Innovative Academy
  • Register
  • Login
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Journals
    • Eurasian Journal of Academic Research
    • Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences
    • Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture
    • Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences
    • Eurasian Journal of Mathematical Theory and Computer Sciences
  • New Journals
    • Central Asian Journal of Education and Innovation
    • Eurasian Journal of Technology and Innovation
    • Bulletin of pedagogs of new Uzbekistan
    • Bulletin of students of new Uzbekistan
  • Conferences
    • Science and technology in the modern world
    • Applied Sciences in the modern world: problems and solutions
    • Natural Sciences in the modern world: theoretical and practical research
    • Innovative research in the modern world: theory and practice
    • Pedagogy and psychology in the modern world: theoretical and practical research
    • Social Sciences in the modern world: theoretical and practical research
  • Announcements
    • Ilmiy maqola qanday yoziladi?
    • Questions and answers to doctoral studies
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • What is the Hirsch index and how to increase it?
    • atm

Search

Advanced filters

Search Results

IJTIMOIY XULQ MOTIVLARINING MAZMUN MOHIYATI

Ushbu tezisda ijtimoiy xulq motivlarining mazmun-mohiyati, shaxsning jamiyatdagi xulq-atvoriga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar, ijtimoiy tajriba va atrof-muhitning rolini ilmiy asosda yoritadi. Shuningdek, ichki va tashqi motivlar, shaxsiy, ijtimoiy, axloqiy-madaniy va amaliy motivlar kabi asosiy turlari ham ko‘rib chiqilgan. Natijada, ijtimoiy xulq motivlarini tushunish va boshqarishning shaxsiy rivojlanish, jamiyatdagi faol ishtirok va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashdagi ahamiyati aks ettiriladi.

Mushtariy Baxtiyorova , Ozodqulov Olimjon

94–96

2025-12-09

“UZUKLAR HUKMDORI” ROMANIDA ARXAIK EPOS AN’ANALARI RIVOJI

Ushbu maqolada J.R.R. Tolkinning “Uzuklar hukmdori” romanida arxaik epos an’analari qay darajada davom ettirilgani va yangi badiiy mazmun bilan boyitilgani tahlil qilingan. Asarda qadimgi german, skandinav va kelt mifologiyasiga xos epik motivlar, qahramonlik konsepsiyasi, arxaik marosim va mifopoetik tasavvurlar zamonaviy fantastik poetika bilan uyg‘unlashgan holda namoyon bo‘ladi.

Javlon Muzaffarov

77-80

2025-11-26

TASVIRIY SAN’ATDA EKOLOGIK MOTIVLAR VA ULARNING TARBIYAVIY AHAMIYATI

Ushbu maqolada tasviriy san’atda ekologik motivlarning qo‘llanilishi, ularning o‘quvchilarda tabiatga mehr, ekologik madaniyat va mas’uliyat hissini shakllantirishdagi roli yoritilgan. San’at asarlarida tabiat manzaralari, ekologik muammolar, biomuhit va ekologik muvozanat tasvirlanishining tarbiyaviy ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, maktab ta’limida ekologik motivlardan foydalanish metodlari, amaliy mashg‘ulotlar hamda o‘quvchilar ijodini qo‘llab-quvvatlashning nazariy va amaliy jihatlari ko‘rsatib berilgan.

ASILBEK HAMIDOV

71-75

2026-02-16

RUS VA O‘ZBEK TOPONIMIK AFSONALARDA MOTIVLAR TIPOLOGIYASI

Maqolada rus va o‘zbek toponimik afsonalarda motivlar tipologiyasi ko’rib chiqildi. Motiv afsona syujetini shakllantiruvchi poetik detaldan tashqari, kompozision tuzilish hamda badiiy xususiyatni chambarchas bog‘lovchi muhim poetik unsur vazifasini bajaradi.

Madinabonu Axmedova

125-127

2025-04-21

INTERPRETATION OF NATIONAL MOTIVES IN MODERN FASHION DESIGN

This article analyzes the role and interpretation of national motifs in contemporary fashion design from a scientific perspective. National motifs, as cultural heritage, represent patterns, colors, and shapes that reflect the identity of a people. Their integration into the modern fashion industry holds significant cultural, aesthetic, and economic importance. Contemporary designers reinterpret national motifs in a new format, applying them in clothing and accessories, thus preserving traditions and promoting national brands in the global market. It is also emphasized that the promotion of national motifs through fashion contributes to economic development and supports young designers in creating their own brands.

Kamola Raximova, Iqbоl Bоltаyevа , Sabrina Jumayeva

137-141

2025-10-20

MOTIVLAR VA EHTIYOJ IJTIMOIY FAOLLIK SIFATIDA

Ushbu maqolada inson faoliyatining asosiy manbai bo‘lgan ehtiyoj va motivlar tushunchasi keng qamrovda tahlil qilinadi. Ehtiyoj va motivlarning inson faolligiga ta’siri, ularni shakllantirish va rivojlantirish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Ehtiyoj va motivlarning o’xshash va farqli jihatlari berilgan. Maqolada psixolog olimlarning fikrlari, amaliy misollar va pedagogik nuqtai nazar ham keltiriladi.

Dilfuza Arashova , Ozodqulov Olimjon

87–88

2025-12-09

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA O‘QISH MOTIVATSIYASINI OSHIRISHDA O‘QITUVCHINIMG ROLI (2-SINF MISOLIDA)

Maqolada 2-sinf o‘quvchilarida o‘qishga nisbatan ichki va tashqi motivlar uyg‘unligini shakllantirishda o‘qituvchining yetakchi roli nazariy va amaliy jihatdan yoritiladi. Nazariy asos sifatida o‘zini-o‘zi belgilash nazariyasi, qiziqishning to‘rt bosqichli modeli hamda sotsiokultural qarashlar tahlil qilinadi; o‘qituvchi faoliyatining sinf muhitini tashkil etish, individual tanlov va maqsad qo‘yish imkoniyatlarini yaratish, mazmunni shaxsiy tajriba bilan bog‘lash, hamkorlik va mulohazakor o‘qish amaliyotlarini yo‘lga qo‘yish kabi komponentlari konseptual izohlanadi. Amaliy qismda 2-sinfda 10 haftalik o‘qish motivatsiyasini qo‘llab-quvvatlash dasturi tasvirlanadi: dars oldi suhbatlari, o‘quvchining tanlov huquqi, o‘qish konfranslari, uy va maktab hamkorligi, portfel va “o‘qish pasporti” kabi vositalar integratsiya qilinadi.

Shohsanam Turdiyeva

98-102

2025-08-26

IRODAVIY XATTI-HARAKATNING PSIXOLOGIK MOHIYATI

Ushbu ishda irodaviy xatti-harakatning psixologik mohiyati, uning shakllanish bosqichlari, asosiy mexanizmlari, turlari hamda shaxs rivojlanishidagi o‘rni yoritiladi. Iroda inson faoliyatini ongli ravishda boshqaruvchi, maqsad sari yo‘naltiruvchi va qiyinchiliklarni yengishga yordam beruvchi psixik jarayon sifatida talqin qilinadi. Maqolada irodaviy harakatning tuzilishi - maqsadni belgilash, motivlar kurashi, qaror qabul qilish, harakatni amalga oshirish va natijani baholash bosqichlari batafsil tahlil etilgan. Shuningdek, irodaning motivatsiya, o‘zini boshqarish, emotsional barqarorlik kabi mexanizmlari hamda qat’iyatlilik, sabrlilik, jasorat, o‘ziga ishonch kabi irodaviy sifatlarning shaxs rivojidagi ahamiyati ochib berilgan. Ish irodani rivojlantirish usullari bilan boyitilgan bo‘lib, shaxsning ijtimoiy va kasbiy muvaffaqiyatida irodaviy xatti-harakatning hal qiluvchi o‘rni ilmiy asosda yoritilgan.

Madina Kurbonboyeva, Оlіmjоn Оzоdqulоv

73-75

2025-11-30

TA`LIM JARAYONI KASBIY YO’NALGANLIGINI TA`MINLASH

Ta`lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar bilimdon, mustaqil fikrlovchi, ijodiy izlanuvchi, yuqori malakali, madaniyatli, turli sohalar bo’yicha etuk mutaxassis kadrlarni tayyorlashga qaratilgan.

Komila Rustamova

99-100

2023-06-13

FORSIY SHE’RIYATDA G‘AZAL

Ushbu maqoladan g‘azal janrining forsiy she’riyatda takomili, yangilangan obraz va motivlar, tasvir usullari, shoirlar tomonidan kashf etilgan noyob topilmalar jamlanmasi o‘rin olgan va ularga ilmiy munosabat bildirilgan.

Mahliyo Jo‘rayeva

90-92

2025-07-21

IXTIYORDAN SOʻNGI DIQQATNING OʻZIGA XOSLIGI

Ushbu maqolada ixtiyordan so‘nggi diqqatning psixologik mazmuni, uning paydo bo‘lish shart-sharoitlari va faoliyat jarayonidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Ixtiyorsiz diqqatdan farqli ravishda, ixtiyordan so‘nggi diqqatning shakllanishi insonning ongli boshqaruvi bilan boshlanib, jarayon davomida ichki qiziqish va motivlar kuchayishi natijasida asta-sekin barqaror tus olishi ko‘rsatib o‘tiladi.

Komila Sobirova

38-40

2025-11-27

O‘SMIRLARDA O‘QUV MOTIVLARI VA ULARNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Psixologiya  fanida  shaxsni  aqliy, amaliy  harakatga  va  xulq-atvorini amalga  oshirishga  undovchi,  muayyan  ehtiyojlarni  qondirish  bilan  o‘zviy bog’liq  sababiyat  motivlar  deb  ataladi.  Ta’rifdan  ko‘rinib  turibdiki, ularning  asosiy  funktsiyasi  insonni  harakatga,  xulq-atvorni  amalga oshirishga undovchi sabablar (omillar), ichki  to‘rtkilar vazifasini o‘tashdan iboratdir.

Risolat Abdullayeva, D. O Aminova

84-87

2023-06-16

ABDULLA ORIPOV SHE’RIYATIDA UMR TASVIRI

Ushbu  maqolada  Abdulla  Oripovning  she’riyatidagi umr, vaqt va hayot falsafasi bilan bog‘liq motivlar tahlil qilinadi. Shoirning falsafiy tafakkuri, umrning qadriga yetish, inson umrining ma’nosi va mazmuni haqida bergan badiiy-falsafiy talqinlari o‘rganiladi.

Gulixonim Shukurova

41-42

2025-06-20

BO‘LAJAK PEDAGOGLARNI KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASHDA O‘ZIGA BO‘LGAN ISHONCH HISSINI KASBIY MOTIVLARINI, KASBIY PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARINI, SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK TOMONLARI

Ushbu maqola bo‘lajak pedagoglarni o‘z  kasbiga bo‘lgan yuksak ishonch va hurmat hissini shakllantirish maqsadida yozilgan. Bunda har bir pedagogning o‘z kasbiy fazilatlarini anglashi va   o‘z ustida ishlashi hamda pedagogning kompetentligi va kreativligi,   pedagogning kasbiy professionalligi hamda uni innovatsion faoliyatda namoyon bo‘lishi haqida ma’lumotlar berilgan. Maqola matnida pedagoglarda shakllangan kasbiy  psixologik xususiyatlar, kasbiy motivlar, o‘ziga bo‘lgan ishonchni rivojlantirishning psixologik tomonlari   haqida keng fikr yuritilgan.

Gulandon Ganiyeva

99-102

2023-03-16

BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARIDA IJTIMOIY MOTIVLARINI SHAKLLANTIRISHDA OʻQITUVCHINING OʻRNI VA ROLI

Ushbu maqolada boshlangʻich sinf o'quvchilarining ijtimoiy motivlarini shakllantirishda o'qituvchining roli kattaligi. Asosan,  ijtimoiy motivlarni shakllantirishda o'qituvchining ularga ta'sir koʻrsatishi  va ularni har tomonlama rivojlantirishi haqida.

Gurbanjemal Kakabayeva

66-67

2025-05-31

SIDQIY XONDAYLIQIY LIRIKASI

Mazkur tezisda XX asr boshlaridagi o‘zbek adabiyotining yirik vakillaridan biri Sidqiy Xondayliqiy (1884–1934) lirik merosining badiiy xususiyatlari, mavzu doirasi va poetik tamoyillari tahlil qilinadi. Uning ishqiy lirikasidagi insoniy tuyg‘ular talqini, hajviy va ijtimoiy ruhdagi she’rlari, shuningdek, tarjimonlik faoliyatining o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan hissalari tadqiq etiladi. Maqolada shoirning poetik mahorati, tarixiy adabiy jarayon bilan bog‘liqligi va adabiyotdagi o‘rni ilmiy asosda yoritilgan.

Mahbuba Tursunova

121-124

2025-10-31

YURIDIK PSIXOLOGIYA

Bizning davrimiz psixologiya fanining sezilarli darajada rivojlanishi, uning inson faoliyatining barcha sohalariga kirib borishi, ijtimoiy-madaniy rivojlanish muammolarini hal qilishda psixologik tadqiqotlar natijalaridan foydalanish, shuningdek, huquqni muhofaza qilish va huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish bilan tavsiflanadi. mansabdor shaxslar. Masalan, advokatlik kasbining professiogrammalarini yaratish, psixologik ta’sir ko‘rsatish texnikasi va usullarini ishlab chiqish va hokazo.Bunday masalalarni chuqur o‘rganish shaxs va huquqiy faoliyatni psixologik tahlil qilish, jamiyatdagi psixik hodisalarning xususiyatlarini hisobga olishni talab qiladi. huquqni qo'llash shartlari (ehtiyojlar, motivlar, maqsadlar, temperament, munosabat, ijtimoiy yo'nalish va shaxsning boshqa xususiyatlari).

Tolibnazar Xujamshukurov

152-155

2023-02-17

ALISHER NAVOIY VA XALQ OG`ZAKI IJODI AN`ANALARI

Maqolada Alisher Navoiy ijodida folklor an’analarining o‘rni yoritiladi. Shoir asarlarida xalq og‘zaki ijodiga xos motivlar va badiiy unsurlar keng qo‘llanib, ular axloqiy-tarbiyaviy g‘oyalarni ifodalashga xizmat qiladi.

Mohinabonu Rustamova

128-130

2026-02-09

SAID AHMADNING “JIMJITLIK” ASARIDAGI KRIMINALLIK MOTIVINING BADIY TALQINI

Ushbu maqolada o‘zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Said Ahmadning “Jimjitlik” asarida ifodalangan kriminalik motivlar va ularning badiiy talqini tahlil qilinadi. Adib jamiyatda ildiz otib borayotgan axloqiy inqiroz, nohalollik va adolatsizlik muammolarini o‘tkir syujetlar hamda yetarli darajadagi mukammal xarakterlar orqali ochib berishga harakat qilgan va buni uddasidan chiqgan. Turli xil kriminal kechinmalar orqali insonning ma’naviyati, ichki kurash va ijtimoiy beqarorliklari ko‘rsatilgan. Maqolada asar syujetidan olingan konkret epizodlar va qahramonlar orqali kriminal motivning qanday badiiy maqsadlarga xizmat qilgani ochib beriladi.

Zarnigor Beknazarova

72-74

2025-10-27

OʻQUVCHILARNI DARS MASHGʻULOTLARGA BOʻLGAN QIZIQISHLARINI SCRATCH DASTURI IMKONIYATLARI ORQALI RIVOJLANTIRISH

Oʻquvchilarni mustaqil bilim faoliyati bilan shugʻullanishga undashga yordam beradigan oʻquv vositasini izlash, Stratchni vizual dasturlash muhiti ekanligini, u oʻquvchilarning axborot savodxonligini, kommunikativ qobiliyatlarini, ijodkorligini, qiziquvchanligini, tanqidiy va tizimli fikrlash qobiliyatini rivojlantirish vositasi ekanligi yoritilgan.

Sadoqat Normurodova

44-49

2023-02-21

XORAZM XALQ DOSTONCHILIGIDA “OSHIQNOMA” TURKUM DOSTONLARINING O‘ZIGA XOSLIGI

Mazkur maqolada “Oshiqnoma” turkum dostonlarining turkum holiga kelishi, prof.Safarboy Ro‘zimboyevning tadqiqoti,faoliyati haqida qisqacha ma’lumotlar, dostonlarning ertaklardan olgan unsurlari va dostonlardagi o‘ziga xos motivlar borasida so‘z boradi.

Zuhra Yo‘ldasheva

55-56

2024-09-27

TALABALARDA XULQ OGʻISHINI OLDINI OLISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK SHARTLARI

Bozor munosabatlarga asoslangan jamiyatda kundan kunga turli deviant va delikvent xulq-atvor namunalari yuzaga kela boshladi. Jamiyatdagi maʼnaviy muhitning taʼsirini kuchaytirish, yoshlarga taʼlim-tarbiya berish shaxs ijtimoiylashuvning tizimli amalga oshishiga koʻmaklashadi. Jamiyatda mavjud maʼnaviy axloqiy meʼyorlar yoshlarimizni jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishlariga, intiluvchan, vatanparvar qilib tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega. Mustaqil O‘zbekistonimizda har qanday mafkuraviy va g‘oyaviy to‘siqlarning olib tashlanganligi va barcha soha olimlariga to‘la ijodiy erkinlik berilganligi respublikamizda deviant xulq-atvorning barcha turlarini ilmiy o‘rganish imkoniyatini berdi. Maqolada yoshlar, ayniqsa, talabalar orasida deviant xulq-atvor psixoprofilaktikasini tashkil etishning psixologik xususiyatlari tadqiqot natijalarini sharhlash orqali keltirilgan.

Asilaxon Tojiddinovna

208-220

2023-04-25

O’SMIRLARDA JINOYAT MOTIVLARINI KELTIRIB CHIQARUVCHI IJTIMOIY-PSIXOLOGIK OMILLAR

Ushbu maqolada O’smirlarda jinoyat motivlarni keltirib chiqaruvchi omillar, o’smirlik davrida sodir bo’ladigan psixologik o’zgarishlar, o’smirlarning shaxs sifatida rivojlanishi haqidagi psixologik qarashlar, o’smirlarda jinoyat sodir etilishini oldini olishda qaratilgan ishlar mazmuni yoritilgan.

Gulgun Savriddin qizi Savriddinova

44-45

2022-03-22

1 - 23 of 23 items

Indexing

butom

Requirements Editorial Board Politics Send the material

Language

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Developed By

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, st. Shirin 53, 100131


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2023 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy