«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: Nazariy va amaliy izlanishlar» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.
Опубликован: 2025-10-06
Статьи
KEY ISSUES ON DEVELOPING SPEECH COMPETENCE OF ACADEMIC LYCEUM STUDENTS
This article examines the development of phonetic, linguistic, and speech competences among academic lyceum students in Uzbekistan in the context of foreign language education. It discusses the relationship between knowledge, skills, and abilities in mastering oral and written communication, focusing on the role of motivation, linguistic barriers, and methodological approaches in the learning process. Special attention is paid to the teaching of pronunciation and speech competence, the integration of cognitive and activity-based components, and the challenges faced by academic lyceums in preparing students for professional and communicative tasks. The analysis reveals gaps in methodology and highlights the importance of adopting communicative and competency-based approaches to ensure effective language learning outcomes.
2025-10-06
TIBBIY DISKURSNING AKSIOLOGIK XUSUSIYATLARI
Ushbu maqola tibbiy diskursdagi aksiologik jihatlarni, ya’ni qadriyatlar tizimining mazmun va shaklini tahlil etishga bag‘ishlangan. Tibbiy diskurs — bu faqat bemor va shifokor o‘rtasidagi muloqot emas, balki u tibbiyot tizimidagi madaniy, axloqiy va ijtimoiy qadriyatlarning ifodasi bo‘lib xizmat qiladi. Maqolada qadriyatlarning tarixiy ildizlari, ularning til orqali qanday ifodalanishi, shuningdek, globallashuv, ilmiy-texnik taraqqiyot va biopolitik jarayonlar ta’sirida qanday o‘zgarayotganini ko‘rsatib beriladi. Lingvoaksiologik yondashuv asosida qadriyatlarning til birliklari orqali namoyon bo‘lishi tahlil qilinadi, qadriyatlar inqirozi va uning tibbiyotdagi insoniy munosabatlarga ta’siri muhokama qilinadi. Tadqiqot natijalari tibbiyotdagi gumanistik qadriyatlar transformatsiyasining jamiyat hayotidagi kengroq ijtimoiy-axloqiy muammolar bilan qanday bog‘liqligini ochib beradi.
2025-10-06
EKOLOGIK MUAMOLAR VA ULARDAN HIMOYALANISH CHORA TADBIRLARI
Ushbu maqolada hozirgi kunda dolzarb masalalardan biri bo`lgan tuproqning ustki unimdor qatlamining eroziyaga uchrashi sabablari va mamlakatimiz iqlim sharoitiga mos eroziyani oldini olish usullari tahlil etilgan.
2025-10-06
АДМИНИСТРАТИВНО-ПРАВОВОЕ РЕГУЛИРОВАНИЕ ЗАНЯТОСТИ В РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН
Статья посвящена исследованию административно-правовых механизмов регулирования занятости в Республике Узбекистан. Анализируется Закон «О занятости населения» № ЗРУ-642 (2020), новый Трудовой кодекс (2023), а также практика применения административных процедур в сфере признания граждан безработными, предоставления пособий и субсидий, организации общественных работ. В центре внимания — процедурные гарантии: право быть выслушанным, мотивировка решений, судебный и административный контроль.
2025-10-06
SANITARY AND HYGIENIC RISKS IN WORKING CONDITIONS AT HYDRAULIC STRUCTURES AND MEASURES FOR THEIR REDUCTION: SCIENTIFIC ANALYSIS AND MODERN SOLUTIONS
Hydraulic structures such as dams, hydroelectric power plants, pumping stations, and reservoirs are strategically important for water management, electricity generation, irrigation, and public water supply. However, working conditions at these facilities are often characterized by a combination of sanitary-hygienic and occupational hazards. Research has shown that unfavorable microclimatic conditions, elevated noise and vibration, insufficient lighting, poor air quality, and significant physical and mental strain contribute to adverse health outcomes in workers. Special attention is drawn to the increased prevalence of cardiovascular strain, impaired thermoregulation, asthenic conditions of the nervous system, as well as psycho-emotional stress and chronic fatigue among employees. The purpose of this study is to evaluate the hygienic and physiological conditions of workers at hydraulic structures, identify occupational hazards, and propose scientifically based preventive measures.
2025-10-06
TURIZMDA INSON KAPITALI VA KREATIV KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISH ORQALI INNOVATSION FAOLLIKNI KUCHAYTIRISH MEXANIZMLARI
Ushbu maqolada turizm sohasida inson kapitali va kreativ kompetensiyalarni rivojlantirish orqali innovatsion faollikni kuchaytirish mexanizmlari tahlil qilingan. Tadqiqotda inson kapitalining turizm innovatsion tizimidagi o‘rni, kreativ tafakkurning xizmat sifati va raqobatbardoshlikka ta’siri o‘rganilgan. Xalqaro tajribalar asosida inson resurslarini boshqarishning kreativ va raqamli kompetensiyalarga yo‘naltirilgan modeli taklif etilgan.
2025-10-06
INTЕLLЕKTUAL MULKNI HIMOYA QILISHDA KOMPENSATSIYA INSTITUTINI JORIY QILISH MASALALARI
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzish holatlarida kompensatsiya institutini qo‘llashga doir nazariy, amaliy va qonunchilikdagi masalalar tahlil qilingan. Avvalo, kompensatsiya tushunchasining milliy qonunchilikda yagona va aniq talqinga ega emasligi, miqdorni belgilash mezonlarining yo‘qligi hamda sud amaliyotida izchillik shakllanmaganligi muhim muammolar sifatida ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, xalqaro huquqiy tajriba, xususan AQSh va boshqa xorijiy davlatlar qonunchiligi misolida samarali kompensatsiya mexanizmlari o‘rganiladi. Maqolada kompensatsiya miqdorini hisoblashning aniq mezonlarini ishlab chiqish, terminologiyani yagona qilish, sudlar uchun metodik ko‘rsatmalar yaratish va soddalashtirilgan formula joriy etish kabi takomillashtirishga doir takliflar ilgari suriladi. Ushbu takliflar milliy qonunchilikni xalqaro standartlarga yaqinlashtirish, sud qarorlarining bir xilligini ta’minlash va huquq egalarining manfaatlarini samarali himoya qilishga xizmat qiladi.
2025-10-06
PROTSESSUAL MAJBURLOV CHORALARI TASNIFI
Har qanday qonunchilikning mazmuni doimo ijtimoiy va tarixiy jihatdan belgilangan bo‘ladi. Jinoyat-protsessual qonunchiligi esa davlatning jinoyatchilikka qarshi keskin javobidir
2025-10-07
IBORALAR HAMDA QO‘SHMA SO‘ZLAR
Til – insonning o‘z fikrini ifodalash, his-tuyg‘ularini, g‘oyalarini va maqsadlarini boshqalarga yetkazish uchun foydalanadigan vositadir. Tilning boyligi uning elementlarining xilma-xilligi va murakkabligida namoyon bo‘ladi. Tilni tashkil etuvchi eng asosiy birliklardan biri so‘zdir. So‘zlar esa nutqning eng muhim qismlarini tashkil etgan holda, jamiyat hayotining turli sohalarida, kundalik muloqotda, ilmiy va ijodiy sohalarda qo‘llaniladi. So‘zlarning tilshunoslikda turli shakllarda qo‘llanilishi, ularning o‘zaro birikmalari esa nutqning boyligi va ifodaviyligini oshiradi. Aynan shu nuqtai nazardan, iboralar va qo‘shma so‘zlar tildagi muhim birliklar sifatida ajralib turadi hamda o‘zlarining grammatik, semantik va stilistik xususiyatlari bilan nutqni boyitadi, ifodaviyligini oshiradi. Bu maqolada biz iboralar va qo‘shma so‘zlarning farqlarini tahlil qilib, ularning tilshunoslikdagi o‘rnini ko‘rib chiqamiz.
2025-10-08
INGLIZ VA QORAQALPOQ OILALARINING MILLIY-MADANIY XUSUSIYATLARI
Maqolada ingliz va qoraqalpoq tillarida "oila" konsepti lingvomadaniy nuqtayi nazardan tahlil qilingan. Oila konseptining milliy va umuminsoniy xususiyatlar, marosimlar, qadriyatlar, lisoniy birliklarda aks etishi ko‘rsatib berilgan. Qiyosiy tahlil orqali har ikkala madaniyatda ham oilaning jamiyatdagi o‘rni va ma’naviy ahamiyati ochib beriladi.
2025-10-08
MINTAQA IQTISODIY BARQARORLIGINI RIVOJLANTIRISHDA SANOAT TARKIBIY O‘ZGARISHLARINING MOHIYATI
Mazkur tezisda mintaqa iqtisodiy barqarorligini ta’minlash jarayonida sanoat tarkibiy o‘zgarishlarining o‘rni va ularni mohiyatini tushuntiruvchi nazariy qarashlar ko‘rib chiqiladi. Mintaqaviy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishida sanoat tarmoqlari va ularning tarkibiy oʻzgarishlari muhim oʻrin tutadi. Sanoatning iqtisodiyotdagi roli uning nafaqat yalpi hududiy mahsulot (YaHM)dagi ulushi, balki texnologik yangilanish, eksport salohiyati, innovatsion rivojlanish darajasi va bandlikka qoʻshgan hissasi bilan ham belgilanadi. Tarkibiy oʻzgarishlar – bu iqtisodiy resurslarni past samarali tarmoqlardan yuqori qoʻshimcha qiymatga ega boʻlgan tarmoqlarga qayta taqsimlash jarayoni boʻlib, zamonaviy industrial siyosatning asosiy yoʻnalishlaridan biridir. Xorazm viloyati sanoati anʼanaviy ravishda qishloq xoʻjaligiga tayangan boʻlsa-da, soʻnggi yillarda sanoat ishlab chiqarishining hajmi va tarmoqlar tarkibida sezilarli oʻzgarishlar yuz bermoqda. Bu jarayon iqtisodiy modernizatsiya, investitsiyalarni jalb qilish, texnologik yangilanish va davlat tomonidan qabul qilingan sanoat siyosati bilan bevosita bogʻliqdir.
2025-10-08
IQTISODIY KRIZISLAR: TARIXIY MISOLLAR VA SABOQLAR
Insoniyat tarixi iqtisodiy yuksalishlar va qulashlarning uzluksiz sikli bilan belgilangan. Iqtisodiy krizis – bu nafaqat iqtisodiy ko'rsatkichlarning keskin pasayishi, balki jamiyatning barcha qatlamlariga chuqur ta'sir ko'rsatadigan murakkab va ko'p qirrali hodisadir. Ushbu hodisaning oqibatlari nafaqat ishsizlik, qashshoqlik va ijtimoiy notinchliklarni keltirib chiqaradi, balki siyosiy beqarorlik va hatto davlatlarning qulashiga ham olib kelishi mumkin. Shuning uchun, iqtisodiy krizislarning sabablari, oqibatlari va ularga qarshi kurash strategiyasini chuqur tushunish juda muhimdir.
2025-10-08
THE ROLE OF FIRST LANGUAGE (L1) TRANSFER IN SECOND LANGUAGE (L2) ENGLISH ACQUISITION
This paper explores the role of first language (L1) transfer in the process of acquiring English as a second language (L2). Drawing on current theories and research in second language acquisition, the study examines both positive and negative aspects of language transfer. While L1 can facilitate learning through structural and lexical similarities, it can also hinder progress through interference and fossilization of errors. The paper discusses various types of transfer, including interlingual and intralingual, and highlights the cognitive, linguistic, and pedagogical factors that influence how L1 shapes L2 development. The findings suggest that a balanced and strategic use of the learner’s first language can support English acquisition, especially when integrated thoughtfully into teaching practices. Rather than viewing L1 influence as a barrier, this study argues for its potential as a valuable tool in fostering more effective and inclusive language learning environments.
2025-10-08
ANTONYMS AND THEIR ROLE IN THE UZBEK LANGUAGE
This article examines the concept of antonyms, their role in language, and the nature of semantic opposition between words. The importance of antonyms in enriching the language and strengthening its expressive power is analyzed through examples. The paper also explains the differences between root-based and derived antonyms, the formation of antonyms through derivational affixes, and their position within parts of speech. Moreover, the stylistic function of antonyms in proverbs and sayings is discussed, showing how they serve as a means to reflect people’s thinking and spiritual values.
2025-10-08
ЖАЗОДАН ОЗОД ҚИЛИНГАН ШАХСЛАР ЎРТАСИДА ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАРНИНГ МАХСУС ПРОФИЛАКТИКАСИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШНИНГ ҲУҚУҚИЙ ВА АМАЛИЙ ЖИҲАТЛАРИ
Юқорида таъкидланганидек, жазодан озод қилинган шахслар ўртасида ҳуқуқбузарликларнинг махсус профилактикаси билан боғлиқ ижтимоий-ҳуқуқий муносабатлар ҳозирги кунда қонун ва қонуности ҳужжатлар билан етарли даражада тартибга солинмаган. Мазкур ҳолат, ўз навбатида, махсус профилактика фаолияти самарадорлигига, унинг ҳуқуқий кафолатлари ва амалий механизми шаклланишига сезиларли таъсир кўрсатмоқда. Натижада, айрим ҳолларда ҳуқуқбузарликлар профилактикасининг ички ишлар органларидан бошқа субъектлари орасида махсус профилактиканинг мазмун-моҳияти ҳақида тўлиқ ва илмий асосланган тасаввур мавжуд эмаслиги кузатилади
2025-10-09
OVQATLANISH GIGIYENASI: SOG’LOM TURMUSH TARZINING KALITI
Ovqatlanish gigiyenasi – bu oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash, saqlash va iste’mol qilish jarayonida gigiyenik qoidalarga rioya qilishdan iborat bo‘lib, odam salomatligini asrash va kasalliklarning oldini olishda muhim ahamiyatga ega. To‘g‘ri ovqatlanish gigiyenasi organizmning samarali ishlashini ta’minlaydi, oshqozon-ichak kasalliklari hamda zaharlanishlarni kamaytiradi va immunitetni mustahkamlaydi. Sog‘lom turmush tarzining ajralmas qismi bo‘lgan ovqatlanish gigiyenasi, shuningdek, insonning jismoniy va ruhiy sog‘lig‘ini yaxshilashda hal qiluvchi omildir.
2025-10-09
ПРИМЕНЕНИЕ MOODLE ПЛАТФОРМЫ НА ДИСТАНЦИОННОГО ОБУЧЕНИЯ В УЧЕБНОМ ПРОЦЕССЕ
В настоящее время в нашей кафедре дистанционное обучение стало неотъемлемой частью системы преподавания для 6 курса лечебного и медико-педагогического факультета. Одной из дистанционных образовательных технологий является модульная объектно-ориентированная динамическая учебная среда Moodle (англ. Modular Object-Oriented Dynamic Learning Environment). Система ориентирована, прежде всего, на организацию взаимодействия между преподавателем и студентами, хотя подходит и для организации традиционных дистанционных курсов, а также поддержки очного обучения. Большим достоинством является распространение системы по лицензии GPL (англ. General Public License – лицензия на свободное программное обеспечение), что позволяет, не нарушая авторских прав свободно использовать, распространять и модернизировать систему.
2025-10-09
KUYISH TURLARI VA ULARNI DAVOLASH
Ushbu maqola kuyish hodisasi, uning sabablari, turlari va belgilari haqida batafsil ma’lumot beradi. Kuyish jarohatlari ko‘p hollarda teri va osti to‘qimalarining yuqori harorat, kimyoviy modda yoki elektr toki ta’sirida shikastlanishi bilan yuzaga keladi. Maqolada kuyishning yengil, o‘rta va og‘ir darajalari, shuningdek, ularni aniqlash va tezkor yordam ko‘rsatish usullari yoritilgan. Bundan tashqari, kuyishni oldini olish choralariga urg‘u berilib, zararlangan joylarni davolash va tiklash bo‘yicha samarali amaliy tavsiyalar berilgan. Maqola kuyish jarohatlarining asoratlarini kamaytirish va insonlar sog‘lig‘ini saqlashda muhim qo‘llanma vazifasini bajaradi.
2025-10-09
SHAVKAT RAHMON SHE’RIYATIDA SHOIR SHAXSIYATI TASVIRI
Ushbu maqolada Shavkat Rahmon she’rlari o‘rganilgan. Unda shoirning she’rlarida shoir shaxsiyati, poetik xususiyatlari tahlil qilingan. Shoir ijodining o‘ziga xos qirralari yoritilgan. Shoirning she’rlarida hayot va borliq haqidagi mushohadalari, shuningdek, jamiyatga munosabati kuzatilgan.
2025-10-10
DALA CHOYINING TABIATDA TARQALISHI VA SHIFOBAXSH HUSUSIYATLARI.
ushbu maqolada dala choyining tabiatda tarqalishi va uning shifobaxsh hususiyatlari, uning qo‘llanish usullari haqida malumot beramiz.
2025-10-10
ИЖТИМОИЙ ТАРМОҚЛАРДАГИ ЛАЙК ВА ФИКР-МУЛОҲАЗАЛАРНИНГ ЁШЛАРНИНГ ЎЗ ҚИЙМАТИНИ АНГЛАШГА ТАЪСИРИ
Мақолада ижтимоий тармоқлардаги фаоллик, хусусан “лайк” ва “фикр-мулоҳаза” каби рақамли реакцияларнинг ёшларнинг шахсий қадрият ва ўз-ўзини баҳолаш тизимига таъсири назарий жиҳатдан таҳлил этилган. Замонавий рақамли муҳитда ёшлар ижтимоий қабул қилинганлик ва шахсий аҳамият ҳиссини кўпинча виртуал платформалар орқали баҳолашга мойил бўлиб бораётгани ёритилган. Шу билан бирга, ижтимоий таққослаш назарияси ва “ойнадаги мен” концепцияси асосида ушбу жараённинг психологик механизми изоҳланган.
2025-10-10
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA O‘QISHGA MOTIVATSIYANI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK OMILLARI
Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘qishga nisbatan ijobiy motivatsiyani shakllantirishga ta’sir etuvchi psixologik omillar tahlil qilinadi. O‘quv faoliyatining ichki va tashqi rag‘batlantiruvchi omillari, o‘qituvchining shaxsiy pozitsiyasi, ijobiy o‘quv muhiti hamda ota-onalar bilan o‘zaro hamkorlikning ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchining motivatsion holati uning hissiy barqarorligi, o‘z-o‘zini baholashi va muvaffaqiyatga ishonchi bilan bevosita bog‘liqdir.
2025-10-10
ANTROPOSENTRIK TAHLILDA IZOH MATNLARI TADQIQ OBYEKTI SIFATIDA
Tadqiqot internet izoh matnlarini antroposentrik yondashuv asosida oʻrganishga bagʻishlangan. Antroposentrik paradigma tilni insonning tafakkuri, hissiyoti va ijtimoiy faoliyatining ifodasi sifatida talqin etadi. Shu nuqtai nazardan, internet izohlari insonning shaxsiy pozitsiyasi, ijtimoiy munosabati va emotsional munosabatlarini ifodalovchi muhim diskursiv birlik sifatida tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida izoh matnlarining inson markazida shakllanuvchi lingvistik model sifatida oʻzbek tilida tutgan oʻrni aniqlanadi.
2025-10-10
OʻZBEK TEATR TERMINOLOGIYASIDA ABBREVIATURALARNING (QISQARTMALAR) QOʻLLANISHI
Mazkur maqolada Oʻzbek tilidagi teatr terminologiyasida qisqartma (abbreviatura) shaklidagi atamalarning kam qoʻllanishi lingvistik, madaniy va tarixiy omillar bilan izohlanadi. Rus va ingliz tillaridagi teatr sohasiga oid abbreviatura modellar bilan qiyosiy tahlil oʻtkazilib, Oʻzbek tilidagi terminologik tizimda qisqartmalarning funksional joylashuvi va ularning cheklanganligi ilmiy asosda tahlil qilinadi.
2025-10-10
NEFTNI QAYTA ISHLASH JARYONINI AVTOMATLASHTIRISH MASALALARI
Har bir korxona neftni qayta ishlashning o'ziga xos usulini qo'llaydi, ammo umumiy shablon ushbu sohada ishtirok etadigan barcha tashkilotlar uchun bir xil bo'lib qoladi. Qayta ishlash jarayoni juda ko'p mehnat talab qiladi va uzoq davom etadi, bu birinchi navbatda sayyoradagi yengil (yaxshi qayta ishlangan) neft miqdorining halokatli kamayishi bilan bog'liq. Og'ir neftni qayta ishlash qiyin, ammo bu sohada har yili yangi kashfiyotlar amalga oshiriladi, shuning uchun ushbu mahsulot bilan ishlashning samarali usullari va usullari soni ortib bormoqda. Texnologik jarayonlarning murakkabligi, yuqori xavflar va mahsulot sifatiga qo'yiladigan qat'iy talablar ushbu sektorda avtomatlashtirishni nafaqat kerakli, balki hayotiy ahamiyatga ega qiladi. Biz quyida neftni qayta ishlash sanoati avtomatizatsiyasining asosiy jihatlarini, uning afzalliklarini, foydalaniladigan texnologiyalarni va rivojlanish istiqbollarini ko'rib chiqamiz.
2025-10-13
KASALXONA INFEKSIYALARINING MIKROBIOLOGIK NAZORATI
Ushbu maqolada kasalxona infeksiyalarining mikrobiologik nazorati masalalari yoritilgan. Tibbiyot muassasalarida nosog‘lom mikroflora va opportunistik mikroorganizmlarning tarqalishi, ularning bemorlar va tibbiyot xodimlari salomatligiga ta’siri ilmiy tahlil qilingan. Shuningdek, mikrobiologik monitoring tizimining asosiy yo‘nalishlari – laborator diagnostika, patogenlarni identifikatsiya qilish, antibiotiklarga sezuvchanlikni baholash, hamda infeksiya nazoratida sanitariya-gigiyena choralari muhim o‘rni tahlil etilgan. Maqolada shuningdek, zamonaviy mikrobiologik texnologiyalar, masalan, molekulyar diagnostika, avtomatlashtirilgan identifikatsiya tizimlari va mikrobial rezistentlik monitoringi orqali kasalxona infeksiyalarini erta aniqlash va oldini olish mexanizmlari haqida ma’lumot berilgan.
2025-10-13
JURINEA TURKUMI TURLARINING O’ZBEKISTON MILLIY GERBARIY FONDIDA (TASH) SAQLANAYOTGAN NA’MUNALARINING INVENTARIZATSIYASI
О’zbekistоn Milliy gerbаriy fоndidа sаqlаnаyоtgаn gerbаriy nа’munаlаri inventаrizаtsiyа qilindi vа vа turkumgа оid 483 tа nа’munа mаvjudligi аniqlаndi. Nа’munаlаrning аksаriyаti 1920–1960 yillаr оrаlig‘igа tegishli. Bu TАSH fоndidа sаqlаnаyоtgаn Jurineа nа’munаlаrning 60% dаn оrtiq qismi yig‘ilgаn. Bu dаvr Mаrkаziy Оsiyо flоrаsi bо‘yichа dаstlаbki yirik ilmiy аsаrlаrni yаrаtilishi bilаn bevоsitа bоg‘liq.
2025-10-13
OILA PSIXOLOGIYASI.
Mazkur maqolada oila psixologiyasining mohiyati, uning inson hayotidagi o‘rni hamda oilaviy munosabatlarda ruhiy uyg‘unlik va o‘zaro hurmatning ahamiyati yoritilgan. Oila jamiyatning eng muhim bo‘g‘ini bo‘lib, undagi muomala, mehr va tushunish darajasi shaxsning psixologik holatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqot davomida psixologik moslik, muomala madaniyati va hamjihatlik kabi omillar oilaviy barqarorlikni ta’minlashdagi asosiy vositalardan biri sifatida tahlil qilindi. Shuningdek, maqolada oilada kelib chiqadigan konfliktlarni oldini olish va sog‘lom muloqotni shakllantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar keltirilgan.
2025-10-13
FARG’ONA VODIYSIDA RADIO VA TELEVIDENIYA TARIXI (1928–1991 YILLAR)
Ushbu tezisda Farĝona vodiysida radio va televideniya tizimining 1928–1991 yillar oralig‘idagi shakllanishi va rivojlanish jarayoni tarixiy-arxiviy manbalar asosida tahlil etilgan. Tadqiqotda vodiyning uch viloyati — Farg‘ona, Namangan va Andijonda radioeshittirishlar hamda televideniya faoliyatining bosqichma-bosqich kengayib borishi, ularning texnik, ijtimoiy va ma’naviy-madaniy ahamiyati yoritiladi. Xususan, 1928–1939 yillardagi “radiofikatsiya” jarayoni, Ikkinchi jahon urushi davridagi axborot roli, 1950–1980-yillardagi teleradio infratuzilmaning shakllanishi va 1991 yilgacha bo‘lgan mustahkamlash davri tahlil qilingan. Tezisda vodiyning mintaqaviy radiostansiyalari o‘zbek jamiyatida siyosiy barqarorlik, madaniy uyg‘onish va jamoaviy ongni shakllantirishda tutgan o‘rni ilmiy asosda ko‘rsatib berilgan.
2025-10-13
PARALINGVISTIK VOSITALARNI NUTQ VA MULOQOTDA QO`LLASH SHARTLARI
Ushbu maqolada paralingvistik vositalarning nutq va muloqotda qo’llash shartlari, maqsadi hamda paralingvistik vositalar haqida ma’lumot berilgan. Maqolada ularning o’rganilish darajasi, metodikasi, paralingvistik vositalarning nutq va muloqotdagi ahamiyati ochib berilgan. Maqolada asosiy e’tibor o’zbek va ingliz tillarida verbal va noverbal muloqotning parallel ishlatilishi, teng qollanilishi va ayrim holatlarda noverbal muloqotni verbal muloqotdan ustunligini ifodalashga qaratilgan.
2025-10-13
TOWARDS A COMPREHENSIVE UNDERSTANDING OF LINGUISTIC PERSONALITY IN MODERN LINGUISTICS
This article delves into the intricate facets of linguistic personality within the realm of contemporary linguistics. It navigates through the attempts to comprehend the concept of 'linguistic personality,' examining its structure, and classifying its models. Rooted in the paradigm of anthropocentrism, the study underscores the indispensability of language in understanding the human experience. Linguoculturology emerges as a promising field, with 'linguistic personality' at its core. The article explores various linguistic personality models, considering linguistic, linguoculturological, and communicative aspects. It discusses the interplay of language, culture, and ethnicity, presenting a synthesis of linguistic personalities across diverse individuals within a language.
2025-10-13
MUMKINLIK KATEGORIYASINING O'ZIGA XOS XUSUSIYАTLARI
Ushbu maqolada fransuz tilidagi pouvoir fe’lining leksik-semantik jihatdan mumkinlik kategoriyasini ifodalashdagi o‘rni va funksiyasi tahlil qilinadi. Maqolada “Le Petit Larousse”, “Pluridictionnaire Larousse”, “Dictionnaire français-ouzbek” kabi izohli lug‘atlar asosida pouvoir fe’lining ma’no turlari, ularning semantik chegaralari va kontekstual xususiyatlari ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, mumkinlik kategoriyasining ichki (sub’ektiv) va tashqi (ob’ektiv) modallik turlariga bo‘linishi, ularning lisoniy vositalar orqali ifodalanish usullari ham tahlil etilgan. Tadqiqotda fransuz va o‘zbek tillaridagi mumkinlikning ifodalanishidagi tipologik o‘xshashliklar hamda farqlar yoritilgan.
2025-10-13
ПРОКУРАТУРАНИНГ ҚОНУНИЙ НАЗОРАТ СОҲАСИДАГИ АСОСИЙ ВАЗИФАЛАРИГА ДОИР МАСАЛАЛАР
Мазкур мақолада прокуратуранинг қонуний назорат соҳасидаги асосий вазифаларига доир масалалар таҳлил этилган. Шунингдек, мақолада прокуратуранинг қонуний назорат соҳасидаги асосий вазифалари билан боғлиқ олимларнинг фикир ва мулоҳазалари ҳам ўрганилиб, тегишли таклиф ва тавсиялар берилган.
2025-10-13
SHAXS RIVOJLANISHIDA PSIXOLOGIK EHTIYOJLARNING AHAMIYATI
Ushbu maqolada psixologik ehtiyojlarning mohiyati va ularning shaxs rivojlanishidagi ahamiyati tahlil qilingan. Psixologik ehtiyoj tushunchasi, uning nazariy asoslari hamda Maslou, Deci va Ryan, Murray kabi olimlarning qarashlari yoritilgan. Shaxsning ijtimoiylashuvi, motivatsiyasi va ruhiy barqarorligida psixologik ehtiyojlarning tutgan o’rni ko’rsatib berilgan. Tadqiqot natijalarida psixologik ehtiyojlarning qondirilishi shaxs barkamolligi va ijtimoiy faoliyatini ta’minlovchi asosiy omil ekani ta’kidlangan.
2025-10-13
ABDULLA AVLONIY MEROSIDA AXLOQIY TARBIYA KONSEPSIYASINING PEDAGOGIK ASOSLARI
Ushbu tezisda Abdulla Avloniyning “Turkiy guliston yoxud axloq” hamda pedagogik-axloqiy qarashlari asosida axloqiy tarbiya konsepsiyasining didaktik va metodik poydevori tahlil qilinadi. Tadqiqot Avloniy merosini zamonaviy ta’lim falsafasi bilan uyg‘unlashtirib, shaxs kamoloti, o‘qituvchi shaxsiy namunasi, til va nutq tarbiyasi, mehnat va ijtimoiy foydali faoliyat orqali qadriyatlarni ongli o‘zlashtirish kabi yadro g‘oyalarni yoritadi. Konseptual-tahliliy yondashuvda matnlararası qiyos, tarixiy-pedagogik kontekst va kompetensiyaga yo‘naltirilgan ta’lim talablari bilan bog‘lash ishlari olib borildi. Natijalarda Avloniyning axloqiy tarbiyani bilim–amal–xulq birligi sifatida talqin qilishi, tarbiyaviy jarayonda suhbat, nasihat, namuna va mehnatga tayangan faol metodlarni afzal ko‘rishi, baholashda vijdoniy refleksiya va jamoatchilikka xizmat g‘oyasini ilgari surishi ko‘rsatildi. Xulosa sifatida Avloniy merosi hozirgi o‘quv dasturlari, raqamli muhitdagi axloqiy xulq, fuqarolik va kommunikativ kompetensiyalarni shakllantirishga mos keladigan konseptual asoslarni taklif etishi ta’kidlanadi.
2025-10-13
ЖИЗНЬ КАК ВЫСШАЯ ЦЕННОСТЬ. МОРАЛЬНЫЙ СТАТУС ЭМБРИОНА
Обзор посвящён проблеме признания жизни высшей ценностью и вопросу морального статуса эмбриона. Рассматриваются философские, религиозные и юридические подходы, этические принципы, практические последствия для медицинской практики и научных исследований, а также возможные рекомендации по сбалансированной политике. Работа опирается на ключевые концепции биоэтики и современные правовые тенденции.
2025-10-13
ИСТОРИЯ ВОЗНИКНОВЕНИЯ РЕЛИГИИ
В статье рассматриваются основные этапы становления и развития религии как социального и духовного феномена. Освещаются предпосылки появления верований, их эволюция от первобытных форм до мировых религий. Анализируются теории происхождения религии — анимизм, тотемизм, фетишизм, магия, а также философские и социологические подходы. Особое внимание уделено роли религии в формировании культуры, нравственности и мировоззрения человека.
2025-10-13
JAZONI IJRO ETISH ISLOHOTLARI KONTEKSTIDA “TA'SIR-XAVF-EHTIYOJ” (RNR) MODELI: HUQUQIY VA METODIK ASOSLAR
Mazkur tezisda jazoni ijro etish tizimidagi islohotlar kontekstida “ta’sir–xavf–ehtiyoj” (Risk–Needs–Responsivity, RNR) modelining huquqiy va metodik asoslari yoritiladi. Konseptual tahlilda RNR modelining uch tayanchi — jazoni ijro etishda xavfni tabaqalashtirish, o‘zgartirishga yaroqli ehtiyojlarni aniqlash va ta’sir choralarini shaxsning individual xususiyatlariga moslashtirish — milliy normativ-huquqiy muhit, xalqaro standartlar va amaliy reabilitatsiya jarayonlari bilan bog‘lanadi. Tadqiqot dizayni hujjatlarni tahlil qilish va dizayn-orientirlangan konseptual umumlashtirishga tayanadi. Natijalar RNR tamoyillarini amaldagi etik-me’yoriy talablar, protsessual adolat va ochiq ma’lumotlarga asoslangan boshqaruv bilan uyg‘unlashtirish zarurligini ko‘rsatadi; baholash mezonlari sifatida recidiv ko‘rsatkichlari bilan bir qatorda oraliq natijalar — bandlik, ta’lim, ijtimoiy aloqalar va identitet transformatsiyasi —ni inobatga olish taklif etiladi. Xulosa qilib, RNR modelining bosqichma-bosqich joriy etilishi, xodimlar salohiyatini oshirish, axborot tizimlarini kuchaytirish va “Mandela qoidalari” ruhiga muvofiqlik jazoni ijro etish tizimida samarali reabilitatsiya va profilaktika uchun strategik asos bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlanadi.
2025-10-14
OROLBO‘YI XALQLARI ETNOMADANIY MEROSINING TURIZM SALOHIYATI
Mazkur maqolada Orolbo‘yi xalqlarining boy etnomadaniy merosi va uning turizm salohiyatini ochib berish masalasi keng tahlil qilinadi. Shu bilan birga, hududning madaniy an’analari, xalq amaliy san’ati, urf-odatlari, milliy taomlari, musiqasi hamda marosim madaniyatining turizmda tutgan o‘rni izchil yoritiladi. Bundan tashqari, ekologik turizm, etnoturizm va madaniy turizmni uyg‘unlashtirish orqali Orolbo‘yi hududining xalqaro maydondagi turistik jozibadorligini oshirish yo‘llari ham ko‘rib chiqiladi.
2025-10-14
SAMARQAND VILOYATI SHAHARLARINING VUJUDGA KELISHIGA TAʼSIR ETUVCHI OMILLAR.
Ushbu tezisda Samarqand viloyati shaharlarining vujudga kelishi sabablari va joylashuvining muhim omillari yoritib berilgan. Shuningdek, viloyat shaharlari vujudga kelish davriga qarab tasniflangan va xarita-modeli yaratilgan. Shuningdek, shaharlar joylashuvida ro’l o’ynagan asosiy omillar ham xaritalarda aks ettirilgan.
2025-10-14
FORMATION OF ANALOGIES USING LEXICAL MEANS (ON THE EXAMPLE OF THE WORKS OF UTKIR HOSHIMOV)
This article is devoted to the issue of creating similes using lexical means, which is one of the possibilities for expressing expressiveness in a literary text, and is explained with examples from literary works.
2025-10-14
