Innovative Academy
  • Register
  • Login
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Journals
    • Eurasian Journal of Academic Research
    • Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences
    • Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture
    • Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences
    • Eurasian Journal of Mathematical Theory and Computer Sciences
  • New Journals
    • Central Asian Journal of Education and Innovation
    • Eurasian Journal of Technology and Innovation
    • Bulletin of pedagogs of new Uzbekistan
    • Bulletin of students of new Uzbekistan
  • Conferences
    • Science and technology in the modern world
    • Applied Sciences in the modern world: problems and solutions
    • Natural Sciences in the modern world: theoretical and practical research
    • Innovative research in the modern world: theory and practice
    • Pedagogy and psychology in the modern world: theoretical and practical research
    • Social Sciences in the modern world: theoretical and practical research
  • Announcements
    • Ilmiy maqola qanday yoziladi?
    • Questions and answers to doctoral studies
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • What is the Hirsch index and how to increase it?
    • atm

Search

Advanced filters

Search Results

TILSHUNOSLIKDA STRUKTUR VA FUNKSIONAL YONDASHUVLAR QIYOSI

Mazkur ilmiy maqolada tilshunoslik fanida muhim metodologik yo‘nalishlar hisoblangan struktur va funksional yondashuvlarning nazariy asoslari, shakllanish tarixi hamda o‘ziga xos xususiyatlari qiyosiy tahlil qilinadi. Har ikki yondashuv til hodisalarini o‘rganishda turlicha metod va tamoyillarga tayangan bo‘lib, ularning ilmiy ahamiyati, imkoniyatlari va cheklanish jihatlari yoritiladi. Struktur yondashuvda til ichki tizim sifatida, funksional yondashuvda esa til kommunikativ faoliyat vositasi sifatida talqin etilishi asosida farqlar ochib beriladi.

Ziyoda Xurramova

36-38

2026-01-31

BOLALARDA TISH EMALINING STRUKTUR O‘ZGARISHLARI: GENETIK VA EKOLOGIK OMILLAR

Mazkur maqolada bolalarda tish emalining struktur o‘zgarishlari, ularning genetik va ekologik omillar bilan o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilinadi. Tadqiqotda emal to‘qimasining shakllanish bosqichlarida irsiy determinantlar, mineral almashinuvdagi genetik o‘zgarishlar, shuningdek, atrof-muhitning zararli ta’sirlari — suvdagi ftor miqdori, oziqlanish, ekologik ifloslanish va radiatsiya fonining o‘rni ilmiy asosda yoritilgan. Maqolada genetik va ekologik omillar o‘rtasidagi sinergetik ta’sir natijasida tish emalining struktur buzilishlari (hipoplaziya, gipomineralizatsiya, pigmentatsiya) yuzaga kelishi haqida dalillar keltiriladi. Shuningdek, tish emalini mustahkamlash va profilaktika bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar taklif etilgan.

Akobir Karimov

77-82

2025-05-31

MAMATQUL HAZRATQULOV QISSALARINING STRUKTUR, SEMIOTIK XUSUSIYATI

Mazkur tezis Mamatqul Hazratqulov ijodidagi qissalarning struktur va semiotik xususiyatlarini tahlil etishga bag‘ishlangan. Ijodkorning qissalaridagi sarlavha, ilk jumla va epigraf kabi muhim badiiy elementlar tadqiq qilingan. Shuningdek, “Ko‘kko‘l”, “Intizor”, “Eshiklar ochiq”, “Chiroq o‘chmagan kecha” hamda “Bir tilim qovun” kabi qissalardagi ramziy ma’nolar, ruhiy-emotsional kayfiyat va g‘oyaviy qatlamlar yoritilgan. Muallif sarlavha va ilk jumlaning kitobxon tasavvurida hosil qiladigan dastlabki taassurotini, shuningdek, epigrafning badiiy mazmunni chuqurlashtirishdagi ahamiyatini ko‘rsatib bergani haqida ilmiy-nazariy xulosalar chiqarilgan.

Ma’rifat Alimqulova

6-9

2025-09-22

NEMIS TILIDA PREDLOGLAR YORDAMIDA SHAKLLANGAN ILOVA KONSTRUKSIYALARNING BADIIY MATNDA IFODALANISHI (STRUKTUR TAHLIL)

Ilova konstruksiya tarkibidagi ilovali elementlarga xos boʻlgan xususiyatlarni izohlashda ularni strukturaviy guruhlarga ajratish muhim oʻrin tutadi. Mazkur maqola ushbu mavzuga bagʻishlangan boʻlib, unda akkuzativ kelishigi orqali ifodalangan ilovali elementlarning struktural xususiyatlari nemis tili misolida ochib berilgan. Nemis badiiy adabiyoti matnlaridan olingan misollar tahlilida akkuzativ kelishigi orqali ifodalangan ilovali elementlar struktur jihatdan tadqiq etilgan. Bunda mazkur sohada ilmiy tadqiqotlar olib borgan olimlarning ishlariga alohida e’tibor qaratilgan. 

L.B. Karimova

53-58

2024-06-17

O‘ZBEK TILIDA IDIOMALARNING SEMANTIK VA STRUKTUR XUSUSIYATLARI

Mazkur maqolada idiomatik birliklar, ularning tilshunoslikda paydo bo‘lishi va  til tizimida tutgan o‘rni haqida mulohazalar yuritilgan. Idiomalarning semantik va struktur jihatlariga asosiy e’tibor qaratilib, mazmuniy guruhlarga ajratilgan va tahlillar olib borilgan. To‘liq shakllangan idiomatik birliklar ham o‘rganilib, bir qator xulosalarga kelingan va munosabat bildirilgan.

Ilyos Himmatov

40-42

2024-05-07

UMURTQA POG‘ONASI COVID-19DAN KEYINGI DAVRDA DISK ChURRASI TO‘QIMA TARKIBINING MORFOMETRIK KO‘RSATKIChLARI TAHLILI

Umurtqa pog‘onasi degenerativ va distrofik jarayonlarining struktur - funksional turi hisoblangan disk churralarining hozirgi kunda Kasallik va uning oqibatlari turli mutaxassisliklar, jumladan, ortopediya, travmatologiya, neyroxirurgiya, vertebrologiya mutaxascislari uchun ko‘plab qiyinchiliklarni keltirib chiqardi. COVID-19 pandemiyasi butun dunyo bo‘ylab jarrohlik yordam tizimi uchun sinovdir.   

N.J. Maxkamov , A.A. Xayrullaev

17-18

2024-09-18

O‘ZBEK VA NEMIS TILLARIDA MOTAM LEKSEMASI BILAN BOG‘LIQ REALIYALAR

Mazkur maqolada o‘zbek va nemis millatlarining dafn marosimi bilan bog‘liq realiyalar tahlil etiladi. Realiyalarni tarjima qilish jarayonida nafaqat tilni chuqur egallash, balki ushbu mamlakat turmush sharoiti, madaniyati va urf odatlari haqidagi bilimlardan boxabar bo‘lish talab etiladi.  

Z. Khusanova

77-80

2023-05-16

CONTENT ANALYSIS OF THE ASSORTMENT OF MEDICINAL PRODUCTS IN THE PHARMACEUTICAL MARKET OF UZBEKISTAN BASED ON MEDICINAL PLANT RAW MATERIALS WITH ANTI-INFLAMMATORY EFFECT

The article presents the indicators of a structural content analysis of medicinal forms based on medicinal plant raw materials with anti-inflammatory effects for the period 2020–2024. Both quantitative and qualitative indicators were examined with regard to domestic, foreign, and Commonwealth of Independent States (CIS) sources. As a result of the analysis, the activities of domestic manufacturing enterprises were studied in order to expand the range of anti-inflammatory medicinal products in the pharmaceutical market of Uzbekistan

X.M. Yunusova , N.A. Azimova , E.A. Nomozova

7-12

2025-09-08

EVFEMIZMLARNING LEKSIK-SEMANTIK MUNOSABATI

Ushbu maqolada evfemizmlarning leksik-semantik guruhlari atroflicha o’rganilib tadqiq etiladi. Evfemizmlarning leksik jihatdan ma’nodosh evfemizmlar, zid ma’noli shakldosh evfemizmlarga bo’linishi, semantik jihatdan esa monosemantik evfemeyalar ,polisemantik evfemeyalar shuningdek metonimik, sinekdoxik,metaforik evfemiyalarga bo’linishi ,struktur jihatdan esa, so’z shaklidagi, ibora shaklidagi evfemiya ,gap shaklidagi evfemiyalarga bo’linishi misollar yordamida  keltirib o’tilgan.

Shoira Xaydarova

51-57

2023-12-13

INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA “MOUTH\ OG‘IZ” SEMANTIKALI LISONIY BIRLIKLAR ASIMMETRIYASI

Nutqdagi asimmetriya tilning murakkab va ko‘p qirrali tabiatini yanada yorqinroq namoyon qiladi. Ushbu hodisa ma’lum bir mazmunni turli til birliklari orqali ifodalash yoki aksincha, turli ma’nolarni bitta til birligi vositasida yetkazish imkoniyatini yaratadi. Bunday asimmetriya ko‘rinishlari sinonimiya, omonimiya va antonimiya kabi semantik xususiyatlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Til tizimi shuni ko‘rsatadiki, belgi va ma’no o‘rtasida mutlaq moslik mavjud emas. Ularning o‘zaro bog‘liqligi nisbiy bo‘lib, murakkab tuzilishga ega, ko‘p hollarda esa ular to‘liq mos kelmaydi. Til birliklarining semantik chegaralari va ularning kontekstda qanday ma’no kasb etishi ko‘pincha polisemiya yoki birliklar o‘rtasidagi o‘xshashlik bilan bog‘liq bo‘ladi. Shu bois, tilni struktur va semantik jihatdan o‘rganishda belgi va ma’no o‘rtasidagi bu assimetriya tahlilni yanada chuqurlashtirish hamda ko‘p qirrali yondashuvni talab etadi.

Botirbek Otajonov

22-25

2025-02-24

TILSHUNOSLIKDA DISKURS VA MATN TUSHUNCHALARINING CHEGARALARI VA BIR-BIRI BILAN MUNOSABATLARI

Mazkur maqola tilshunoslikda diskurs tushunchasining matn tushunchasi bilan munosabati va farqli tomonlarini, dunyo tilshunoslarining qarashlari asosida yoritib berishga bag‘ishlangan. Shuningdek maqolada ushbu ikki “diskurs” va “matn” tushunchalari dunyo olimlarining fikrlarini jamlagan holda diagramma ko‘rinishida berib o‘tilgan.

Naziraxon Abduraxmonova , Nazirakhon Abdurakhmonova

131-136

2022-06-06

MUALLIF MUSHOHADASINI IFODALOVCHI SEMANTIK-STILISTIK VOSITALAR

XX asrning ikkinchi yarmida tilshunoslikka antroposentrik yondashuv asosida kognitiv tilshunoslik vujudga keldi shu bilan birga matn ortidagi muallif mushohasining kognitiv talqiniga oid ilmiy izlanishlar ko’zga tashlandi. Dissertatsiyamizning maqsadidan kelib chiqib muallif mushohadasi termini kiritildi va bu bizga ushbu hodisani yanada kengroq ya’ni adabiy tushuncha hisoblangan muallif chekinishini “muallif mushohadasi” termini ostida tilshunoslikning badiiy diskurs nuqtai nazaridan semantik-stilistik, struktur va kognitiv aspektida ko'rib chiqishga imkon beradi.

Shaxzoda Xamroyeva

106-107

2024-02-08

YANGI DORI VOSITALARINING YARATISH ISTIQBOLLARI

Ushbu maqolada yangi dori vositalarining yaratish istiqbollari, bosqichlari, klinik oldi, klinik sinovlar bosqichi, xalqaro standartlar asosida izlanishlar olib borilishi to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Bundan tashqari dori vositalarining kompyuter modellashtirish usullari, nishon organlar va retseptorlarga ta’sirini, gen injinerligi usullaridan foydalangan holda struktur faolliklari bo‘yicha axborot berilgan. O‘zbekiston Respublikasida yangi dori vositalarini yaratishdagi kamchiliklar haqida qisqacha xulosalar keltirilgan.

Sarvinoz Subxanova , Nilufar Normuminova

206-210

2025-01-31

INGLIZ VA O’ZBEK BADIIY ADABIYOTIDA FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR TAHLILI

Ushbu maqolada ingliz va o’zbek badiiy adabiyotidan misollar olinib, frazeologik birliklari aniqlandi va semantik-grammatik, semantik-struktur hamda grammatik-struktur jihatdan tahlil qilindi. Birliklarning frazeologik va grammatik ma’nolari o’rganildi.

Ismoilova Gulyora Xabibullo qizi

306-309

2022-02-13

O‘ZBEK VA QORAQALPOQ TILLARIDA TURIZM SOHASIGA OID TERMINLAR

Mazkur maqolada o‘zbek va qoraqalpoq tillarida turizm sohasiga oid terminlarning shakllanishi, rivojlanish manbalari, leksik-semantik, struktur va funksional xususiyatlari qiyosiy-lingvistik asosda tahlil qilinadi. Tadqiqotda turizm terminologiyasining milliy va xalqaro qatlamlari, tarjima va standartlashtirish muammolari  yoritiladi.

Muyassar Kabulova

125-127

2026-01-15

O’ZBEK VA NEMIS MAQOLLARINING GRAMMATIK VA STRUKTUR XUSUSIYATLARI

Ushbu maqolada o‘zbek maqollarining tuzilishi nemis maqollarining tuzilishi va ma’nosiga mos keladimi yoki undan farq qiladimi, tekshiriladi. Uning grammatik qoidalarga qay darajada bo‘ysunishi misollar yordamida ko‘rsatilgan.

O.S. Eshonqulov

124-125

2023-10-12

ILOVA KOMPONENTLI KONSTRUKSIYALARNING SODDA STRUKTURADA NAMOYON BO‘LISHI

Ushbu maqolada ilova komponentli konstruksiyalarning struktur xususiyatlari hamda ularning turlari (sodda struktura) xususida so’z boradi. Shuningdek dinamik ilova konstruksiyalarda ilova qilinayotgan komponent tuzilishi jihatdan gapning ikkinchi darajali bo‘laklari yoki ergash gaplar shaklida namoyon bo‘lishi hamda ilova konstruksiyaning ilova qilinayotgan komponenti yozma nutqda alohida gap sifatida rasmiylashtirilishi ko‘p hollarda ularda hatto bosh bo‘laklar ham ishtirok etmaydi, ya’ni predikativlik shaklan-struktur jihatdan ifodalanmaydi. Bunda ilova konstruksiyadagi ilova qilinayotgan komponentda alohida xabarning sifati oldingi kontekstga suyangan holda asosli tahlil qilib berilgan.

Mashhura Daminova

102-104

2024-12-26

TILSHUNOSLIKDA YANGI METODLAR ASOSIDA ISHLASH KO’NIKMALARI

Strukturaviy Tilshunoslik tilshunoslikka yondashuv bo'lib, strukturalizmning umumiy yondashuvining bir qismidir. Tilni o'zaro bog'liq birliklarning statik tizimi sifatida o'rganish ta'kidlangan. Strukturaviy Tilshunoslik so'zlarning korpusini to'plashni va keyin korpusning barcha elementlarini turli darajalarda tasniflashga urinishni o'z ichiga oladi: fonemalar, morfemalar, leksik toifalar, ism iboralari, fe'l iboralari va jumla turlari (Vikipediya). Tilni o'rganish til ta'limini qo'llashi kerak, chunki bu chet yoki ikkinchi tilni o'qitish va o'rganishdir. Til ta'limi, shuningdek, tilni o'qitishda qo'llanilishi mumkin bo'lgan amaliy tilshunoslikning bir bo'limi hisoblanadi. O'qitish tilida o'qitishni o'rganish strategiyalari ham qo'llaniladi, chunki ular tilni o'rganish jarayonini tushunish usuli sifatida tobora ko'proq e'tiborni jalb qildilar.

Irina Aleksandrovna Matveeva

831-836

2022-06-22

NEMIS TILIDA EVFEMIYA HODISASI VA STRUKTUR TUZILISHI

Ushbu maqola zamonaviy nemis tilidagi evfemiya hodisasi, uning xususiyatlari va yuzaga kelish sabablariga bag‘ishlangan. Nutqni evfemizatsiya qilishning dolzarb lingvistik muammolarini o‘rganish natijasida evfemizmlar yangi ijtimoiy munosabatlarni shakllantirishning kuchli vositasi bo‘lish qobiliyati tufayli katta ijtimoiy ahamiyatga ega ekanligi va inson hayotining ma’lum bir sohasidagi ijtimoiy yo‘nalishlarning o‘zgarishini ko‘rsatishi aniqlandi. Nutqni evfemizatsiya qilish bevosita til tabulari bilan chambarchas bog‘liq holda yuzaga kelishi aniqlandi. Nutqning evfemizatsiyasi ma’lum sohalarning tez rivojlanishiga xizmat qiladi.

Vohida Yuldosheva

43-45

2023-12-09

ARAB TILSHUNOSLIGIDA TAOM NOMLARINING O‘RGANILISHI (ARAB TILSHUNOSLIGI MISOLIDA)

Mazkur  maqolada  arab   tilshunosligida    taomlar   nomlarining    ayrim xududlar misolida o‘ragnilishi  tahlil qilingan.  Jumladan, tilshunos  M.Xudayarovaning “O‘zbek tilidagi taom nomlarining lingvistik tahlili (Qoraqalpog‘iston hududi materiallari asosida) mavzuidagi tadqiqotida qoraqalpoq tilidagi taom nomlari keltirilib, leksik semantik, struktur va derivasion xususiyatlari yoritilgan.  Arab va o‘zbek tilidagi taom nomlarining lingvistik xususiyatlari ayrim maqolalarda ham yoritilgan

BARNOXON ISMAILOVA

58-60

2024-11-10

KONSEPT TUSHUNCHASI TA’RIFI, MAZMUNI VA STRUKTUR XUSUSIYATLARI

Ushbu maqolada kontseptsiya tushunchasi muhokama qilinadi. Tushunchalar madaniy, lingvistik, psixologik, falsafiy va boshqa jihatlarda ko'rib chiqilib, ko'plab sharhlar, tasniflar va tadqiqot usullari taklif etiladi.

Oqila Alijonova

130-135

2023-12-13

SEMANTIC CHARACTERISTICS OF TERMS USED IN THE 5TH GRADE MOTHER LANGUAGE TEXTBOOK.

It is known that terms, like simple words, are formed from words and roots existing in the general and special lexicon. The system of terms of the Uzbek language, like other related Turkic languages, includes existing structural types, namely simple, artificial, compound, abbreviation and word combinations. There are enough tasks to be done to improve Uzbek terminology. Today, the Uzbek language is undergoing a comprehensive process of improvement in the field of terminology. Terms are formed by their own characteristics. They are mainly used in a denotative (meaning) sense. However, it is known that live speech is very rich and colorful, and in it terms can also lose their meaning, among which you can find phenomena such as homonymy, synonymy, polysemy, and in terms of the structure of terms, you can see that they have their place in our language. It is advisable to create a short dictionary of terms in school textbooks, especially for the 5th grade native language textbook, and implement it in a way that is understandable to students.

Diyora Sevinova

66-72

2025-10-13

INGLIZ TILIDA “DEVOTION” UMUMIY SEMALI ATOV BIRLIKLARINING STRUKTUR VA GENETIK XUSUSIYATLARI

Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillarida fidoyilik tushunchasini ifodalanishi, uning qo‘llanilishini tasniflash, fidoyilik tushunchasini ifodalovchi leksemalar hamda ularning ma’noviy xususiyatlari, lug‘atlardagi farqlari hamda asarlarda berilishi orqali madaniy o‘ziga xosliklarini ochib berishga harakat qilingan.

Sh. Mamatqulova

107-109

2024-03-18

1 - 23 of 23 items

Indexing

butom

Requirements Editorial Board Politics Send the material

Language

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Developed By

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, st. Shirin 53, 100131


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2023 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy