"Yangi O'zbekiston ilmiy tadqiqotlar jurnali" - это рецензируемый международный журнал с открытым доступом, в котором публикуются оригинальные исследования и обзорные статьи, относящиеся к различным областям. Основная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для международных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований в прикладных науках. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках и пройти тщательную рецензию.
Опубликован: 2025-06-17
Статьи
ЖИНОЯТ ҲУҚУҚИ ТАМОЙИЛЛАРИ ВА УЛАРНИНГ АМАЛИЁТГА ТАТБИҚ ЭТИЛИШИ
Мақолада жиноят ҳуқуқининг тамойиллари ва уларни амалиётга татбиқ этиш масалалари муҳокама қилинади. Илмий ва амалий ёндашув асосида жиноят ҳуқуқи тамойилларининг табиати ва моҳияти, уларнинг тарихий келиб чиқиши юзасидан доктринал қарашлар, ғоялар ва ёндашувлар, шунингдек, халқаро ҳуқуқ ва инсон ҳуқуқлари ютуқлари ва қадриятларининг жиноят ҳуқуқи тамойиллари тизими шаклланишига таъсири таҳлил қилинади. Мавжуд конституциявий қоидаларга асосланиб, жиноят ҳуқуқи тамойилларининг конституциявий асослари бўйича хулосалар ва мулоҳазалар тақдим этилган.
2025-06-17
ALVEOLITLARNI DAVOLASHDA TURLI XIL DORI PREPARATLARINING SAMARADORLIGINI QISYOSIY BAHOLASH.
Tish tortilgandan keyingi asoratlardan biri alveolyar katakchada yallig’lanish protsessi va qon- ketishdir. Bu asoratlar eng ko'p va keng tarqalgan b o'lib tez-tez jarroxlik operatsiyasidan keyin takrorlanib turadi. . Bir qator tadqiqotchilarning fikricha ,alveolit bilan kasallanish 13,4 dan 42,8% bemorlarda uchrab turadigan asoratlardan biridir. [2, 3, 4]. Ayrim mualliflar alveolit rivojlanishining etiologiyasida yuqumli va travmatik omillar muhim ahamiyat kasb etishi haqida aytganlar[1,3]. Alveolitning rivojlanishiga tish tortilgandan keyingi jag’ katakchasidagi to'qimalarining fibrinolitik faolligi immunologik o'zgarishlar, va hamrox kasalliklar yallig’lanish protsessini avj olishiga sabab
bo'ladi. [2, 4]. Ko'p sonli dorilar va davolash uchun tavsiya etilgan usullar bu asoratning oldini olish, amaliy tomonidan duch kelgan qiyinchiliklar yechimini topadi [1, 2].
2025-06-17
SHAXSNING OZODLIGI, SHA’NI VA QADR-QIMMATI
Ushbu maqolada shaxs huquqi va erkinligi hamda jamiyatimizda davlat manfaatlarini himoya qilish orqali shaxs tinchligini va inson xavfsizligi ta’minlash to‘g‘risida mavzu yoritilgan.
2025-06-17
XALQ MILLIY O‘YINLARINING JISMONIY SIFATLARNI TARBIYALOVCHI OMILLARI VA XUSUSIYATLARI
Sport bilan shug‘ullanish, yetuk mahoratlar, egallangan amaliy tajribalar, malakalar orqali jismoniy sifatlarning me’todlari, alomatlari, tehnik- taktik tayyorgarlik darajalarini nufuzli va xalqoro sport musobaqalarida tasdiqdan o‘tkazishga qaratiladi. Bularning barchasi jismoniy sifatlar bilan bevosita bog‘liqdir.
2025-06-17
RAQAMLI RESURSLAR YORDAMIDA INDIVIDUAL TA’LIM YO‘LLARINI SHAKLLANTIRISH
Ushbu maqolada raqamli resurslar yordamida individual ta’lim yo‘llarini shakllantirishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Muallif raqamli resurslarning ta’lim jarayonidagi o‘rni, individual yondashuvning ahamiyati, milliy va xalqaro tajribalar, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llarini ilmiy asosda ochib beradi. Xulosa qismida esa raqamli resurslar orqali ta’lim sifatini oshirishning istiqbollari va tavsiyalar berilgan. Maqola boshlang‘ich ta’lim sohasida o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va ta’lim tashkilotchilari uchun metodik va nazariy qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.
2025-06-17
ONLAYN INKLYUZIV TA’LIM: IMKONIYATLAR VA XAVF-XATARLAR
Ushbu maqolada onlayn inklyuziv ta’limning zamonaviy ta’lim tizimidagi o‘rni, imkoniyatlari va mavjud xavf-xatarlari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Avvalo, onlayn inklyuziv ta’lim tushunchasi, asosiy tamoyillari, zamonaviy texnologiyalar yordamida ta’lim jarayonini tashkil etishning afzalliklari yoritilgan. Shuningdek, texnik, pedagogik, psixologik va axborot xavfsizligi bilan bog‘liq muammolar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Xorijiy tajriba misolida milliy ta’lim tizimida onlayn inklyuziv ta’limni rivojlantirish istiqbollari ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqot natijalari ushbu sohada mutaxassislar, o‘qituvchilar va ta’lim tashkilotchilari uchun amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, inklyuziv ta’limni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.
2025-06-17
ROMAN – TETROLOGIYANING POERTIK XUSUSIYATLARI
Maqolamizda tahlilga tortgan poetika, xususan, roman poetikasi tushunchasi va bu boradagi nazariy-metodologik qarashlar qanday taraqqiyot bosqichlarini bosib o‘tganligi, jahon va milliy adabiyotshunosligida shakllangan nazariy fikr-qarashlarda roman - tetralogiya xususida qanday ilg‘or fikrlar ilgari surilganligi masalalari yoritiladi.
2025-06-19
PARIJ BITIMINING IQLIM O‘ZGARISHIGA MOSLASHUV BO‘YICHA XALQARO HUQUQIY MAQOMI
aqolada iqlim o‘zgarishiga moslashish masalasida xalqaro moliyaviy mexanizmlar ya’ni Yashil iqlim jamg‘armasi, Adaptatsiya jamg‘armasining faoliyat yo‘nalishlari, vazifa va funksiyalariga e’tibor qaratilgan.
2025-06-19
TOSHKENT SHAHAR, MIROBOD TUMANIDA JOYLASHGAN “GREENWICH” KOʻP QAVATLI TURAR JOY MAJMUASI QURILISHI UCHUN YER OSTI KOMMUNIKATSIYALARINI LOYIHALASH
Toshkent shahar, Mirobod tumanida joylashgan “GREENWICH” koʻp qavatli turar joy majmuasi qurilishi uchun yer osti kommu-nikatsiyalarini loyihalash haqida soʻz yuritilgan.
2025-06-19
“ФЕНОМЕН ГИТАРЫ В ИСТОРИИ КУЛЬТУРЫ”
Статья исследует гитару не просто как музыкальный инструмент, а как уникальный культурный феномен, чья история неразрывно связана с развитием человечества. Прослеживая путь гитары от ее древних предков (кифара, лютня) через рождение в Испании XVI века и эпохи Ренессанса, Барокко и Классицизма, где она обрела классическую форму и концертный статус, значительная роль в романтическом домашнем музицировании и становлении русской семиструнной гитары как национального символа. Революция XX века – появление электрогитары, породившей новые звуки (дисторшн, овердрайв), техники игры и ставшей двигателем жанров от блюза и джаза до рока и поп-музыки. Статья анализирует влияние гитары на формирование ключевых музыкальных стилей (фламенко, классика, кантри, фолк), описывает многообразие современных видов (классическая, акустическая, электрогитара, полуакустическая, баритон, 12-струнная) и подчеркивает ее социальную значимость как доступного инструмента самовыражения, объединяющей силы и культурного символа. Феномен универсальности гитары, её способности адаптироваться к любым эпохам, стилям и аудиториям, оставаясь вечно актуальным мостом между культурами и сердцами людей.
2025-06-19
"ВЗАИМОСВЯЗЬ МАТЕМАТИКИ И МУЗЫКИ: ФУНДАМЕНТАЛЬНЫЕ ОСНОВЫ И ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ПРИЛОЖЕНИЯ"
В статье исследуются исторические, теоретические и практические аспекты взаимосвязи математики и музыки. На основе анализа античных источников, современных нейробиологических исследований (2018-2025 гг.) и педагогических экспериментов доказано существование глубинных когнитивных механизмов, объединяющих математическое и музыкальное мышление. Выявлено, что систематические музыкальные занятия повышают математическую успеваемость школьников на 15-25%, особенно в области дробей и пространственного мышления. Разработаны практические рекомендации для интегрированного обучения.
2025-06-19
BINOLARNI QURISH VA QAYTA TA’MIRLASHDA BAJARILADIGAN GEODEZIK ISHLAR
Ushbu maqolada Bino va inshootlarni qurish va qayta tamirlashda bajariladigan geodezik ishlar ko‘rib chiqilgan.Bino va inshotlarni loyixasini joyiga ko‘chirish ishlarida foydalanish uchun qurilish hududi bo‘ylab planli va balandlik tarmoqlari yaratilishi xaqida so‘z yuritilgan.
2025-06-20
NIKOH VA OILA HAQIDAGI TASAVVURLAR
Ushbu maqola nikoh va oila haqidagi tasavvurlarning tarixiy va madaniy o'zgarishlarini o'rganadi. Turli davrlarda va madaniyatlarda nikoh va oilaning roli, tuzilishi, funksiyalari va qadriyatlari tahlil qilinadi. Maqolada nikoh va oila institutining evolyutsiyasi, zamonaviy tendensiyalari va kelajakdagi istiqbollari muhokama qilinadi.
2025-06-20
AMIR TEMUR ILM-FAN VA ADOLAT HOMIYSI
Ushbu maqolada Amir Temur tarixi, uning hayoti va davlatchiligi, bunyodkorlik faoliyati bilan bog‘liq tafsilotlar kengroq tarzda o‘rganilgan, shunindek uning xarbiy san’ati, taktika va strategiyasi, hamda ilmning qadriga yetadigan, uni rivojlantirishga astoydil bel bog‘lagan, dunyoning yetuk olimlari, tarixchilari bilan bemalol suhbatlasha oladigan donishmand hukmdor ekanligi haqida fikr yuritiladi.
2025-06-20
ИНЖЕНЕРНО – ГЕОДЕЗИЧЕСКАЯ РАБОТА ПРИ СТРОИТЕЛЬСТВЕ ЖИЛОГО КОМПЛЕКСА
Инженерно-геодезические работы при строительстве жилого комплекса «Assalom Sohil 2» В данной работе рассматриваются инженерно-геодезические мероприятия, выполненные при строительстве жилого комплекса «Assalom Sohil 2». Освещены этапы создания геодезической основы, проведения точных измерений на строительной площадке и обеспечения правильного расположения объектов.
2025-06-20
JAHON ESTRADA SAN’ATIDAGI USLUB VA YO‘NALISHLARNING O‘ZBEK MILLIY ESTRADA SAN’ATI RIVOJIGA TA’SIRI.
Mazkur maqolada jahon estrada san’atida shakllangan pop, rok, jazz, kabi asosiy uslub va yo‘nalishlarning mazmun-mohiyati hamda ularning o‘zbek milliy estrada san’ati rivojiga ko‘rsatgan ta’siri tahlil qilinadi. O‘zbek estradasining o‘ziga xosliklarini saqlab qolgan holda zamonaviy global san’at bilan bog‘lanish holatlari ko‘rib chiqiladi.
2025-06-20
THE IMPACT OF GLOBALIZATION ON ENGLISH VOCABULARY
Globalization has profoundly influenced the English language, especially its vocabulary. As English continues to serve as the primary medium of international communication, it absorbs and adapts words from various languages and cultures. This article examines how globalization facilitates the expansion and diversification of English vocabulary through loanwords, neologisms, and hybrid terms. It also discusses the implications of these changes on language standardization, cultural identity, and communication. The article underscores the dynamic and inclusive nature of English vocabulary shaped by global interconnectedness.
2025-06-20
CHO’KMA HOSIL BO’LADIGAN SUSPENZIYALARNI FILTRLASH TENGLAMALARI
Ishda keyk-qatlam hosil bo‘ladigan holatda suvpenziyalarni sızıshining o‘qqa nisbatan simmetrik masalasi sonli yechilgan. Modelda turli parametrlarning keyk-qatlam bo‘ylab kompressiyaviy va suyuqlik bosimiga hamda keyk-qatlam qalinligining o‘sishiga ta’siri o‘rganilgan
2025-06-23
ПУТИ ПОВЫШЕНИЯ ЭФФЕКТИВНОСТИ СФЕРЫ УСЛУГ НА ОСНОВЕ ИННОВАЦИОННОГО МЕНЕДЖМЕНТА
В данной статье проводится обзор состояния сферы услуг на сегодняшний день, способы реализации инновационного менеджмента в Узбекистане и во всем мире. Особое внимание уделяется различным подходам к обеспечению повышения качества сервиса сферы услуг. Анализируются ключевые моменты, текущие проблемы с которыми сталкивается сфера услуг такие как неэффективное управление, сложное соблюдение нормативных требований и методы, способствующие применению инновационного менеджмента в нашей стране. Выводы подчеркивают, что несмотря на отсутствие формального единого обучения в сфере HoReCa, нужно принять комплекс мер, направленных на полноценные консультации и учет интересов работников сферы услуг и потребителей для эффективной коммуникации и реализации инновационного менеджмента. В статье показана необходимость применения инновационного управления в сфере услуг. Проанализированы и выбраны основные типы инноваций, наиболее рациональные для применения в сфере ресторанных услуг.
2025-06-23
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA IJODIY QOBILIYALARNI RIVOJLANTIRISH BOSQICHLARI
Maktabgacha yoshdagi bolalarda ijodkorlik tez o‘sib boradi va o‘zgaradi. Uch yoshda bolalar atrof-muhit bilan ko‘proq tajriba o‘tkaza boshlaydi va ramziy o‘yin bilan shug‘ullanadi. To‘rt yoshga kelib, ularning mavhum tushunchalar haqidagi tushunchalari rivojlana boshlaydi va ular ongida g‘oyalar va ob'ektlarni yaxshiroq boshqarishga qodir. Taxminan besh yoshga to‘lgan bolalar odatda murakkab va hayoliy stsenariylarni yaratish uchun turli tajribalar elementlarini birlashtirib, o‘zlarining o‘zini namoyon qilish qobiliyatlarini yaxshilashni boshlaydilar.
2025-06-23
ZAMONAVIY TA’LIMDA FUNKSIONAL SAVODXONLIK VA TEXNOLOGIYALAR UYG‘UNLIGI
Ushbu maqolada funksional savodxonlikning mazmuni, uning asosiy yo‘nalishlari va zamonaviy ta’lim texnologiyalari bilan uyg‘unlashuvi yoritilgan. Shuningdek, raqamli texnologiyalar yordamida o‘quvchilarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish yo‘llari tahlil qilingan.
2025-06-23
BO‘LAJAK PEDAGOGLARNING HАYОT FАОLIYАTI XАVFSIZLIGINI TА’MINLАSHDА KОMPETENSIYАVIY YОNDАSHUV MОDELLАRI
Ushbu mаqоlаdа bo‘lajak pedagoglаrning hаyоt fаоliyаti xаvfsizligini tа’minlаshdа kоmpetensiyаviy yоndаshuv mоdellаrini, аxbоrоt tа’minоtini yаxshilаsh, kаsbiy kоmpetensiyаni shаkllаntirish, ulаrning mаzmunini tаvsiflаshgа qаrаtilgаn. Shuningdek, оliy tа’lim muаssаsаlаri tа’lim jаrаyоnidа kоmpetensiyаviy yоndаshuv tushunchаlаrining mаzmun-mоhiyаtini о‘rgаnish, kоmpetentlikni shаkllаntirish, rivоjlаntirish vа diаgnоstikа qilish mаsаlаlаri bаyоn etilgаn.
2025-06-24
BOSHLANG'ICH SINF O‘QUVCHILARINING TASAVVURINI SHAKLLANTIRISHDA ETNOPEDAGOGIKANING O‘RNI
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tasavvur jarayonini shakllantirishda etnopedagogikaning psixologik-pedagogik va madaniy-ma’naviy ahamiyati tahlil qilinadi. Xususan, xalq og‘zaki ijodi, urf-odatlar, qadimiy marosimlar, afsonaviy obrazlar orqali bolalarda obrazli fikrlash, ijodkorlik, emotsional sezgirlik, madaniy identifikatsiya kabi psixik xususiyatlarni rivojlantirish imkoniyatlari yoritiladi. Maqolada shuningdek, etnopedagogik yondashuvlar asosida metodik vositalarning didaktik samaradorligi, tasavvur bilan bog‘liq faoliyat turlarining bola shaxsiyati shakllanishiga ta’siri empirik va nazariy asosda bayon etiladi.
2025-06-24
МУЗЫКАЛЬНАЯ ИМПРОВИЗАЦИЯ КАК ПУТЬ К ТВОРЧЕСТВУ
Статья раскрывает музыкальную импровизацию как универсальный путь к творческой свободе. Прослеживая ее эволюцию от древнейших устных традиций через расцвет в эпоху Барокко к временному упадку в XIX веке, выделяется философская суть импровизации как синтеза спонтанности и глубокого знания. Основное внимание уделяется современным формам: от структурированной джазовой импровизации и каноничных этнических практик до радикальной свободной импровизации и включения её в академическую музыку. Доказывается, что практика импровизации любого вида служит мощным инструментом развития музыканта: обостряет слух и внутреннее слышание, превращает теорию в живой язык, тренирует воображение и учит доверять интуиции, преодолевая страх ошибки. Особо выделяется её роль в ансамблевом взаимодействии и терапевтический потенциал. Автор приходит к выводу, что импровизация – это состояние творческой свободы, возвращающее музыканту роль сотворца звучащей реальности и ключ к подлинному самовыражению.
2025-06-25
RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDATA’LIM TIZIMINI MODERNIZATSIYA QILISH YO’LLARI
Maqolada iqtisodiyotni raqamlashtirish jarayonining ta’lim tizimiga ta’siri, zamonaviy ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarni qo’llash imkoniyatlari, ularni joriy etishning afzallik va muammolari tahlil qilingan. Shuningdek, raqamli iqtisodiyot sharoitida ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, innovatsion ta’lim tizimini tashkil etish, onlayn ta’lim platformalari, sun’iy intellekt va blokcheyn tizimlarini ta’lim jarayoniga tatbiq etish yo’llari haqida fikr yuritiladi. Tadqiqot natijasida, iqtisodiyotni raqamlashtirish ta’lim tizimining samaradorligini oshirishi, zamonaviy kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishi aniqlangan
2025-06-25
MATEMATIKA DARSLARIDA AKT VOSITALARIDAN SAMARALI FOYDALANISH
Mazkur maqolada matematika fanini o‘qitishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) samarali foydalanish masalalari ko‘rib chiqiladi. Unda AKT vositalarining dars samaradorligini oshirishdagi o‘rni, o‘qituvchining interaktiv metodlardan foydalanish ko‘nikmasi, zamonaviy dasturiy vositalar (GeoGebra, Desmos, MS Excel, videodarslar) orqali o‘quvchilarda mustahkam bilim va ko‘nikmalar hosil qilish yo‘llari tahlil qilinadi. Maqolada nazariy fikrlar bilan birga dars jarayonida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan yechilgan matematik masalalar ham berilgan.
2025-06-25
TABIIY FANLARNI О‘QITISHDA VIRTUAL TA’LIM TEXNOLOGIYALARNIDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI
Ushbu maqolada axborot texnologiyalari va raqamli vositalar zamonaviy ta’limning ajralmas qismiga aylanib borayotganligi shu bilan birga boshlang‘ich ta’limda tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish masalasi dolzarbligi aytib o’tilgan. Raqamlashgan ta’lim vositalaridan foydalanishda, raqamli ta’lim texnologiyalarining joriy etilishi, tabiy fanlarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish uchun asos bo‘ladi. Zamonaviy texnologik vositalaridan foydalangan holda ta’lim oluvchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishda elektron resurslar, interfaol vositalar darsni simulyatsiya qilish va о‘quv jarayonini nostandart, yorqin va samarali usullardan foydalanish yaxshi samaradorlikka olib kelishi haqida keng ma’lumotlar keltirilgan.
2025-06-25
TALABALARGA INGLIZ TILI DARSLARIDA URF ODATLAR VA MADANIYATLARNI O`QITISH
Ushbu maqola ingliz tili darslarida urf odatlar va madaniyatlarni o’qitish va buning bir nechta usullarini sanab o’tadi. Urf odatlar va madaniyatlarning ahamiyati til o’rganishda juda kattadir. Sababi o’rganuvchilar tilni nafaqat o’rganishadi, balki bu tildan uni asosiy til sifatida foydalanuvchi xalqlar orasida foydalanadi ham. Shuning uchun ham ular faqatgina tilni nazariy jihattan emas balki amalyotlar bilan ham mustahkamlashi va bu borada ularga to`siq bo`lishi mumkin bo`lgan madaniyati va urf odatlarini ham o`rganib borishi muhim sanaladi. Ushbu maqolada bu usullar o`rganiladi va tahlil qilinadi.
2025-06-25
MATEMATIKA FANIDAN MUSTAQIL ISHLASH MALAKALARINI SHAKLLANTIRISH YO‘LLARI
Ushbu maqolada matematika fanini o‘rganishda o‘quvchilarda mustaqil ishlash malakalarini shakllantirishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Matematikaning murakkab mantiqiy tuzilishi, tahlil qilish, umumlashtirish, dalillash kabi fikrlash turlarini rivojlantirish orqali o‘quvchida o‘z ustida ishlashga bo‘lgan motivatsiyani uyg‘otish yo‘llari ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, darsda va darsdan tashqari faoliyatda mustaqil ishlash metodlari, masalalar yechimi bilan bog‘liq amaliy misollar keltirilgan.
2025-06-25
MA’MURIY JARIMA SOLISH TO‘G‘RISIDAGI QARORNI IJRO ETISHNING SODDALASHTIRILGAN TARTIBI: MAZMUN VA MOHIYAT.
Ushbu maqolada ma’muriy jarimalarni ijro etish jarayonida qo‘llaniladigan soddalashtirilgan tartibning huquqiy asoslari, uning afzalliklari va amaliy ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, mazkur tartib orqali ma’muriy huquqbuzarliklarga qarshi samarali kurashish va fuqarolarga nisbatan qonun ustuvorligini ta’minlashda erishilayotgan natijalar yoritiladi.
2025-06-25
ВO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING KASBIY FAOLIYAT МOTIVATSIYASINI RIVOJLANLANTIRISH BOSQICHLARI
Ushbu maqolada Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy faoliyat motivatsiyasini rivojlantirishning pedagogik aspektlari, kasbiy motivatsiyani rivojlantirib borish bosqichlari to‘la qonlicha yoritilgan. Shuning bilan birga kasbiy motivatsiyaning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillar, kasbiy motivatsiyaning asosiy funksional tarkibiy qismlar (komponentlar) asosli ravishda yoritilgan.
2025-06-26
THE ROLE OF REVERSIBLE EDUCATION IN THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL EDUCATIONAL COMPETENCIES OF STUDENTS OF MEDICAL EDUCATION.
This article discusses the development of professional foreign language competencies of medical education students on the basis of reversible education during the digitization of the country's medical higher education. The paper also described mixed education and reflected on the types of mixed education. In our opinion, reversible education as a form of mixed education is one of the most optimal technologies for teaching a foreign language to students of medical education in order to establish contacts in the field of intercultural medicine. the relevance of the use of reversible educational technology in the context of the study of professional foreign languages in medical higher education is due to the need for students of medical education to develop general cultural and professional competencies in a foreign professional foreign language. In order to formulate the necessary competencies when teaching a professional foreign language, in the current period, reversible technology is used, which is suitable for state educational standards and needs. In teaching on the basis of reversible technology, part of the theoretical material ensures that it is mastered by students remotely independently, the training time is devoted to the formation of competencies necessary for the study of a foreign language by students of medical educationх[].
2025-06-26
“РАЗВИТИЕ РИТМА У ГИТАРИСТА”
Статья посвящена важной роли развития ритма как фундаментального навыка для гитариста. Ритм является основополагающим элементом, задающим динамику произведению, формируя музыкальную основу исполнителя: в ансамблевой игре, для развития мастерства и предотвращения распространенных технических ошибок. Первая часть описывает базовые методы: использование осознанного счёта как инструмента внутреннего чувства времени, работу с метрономом в медленных темпах, а также упражнения на гитаре для развития грува. Вторая часть охватывает передовые техники: освоение полиритмии через объединение ритмов, работу со сложными размерами. Предлагаются практические стратегии интеграции ритма: анализ ритм-секции, запись своей игры, использование движения тела, как эффективного способа ощущения ритма.
2025-06-27
JISMONIY TARBIYA FANINING MAKTAB O'QUVCHILARI ORASIDA O'RNI
Ushbu maqolada jismoniy tarbiya fanining maktab o‘quvchilari orasidagi o‘rni, uning ta’lim-tarbiya jarayonidagi pedagogik va psixologik ahamiyati, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishdagi roli tahlil qilingan. Maqolada jismoniy tarbiya orqali o‘quvchilarning jismoniy, aqliy va ijtimoiy jihatdan rivojlanishi, ularning harakat faolligi, irodaviy sifatlari, jamoaviylik hamda ijtimoiy moslashuv jarayonlari yoritilgan. Shuningdek, jismoniy tarbiyaning sog‘lom avlodni shakllantirishdagi o‘rni, darslarni samarali tashkil etish yo‘llari, zamonaviy pedagogik yondashuvlar va baholash tizimi haqida fikrlar bildirilgan
2025-06-27
TADBIRKORLIK FAOLIYATINI SOLIQQA TORTISHNING XORIJIY DAVLATLAR TAJRIBASI
Ushbu maqolada tadbirkorlik faoliyatini soliqqa tortishda xorijiy davlatlar tajribalari, ularning o‘ziga xos usul va mexanizmlari tahlil qilindi.
2025-06-27
ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK YO‘NALISHLARI: ASOSIY TENDENSIYALAR VA RIVOJLANISH YO‘NALISHLARI
Mazkur maqolada zamonaviy tilshunoslikda shakllanayotgan asosiy ilmiy yo‘nalishlar, ularning predmeti, metodologiyasi va tadqiqot ob’ektlari tahlil qilinadi. Shuningdek, tilshunoslikda interdiscipliner (fanlararo) yondashuvning kuchaygani va tilni ijtimoiy, madaniy, kognitiv hamda gender aspektlarda o‘rganish tendensiyalari ko‘rib chiqiladi. Zamonaviy tilshunoslik yo‘nalishlari son jihatidan ko‘p bo‘lib, maqolada kognitiv tilshunoslik, gender tilshunoslik, neyrolingvistika, korpus lingvistika haqida fikr yuritilgan.
2025-06-27
O‘QUVCHILARDA KITOBXONLIK KOMPETENSIYASI RIVOJLANISHINING PSIXOLOGIK TOMONLARI
Mazkur maqolada o‘quvchilarda kitobxonlik kompetensiyasining rivojlanish bosqichlari psixologik nuqtai nazardan yoritiladi. Kitobxonlik – bu faqat o‘qish malakasi emas, balki tafakkur, e’tibor, xotira va hissiy dunyo bilan bog‘liq murakkab jarayondir. Shu bois, ushbu kompetensiyaning rivojlanishida bolalarning yoshiga xos psixologik o‘zgarishlar bosqichma-bosqich ko‘rib chiqiladi. Har bir rivojlanish davrida o‘quvchining kitobga bo‘lgan munosabati, matnni anglash darajasi va o‘qish motivatsiyasining shakllanishi tahlil qilinadi. Ushbu mavzu hozirgi zamon ta’limida o‘quvchilarda mustaqil o‘qish madaniyatini shakllantirish uchun muhim nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi
2025-06-27
ИНТЕГРАЦИЯ ЦИФРОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ОБУЧЕНИЕ ИНОСТРАННЫМ ЯЗЫКАМ: ЛИЧНЫЙ ОПЫТ И НАБЛЮДЕНИЯ
Данная статья посвящена исследованию роли цифровых технологий в процессе изучения иностранных языков. Автор рассматривает популярные платформы и приложения, такие как Duolingo, Quizlet, YouTube, Chat GPT и Grammarly, с которыми она сталкивалась в учебном процессе. Цель статьи — проанализировать возможности этих инструментов, выявить их преимущества и ограничения, а также предложить пути эффективного внедрения в образовательную практику.
2025-06-30
KOMIL INSON TARBIYASI
Insonni kamolotga yetkazish uchun buyuk ajdodlarimiz me’rosi va hozirgi zamon ilmu-fani asosida to‘plangan bilimlarga tayangan holda, yosh avlodni komillikka chorlash va ro‘yobga chiqarish asosida yurtimizda izchil ishlar olib borishimizni taqozo etadi. Albatta, soglom va barkamol avlod – komil insonni tarbiyalab voyaga yetkazishda, ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchi va murabbiylarning roli benihoya katta ahamiyat kasb etadi.
2025-06-30
ADENOID GIPERPLAZIYASI: KLINIK BELGILARI VA JARROHLIK DAVOSI
Adenoid giperplaziyasi — bu burun-halqum sohasida joylashgan adenoid to‘qimalarining patologik kattalashuvi bo‘lib, asosan bolalar orasida keng tarqalgan. Ushbu holat nafas olish, eshitish va uyqu sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Adenoidlar giperplaziyasi nafas yo‘llarining to‘silishi, burun orqali nafas olishning buzilishi, tungi horlama, eshitish qobiliyatining pasayishi, surunkali otit va yuz-jag‘ skeletining rivojlanishida muammolar keltirib chiqarishi mumkin. Klinik belgilar kasallik darajasiga bog‘liq bo‘lib, odatda doimiy burun bitishi, og‘iz orqali nafas olish, uyqu buzilishlari va surunkali infeksiyalar bilan ifodalanadi. Diagnostika uchun rinoskopiya, lateral rentgen, endoskopiya va audiometriya usullari qo‘llaniladi. Davolash dastlab konservativ usullar (yallig‘lanishga qarshi terapiya, immunokorreksiya) bilan boshlanadi, biroq og‘ir holatlarda yoki uzoq davom etuvchi simptomlarda adenoidektomiya — ya’ni adenoid to‘qimasini jarrohlik yo‘li bilan olib tashlash samarali usul hisoblanadi. Maqolada adenoid giperplaziyasining klinik ko‘rinishlari, diagnostik usullari va jarrohlik davosi samaradorligi haqida tahliliy yondashuv asosida fikr yuritiladi.
2025-06-30
INABILITY TO MANAGE TIME EFFECTIVELY AS A KEY CHALLENGE IN FOREIGN LANGUAGE LEARNING
Time management is a crucial yet often overlooked aspect of successful foreign language acquisition. This paper explores the role of time management in language learning and highlights how poor time distribution negatively affects learners’ progress. Drawing on empirical research and statistical analysis, the study identifies common patterns of time misuse and their consequences, including decreased retention, increased anxiety, and reduced motivation. Strategies for improving time management skills are also discussed to support learners in developing sustainable and effective study routines.
2025-06-30
PEDAGOGIK KUZATUV MUSIQIY QOBILIYATLARINI ANIQLASHNING SAMARALI USULI
Ushbu maqolada musiqiy qobiliyatlarni shakllantirish va baholashda pedagogik kuzatuvning diagnostik vosita sifatidagi o‘rni ko‘rib chiqiladi. Musiqaga moyillik, ritmga sezgirlik, ijodiy ifoda va tinglash madaniyati kabi ko‘rsatkichlar pedagogik jarayonda oddiy nazorat emas, balki tahliliy kuzatuv orqali aniqlanishi mumkinligi asoslanadi. Muallif kuzatuvni rejalashtirish, amalga oshirish va natijalarni baholashda e’tiborga olinishi zarur bo‘lgan metodik jihatlar haqida tavsiyalar beradi.
2025-06-30
OVQATDAN ZAHARLANISHDA KUZATILADIGAN NEVROLOGIK SINDROMLARNING KLINIK TAHLILI.
Ovqatdan zaharlanish bugungi kunda jahon hamjamiyatida sog‘liqni saqlash sohasidagi eng muhim muammolardan biri hisoblanadi. JSSTning ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda har yili 600 millionga yaqin inson ovqatdan zaharlanishdan jabrlanadi. Mazkur maqolada oziq-ovqatdagi toksinlar ta’sirida yuzaga keladigan nevrologik sindromlarning klinik ifodalanishi 28 nafar bemorda o‘rganiladi. Ovqat toksikoinfeksiyasi natijasida kuzatiladigan nevrologik sindromlar anamnez to‘plash, topik diagnostika, laborator va instrumental tekshiruvlar orqali amaliy tahlil qilindi. Tadqiqotda kuzatuvga olingan bemorlarning barchasida umumiy ahvol yomonlashishi va asosiy nevrologik buzilishlardan diplopiya, ptoz, anizokoriya, midriaz va boshqalar aniqlandi. Ovqatdan zaharlanishlar nafaqat gastroenterologik muammolar, balki turli nevrologik sindromlar bilan ham kechadi. Bu holatlarning erta aniqlanishi, tezkor va kompleks yondashuv asosida davolanishi og‘ir asoratlarni oldini olishda muhim rol o‘ynaydi.
2025-06-30
HADIS ILMIDAGI ISNOD VA MATN ZIYODALIKLARINI ANIQLASH YO’LLARI
Mazkur maqolada hadis ilmida alohida ahamiyat kasb etuvchi isnod va matndagi ziyodaliklar, ularni aniqlash yoʻllari, shuningdek ziyodaliklar turlari, maqbul va mardudga ajratilish sabablari yoritilgan.
2025-06-30
AXBOROT-KOMMUNIKATSION KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHART SHAROITLARI
maqolada umumta’lim muassasa rahbarlarining masofaviy ta’lim muhitida axborot-kommunikatsion kompetentligini shakllantirishning dolzarbligi va ahamiyati asoslangan, ushbu sohada amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari tahlil qilingan; B.Blum taksonomiyasi asosida umumiy o‘rta ta’lim muassasa rahbarlarining boshqaruv faoliyatida zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish kompetensiyalari tahlil qilin; “Butun umr davomida o‘qish” tamoyili asosida masofaviy ta’lim muhitida umumta’lim muassasa rahbarlarining axborot-kommunikatsion kompetentligini rivojlantirishshning pedagogik shart sharoitlari asoslangan
2025-06-30
AYOL ROVIYLAR TOMONIDAN IJOZAT ORQALI HADIS TARQATISH AMALIYOTI
Islom ilmlarining eng muhim sohalaridan biri bo‘lgan hadis ilmi tarixida ijozat orqali ilm tarqatish muhim metod hisoblanadi. Ushbu maqolada aynan ayol muhaddisalar tomonidan hadisni ruxsat asosida rivoyat qilish amaliyoti o‘rganiladi. Ayollar ilm egallashda, ilmni keyingi avlodlarga yetkazishda va o‘z talabalariga ijozat berishda faol qatnashganlar. Manbalar asosida bu amaliyotning shakllanishi, jarayonlari va tarixiy namunalar tahlil qilinadi.
2025-06-30
MOBIL ILOVALAR ORQALI O‘ZBEK TILINI O‘RGANISHNING YANGI USULLARI
Mazkur maqolada o‘zbek tilini o‘rganishda mobil ilovalardan foydalanishning yangi, noan’anaviy usullari tahlil qilinadi. Xususan, “Ibrat Academy”, “Olim Bola” va “Learn Uzbek” kabi ilovalarning funksiyalari, yondashuvlari va foydalanuvchilarga beradigan afzalliklari o‘rganiladi. Mobil ilovalar yordamida o‘quvchilar mustaqil tarzda, interaktiv metodlar orqali o‘zbek tilini o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ushbu maqolada til o‘rganishda zamonaviy texnologiyalar orqali samaradorlikni oshirish yo‘llari, mavjud imkoniyatlar va bu yondashuvning yoshlar ongida tilga bo‘lgan qiziqishni oshirishdagi o‘rni ko‘rib chiqilgan.
2025-06-30
O‘ZBEK TILIDAGI ANTONIMLARNING LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARI
Mazkur maqolada o‘zbek tilidagi antonimlarning leksik-semantik xususiyatlari har tomonlama tahlil etiladi. So‘zlar o‘rtasidagi semantik munosabatlar, xususan, antonimlarning nutqdagi vazifasi, ularning shakllanish mexanizmlari, turlari hamda adabiy til rivojiga qo‘shayotgan hissasi keng yoritiladi. Misollar asosida antonimlarning uslubiy boylik va semantik tizimdagi o‘rni ochib beriladi.
2025-06-30
“MURAKKAB HARBIY-SIYOSIY MUHITDA MILLIY ARMIYANING O‘RNI”
Ushbu maqolada murakkab harbiy-siyosiy muhitda milliy armiyaning roli keng tahlil qilinadi. Zamonaviy dunyoda xavfsizlik tahdidlari ko‘payib borayotgan sharoitda, milliy armiyaning millat mustaqilligi va suverenitetini ta’minlashdagi ahamiyati yoritiladi. O‘zbekiston misolida milliy armiyaning ichki va tashqi xavfsizlikni ta’minlashdagi o‘rni, harbiy islohotlar, xalqaro hamkorlik va yangi tahdidlarga qarshi samarali javob strategiyalari ko‘rib chiqiladi. Maqolada harbiy-siyosiy muhitning murakkabligi va unga moslashish yo‘llari hamda milliy armiyaning barqarorlik va taraqqiyotga ta’siri asosli dalillar bilan taqdim etiladi.
2025-06-30
FERMENTLANGAN SUT MAHSULOTLARI, OZUQAVIY VA PARHEZ QIYMATI. FERMENTLANGAN SUT MAHSULOTLARINI ISHLAB CHIQARISH JARYONIDA YUZAGA KELADIGAN JARAYONLARNING MOHIYATI.
Sutning asosiy ko'rsatkichlari - uning kimyoviy tarkibi, tozaligi, organoleptik, biokimyoviy, fizik-mexanik xususiyatlari, shuningdek, zaharli va neytrallashtiruvchi moddalar mavjudligi. Sut tarkibida yuzdan ortiq organik (yog'lar, oqsillar, uglevodlar, fermentlar, vitaminlar, gormonlar) va noorganik (suv, mineral tuzlar, pigmentlar, gazlar) moddalar mavjud. Sut murakkab polidispers tizimdir. Sut qandi - laktoza sutning dispers muhitida (suv - 85-89%) eritiladi, uning molekulalarining o'lchami 1-1,5 nm.
2025-06-30
O‘ZBEKISTONDA GO‘SHT KOMBINATLARI VA GO‘SHTNI QAYTA ISHLASH ZAVODLARI MAVJUDLIGI.
Go‘sht sanoati har doim eng muhim rivojlanish ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lib kelgan; Muayyan mahsulot guruhlari ko‘rinishidagi go‘sht mahsulotlari davlat strategik zaxirasining bir qismi edi. Bir necha yillar davomida go‘sht mahsulotlari tanqisligiga qaramay, ularning o‘rtacha iste’molchi ratsioni uchun ahamiyati juda yuqori.
2025-06-30
GO‘SHTNING TASHQI ALOMATLARI, KIMYOVIY TUZILISHI, GO‘SHTNING ASOSIY FIZIK KO‘RSATKICHLARI.
Go‘sht turli to‘qimalari - mushak, biriktiruvchi, yog‘, suyak va boshqalar yig‘indisidir. Har bir turdagi to‘qimalar hujayralar va muayyan fiziologik funktsiyalarni bajaradigan hujayrali bo‘lmagan shakllanishlar. Go‘shtdagi to‘qimalarning tarkibi va ularning xossalari hayvon turiga, jinsiga, yoshiga, semizligiga va zotlariga bog‘liq. Turli to‘qimalarning kimyoviy tarkibi va anatomik tuzilishi bir xil emas, shuning uchun go‘shtning iste’mol xususiyatlari hayvonlarning turi va zotiga qarab tana go‘shtidagi to‘qimalarning nisbati bilan belgilanadi
2025-06-30
OQCHA – (ABRAMIS BRAMA) NING AKVAKULTURA OB’YEKTI SIFATIDAGI XUSUSIYATLARI
OQCHA – (ABRAMIS BRAMA) – Xordalilar – tipi, bosh skeletlilar – kenja tipi, suyakli baliqlar – sinfi, karpsimonlar – turkumiga kiruvchi o‘tkinchi baliq bo‘lib, respublikamiz akvakulturasining asosiy ob’yekti hisoblanadi va barcha baliqchilik xo‘jaliklarida yetishtiriladi. Oqcha baliq iliq suvli daryo va ko‘llarda yashovchi baliq hisoblanadi. Moslashuvchanligi va mahsuldorligi yuqori bo‘lganligi uchun iqtisodiy jihatdan katta ahamiyatga ega.
2025-06-30