Innovative Academy
  • Register
  • Login
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Journals
    • Eurasian Journal of Academic Research
    • Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences
    • Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture
    • Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences
    • Eurasian Journal of Mathematical Theory and Computer Sciences
  • New Journals
    • Central Asian Journal of Education and Innovation
    • Eurasian Journal of Technology and Innovation
    • Bulletin of pedagogs of new Uzbekistan
    • Bulletin of students of new Uzbekistan
  • Conferences
    • Science and technology in the modern world
    • Applied Sciences in the modern world: problems and solutions
    • Natural Sciences in the modern world: theoretical and practical research
    • Innovative research in the modern world: theory and practice
    • Pedagogy and psychology in the modern world: theoretical and practical research
    • Social Sciences in the modern world: theoretical and practical research
  • Announcements
    • Ilmiy maqola qanday yoziladi?
    • Questions and answers to doctoral studies
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • What is the Hirsch index and how to increase it?
    • atm

Search

Advanced filters

Search Results

XULQ-ATVOR IQTISODIYOTI VA METAKOGNITIV QOBILIYATLARNING TA’LIM JARAYONIGA TA’SIRI

Ushbu maqolada xulq-atvor iqtisodiyoti konsepsiyalari hamda metakognitiv qobiliyatlarning ta’lim jarayonidagi o‘rni raqamli iqtisodiyot va sun’iy intellekt sharoitida ilmiy-nazariy va amaliy nuqtai nazardan yoritiladi. Tadqiqotda shaxsning qaror qabul qilish jarayoniga xos bo‘lgan ratsional va noratsional omillar, o‘quvchilarning ta’limiy faoliyatdagi xulq-atvor xususiyatlari hamda ularni boshqarishda metakognitiv mexanizmlarning ahamiyati tahlil qilinadi. Ta’lim jarayonida rejalashtirish, o‘z-o‘zini monitoring qilish va baholashga asoslangan metakognitiv yondashuvlar xulq-atvor iqtisodiyoti nazariyalari bilan integratsiyalashgan holda ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari raqamli ta’lim muhitida ta’lim samaradorligini oshirish, o‘quvchilarda mustaqil fikrlash va ongli qaror qabul qilish kompetensiyalarini shakllantirishda metakognitiv yondashuvlarning muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega ekanligini asoslab beradi.

Dilshod Farmonov

127-131

2025-12-22

XULQ-ATVOR GEOGRAFIYASI KONTEKSTIDA AHOLINING IJTIMOIY FAROVONLIGI

Maqolada aholining ijtimoiy farovonligini odamlarning hududiy hamjamiyati holatining ko'rsatkichlaridan biri sifatida o'rganishning nazariy va uslubiy masalalari ochib berilgan. Ijtimoiy geografiyaning nisbatan yangi va jadal rivojlanayotgan tarmog'i sifatida taqdim etilgan xulq-atvor geografiyasi tadqiqotning ilmiy asosi bo'lib xizmat qiladi. Ijtimoiy geografiyaning xulq-atvor, madaniy, gumanitar geografiya bilan aloqasi, yondashuv va usullarning o'ziga xos xususiyatlari ta'kidlangan, sotsiologiya, Madaniyatshunoslik, psixologiya va boshqa tegishli fanlar bilan o'zaro bog'liqlik va o'zaro boyitish ko'rsatilgan.

Husniddin Nazarov, Dilshoda Yuldasheva

55-58

2023-06-29

BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA XAVFSIZ XULQ-ATVOR KO'NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH

Boshlang’ich sinf o’quvchilariga  xavf-xatarlar haqida yetarli darajada tushunchalarga ega bo’lish va undan himoyalanish usullarini o'rgatish ko'nikmalarini shakillantirishdan iborat. Shubhasiz, uzoq vaqt davomida o'quvchi oilada va maktabda bo'ladi, shuning uchun o'quvchilarni hayot xavfsizligi sohasiga oid masalalarga o'rgatish, ya'ni ularda xavfsiz xulq-atvor ko'nikmalarini shakllantirish uchun ta'lim tizimining roli va mas'uliyati ortib bormoqda.

Ismoiljon Raxmonov

16-19

2023-12-23

BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA XAVFSIZ XULQ-ATVOR KO'NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH.

Boshlang’ich sinf o’quvchilariga  xavf-xatarlar haqida yetarli darajada tushunchalarga ega bo’lish va undan himoyalanish usullarini o'rgatish ko'nikmalarini shakillantirishdan iborat. Shubhasiz, uzoq vaqt davomida o'quvchi oilada va maktabda bo'ladi, shuning uchun o'quvchilarni hayot xavfsizligi sohasiga oid masalalarga o'rgatish, ya'ni ularda xavfsiz xulq-atvor ko'nikmalarini shakllantirish uchun ta'lim tizimining roli va mas'uliyati ortib bormoqda.

Ismoiljon Raxmonov

71-74

2023-12-27

SUITSIDAL XULQ-ATVOR ASOSLARI

Mazkur maqolada suitsidal xulq-atvor asoslari mavzusi yoritilgan. Hozirgi kunda aholi o‘rtasida suidsidal holatlarni oldini olish bo`yicha bir qancha amaliy ishlar olib borilmoqda, bu va shunga o`xshash ishlar kelajakda bunday baxtsiz hodisalar keltrmasligi jamiyatimizing yanada rivojlanib gullab yashnashi uchun asosiy hizmat vazifasni o`taydi deb ayta olamiz.

Tuxtaxon Suleymanova , Malikaxon Abdumutalova , Kamola Abdusattarova

91-93

2024-03-18

O‘SMIRLARDAGI DEVIANT XULQ ATVORNING PSIXOLOGIK JIHATLARI

Maqolada o‘smirlar orasida paydo bo‘layotgan salbiy holat, ya’ni deviant xulq-atvor to‘g‘risida fikr yuritiladi. Shuningdek, deviant xulq-atvorni paydo qiluvchi omillar va ularni bartaraf etish yo‘llari haqida ma’lumot berilgan. Tayanch tushunchalar: o‘smir, o‘spirin, yosh psixologiyasi, deviant xulq-atvor, tarbiya, ma’naviyma’rifiy profilaktik tadbirlar.

Marhabo Nazaralieva , Toxir Nurulloev

129-132

2025-11-20

O‘ZBEK MILLIY MENTALITETI, ETNOPSIXOLOGIK QADRIYATLAR VA MILLIY O’ZLIKNI ANGLASHNING XALQIMIZ HAYOTIDA TUTGAN O‘RNI VA AHAMIYATI

Ushbu maqola hozirgi kunda turli madaniy muhitlarda xulq-atvor va mentalitetning psixologik jihatlarini o'rganadi. U ijtimoiy-madaniy farqlar kontekstida psixologik jarayonlarni tushunish, tahlil qilish va tadqiq qilishga qaratilgan. Etnopsixologiyani ijtimoiy psixologiya doirasida oʻrganish madaniyat va inson psixikasining oʻzaro taʼsirini tahlil qilishni oʻz ichiga oladi. Ushbu fan madaniy, etnik va ijtimoiy omillar shaxsning shakllanishiga, uning psixologik xususiyatlariga, e'tiqodlariga, qadriyatlariga va xulq-atvor normalariga qanday ta'sir qilishini tushunishga yordam beradi. Ijtimoiy psixologiya doirasida etnopsixologiyaning maqsadi turli madaniy kontekstlarda inson psixikasini tushunishga kompleks yondashuvni yaratishdan iborat. U madaniyat va individual psixologik xususiyatlar o'rtasidagi munosabatlarni o'rganish, inson ruhiyati va xatti-harakatlaridagi ijtimoiy, etnik va madaniy farqlarni chuqur tushunishga yordam beradigan vositalarni taqdim etadi.

Bobir Avlaqulov, Avazjon Avlaqulov, Xayrulla Sattorov

346-349

2024-07-31

NORMADAN OG'ISH VA DEVIANT XULQ-ATVOR

Ushbu maqola normadan og'ish va deviant xulq-atvorni o'rganishga bag'ishlangan. Tadqiqot davomida mavzuga oid adabiyotlar tahlil qilinib, deviant xulq-atvorning kelib chiqish sabablari, oqibatlari va oldini olish yo'llari o'rganildi. Olingan natijalar asosida tahlil qilinib, mavzu yuzasidan muhokamalar yuritildi hamda xulosalar chiqarildi. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatdiki, deviant xulq-atvor murakkab hodisa bo'lib, uning kelib chiqishida bir qancha omillar, jumladan, irsiyat, tarbiya, ijtimoiy muhit va shaxsiy xususiyatlar muhim rol o'ynaydi. Shuningdek, deviant xulq-atvorning oldini olish uchun oila, ta'lim muassasalari va jamiyatning birgalikdagi sa'y-harakatlari zarur.

Iroda Turayeva

26-28

2024-05-20

O‘SMIRLARDA AXLOQIY XULQ-ATVOR MOTIVATSIYASI

in this article, the opinions and researches of various scientists about the motivations of moral behavior in adolescents, which is one of the most "delicate" periods of developmental psychology, are presented.

Jasurbek Soibjonov

260-265

2024-11-25

OʻSMIRLIK DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI VA DEVIANT XULQ-ATVOR

Ushbu maqola oʻsmirlik davrida psixik rivojlanishning asosiy jihatlarini aniqlaydi: kognitiv, emotsional, ijtimoiy va identifikatsion oʻzgarishlar. Shuningdek, deviant xulq-atvor tushunchasi, uning turlari va yuzaga kelish omillari (individual, oilaviy, maktab/taʼlim, tengdoshlar, ijtimoiy–iqtisodiy sharoitlar va biologik omillar) batafsil tahlil qilinadi.

Shodiya Mirzamaxmudova

20–23

2025-12-09

IJTIMOIY PEDAGOGIKADA DEVIANT XULQ-ATVOR MUAMMOSI

This article discusses deviant behavior in young people, the tole of the family in the formation of deviant behavior, its development factors, types and our sciantific who have conducted sciantific work in this field are presented.

M.Q. Xidirova, K.Z. Toshpo‘latova

19-22

2024-12-26

O‘SMIRLARDA AGRESSIV XULQ-ATVOR PSIXOLOGIYASI MUAMMOSI

Ushbu maqola o‘smirlarda agressiv xulq-atvor muammosini aniqlash, chuqurroq tushunish va uni bartaraf etish uchun asosiy yo‘nalishlarni taqdim etadi.

Xazrat Jabborov , Elnora Azizova

64-68

2025-02-13

O‘SMIRLIK DAVRIDA DEVIANT XULQNI YUZAGA KELTIRUVCHI IJTIMOIY- PSIXOLOGIK OMILLAR

 Ushbu maqolada  o‘smirlarda deviant xulq-atvorining ijtimoiy-psixologik omillarini o‘rganishga bag'ishlangan. O‘smirlik davrining psixologik xususiyatlari, deviant xulq-atvor fenomenologiyasi, deviant xulq-atvor turlari ko‘rib chiqiladi. Voyaga etmaganlarning deviant xulq-atvorini shakllantirish omillarini hisobga olishga alohida e'tibor beriladi.

Shahnoza Ergasheva, Shavkat Rustamov

117-122

2025-10-22

DEVIATSIYA PSIXOLOGIK FENOMEN SIFATIDA

Ijtimoiy muhitdagi salbiy xulq-atvor o’z-o’zidan shakllanib qolmagan, uning shakllanib kelishida insonlarning dunyoqarashidagi xilma-xilliklar, tarbiyada, oiladagi muhitdagi tafovutlar, turli madaniyatlarning o’zaro aralashuvi, ijtimoiy nazoratning sustligi va boshqa omillar katta rol o’ynab kelgan. Ushbu maqolada deviant xulq-atvorni keltirib chiqaruvchi omillar, deviant xulq-atvorning kechishi va asosiy belgilari ko’rsatilgan. Maqolada deviant xulq-atvorning psixologik omillari  haqida batafsil yoritilgan bo’lib, shuningdek uning insonlar hayotiga, xatti-harakatlariga, ta’siri va zararli tomonlari haqida atroflicha ma’lumotlar berilgan.

Ilyos Maxmatqulov , Anvarjon Boitov , Aliyor Toshbekov

73-76

2023-03-22

O‘SMIR YOSHLI O‘QUVCHILARDA XULQ OG‘ISHINI PSIXOKORREKTSIYA QILISH TEXNOLOGIYALARI

Maqolada O‘smir yoshli o‘quvchilarda xulq og‘ishini psixokorrektsiya qilish texnologiyalariga bag‘ishlangan bo‘lib, O‘smirlarda   xulq-atvor ko‘rsatkichlarini tahlil qilish o‘smir shaxsi ijtimoiy psixologik taraqqiyotini ta’minlashning psixologik asoslari yoritilgan.

Shirinoy Kamolova, Nigina Sunnatova

51-55

2025-05-10

BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA DEZADAPTATSIYANING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Ushbu keng qamrovli izoh boshlang‘ich ta’limdagi noto‘g‘ri moslashuvning psixologik xususiyatlarini ko‘rib chiqadi va ijtimoiy, hissiy va akademik sohalardagi turli ko‘rsatkichlarga oydinlik kiritadi. Empirik tadqiqotlar va o‘rnatilgan psixologik asoslarga tayangan holda izohda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘rtasida ijtimoiy chekinish, o‘zini past baholash, o‘qishdagi muvaffaqiyatsizlik, xulq-atvor muammolari va hissiy iztirobning tarqalishi va oqibatlari o‘rganiladi. Muhokama potentsial sabablar va profilaktika choralari haqida tushunchalarni taqdim etish, erta aniqlash va aralashuv muhimligini ta’kidlaydi. Annotatsiya boshlang‘ich ta’lim kontekstidagi noto‘g‘ri moslashuvni chuqurroq tushunishga intilayotgan o‘qituvchilar, ota-onalar va ruhiy salomatlik bo‘yicha mutaxassislar uchun qimmatli manba bo‘lib xizmat qiladi.

Sanjar Tursunboyev

142-145

2023-11-28

DEVIANT XULQ-ATVOR VA PROFILAKTIKA MEXANIZMLARI

Mazkur maqolada zamonaviy jamiyatda ijtimoiy oʻzgarishlar, axborot oqimi va psixologik bosimlar fonida yuzaga kelayotgan deviant xulq-atvor muammosi yoritiladi. Deviant xulq-atvorning asosiy ijtimoiy-psixologik shakllari, ularning shakllanish omillari hamda jamiyat barqarorligiga taʻsiri tahlil qilinadi. Shuningdek, deviant xulq-atvorni samarali oldini olishga qaratilgan ijtimoiy va psixologik mexanizmlar ilmiy asosda koʻrib chiqiladi.

N. K Zaretdinova, A. A. Abdullaeva

201-203

2026-02-18

PSIXIK RIVOJLANISH NAZARIYALARI VA TA’LIMOTLARI

Ushbu maqolada psixik rivojlanish nazariyalari va ta’limotlari, ularning psixologiya fanidagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Psixik rivojlanish insonning bilish, xulq-atvor, hissiyot va ijtimoiy faoliyatini shakllantiruvchi jarayon bo‘lib, u turli nazariy yondashuvlar orqali o‘rganiladi. Maqolada qadimgi va zamonaviy psixologlar tomonidan ishlab chiqilgan rivojlanish nazariyalari, jumladan, Freudning psixoanalitik ta’limoti, Eriksonning psixososial rivojlanish nazariyasi, Piagetning kognitiv rivojlanish nazariyasi va Vygotskiyning ijtimoiy-madaniy yondashuvi yoritiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, psixik rivojlanish nazariyalari ta’lim, tarbiya va shaxsiy rivojlanish jarayonlarini chuqur tushunishda muhim ahamiyatga ega.

Ismigul Turdiyeva, Bobur Sattorov

115-117

2025-11-27

SHAXSDAGI G‘AYRIIJTIMOIY XULQ-ATVORNI SHAKLLANTIRISHGA SABAB BO‘LUVCHI OMMAVIY MADANIYAT ILLATLARI

Ushbu maqolada zamonaviy xulq-atvor ko‘rinishlari, shaxsdagi xulq-atvorni o‘zgarishiga sabab bo‘layotgan ommaviy madaniyatning ko‘rinishlari yoritilgan. Shuningdek, chetdan kirib kelayotgan yot g‘oyalar va illatlarning bizning davlatimizga ham bevosita ta’siri hamda shaxsdagi g‘ayriijtimoiy xulq-atvorni shakllanishi tahlil qilingan.

Baxodir Axmedov , Diyora Sayfiddinova

141-144

2024-11-14

MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARIDA TARBIYALANUVCHILARNI IJTIMOIYLASHTIRISH JARAYONIDA JAMIYATDAGI QADRIYATLAR, XULQ-ATVORLARNI SHAKLLANTIRISH YOʻLLARI

Mazkur tezisda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarning ijtimoiylashuvi jarayonida jamiyatdagi milliy qadriyatlar va xulq-atvor normalarini shakllantirishning samarali yo‘llari haqida  yoritilgan. Bugungi globallashuv  zamonda yosh avlodni milliy va umuminsoniy  urf- odat va qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash dolzarb masala hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan, ta’lim-tarbiya jarayonida   birinchi oʻrinda oilaning, maktabgacha ta’lim muassasasining hamda jamiyatning hamkorligi muhim o‘rin tutadi.

Matluba Xursanova

140-141

2025-10-20

TALABALARDA XULQ OGʻISHINI OLDINI OLISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK SHARTLARI

Bozor munosabatlarga asoslangan jamiyatda kundan kunga turli deviant va delikvent xulq-atvor namunalari yuzaga kela boshladi. Jamiyatdagi maʼnaviy muhitning taʼsirini kuchaytirish, yoshlarga taʼlim-tarbiya berish shaxs ijtimoiylashuvning tizimli amalga oshishiga koʻmaklashadi. Jamiyatda mavjud maʼnaviy axloqiy meʼyorlar yoshlarimizni jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishlariga, intiluvchan, vatanparvar qilib tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega. Mustaqil O‘zbekistonimizda har qanday mafkuraviy va g‘oyaviy to‘siqlarning olib tashlanganligi va barcha soha olimlariga to‘la ijodiy erkinlik berilganligi respublikamizda deviant xulq-atvorning barcha turlarini ilmiy o‘rganish imkoniyatini berdi. Maqolada yoshlar, ayniqsa, talabalar orasida deviant xulq-atvor psixoprofilaktikasini tashkil etishning psixologik xususiyatlari tadqiqot natijalarini sharhlash orqali keltirilgan.

Asilaxon Tojiddinovna

208-220

2023-04-25

O‘SMIRLARDA JINOYAT MOTIVLARI SHAKLLANISHINI O‘RGANISH PSIXOLOGIK TADQIQOT MUAMMOSI SIFATIDA

O’smirlardagi salbiy xulq-atvor profilaktikasi va korreksiyasini bosqichma-bosqich o’rganish natijasida o’smirlardagi salbiy xulq-atvorning faqat o’ziga xos, fenomenal jihatlari namoyon bo’ladi. O’smirlarda salbiy xulq-atvorning paydo bo’lishi murakkab jarayon bo’lib, u o’smirlarning ehtiyojlari, qadriyatlari, hissiyotlari va shakllanayotgan ijtimoiy muhitida  shakllanib boradi. Ushbu maqolada mazkur muammo ilmiy-psixologik jihatdan  tadqiq etilgan..

Ilyos Maxmatqulov, Aziz Nazarov, G’affor Begaliyev

77-81

2023-03-22

FORMS OF PRESENTATION OF PROBLEM SITUATIONS IN THE EDUCATIONAL PROCESS

The article discusses problematic situations that can be implemented in higher education, during academic practice, in extracurricular activities, in interaction on the web and on the Internet. The methods of implementing problematic situations include such options as playing, searching for information, online and offline interaction, solving small cases, interaction in the student environment, interaction with teachers, interaction and consultations with ombudsmen, consultations with lawyers, consultations with teachers.

Zarifa Mamazova

20-25

2024-09-18

IJTIMOIY VA AXLOQIY TARBIYA O‘SMIRLAR ORASIDA DEVIANT XULQ-ATVOR SHAKLLANISHIGA TA`SIR ETUVCHI ASOSIY OMILLARDAN BIRI SIFATIDA

Maqolada o‘smirlar orasida deviant xulq-atvorning oldini olishda ijtimoiy va axloqiy tarbiyaning ahamiyati yoritilgan. O‘smirlik davri mustaqillikka intilish, shaxsiylikni anglash va to‘g‘ri qaror qabul qilishni talab etuvchi murakkab bosqich hisoblanadi. Ijtimoiy-axloqiy tarbiya yoshlarni yomon odatlardan saqlash, mas’uliyatni his qilish va o‘zini boshqarishga o‘rgatadi. Halollik, hurmat, empatiya kabi qadriyatlar o‘smirlarning irodasini mustahkamlab, ijobiy maqsadlarni shakllantiradi. Oila, maktab va jamiyatning birgalikdagi tarbiyaviy sa’y-harakatlari deviant xatti-harakatlarni kamaytirishda asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Shu bois, ijtimoiy-axloqiy tarbiya sog‘lom, mas’uliyatli va komil yosh avlodni tarbiyalashning eng muhim garovi sifatida baholanadi.

N.K. Raximova, Iroda Baxtiyorbekova

96-100

2026-02-18

SHAXSDAGI G‘AYRIIJTIMOIY XULQ-ATVORNI ANIQLASH VA UNING PROFILAKTIKASINI TASHKIL ETISH

Ushbu maqola orqali bugungu kunda sodir etilayotgan huquqbuzarliklarga imkon berayotgan shaxdagi g’ayriijtimiy xulq-atvor va uni ko’rinishlari haqida batafsil yoritilinib o’tiladi. Bundan tashqari shaxsdagi xulq- atvorni aniqlashda qo’llaniladigan psixalogik bilimlar va ularni tasnifi ko’rsatilinib o’tilgan.

Norqul Toshtemirov, Diyora Sayfiddinova

47-49

2024-11-14

1 - 25 of 179 items 1 2 3 4 5 6 7 8 > >> 

Indexing

butom

Requirements Editorial Board Politics Send the material

Language

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Developed By

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, st. Shirin 53, 100131


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2023 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy