Innovative Academy
  • Register
  • Login
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Journals
    • Eurasian Journal of Academic Research
    • Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences
    • Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture
    • Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences
    • Eurasian Journal of Mathematical Theory and Computer Sciences
  • New Journals
    • Central Asian Journal of Education and Innovation
    • Eurasian Journal of Technology and Innovation
    • Bulletin of pedagogs of new Uzbekistan
    • Bulletin of students of new Uzbekistan
  • Conferences
    • Science and technology in the modern world
    • Applied Sciences in the modern world: problems and solutions
    • Natural Sciences in the modern world: theoretical and practical research
    • Innovative research in the modern world: theory and practice
    • Pedagogy and psychology in the modern world: theoretical and practical research
    • Social Sciences in the modern world: theoretical and practical research
  • Announcements
    • Ilmiy maqola qanday yoziladi?
    • Questions and answers to doctoral studies
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • What is the Hirsch index and how to increase it?
    • atm

Search

Advanced filters

Search Results

“NON/BREAD” KONSEPTINI LINGVOKOGNITIV VA LINGVOKULTUROLOGIK NUQTAI NAZARDAN O‘RGANISHNING AHAMIYATI

Ushbu maqolada “non/bread” konsepti o‘zbek xalqining lingvokognitiv va lingvokulturologik xususiyatlari nuqtai nazaridan o‘rganilgan. “Non” so‘zi o‘zbek milliy mentaliteti, turmush tarzi va urf-odatlarida muhim o‘rin tutib, nafaqat oziq-ovqat, balki baraka, farovonlik va birdamlik timsoli sifatida namoyon bo‘ladi. Lingvokognitiv yondashuvda “non” konsepti asosidagi metafora va semantik qatlamlar, nutqiy birikmalar orqali milliy ongda shakllangan umumiy tasavvurlar ochib beriladi. Lingvokulturologik tahlilda esa “non”ning urf-odat, marosim va an’analardagi, shuningdek, ijtimoiy-madaniy munosabatlardagi beqiyos roli yoritiladi. Natijada, “non” konsepti milliy qadriyatlar tizimida chuqur ildiz otgan, hayot manbai va ma’naviy negiz sifatida shakllanganligi namoyon bo‘ladi. Ushbu tadqiqot til, tafakkur va madaniyat o‘zaro uyg‘unlashib ketgan murakkab jarayon ekani hamda milliy merosni chuqurroq anglash uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qilishini ko‘rsatadi.

Kamola Buzurxanova

78-80

2025-02-14

ANALYSIS OF PHRASEOLOGICAL UNITS RELATED TO THE CONCEPT OF “WEDDING” IN RUSSIAN WEDDINGS

This article investigates the linguocultural characteristics of the concept of “wedding” through the phraseological and paremiological units of the Russian language. Phraseological and paremiological units serve as linguistic expressions of national culture and traditions. The article provides a systematic analysis of the intrazonal and extrazonal aspects of the Russian concept “свадьба” (wedding), as well as phraseological units and proverbs related to weddings.

Rahimov Fayziddin Rustamovich

108-112

2025-06-16

JAHON TILSHUNOSLIGIDA O‘GAY KONSEPTINING LINGVOPRAGMATIK O‘RGANILISHI

Mazkur maqolada "o‘gay" konsepti jahon tilshunosligi nuqtai nazaridan lingvopragmatik jihatdan o‘rganilgan. "O‘gay" konsepti turli tillarda va madaniyatlarda o‘ziga xos semantik, pragmatik hamda lingvokulturologik yukga ega bo‘lib, uning mazmuni milliy va madaniy qadriyatlar, ijtimoiy munosabatlar hamda tarbiyaviy an’analarga mos ravishda shakllanadi. Maqolada ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi "o‘gay" tushunchasining ifodalanish xususiyatlari, ularning nutqiy aktlarda qo‘llanilishi va bu orqali beriladigan konnotativ ma’nolar tahlil qilingan.

Mohinur Qayumova

131-134

2025-01-31

OLAMNING LISONIY MANZARASIDA KAMBAG‘ALLIK KONSEPTI MODDIY VA MA’NAVIY TUSHUNCHA SIFATIDA AKS ETISHI

Kambag‘allik konsepti tilda moddiy va ma’naviy tushuncha sifatida o‘z ifodasini topadi. Moddiy kambag‘allik ko‘pincha resurslar, daromad va yashash sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lsa, ma’naviy kambag‘allik insonning ruhiy, axloqiy va ijtimoiy qashshoqligini aks ettiradi. Ushbu ikki tushuncha tilda turli metafora, tasvirlar va ifodalash vositalari orqali verbalizatsiya qilinadi. Moddiy kambag‘allikni ifodalashda real hayotdagi qiyinchiliklar, zaruratlar va to‘siqlar tasvirlanadi, ma’naviy kambag‘allik esa insonning ichki dunyosidagi bo‘shliqlar, g‘am-tashvishlar va qadriyatlar yo‘qligi sifatida ko‘rinadi. Shunday qilib, tilda kambag‘allik konseptining verbalizatsiyasi, nafaqat uning ijtimoiy va iqtisodiy jihatlarini, balki uning shaxsiy, ma’naviy holatlarni ifodalashdagi murakkabligini ham ochib beradi. Kambag‘allik konsepti ham moddiy va ma’naviy tushuncha sifatida bir necha manbalarda turlicha shakllarda o‘z aksini topganiga guvohi bo‘lishimiz mumkin.

Nozima Qodirova

70-73

2025-12-08

INGLIZ TILIDAGI KAMBAG‘ALLIK KONSEPTI DOIRASIDAGI FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR VA LEKSIK VOSITALARNING SEMANTIK TAHLILI

Maqolada ingliz tilidagi kambag‘allik konsepti doirasida ishlatiladigan frazeologik birliklar tahlil qilinadi. Tahlil qilingan birliklar orqali iqtisodiy nochorlik, ijtimoiy tengsizlik, boylik va manmanlik orasidagi bog‘liqlik, shuningdek, moliyaviy beqarorlik sharoitida yashash holatlari yoritiladi. Ushbu birliklarning ingliz adabiyotidagi qo‘llanishi asosida ularning ijtimoiy kontekstdagi funksiyalari ochib beriladi. Tadqiqot natijalari ushbu til vositalarining nafaqat lingvistik, balki sotsiokulturniy va axloqiy mazmun yuklayotganini ko‘rsatadi.

Nozima Qodirova

42-46

2025-12-08

INGLIZ VA O'ZBEK TILLARIDA “ОNA” KONSEPTI ISHTIROK ETGAN MAQOLLAR TAHLILI

Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillarida “ona” konsepti ishtirok etgan maqollar qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda har ikki xalq maqollarida ona obrazining semantik va madaniy xususiyatlari aniqlanadi. Tahlil natijalari o‘zbek maqollarida ona muqaddaslik va duo bilan, inglizlarda esa tarbiya va oilaviy muhit bilan ko‘proq bog‘lanishini ko‘rsatadi.

Marjona Umbarova , Visola Samadova

10-12

2025-11-30

INGLIZ VA O`ZBEK TILLARIDA “FARZAND/CHILD” KONSEPTI VA UNI VOQEALANTIRUVCHI VOSITALAR MAYDONI.

Ushbu maqolada “farzand” konsepti tilshunoslik nuqtai nazaridan tahlil qilingan hamda uning turli darajadagi til birliklari: morfemalar, leksemalar, frazemalar, frazoemalar, sentensemalar va tekstemalar orqali ifodalanish xususiyatlari ochib berilgan. Farzand konsepti faqat semantik jihatdan emas, balki tizimli-lingvistik yondashuv asosida ham tahlil qilinib, konseptual maydon modeli asosida qatlamlarga ajratilgan..

Azizaxon Ergasheva

51-58

2025-08-18

NUTQ MADANIYATIDA MUROSA KONSEPTINING ROLI VA UNING TILSHUNOSLIKDAGI TADQIQI

Ushbu maqolada tilshunoslikda murosa konsepti, asosan, pragmatik, kognitiv va sotsiolingvistik yondashuvlar orqali o‘rganilib, uning ma’no maydoni, diskursdagi ifoda vositalari hamda madaniyatga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Xususan, xorijiy tilshunoslikda “compromise”, “agreement”, “conciliation” kabi birliklar orqali ifodalangan murosa jarayoni nutq aktlari, diskurs strategiyalari va ijtimoiy kontekst bilan bog‘liq holda izohlanadi.

Nazokatxon Muqimjonova

71-73

2025-10-31

O'ZBEK VA RUS MUMTOZ ASARLARIDA "DO'STLIK" KONSEPTINING LINGVOMADANIY TAHLILI

Ushbu maqolada o‘zbek va rus mumtoz adabiyotlarida "do‘stlik" konsepti lingvomadaniy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda "do‘stlik" tushunchasining badiiy matnlardagi semantik, leksik va pragmatik xususiyatlari aniqlanib, turli davr va muhitlarda shakllangan do‘stlik namunalari taqqosiy tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘zbek va rus xalq og‘zaki ijodi, maqollar, hikmatli so‘zlar hamda mumtoz asarlarda do‘stlikning ma’naviy-axloqiy ahamiyati o‘rganiladi. Maqola natijalari lingvistika, madaniyatshunoslik va adabiyotshunoslik sohalarida "do‘stlik" konseptining mazmunini yanada chuqurroq tushunishga xizmat qiladi.

Dilorom Eshkuvatova

112-115

2025-02-11

“ALPOMISH” DOSTONIDA OYBARCHIN VA QALDIRG‘OCHOYIM OBRAZLARI ORQALI OR KONSEPTINING IFODALANISHI

Maqolada o‘zbek xalq eposining yirik namunasi bo‘lgan “Alpomish” dostonidagi Oybarchin va Qaldirg‘ochoyim obrazlari asosida or konsepti tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida or tushunchasining ayol obrazlari orqali qanday badiiy ifodalanishi aniqlanadi. Obrazlarning xatti-harakati, qarashlari va syujetdagi o‘rni tahlil qilinib, ularning milliy axloqiy qadriyatlarni ifodalashdagi roli ochib beriladi. Maqola natijalari xalq dostonlarida ayol obrazlarining ma’naviy ahamiyatini yoritishga xizmat qiladi.

Marjona Shavkatova

128-133

2026-01-13

O‘ZBEK TILIDA QAT’IYAT KONSEPTINING SHAKLLANISHI

Maqolada o‘zbek tilida “qat’iyat”  konsept sifatida shakllanishi haqida so‘z boradi.  “Qat’iyat” konsepti lingvomadaniy jihatdan tadqiq qilinadi.

Iroda Jamoliddinova

22-24

2024-12-09

QARINDOSHLIK KONSEPTINING LINGVOPRAGMATIK TASVIRI: INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDAGI IFODA VOSITALARINING QIYOSIY TAHLILI

Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillarida “qo‘n-qarindoshlik” konseptini ifodalovchi lingvistik birliklarning lingvopragmatik xususiyatlari tahlil qilinadi. Qarindoshlik atamalarining har ikki tildagi ifoda usullari, ularning diskursdagi vazifalari, madaniy konnotatsiyalari hamda kommunikativ funktsiyalari o‘rganiladi. Maqolada til va madaniyat o‘zaro ta’siri doirasida milliy tafakkur, ijtimoiy rol va urf-odatlarning qarindoshlik atamalariga ta’siri yoritilgan. Shuningdek, diskurs va nutqiy kontekstda bu birliklarning semantik va stilistik imkoniyatlari qiyosiy asosda tahlil qilinib, ularning ijtimoiy-madaniy qatlamlardagi roli ko‘rsatilgan. Tahlillar orqali har bir xalq tilida qarindoshlik konsepti qanday pragmatik yuklama bilan namoyon bo‘lishi asoslantiriladi.

Mavudakhon Uliqova

108-109

2025-04-30

O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA QARINDOSHLIK TUSHUNCHASINING KONSEPTUAL TAHLILI VA TARJIMADA AKS ETTIRILISHI

Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillarida “qon-qarindoshlik” konsepti ifodalanishining lingvomadaniy va lingvopragmatik xususiyatlari o‘rganiladi. Tahlil jarayonida konseptning semantik maydoni, uning frazeologik birliklar, paremiyalar va badiiy matnlardagi ifodasi misollar orqali tahlil qilinadi. Tadqiqot milliy tafakkur, madaniyat va til o‘zaro bog‘liqligi nuqtai nazaridan olib borilgan.

Mavudakhon Uliqova

162-163

2025-04-30

INGLIZ MADANIYATIDA "OILA" KONSEPTI VA UNING LINGVOKULTURAVIY XUSUSIYATLARI

Ushbu maqola ingliz madaniyatidagi "oila" konseptining lingvokulturaviy xususiyatlarini o‘rganadi. Tadqiqotda ushbu konseptning lingvistik va madaniy jihatlari nazariy tahlil qilinadi. Maqsad — ingliz tilida "oila" konseptining asosiy madaniy tarkibiy qismlarini aniqlash, chunki bu ingliz tilini chet tili sifatida o‘rganishda muhim ahamiyatga ega. Tadqiqot natijalari oilaning ingliz madaniyatida qanday talqin etilishini yoritib beradi.

Zebo Yusufova

56-58

2025-03-11

ANALYZING THE COGNITIVE MODEL OF THE CONCEPTS OF "HEAVEN" AND "HELL"

Ushbu maqolada ingliz tilidagi “Heaven” va “Hell” konseptlari kognitiv tilshunoslik nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi — bu konseptlarning inson ongidagi kognitiv tuzilmasi, metaforik modellari hamda madaniy va axloqiy konnotatsiyalarini aniqlashdir. “Heaven” konsepti inson tafakkurida ezgulik, yorug‘lik, mukofot va osoyishtalik timsoli bo‘lib, light, purity, peace, eternity kabi semantik elementlar bilan bog‘lanadi. U yuksaklik (up), nur (light) va mukammallik (perfection) metaforalari orqali modellashtiriladi. “Heavenly voice”, “heaven on earth”, “gates of heaven” kabi birikmalar ilohiylik va tinchlik ma’nolarini ifodalaydi. Aksincha, “Hell” konsepti zulmat, yovuzlik, azob va jazolanish bilan bog‘liq bo‘lib, fire, pain, sin, punishment semantik maydonlariga ega. U pastlik (down), zulmat (darkness) va yonish (fire) metaforalari orqali konseptual jihatdan shakllanadi. “Burning in hell”, “go to hell”, “hellish life” kabi iboralar azob va ruhiy iztirobni ifodalaydi. “Heaven” va “Hell” konseptlari qarama-qarshi kognitiv juftlik sifatida ezgulik va yovuzlikning, mukofot va jazoning lingvistik in’ikosini tashkil etadi. Tadqiqot Lakoff va Johnsonning Konseptual metafora nazariyasi asosida Injil, ingliz maqollari, idiomalar va badiiy asarlar (Milton, Dante va boshqalar) materiallari asosida olib borilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, bu konseptlar ingliz madaniy ongida axloqiy nazorat va qadriyatlar tizimini ifodalovchi kognitiv model sifatida faoliyat yuritadi.

Nigora Zakirova

116-122

2025-10-31

FORS TILIDA VAQT KONSEPTUAL METAFORASI

Hozirgi zamon tilshunosligida konsept tushunchasi muhim va oʻrganish talab etiladigan mavzulardan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada fors tilida vaqt konsepti bo’yicha eronlik olimlarning fikr mulohazalari o’rganilib, fors tilidagi ba’zi vaqtga oid paremiologik birliklar tadiq qilinadi.

Binafsha Abduraimova

621-624

2022-10-15

QO‘SHMA GAPLARGA TURLICHA YONDASHUVLAR: O‘RIN ERGASH GAPLI QO‘SHMA GAPLAR VA O‘RIN MAYDON

Mazkur maqolada qo‘shma gaplar, jumladan, ergash gapli qo‘shma gaplar tarkibidagi o‘rin ergash gaplar va ular bilan bog‘liq nazariy yondashuvlar tahlil qilinadi. Shuningdek, “o‘rin” konsepti lingvokognitiv yondashuv asosida ko‘rib chiqilib, u tilning morfologik, leksik, sintaktik, frazeologik va paremiologik sathlarida qanday voqelantirilishi — ya’ni verbalizatsiya qilinishi o‘zbek va ingliz tillari misolida bayon etilgan. “O‘rin” konseptining maydon tabiati ochib berilgan.

Nоzimаxоn Kоsimоvа

45-50

2025-08-18

YOSH KONSEPTI TADQIQI

Mazkur maqolada ingliz tilidagi "Youth" tushunchasining semantik va kognitiv jihatlari o'rganilgan. Tadqiqotda "Youth" so'zining lingvistik va semantik xususiyatlari, shuningdek, uning kognitiv xaritasi, vaqt, faoliyat va rivojlanish bilan bog'liq tushunchalari tahlil qilingan. Maqola shuningdek, madaniyatlararo farqlarni ham ko'rib chiqadi, bu so'zning turli madaniyatlardagi talqini va ijtimoiy ma'nolarini ochib beradi. Fillmor, Lakoff va Wierzbickaning lingvistik va kognitiv nazariyalari asosida bu so'zning semantik o'zgarishlari va ijtimoiy ahamiyati yoritilgan. Ushbu maqola yoshlik tushunchasining lingvistik, sotsiologik va madaniy aspektlarini o'rganish uchun muhim manba hisoblanadi.

Madinaxon Abduraimova

74-77

2024-12-18

INGLIZ VA O‘ZBEK MAQOLLARIDA MEHNATSEVARLIK KONSEPTINING IFODASI

Ushbu tezis ingliz va o‘zbek xalq maqollarida “mehnatsevarlik” konseptining qanday ifodalanganini semantik jihatdan tahlil qiladi. Har ikkala tilda ham mehnatga aloqador an’anaviy maqollar ishlatilib, mehnatsevarlik fazilati yuksak baholanishi va dangasalik qoralanishi ko‘rsatiladi. Misollar yordamida inglizcha va o‘zbekcha maqollar mazmunan qiyoslanib, ularning o‘xshash va farqli tomonlari yoritiladi. Xulosa o‘rnida, ikki xalq maqollarida mehnat konsepti mushtarak qadriyat ekanligi ta’kidlanadi..

Nigora Ashurova, Sitora Yadigarova

46-48

2026-02-09

TILSHUNOSLIKDA HAMDARDLIKKA OID BIRLIKLAR TAHLILI

Ushbu maqolada hamdardlik konsepti va uning dunyo tilshunosligida qaysi olimlar tomonidan o‘rganilganlik darajasi yoritib berilgan. Shuningdek, hamdardlik nutq akti va uning mashxur olim Elvud tomonidan kategoriyalarga ajratilgani ko‘rishimiz mumkin. Bundan tashqari, dunyo tadqiqotchi olimlarining Elvud kategoriyalaridan foydalanib, hamdardlikka oid birliklarni tahlil asosida yoritib bergani haqida ma‘lumotlar aks etgan.

Oybarchin Mavlanova , Mavjuda Bolibekova

140-142

2023-09-19

“YASHIL IQTISODIYOT” VA “YASHIL O‘SISH” TAMOYILLARI

Mazkur maqolada yashil iqtisodiyotga o'tish jarayoni, bu yo'ldagi global va milliy sa'y-harakatlar, shuningdek, O'zbekistonning ushbu sohadagi muvaffaqiyatlari va istiqboldagi hamkorliklari yoritilgan. Maqola iqlim o'zgarishlari va barqaror rivojlanishning o'zaro bog'liqligini, yashil iqtisodiyotning iqtisodiy va ekologik ahamiyatini tahlil qiladi. Yashil iqtisodiyotning konsepti ekologik barqarorlikni, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishni birlashtirgan holda, tabiatni inobatga olgan holda iqtisodiy o'sishni rag'batlantirishga qaratilgan.

Murodbek Usmonov , Uchqun Qahramonov

4-6

2024-12-15

INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA XORDIQ FAOLIYATI BILAN BOG‘LIQ LEKSIK-SEMANTIK GURUHLARNING QIYOSIY TAHLILI

Tadqiqot ingliz va o‘zbek tillarida xordiq faoliyatini ifodalovchi leksik-semantik guruhlarning qiyosiy tahliliga bag‘ishlangan. Ushbu jarayonda leksik-semantik maydon nazariyasi, komponent tahlil, freym semantikasi, kollokatsion tahlil hamda kontseptual metafora yondashuvlari uyg‘unlashtirildi. Ingliz tilida leisure maydoni sport, sayohat, ko‘ngilochar industriya va raqamli hordiq bilan chambarchas bog‘langan keng paradigmatik tarmoqqa ega ekani; o‘zbek tilida xordiq konsepti esa mehnat sikliga tutash restoratov mazmunga, oila va hamjihatlik qadriyatlariga yaqinlashishi ko‘rsatildi. “Leisure time/activities/centre” kabi barqaror kollokatsiyalar ingliz tilida institutsional va iste’mol diskurslari bilan interfeys hosil qilsa, o‘zbek tilida “dam olish maskani”, “hordiq chiqarish”, “istirohat bog‘i” kabi birikmalar ijtimoiy-amaliy kontekstda yuqori frekans namoyon etadi. Tarjimashunoslik nuqtai nazaridan “holiday/vacation—ta’til”, “recreation—rekreatsiya/dam olish”, “leisure centre—sport-sog‘lomlashtirish markazi/istirohat markazi” ekvivalentlarining registr, janr va madaniy presuppozitsiya bo‘yicha farqlari asoslab berildi. Natijalar o‘qitish, tarjima, leksikografiya va til siyosati uchun amaliy xulosalar taklif etadi.

Durdona Napasova

40-42

2025-10-20

E. XEMINGUEYNING “CHOL VA DENGIZ” ASARIDAGI ABSURD KONSEPTI

Xeminguey, XX asrning eng mashhur yozuvchilaridan biri, o‘z asarlarida insonning ekzistensial muammolarini va absurd hayotning qiyinchiliklarini teran ruhiy tasvirlar bilan ifoda etadi. U, ko‘plab badiiy asarlarida, insonning ichki kurashlari, umidsizliklari va hayotning ma’nosini izlash jarayonlarini yoritadi. Uning "Chol va Dengiz" asari, inson ruhining kuchi va zaifligi, hayot va o‘lim o‘rtasidagi kurashni aks ettiruvchi muhim badiiy asar sifatida ajralib turadi. Ushbu maqolada Xemingueyning "Chol va Dengiz" asarida dengiz va baliq simvolizmining ekzistensial va absurd jihatlari tahlil qilinadi. Santiago qahramoni orqali inson ruhining kuchi va zaifligi, hayot va o‘lim o‘rtasidagi kurash ko‘rsatiladi. Maqola, o‘quvchini hayotning ma'nosini izlashga, qiyinchiliklarga duch kelishga va ichki kuchini topishga ilhomlantiradi.

Shaxnozabonu Rizayeva

201-203

2025-01-31

DORIS LESSING ASARLARIDA “AYOL” KONSEPTI MUAMMOSIGA OID LINGVISTIK VA MADANIY YONDASHUVLAR

Doris Lessingning adabiy asarlarida "ayol" tushunchasini o'rganish lingvistik va madaniy nuqtai nazardan har tomonlama tahlil qilishni talab qiladi. Lessing tomonidan qo'llaniladigan tilni va uning asarlari joylashgan madaniy kontekstni o'rganib, biz uning rivoyatlarida ayollik tushunchasi qanday qurilgani va so'roq qilinayotgani haqida chuqurroq tushunchaga ega bo'lishimiz mumkin. Ushbu maqola Lessing yozishining nozik tomonlarini o'rganishga qaratilgan.

Oqila Alijonova

14-20

2023-12-12

O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA NON KONSEPTI TAHLILI

O‘zbek tilida azal-azaldan non tushunchasi eng aziz ne’mat, rizq-ro‘z manbai, xonadonning ko‘rki, to‘kin-sochinligi, barakasi ramzi sifatida ulug‘lanib talqin qilib kelinadi. Buni milliyligimizning, o‘ziga xos an’ana va urf-odatlarimizning ma’lum bir bo‘lagi deb atashimiz mumkin. Avlodlarga milliy madaniy urf-odat, an’analar, albatta, oila davrasida, oila vositasida yetkaziladi. Mehmon kelganda dasturxon yozilganda, eng avvalo non qo‘yilishida ham o‘ziga xos ramziy ma’no bor.

Nilufar Akramova

32-34

2025-06-13

1 - 25 of 38 items 1 2 > >> 

Indexing

butom

Requirements Editorial Board Politics Send the material

Language

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Developed By

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, st. Shirin 53, 100131


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2023 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy