neverbal shakllari, shaxslararo munosabatlarda psixologik omillar va kommunikativ kompetensiyaning shakllanish mexanizmlari yoritiladi. Shuningdek, muloqot jarayonida yuzaga keladigan psixologik to‘siqlar, ularning kelib chiqish sabablari va samarali kommunikatsiya strategiyalari ilmiy nuqtai nazardan ko‘rib chiqiladi.

Nurulloxon Jo‘rayev

85-87

2025-11-30

OʻZBEK TILIDA MULOQOT ISHTIROKCHILARINING PSIXOTILI VA IJTIMOIY TILI

Mazkur maqolada o‘zbek tilida muloqot ishtirokchilarining psixotili (shaxsning psixologik xususiyatlari bilan belgilanadigan individual nutq uslubi) va ijtimoiy tili (maqom, rol, jins, yosh, hudud va jamoaga xos til ko‘rinishlari) o‘zaro bog‘liqlikda tahlil qilinadi. Tadqiqot psixolingvistika va sotsiolingvistika yondashuvlarini birlashtirgan holda, turli vaziyatlardagi (rasmiy/norasmiy, oilaviy, xizmat, onlayn) real nutq namunalaridan olingan misollar asosida til vositalarining tanlanishi va ishlatilishi qonuniyatlarini yoritadi. Maqola o‘zbek muloqot madaniyati uchun psixotil–ijtimoiy til markerlarining dastlabki tipologiyasini taklif etadi hamda ularning ta’lim, tarjima, media va raqamli kommunikatsiyadagi qo‘llanilish imkoniyatlarini muhokama qiladi.

Go`zal Bobomurodova

54-58

2025-11-11

MUOMALA MADANIYATI VA UNING JAMOYATDAGI O‘RNI

Muomala madaniyati insonlar o‘rtasidagi muloqot jarayonining asosiy tamoyillaridan biri bo‘lib, jamiyatning ijtimoiy va madaniy rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu maqolada muomala madaniyatining mohiyati, uning ahamiyati, shakllanish omillari va inson hayotidagi roli haqida batafsil ma’lumot beriladi. Shuningdek, samarali muloqot yuritishning asosiy tamoyillari va muammolari tahlil qilinadi.

Sharifov Boburmirzoshox Alishervich, Jaborova Subxida Abdulayevna

60-65

2025-02-28

##navigation.items## 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Индексация

Zenodo
WorldCat
Universal Impact Factor
SJIFactor
SIS
ROAD
Researchbib
OpenAIRE
Open Access
ISSN
Internet Archive
Index Copernicus
Google Scholar
DataCite
DOI
DRJI
CiteFactor
Advanced Science Index

butom

Требования Редакционный совет Политика Отправить материал

Til tanlash

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

##plugins.block.developedBy.blockTitle##

Ochiq jurnal tizimlari

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, Amir Temur Avenue 120/30, 100017


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2024 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy