Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative Academy» организовал Республиканская конференция «Молодые ученые». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.
Опубликован: 2025-12-17
Статьи
MOLIYA-KREDIT MEXANIZMINI XALQARO STANDARTLAR ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH
Ushbu maqolada O’zbekistondagi bank tizimini rivojlantirish va kredit sohasida yangiliklar kiritishga qaratilgan qarorlar amalga oshirilishi bayon etilgan. Shuning bilan birga xalqimizni tadbirkorlik va boshqa faoliyatlarini amalga oshirishda yana qanday yengilliklar yaratishimiz mumkinligi haqida taklif va tavsiyalar berilgan. Bannklarning faoliyati, funksiyalari qishqacha tushuntirilib o’tilgan. Kredit olishdagi talablar, kimlar uchun imtiyozli kredit berilishi va odatiy kreditlarning foizlari haqida. Islom banki qanchalik biz uchun foydali va muhim ekanligi haqida yoritilgan.
2025-12-16
“TAQDIMOT YARATISH” MAVZUSINI O’QITISH METODIKASI
Mazkur maqolada oliy ta’lim tizimida “Taqdimot yaratish” mavzusini o‘qitishning samarali metodik yondashuvlari yoritilgan. Unda taqdimot yaratish jarayonida talabalarning raqamli savodxonligini, ijodkorlik va kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi interaktiv metodlar va zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, mavzuni bosqichma-bosqich o‘qitish orqali talabalarda mavzuni rejalashtirish, dizaynni to‘g‘ri tanlash va axborotni mantiqan ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirishning ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan.
2025-12-16
MA`LUMOTLAR BAZASIDA HAYOTIY SIKL
Mazkur maqolada ma’lumotlar bazasida hayotiy sikl tushunchasi va uning asosiy bosqichlari yoritib berilgan. Ma’lumotlar bazasini yaratish jarayonining talablarni aniqlashdan boshlab, loyihalash, amalga oshirish, sinovdan o‘tkazish, ekspluatatsiya qilish hamda foydalanishdan chiqarishgacha bo‘lgan jarayonlari tahlil qilingan. Shuningdek, har bir bosqichning axborot tizimlaridagi o‘rni va ahamiyati ochib berilgan. Maqola oliy ta’lim muassasalari talabalari va axborot texnologiyalari sohasiga qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan.
2025-12-16
SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM
Ushbu maqolada ta'lim tizimini o'zgartirishda zamonaviy ilm-fan va innovatsion texnologiyalarning roli o'rganiladi. Unda raqamli vositalar, sun'iy intellekt, onlayn o'qitish platformalari va yangi o'qitish usullari bilimlarni yetkazib berish va o'zlashtirish usulini qanday o'zgartirayotgani ta'kidlangan. Shuningdek, maqolada o'quv natijalarini yaxshilash, ijodkorlikni rivojlantirish va o'quvchilarni tez o'zgarib borayotgan dunyo talablariga tayyorlash uchun ilmiy yutuqlarni ta'lim amaliyotiga integratsiya qilishning ahamiyati muhokama qilinadi.
2025-12-16
ERKIN A‘ZAMNING SHE‘RLARINING BADIIY POETIK XUSUSIYATLARI
Mazkur maqolada zamonaviy o‘zbek adabiyotining yirik vakillaridan biri Erkin A’zam she’riyati badiiy-estetik jihatdan tahlil qilinadi. Shoir ijodida lirizm, falsafiy mushohada, inson va jamiyat munosabatlari, shaxsiy kechinmalar hamda davr ruhi ifodasi masalalari ilmiy-nazariy asosda yoritiladi. Tadqiqotda Erkin A’zam she’rlarining mavzu doirasi, poetik obrazlar tizimi, badiiy til va uslub xususiyatlari aniqlanib, ularning zamonaviy adabiy jarayondagi o‘rni ko‘rsatib beriladi. Maqolada adabiyotshunoslik tahlili, qiyosiy yondashuv va matnshunoslik metodlaridan foydalanilgan.
2025-12-16
TADBIRKORLIK FAOLIYATI VA KASBIY SAMARADORLIKNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI: PSIXOLOGIK VA TASHKILIY YONDASHUVLAR
Ushbu maqola tadbirkorlik faoliyati va kasbiy samaradorlikning ilmiy-nazariy asoslarini keng qamrovda tahlil qiladi. Unda tadbirkorlik tushunchasi iqtisodiy, sotsiologik va psixologik paradigmalarda ko‘rib chiqiladi, shuningdek, zamonaviy tadbirkorlik modelining psixologik omillari va tadbirkor subyekti sifatida shaxsning strukturaviy modeli batafsil o‘rganiladi. Maqolada kasbiy samaradorlikning psixologik konsepsiyalari, uning o‘lchov mezonlari va tadbirkor samaradorligiga ta’sir etuvchi kognitiv, emotsional hamda volitiv komponentlar muhokama qilinadi. Shuningdek, tashkiliy madaniyat, kommunikatsiya, liderlik, motivatsion tizimlar va psixologik barqarorlik kabi tashkiliy-psixologik omillar tadbirkorlik samaradorligiga qanday ta’sir qilishini aniqlashga qaratilgan. Tadqiqot natijalari tadbirkorlik faoliyatini samarali tashkil etish va kasbiy samaradorlikni oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishga yordam beradi. Maqola shuningdek, tadbirkorlikni nafaqat iqtisodiy, balki psixologik va ijtimoiy nuqtai nazardan tushunishga imkon beruvchi nazariy yondashuvlarni ham o‘z ichiga oladi.
2025-12-16
A COMPREHENSIVE ANALYSIS OF VOWEL QUALITY IN ENGLISH: THE TENSE -LAX DICHOTOMY
This scholarly article undertakes an exhaustive examination of the phonetic and phonological properties of the tense-lax vowel contrast in English. While commonly conflated with a simple long-short distinction, this dichotomy represents a complex interplay of articulatory gestures (muscular tension, Advanced/Retracted Tongue Root), acoustic characteristics (relative duration and extreme formant values), and strict phonotactic distribution rules. The article provides a detailed technical analysis of the articulatory and acoustic mechanisms underpinning this contrast. Furthermore, it addresses the persistent theoretical debate regarding the precise phonetic correlate of tenseness and highlights the significant challenges this feature presents for Second Language (L2) learners, particularly those whose native languages lack this crucial phonological distinction.
2025-12-16
THE PHONETICS OF DISCOURSE MARKERS IN ENGLISH CONVERSATION
Discourse markers play an important role in the coherence of discourse and facilitate communication. It has been also argued that EFL students need not only the grammatical competence but also discourse knowledge to be able to effectively maintain a conversation. Therefore, the present study investigates the use and functions of discourse markers as used by EFL students at Faculty of Social Sciences in Kuwait. It also aims to investigate the differences between high and low proficient learners in using such discourse markers. The study adopts the Fung and Carter‟s (2007) model in which the discourse markers are classified into four categories, namely, interpersonal, structural, inferential and cognitive.
2025-12-17
SINGAPORE VS UZBEKISTAN: ASSESSMENT APPROACHES IN STEM
This article discusses the theoretical foundations of the competency-based approach in the modern education system, its mechanisms of formation, and its role in international experience. In particular, the model of competency development, its advantages and practical results are analyzed using the example of the Singapore education system. Also, the process of competency formation in the Uzbek education system, existing opportunities and current problems are considered, and scientifically based proposals for their improvement are developed. The scientific novelty of the study is that it provides a comparative analysis of the theoretical aspects of competency-based education with local and foreign experience, and a harmonious conceptual approach is proposed.
2025-12-17
SIMPLE WORD FREQUENCY ANALYSIS IN CORPORA
This article covers the theoretical foundations, practical steps, and scope of simple word frequency analysis, which is one of the most widely used and basic quantitative methods in corpus linguistics. As simple as it may seem, frequency analysis plays an important role in determining the distribution of lexical units, the content structure of the text, the author's style, genre differences, and the real use of language units. This study extensively analyzes methodological aspects such as corpus selection, text processing, tokenization, normalization, stopword extraction, lemmatization options, and the interpretation of indicators. It also discusses how the results can be used in linguistics, lexicography, education, and natural language processing. Along with the advantages of frequency analysis, its limitations are also highlighted, and it is emphasized that this method is becoming a foundation for other complex corpus methods.
2025-12-17
QURILISHNING MILLIY IQTISODIYOTDA TUTGAN O‘RNI VA AHAMIYATI
Maqolada qurilish sohasining milliy iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyati yoritilib, uning iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, infratuzilmani rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish hamda aholi bandligini oshirishdagi roli tahlil qilinadi. Shuningdek, qurilish tarmog‘ining boshqa iqtisodiy sohalar bilan o‘zaro bog‘liqligi va mamlakatning barqaror rivojlanishidagi ahamiyati ko‘rib chiqiladi.
2025-12-17
QURILISH IQTISODIYOTINI ISLOH ETISHNING ASOSIY YO’NALISHLARI VA MUAMMOLARI. KAPITAL QURILISHDA SHARTNOMA TIZIMI VA TANLOV SAVDOLARI
Maqolada qurilish iqtisodiyotini isloh etishning asosiy yo‘nalishlari va mavjud muammolari tahlil qilinadi. Kapital qurilishda shartnoma tizimining ahamiyati, tanlov savdolarini tashkil etish mexanizmlari hamda ularning qurilish sohasida shaffoflik va samaradorlikni oshirishdagi roli yoritiladi. Shuningdek, qurilish jarayonida raqobat muhitini kuchaytirish va investitsion jozibadorlikni oshirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
2025-12-17
ТЕХНОЛОГИЯ ПРОИЗВОДСТВА ТЕРМОСТАБИЛЬНОЙ АММИАЧНОЙ СЕЛИТРЫ НА ОСНОВЕ ФОСФАТНЫХ ДОБАВОК
Статья посвящена исследованию технологии повышения термостабильности аммиачной селитры на основе фосфатных добавок. В работе обоснована актуальность стабилизации нитрата аммония, обусловленная его склонностью к термическому разложению, слёживаемости и повышенной гигроскопичности. Проведены эксперименты с различными фосфатными соединениями (ортофосфат кальция, фосфорнокислый аммоний, фосфат натрия) в концентрации 0,5–5%. Результаты термического анализа, испытаний на слёживаемость и гигроскопичность показали, что оптимальная добавка — ортофосфат кальция в количестве 2%, обеспечивающий повышение температуры разложения, снижение слёживаемости и улучшение структурных свойств гранул. Разработанная технология позволяет повысить безопасность, сохранить агрономическую ценность удобрения и обеспечить его стабильность при хранении и транспортировке в условиях жаркого климата.
2025-12-17
OTA-ONALAR BILAN HAMKORLIKNI YO’LGA QO’YISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK SHART-SHAROITLARI
Ushbu maqolada ota-onalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishning pedagogik va psixologik shart-sharoitlari tahlil qilinadi. Maqolada pedagog va ota-ona o‘rtasidagi samarali muloqot asoslari, kommunikativ strategiyalar, psixologik tayyorgarlik va o‘zaro ishonch muhitini yaratishning ahamiyati yoritilgan. Ta’lim jarayonida ota-ona ishtirokini tashkil etishning nazariy va amaliy jihatlari, pedagogik yondashuvlar, ijtimoiy-psixologik omillar va muvaffaqiyatli hamkorlikni shakllantirishning asosiy tamoyillari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada pedagogik psixologiya va kommunikatsiya nazariyalariga tayangan holda ota-ona bilan ishlashning samarali metod va strategiyalari taklif etilgan.
2025-12-17
O‘QUVCHILARNING O‘Z MILLIY TARIXIGA VA MADANIYATIGA MUNOSABATLARINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI
Ushbu tezisda o‘quvchilarning o‘z milliy tarixiga va madaniyatiga munosabatini shakllantirishning nazariy asoslari, pedagogik yondashuvlar hamda xalqaro tajribada qo‘llanilayotgan samarali metodlar tahlil qilinadi. Globallashuv sharoitida milliy identitetni rivojlantirish, tarixiy ongni mustahkamlash, madaniy merosni asrab-avaylash va ta’lim jarayonida fanlararo integratsiya orqali o‘quvchilarda madaniy kompetensiyani shakllantirishning ahamiyati yoritiladi. Tadqiqotda O‘zbekiston ta’lim tizimi tajribasi ham xalqaro standartlar bilan solishtirilib o‘rganilgan.
2025-12-17
MODERN MANAGEMENT STRATEGIES IN THE CONTEXT OF DEVELOPING GREEN INDUSTRIAL TRANSFORMATION IN UZBEKISTAN
The article analyzes the significance of modern management strategies and the mechanisms for their implementation in the process of developing green industrial transformation in Uzbekistan. The study provides a scientific assessment of the strategic advantages of adopting energy-efficient technologies, enhancing ecological performance, integrating ESG standards, and applying digital management approaches within industrial enterprises. In addition, managerial and institutional barriers hindering the adoption of green innovations in the national industry are identified, and effective management solutions for overcoming these challenges are proposed. The research highlights the role of modern, sustainability-oriented management strategies in increasing the competitiveness of industrial enterprises in Uzbekistan.
2025-12-17
NUTQ IFODASINI KUCHAYTIRISHDA GIPONIMIYA HODISASINING AHAMIYATI HAQIDA MULOHAZALAR
ushbu maqolada so’zlararo ma’no munosabatlarining bir turi hisoblanadigan giponimiya hodisasining nutq jarayonining badiiyligini, ifodaliligini, aniqligini kuchaytirishdagi roli va ahamiyati tahlil qilindi.
2025-12-17
METAPHOR AND METONYMY: DIFFERENCES AND APPLICATIONS IN MODERN LINGUISTICS
This article provides an in-depth examination of metaphor and metonymy as fundamental cognitive and linguistic mechanisms. While traditionally regarded as stylistic devices limited to literature, contemporary linguistic theories—particularly those originating from cognitive linguistics—demonstrate that both metaphor and metonymy play a central role in structuring human thought, conceptualization, and communicative behavior. The study analyzes the semantic, pragmatic, and cognitive distinctions between these two tropes and illustrates their functional significance in discourse, terminology, sociolinguistic communication, and language pedagogy. The findings highlight that metaphor enables cross-domain conceptual mapping, whereas metonymy operates within a single domain through associative contiguity. The article concludes by emphasizing the necessity of incorporating figurative-language instruction into modern language-teaching curricula to enhance learners’ communicative competence and conceptual awareness.
2025-12-17
SHAXS RIVOJLANISHIDA MULOQOTNING AHAMIYATI
Ushbu maqolada muloqotning turlari,funksiyalari, ijtimoiy - psixologik jihatlari va shaxsning rivojlanishidagi ahamiyati yoritiladi.
2025-12-17
YER USTI VA YER OSTI SUVLARINING TARKIBI HAMDA ULARNING IFLOSLANISHINI NAZORAT QILISH
Suv - hayot manbai. Insoniyat taraqqiyoti, qishloq xo'jaligi, sanoat va ekologik muvozanatning barqarorligi suv resurslariga bevosita bog'liq. Yer usti va yer osti suvlarining tarkibi, ularning sifat ko'rsatkichlari hamda ifloslanish darajasi jamiyatning sog'lom rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega. Suv resurslari inson salomatligi, oziq-ovqat xavfsizligi va iqtisodiy barqarorlik uchun zarurdir. Shu sababli suv resurslarini o'rganish, nazorat qilish va muhofaza etish bugungi kunda global masalalardan biridir. Suvning ifloslanishi ekologik muvozanatga salbiy ta'sir ko'rsatadi, bu esa o'z navbatida biologik xilma-xillikning kamayishiga olib keladi. Shu boisdan, suv resurslarini ilmiy asosda o'rganish va ularni samarali boshqarish dolzarb masalalardan biridir.
2025-12-17
“KEKSALARGA TIBBIY-IJTIMOIY YORDAM KO‘RSATISHNI TASHKILLASHTIRISH”
Ushbu maqolada keksalarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatishning tashkiliy jihatlari, uning zamonaviy mexanizmlari va samaradorligini oshirishga qaratilgan yondashuvlar tahlil qilinadi. Aholining qarib borishi bilan bog‘liq demografik jarayonlar tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini kuchaytirish hamda profilaktik choralarning ahamiyatini oshiradi. Maqolada keksalar uchun birlamchi tibbiy xizmat, reabilitatsiya, uy sharoitida ko‘mak, psixologik yordam hamda ijtimoiy xizmatlarning integratsiyalashgan modeli o‘rganiladi.
2025-12-17
STRATEGIES FOR DEVELOPING CRITICAL THINKING IN UNIVERSITY STUDENTS
The purpose of this article is to discuss the best practices in teaching that can enable university students to develop their critical thinking skills. The qualitative, literature-based study performed by the author looks at the literature and especially the research, theories, and teaching practices relevant to the field of higher education. The conclusions reached point out that the use of student-centered learning techniques such as the aforementioned problem-based learning, class discussion and debate, case-based learning, reflective writing, and learning through collaboration not only make students more engaged but also help them think more critically. These techniques lead to participation, deeper thinking, and giving control to the students in their own learning process. The authors believe that the implementation of critical thinking techniques across the university curriculum is a necessary step in assuring the academic success of the students and their readiness for the modern workplace's requirements.
2025-12-17
BRANCHES OF LINGUISTICS AND THEIR IMPORTANCE
This article examines the main branches of linguistics and their significance in understanding human language, communication, and cognition. Linguistics, as the scientific study of language, encompasses a diverse range of subfields, each offering unique insights into the structure, function, and evolution of language. Phonetics and phonology explore sound systems, morphology studies word formation, syntax investigates sentence structure, semantics and pragmatics focus on meaning, and sociolinguistics examines language in social contexts. Applied branches, such as psycholinguistics, computational linguistics, and language teaching, demonstrate the practical relevance of linguistic research. The study highlights how these branches collectively contribute to education, translation, artificial intelligence, speech therapy, and cross-cultural communication. Understanding the multifaceted nature of language through these branches enables scholars, educators, and professionals to approach language scientifically, ethically, and creatively.
2025-12-17
RAQAMLI SIGNAL VA TASVIRLARNI QAYTA ISHLASH USULLARI VA ULARNING AMALIY QO‘LLANILISHI
Ushbu maqolada raqamli signal va tasvirlarni qayta ishlash (RSTQ) sohasining asosiy tushunchalari, zamonaviy algoritmlari hamda ularning amaliy qo‘llanilish yo‘nalishlari yoritiladi. Signal va tasvirlarni filtrlash, shovqinni kamaytirish, xususiyatlarni ajratib olish hamda klassifikatsiya qilish usullari tahlil qilinadi. Shuningdek, tibbiyot, sanoat, masofaviy zondlash va sun’iy intellekt tizimlarida RSTQ texnologiyalarining ahamiyati ko‘rsatib beriladi.
2025-12-17
MATEMATIK FIZIKANING TIPIK MASALALARI
Ushbu maqolada matematik fizikaning asosiy va tipik masalalari keng qamrovli tarzda yoritiladi. Matematik fizika tabiiy jarayonlarni matematik modellar yordamida ifodalash va tahlil qilish bilan shug‘ullanadi. Maqolada differensial tenglamalar asosida ifodalanadigan masalalar, ularning turlari, yechim metodlari, analitik va sonli usullar, shuningdek, amaliy qo‘llanilish sohalari batafsil tahlil qilinadi. Material mustaqil ilmiy uslubda bayon qilingan bo‘lib, antiplagiat talablariga mos holda tayyorlangan.
2025-12-17
SEMANTIC AND PRAGMATIC CHARACTERISTICS OF MODAL WORDS IN CONTEMPORARY ENGLISH ACADEMIC AND SPOKEN DISCOURSE
Background: Modality is a core linguistic category that enables speakers to express attitudes such as necessity, possibility, obligation, probability, and evaluation. In English discourse, modal words perform not only grammatical functions but also crucial pragmatic roles related to politeness, indirectness, and stance marking. Despite extensive research on modal verbs, their integrated semantic–pragmatic behavior in contemporary English discourse remains insufficiently explored.
2025-12-17
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QISH DARSLARIDA BADIIY ASAR TAHLIL QILISH KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISH ORQALI O‘QUVCHILAR NUTQINI BOYITISH
Ushbu tezisda boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida o‘quvchilarning badiiy asar tahlili kompetensiyasini shakllantirish orqali ularning nutqini boyitish masalasi ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda badiiy matn bilan ishlashning nutq rivojlantiruvchi usullari, tahlilning bosqichlari, shuningdek, lug‘at boyligini oshirish, fikrlash va mantiqiy bayon qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan amaliy vazifa va mashqlar tahlil qilinadi. Xulosa qilib, badiiy asar tahlilini o‘qitishning nutqiy kompetensiyani rivojlantirishdagi ahamiyati va o‘rni asoslab beriladi.
2025-12-17
BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA MEDIA-SAVODXONLIKNI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI TA‘LIM PLATFORMALARINING O‘RNI
Ushbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarda media-savodxonlikni rivojlantirishda raqamli ta’lim platformalarining didaktik va metodik imkoniyatlari, ularning samaradorligini baholash mexanizmlari hamda pedagogik modelini ishlab chiqish masalalari yoritiladi. Tadqiqot IMRAD strukturasi asosida amalga oshirildi: kirishda media-savodxonlikning dolzarbligi va raqamli platformalarning o‘quv jarayonidagi o‘rni asoslab beriladi; metodlar bo‘limida aralash dizaynli (mixed-methods) tadqiqot modeli, tanlov, instrumentlar va tahlil usullari bayon etiladi; natijalarda bo‘lajak o‘qituvchilar media-savodxonligining asosiy komponentlari (axborotni izlash va baholash, ishonchlilikni tekshirish, media matnni tahlil qilish, etik va xavfsizlik me’yorlari, kontent yaratish) bo‘yicha o‘sish ko‘rsatkichlari taqdim etiladi; muhokamada natijalar xalqaro standart va yondashuvlar bilan qiyosiy tahlil qilinadi hamda didaktik tavsiyalar ishlab chiqiladi. Empirik tekshiruvda raqamli platformalar (Learning Management System va ochiq onlayn kurslar, shuningdek interaktiv hamkorlik vositalari) asosida qurilgan o‘quv intervensiyalari bo‘yicha ijobiy ta’sir (Cohen’s d=0,76) qayd etildi. Maqola xulosalarida raqamli ta’lim muhitini didaktik loyihalash, o‘qituvchi kompetensiyalarini DigCompEdu va ISTE mezonlari bilan uyg‘unlashtirish, shuningdek baholashning valid va ishonchli ko‘rsatkichlarini joriy etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
2025-12-17
GRAFIK MATERIALLARDA (QALAM, SANGINA, KO‘MIR) NATYURMORT ISHLASHNI O‘RGATISHNING BOSQICHMA-BOSQICH TIZIMI
Ushbu maqolada grafik materiallar — qalam, sangina va ko‘mir yordamida natyurmort ishlashni o‘rgatishning bosqichma-bosqich tizimi yoritilgan. Tadqiqotning maqsadi — tasviriy san’at ta’limida natyurmort chizishni o‘rgatish jarayonini ilmiy asoslash, samarador metodlarni tavsiya etish va o‘quvchi-amaliyotchilar uchun amaliy texnologiyani ishlab chiqishdir. Tadqiqot vazifalari sifatida: nazariy adabiyotlarni tahlil qilish, amaliy usullarni solishtirish, o‘quv jarayonida qo‘llaniladigan bosqichlarni ishlab chiqish va ularning samaradorligini baholash belgilandi. Maqolada metodologik yondashuvlar, tajriba natijalari, xulosalar va tavsiyalar keltirilgan.
2025-12-17
ELEKTRON TIJORAT VA UNING IQTISODIYOTGA TA’SIRI
So‘nggi yillarda dunyo iqtisodiyoti jadal rivojlanayotgani sir emas. Aynan shu jarayonda elektron tijorat eng tez o‘sayotgan tarmoqlardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda tovar yoki boshqa narsalarni sotib olish uchun do‘konga borish shart emas — bitta telefonning o‘zi yetarli. Bu faqat texnologik qulaylik emas, balki iqtisodiyotning tuzilishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatayotgan omildir. Elektron savdoning iqtisodiyotga eng muhim ta’sirlaridan biri bozorning kengayishidir. Masalan, kichik biznes vakillari avvallari faqat o‘z mahallasiga yoki shaharga xizmat ko‘rsata olgan bo‘lsa, endi ijtimoiy tarmoqlar va onlayn platformalar orqali butun jahon bo‘ylab xaridor topa oladi.
2025-12-18
СРАВНИТЕЛЬНЫЙ АНАЛИЗ ЭФФЕКТИВНОСТИ ЦИФРОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ ПРИ ОБУЧЕНИИ РУССКОМУ И АНГЛИЙСКОМУ ЯЗЫКАМ В ВЫСШЕЙ ШКОЛЕ
В статье представлен сравнительный анализ эффективности цифровых технологий при обучении русскому и английскому языкам в высшей школе. Исследование охватывает использование образовательных платформ, интерактивных приложений и мультимедийных ресурсов в процессе формирования языковых компетенций студентов. Результаты показывают, что цифровые инструменты более эффективны при обучении английскому языку, чем русскому, особенно в развитии лексики и аудирования. Для русского языка отмечается необходимость расширения и усложнения цифровых материалов, ориентированных на академическую и профессиональную грамотность. Данное исследование подчеркивает значимость интеграции технологий в образовательный процесс и необходимость создания сбалансированных методик обучения для разных языков.
2025-12-18
TARJIMADA PRAGMATIKANING O’RNI VA AHAMIYATI
Pragmatika tilshunoslikning nutq va muloqotga qaratilgan sohasi bo‘lib, tilning real hayotdagi ishlatilishini, kontekstga bog‘liqligini va ijtimoiy vaziyatdagi funksiyasini o‘rganadi. U tilni nafaqat grammatik va leksik qoidalar asosida, balki nutqning amaliy ma’nosi va kommunikativ vazifasi nuqtai nazaridan tahlil qiladi. Pragmatikaning o‘rni shundaki, u nutqdagi mantiqiy va ijtimoiy munosabatlarni, muloqot madaniyatini va kontekstual ma’nolarni chuqurroq anglash imkonini beradi.Pragmatika tilning kontekstga moslashuvchanligini, ifodalarning turli vaziyatlarda qanday o‘zgarishini, so‘z va iboralar bilan amalga oshiriladigan amaliy harakatlarni o‘rganadi. Shu bilan birga, u nutqda yuzaga keladigan ma’no chalkashliklarini, ijtimoiy va madaniy nuqtai nazardan kelib chiqadigan tushunmovchiliklarni aniqlashda muhim vosita hisoblanadi.Pragmatika shuningdek, inson muloqotini samarali tashkil etishda, nutq madaniyatini shakllantirishda va ijtimoiy hamjihatlikni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. U tilning amaliy jihatlarini, nutq aktlarini, implikaturani, kontekstual ma’noni o‘rganish orqali kommunikativ kompetensiyani oshiradi va insonning ijtimoiy, madaniy va professional muhitda samarali muloqot qilish qobiliyatini kuchaytiradi.
2025-12-18
NEFT MAHSULOTLARIGA DEPRESSOR QO‘SHIMCHALAR SINTEZI VA TADBIQI
Ushbu maqolada neft mahsulotlarining past haroratda qotib qolishi, oqishining sekinlashishi yoki butunlay to‘xtashi – neft sanoati oldidagi eng muhim muammolardan biridir. Ayniqsa parafinga boy neftlar qish faslida yoki sovuq iqlim sharoitida quvurlardan o‘tmay qoladi, nasoslar ishlamaydi va transport jarayonida katta texnik va iqtisodiy yo‘qotishlar yuzaga keladi. Shu sababli bunday muammoni bartaraf etish uchun maxsus kimyoviy moddalar – depressor qo‘shimchalar ishlab chiqilgan ushbu maqolada kelib chiqqan muammolarni oldini olish haqida malumot berilgan.
2025-12-18
RAQAMLI TA'LIM JARAYONIDA OʻQUVCHILAR AHLOQIY MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH BOSQICHLARI
Ushbu maqola zamonaviy ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalar yordamida o‘quvchilarning ahloqiy madaniyatini shakllantirish masalalarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Raqamli ta’lim nafaqat bilim berish, balki o‘quvchilarning shaxsiy fazilatlarini, ijtimoiy mas’uliyatini va madaniy qadriyatlarini rivojlantirishda muhim vosita sifatida qaraladi. Tadqiqotda o‘quvchilarning axloqiy madaniyatini shakllantirish bosqichlari tizimli tarzda ko‘rib chiqilgan: tayyorlov bosqichi, axloqiy bilimlarni berish bosqichi, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish bosqichi, mustahkamlash va nazorat bosqichi hamda ijtimoiy va madaniy integratsiya bosqichi.
2025-12-18
INJURY PREVENTION IN ATHLETICS: A COMPREHENSIVE SCIENTIFIC REVIEW
Athletic participation, while offering profound physical and psychological benefits, is inherently associated with a substantial risk of injury. These injuries pose significant challenges to athlete health, performance longevity, and impose considerable healthcare burdens. This article provides a comprehensive scientific review of injury prevention in athletics, synthesizing current understanding of injury epidemiology, intrinsic and extrinsic risk factors, and evidence-based prevention strategies. We examine the efficacy of various interventions, including neuromuscular training, strength and conditioning, proper training load management, and the role of equipment and nutritional support. Hypothetical results from simulated meta-analyses and program evaluations are presented to illustrate the potential impact and challenges in implementation. The discussion emphasizes a holistic, multi-faceted approach to injury prevention, acknowledging the complexities of athlete physiology and sporting environments. The conclusion underscores the imperative for continuous research, integrated prevention programs, and collaborative efforts among athletes, coaches, medical professionals, and sports organizations to safeguard athlete well-being and optimize performance.
2025-12-18
AMIR TEMUR BUYUK DAVLAT ARBOBI
Mazkur maqola Amir Temurning buyuk davlat arbobi sifatidagi faoliyatiga bag‘ishlangan. Temurning 14-asrdagi davlat qurishdagi ta’siri va uning siyosiy, iqtisodiy va madaniy rivojlanishga qo‘shgan hissasi chuqur tahlil qilingan. Maќolada, Amir Temurning harbiy, siyosiy va davlatchilik falsafasi, uning boshqaruvi va qonunlari, xalqlar o‘rtasida tinchlikni ta’minlashdagi rolі, shuningdek, Samarqandni madaniy markazga aylantirishga bo‘lgan sa’y-harakatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ushbu maqolada Amir Temurning davlat boshqaruvi va siyosatini o‘zbekiston Respublikasining zamonaviy islohotlari bilan o‘xshatish va Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat boshqaruvi sohasidagi amalga oshirgan islohotlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tahlil qilinadi. Maqola Temurning tarixiy shaxsiyati va uning o‘z vaqtidagi davlatchiligiga oid yangicha qarashlar bilan bog‘liq muhim natijalarni keltirishga intiladi.
2025-12-18
“RAQAMLI MUHITNING O‘SMIRLAR PSIXOLOGIK RIVOJLANISHIGA TA’SIRI: PSIXOLOGIK XAVFLAR VA MOSLASHUV MEXANIZMLARI”
Mazkur maqolada raqamli muhitning o‘smirlar psixologik rivojlanishiga ko‘rsatadigan ta’siri ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. O‘smirlik davrining psixologik xususiyatlari, raqamli texnologiyalarning ruhiy holatga ijobiy va salbiy ta’sirlari hamda yuzaga kelayotgan psixologik xavflar yoritilgan. Shuningdek, o‘smirlarning raqamli muhitga moslashuv mexanizmlari va psixologik profilaktika yo‘llari asoslab berilgan. Maqola natijalari o‘smirlarning ruhiy salomatligini saqlash va raqamli muhitdan samarali foydalanishni ta’minlashga xizmat qiladi.
2025-12-18
BOLONYA JARAYONI DOIRASIDA OLIY TA’LIMDA TARBIYAVIY ISHLARNING TIZIMLI TASHKIL ETILISHI
Mazkur maqolada Bolonya jarayoni doirasida oliy ta’lim muassasalarida tarbiyaviy ishlarni tizimli tashkil etish masalalari yoritilgan. Unda Yevropa oliy ta’lim makoniga integratsiya sharoitida talabalarning shaxsiy, ijtimoiy va kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishda tarbiyaviy ishlarning o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, kredit-modul tizimi, talaba markazlashgan ta’lim, akademik mobillik kabi Bolonya tamoyillarining tarbiyaviy jarayonga ta’siri ochib beriladi hamda tarbiyaviy faoliyatni rejalashtirish va amalga oshirishning samarali yo‘nalishlari asoslab beriladi.
2025-12-18
СОВРЕМЕННЫЕ ПОДХОДЫ К ДИАГНОСТИКЕ И ЛЕЧЕНИЮ ПАТОЛОГИИ АОРТАЛЬНОГО КЛАПАНА
Патология аортального клапана (АК) остаётся одной из ведущих причин приобретённых клапанных пороков сердца и значимым фактором сердечно-сосудистой смертности во всём мире. Дегенеративный аортальный стеноз и аортальная регургитация формируют до 70 % всех клапанных вмешательств у лиц старше 65 лет и характеризуются прогрессирующим течением, высокой частотой сердечной недостаточности и внезапной сердечной смерти. За последние два десятилетия произошёл качественный сдвиг в диагностике и лечении данной патологии, связанный с внедрением высокоточных методов визуализации, мультиспиральной компьютерной томографии, трёхмерной эхокардиографии и транскатетерных технологий.
2025-12-18
ONLAYN MEDIA MATNLARIDAGI TIL VA USLUBNING ZAMONAVIY XUSUSIYATLARI: AMALIY TADQIQOT
Ushbu tezisning maqsadi – zamonaviy onlayn axborot manbalarida chop etilayotgan media matnlaridagi til va uslubning o‘ziga xos xususiyatlarini amaliy jihatdan tadqiq etishdir. Tezisning nazariy qismida mediatekst tushunchasi, uning shakllanish jarayoni, zamonaviy tilshunoslikda media matnning roli va funksiyalari ko‘rib chiqiladi. Shu bilan birga, onlayn media matnlarida ishlatiladigan lingvistik vositalar, stilistik xususiyatlar va kommunikativ funksiyalar tahlil qilinadi.
2025-12-18
O‘ZBEKISTONDA KICHIK BIZNESDA RAQAMLI MARKETINGNING ROLI VA SAMARADORLIGI VA U ORQALI RAQOBATBARDOSHLIKNI OSHIRISH
Ushbu tezis O‘zbekiston Respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda raqamli marketingning roli va samaradorligini kompleks tarzda o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotning asosiy maqsadi — raqamli marketing vositalari orqali kichik biznes sub’ektlarining raqobatbardoshligini oshirish, innovatsion yechimlarni tatbiq etish va iqtisodiy samaradorlikni ta’minlashdir.
2025-12-18
