Innovative Academy
  • Ro'yxatdan o'tish
  • Kirish
  • En
  • O'z
  • Ру

Innovative Academy

  • Journals
    • Eurasian Journal of Academic Research
    • Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences
    • Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture
    • Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences
    • Eurasian Journal of Mathematical Theory and Computer Sciences
  • New Journals
    • Central Asian Journal of Education and Innovation
    • Eurasian Journal of Technology and Innovation
    • Bulletin of pedagogs of new Uzbekistan
    • Bulletin of students of new Uzbekistan
  • Conferences
    • Science and technology in the modern world
    • Applied Sciences in the modern world: problems and solutions
    • Natural Sciences in the modern world: theoretical and practical research
    • Innovative research in the modern world: theory and practice
    • Pedagogy and psychology in the modern world: theoretical and practical research
    • Social Sciences in the modern world: theoretical and practical research
  • Announcements
    • Ilmiy maqola qanday yoziladi?
    • Doktorantura yuzasidan savollar va ularga javoblar
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • What is the Hirsch index and how to increase it?
    • atm

Qidirish

##search.advancedFilters##

##search.searchResults##

BIG DATA TEXNOLOGIYALARINING FAN VA TA’LIMDA QO‘LLANILISHI

Ushbu maqolada Big Data texnologiyalarining fan va ta‟lim sohalarida, ayniqsa dasturlash fanida qo„llanilish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Katta ma'lumotlardan foydalanish orqali ta‟lim jarayonlarining samaradorligini oshirish, shaxsga moslashtirilgan oqitish tizimlarini yaratish va ilmiy tadqiqotlarda yangi bilimlar ochilishi mumkinligi ko„rsatib beriladi. Shuningdek, maqolada Big Data
texnologiyalarining O„zbekistonda raqamli ta‟lim va fan taraqqiyotiga ta‟siri batafsil yoritilgan. Tajriba sinovlari orqali bu texnologiyalarning dasturlash fanida amaliy qo„llanilishi tahlil qilinib, moslashtirilgan yondashuvlar taklif etilgan

Sodikova Nigora Irgashevna, Muxtorova Zilola Ziyoviddinovna

38-43

2025-01-04

HUQUQIY ONG VA HUQUQIY MADANIYAT: XALQARO TAJRIBA VA MILLIY YONDASHUVLAR

Ushbu maqolada huquqiy ong va huquqiy madaniyat tushunchalarining nazariy asoslari, ularning jamiyatdagi ahamiyati hamda xalqaro tajriba asosida shakllanish jarayonlari tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi — xalqaro miqyosda huquqiy madaniyatni rivojlantirish amaliyotlarini o‘rganish hamda O‘zbekiston sharoitida ushbu tajribalarni tatbiq etish imkoniyatlarini aniqlashdir.

Mohidilxon Bozorova

113-118

2025-10-20

ICHKI ISHLAR ORGANLARIDA FUQAROLARNING HUQUQ VA ERKINLIKLARINI HURMAT QILISH: XORIJIY TAJRIBA ASOSIDA AMALIY YONDASHUVLAR

Ushbu maqola ichki ishlar organlarining faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklarini hurmat qilish masalalarini xorijiy tajriba asosida ko‘rib chiqadi. Xalqaro standartlar, jumladan, BMTning Inson huquqlari bo‘yicha umumiy deklaratsiyasi, Huquq-tartibot xodimlari uchun xulq-atvor kodeksi va Yevropa Kengashining Politsiya etikasi kodeksi tahlil qilinadi. AQSH, Yevropa Ittifoqi, Janubiy Afrika va boshqa mamlakatlardagi politsiya islohotlari misolida fuqarolar huquqlarini himoya qilish amaliyotlari o‘rganiladi. Maqsad – ichki ishlar organlari faoliyatida inson huquqlarining ustuvorligini ta’minlash va jamiyat ishonchini oshirish.

Umarov Zakir Ravupovich

40-44

2025-10-14

TAJRIBADAGI SIGIRLARNING EKSTERYER KO‘RSATKICHLARI

maqolada “Imnamak” ozuqaviy qoʻshimchasini gunajinlar ratsioniga qo‘shib ijobiy natijalar olingan. Tajriba Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida joylashgan “K-Eldor” fermer xo‘jaligidagi golshtin zotli g‘unajinlarda olib borilgan. Tajriba natijasida qoramollarning tana o‘lchamlari hamda tana indekslariga bo‘yicha tajriba guruhidagi g‘unajinlar nazorat guruhidagi g‘unajinlarga nisbatan ustunlik qilganligi to‘g‘risida  ma’lumotlar keltirilgan.

Murotova Nilufar Faxriddin qizi, Axtamova Munira Tuychiyevna, Dehqonov Bobur Baxodirovich, Toshmurodova Sabina Hazratqul qizi

93-96

2025-05-16

QATTIQ BUG‘DOYNING FAKUL‘TATIV KUZGI XALQARO DASTLABKI NAV SINASH TAJRIBA MAYDONIDAGI NAV NAMUNALARINI MAHSULDORLIK KO‘RSATKICHLARI BO‘YICHA BAHOLASH NATIJALARI

Maqolada qattiq bug‘doy genetikasi, seleksiyasi va urug‘chiligi laboratoriyasining lalmikor maydondagi tajriba dalasida qattiq bug‘doyning fakul‘tativ kuzgi xalqaro dastlabki nav sinash tajriba maydonidagi nav namunalarining mahsuldorlik ko‘rsatkichlarini baholash natijalari bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari keltirilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra qattiq bug‘doyning mahsuldorlik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘glan namunalari tanlab olingan.

Hаsаn Qаrshiboyev , Muhayyo Amirova

108-112

2025-01-30

OILAVIY ZO‘RAVONLIKKA QARSHI HUQUQIY HIMOYA MEXANIZMLARI: XALQARO TAJRIBA VA MILLIY QONUNCHILIKNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida oilaviy zo‘ravonlikka qarshi huquqiy himoya mexanizmlarining amaldagi holati xalqaro tajriba bilan qiyoslab tahlil qilingan. JSST, CEDAW kabi xalqaro hujjatlar asosida oilaviy zo‘ravonlikning jismoniy, ruhiy, iqtisodiy va jinsiy shakllari huquqiy jihatdan tahlil etiladi. 2019-yilda qabul qilingan “Ayollarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Himoya orderi” institutining amaliy samaradorligi baholanadi. Mazkur institutni qo‘llashda uchrayotgan muammolar, xususan orderni ijro etishdagi kechikishlar, uning bekor qilinishi jarayonidagi tashqi bosim ehtimoli va jabrlanuvchining erkin roziligi masalalari yoritigan

Muhammadyusuf Madmusayev

164-168

2025-11-30

XALQARO TAJRIBA ASOSIDA O'ZBEKISTONDA DAVLAT VA XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARINI BOSHQARISHNING INNOVATSION MEXANIZMLARINI JORIY ETISH ISTIQBOLLARI

Ushbu maqola O'zbekistonda davlat va xususiy sheriklik (DXSh) loyihalarini boshqarishning innovatsion mexanizmlari va ularni xalqaro tajriba asosida joriy etish istiqbollarini tahlil qiladi. Tadqiqot adabiyotlar tahlili va mavjud ma'lumotlar asosida DXSh loyihalarini samarali boshqarish uchun zarur bo'lgan institutsional, huquqiy va iqtisodiy mexanizmlarni ko'rib chiqadi. Maqolada O'zbekistonda DXSh loyihalarini amalga oshirishning joriy holati hamda xalqaro ilg'or tajribalardan foydalanish orqali ushbu sohani rivojlantirish imkoniyatlari muhokama qilinadi.

Yulduz Shomurotova

95-98

2025-05-13

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HAMDA XORIJIY DAVLATLAR QONUNCHILIGIDA HAYVONLAR BILAN BOG’LIQ MASALALARNING QIYOSIY-HUQUQIY TAHLILI

Bugungi kundagi jamiyatda nafaqat insonlarning balki yon-atrofimizda yashayotgan yana bir tirik mavjudotlar ya’ni hayvonlarning huquqlarini himoya qilish dolzarb masalalardan biridir.Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasida hayvonlar huquqlarini himoya qilish bilan bog’liq masalaning qonunchilik va amaliyotdagi muammolari hamda bu boradagi milliy va xorijiy tajriba muhokama qilinadi.

Dildora Dexkonova, O.T Xazratqulov

733-736

2022-11-22

REYNOLDS SONI BO‘YICHA ISHQALANISH KOEFFITSENTINING O‘ZGARISHINI TAJRIBA VA SONLI MODELLASH NATIJALARINI SOLISHTIRISH

Ushbu ishda quvurdagi turbulent oqim uchun ishqalanish koeffitsenti λ ning Reynolds soni (Re) ga bog‘liq holda o‘zgarishi tajriba natijalari va sonli modellashtirish orqali solishtirildi. 400–1∙10⁶ oralig‘idagi Reynolds sonlari uchun lg(100λ) qiymatlari, tajriba nuqtalari va sonli model egri chizig‘i olingan. O‘tish rejimida sezilarli tafovutlar kuzatildi, yuqori Reynolds sonlarida esa natijalar mosligi kuchaydi. Nisbiy xatolikning Re oshishi bilan kamayishi sonli modelning turbulent rejimda yuqori aniqlikda ishlashini ko‘rsatdi. Tadqiqot ishqalanish koeffitsentini aniqlashda sonli usullarning qo‘llanish imkoniyatlarini baholashga yordam beradi.

M.E Madaliyev, M.U Sodiqov

73-76

2026-02-13

SUN’IY INTELLEKTNI HUQUQIY BOSHQARISH BO‘YICHA XALQARO TAJRIBA VA MODELLAR

Maqolada sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarini huquqiy tartibga solish bo‘yicha xalqaro tajriba va modellar tahlil qilinadi. SIning tez rivojlanishi bilan bog‘liq etik, huquqiy va ijtimoiy muammolar, shuningdek, ularni yechish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. AQSH, Yevropa Ittifoqi, Xitoy va boshqa davlatlarning qonunchilik tashabbuslari, xususan, ma’lumotlar xavfsizligi, algoritmik shaffoflik va mas’uliyat masalalariga e’tibor qaratiladi. Xalqaro hamkorlikning ahamiyati va global standartlarni shakllantirish zarurati ta’kidlanadi. O‘zbekistonda SIni tartibga solish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.

Ulugbek Yusubov

182-190

2025-04-30

NUTQIY RIVOJLANISH BILAN MANTIQIY FIKRLASH O’RTASIDAGI BOG’LIQLIK: LINGVISTIK KOMPETENSIYA

Nutq  rivojlanishi  va  mantiqiy  fikrlash  o'rtasida  chambarchas  bog'liqlik mavjud;mantiqiy  fikrlash  nutqni  aniq  va  izchil  ifodalashga  yordam  bersa,  nutq  esa  mantiqiy fikrlashni  shakllantiradi.Bu  o'zaro  ta'sir  "lingvistik  kompetensiya"  deb  ataladi,  bu  shaxsning tilni tushunish va undan samarali foydalanish qobiliyatini anglatadi. Nutqiy  tajriba  ona  tilini  amaliy  bilish,  oilada,  koʻcha-koʻyda,  jamoat  joylarida boshqalardan  eshitish  orqali  maydonga  keladi.  Imo-ishora,  mimika  singari  paralingvistik vositalar ham nutqiy tajriba asosida oʻzlashtiriladi. Nutqiy kompetensiya nutqiy tajriba va til haqidagi  bilim  munosabati  bir  butunligi  asosida  shakllanadi.  Shunday  ekan,  oʻqituvchi oʻquvchilarning nutqiy kompetensiyasini shakllantirish jarayonida bu ikki tomonning oʻzaro munosabatini   hisobga   olishi   katta   ahamiyatga   ega.

Fariza Inomova, Abduqunduz Xalimjanov

92-94

2025-11-13

ICHKI ISHLAR ORGANLARIDA FUQAROLARNING HUQUQ VA ERKINLIKLARINI HURMAT QILISH: XORIJIY TAJRIBA ASOSIDA AMALIY YONDASHUVLAR

Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasida ichki ishlar organlari (IIO) fuqarolarning huquq va erkinliklarini hurmat qilishdagi rolini, xorijiy tajriba (AQSH, Yaponiya, Janubiy Koreya) asosida amaliy yondashuvlarni tahlil qilishga bag‘ishlangan. Maqolada IIO faoliyatining tashkiliy va huquqiy asoslari, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (18-modda) va “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonunga asoslanib ko‘rib chiqiladi. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishda mahalla huquq-tartibot maskani, shaffoflik va raqamli texnologiyalarning roli tahlil qilinadi.

Zakir Umarov

40-43

2025-10-13

KATTA MAʼLUMOTLARNI(BIG DATA) HUQUQIY TARTIBGA SOLISH: XORIJ VA MILLIY TAJRIBA QIYOSIY TAHLILI

Mazkur maqolada katta hajmdagi ma`lumotlar(Big Data)haqidagi  ilmiy-nazariy tavsiflar tahlil qilinadi. Uni huquqiy tartibga solishning  milliy va xorijiy qonunchilikdagi asosi  qiyosiy-tahliliy tavsiflanadi.  Raqamli huquq sohasida Big Dataning  o`rni ilmiy va huquqiy jihatdan o`rganiladi.

Malika Ergasheva

1003-1007

2022-11-28

EKOLOGIK NAV SINOVDAGI KUZGI YUMSHOQ BUG‘DOY (TRITICUM AESTIVUM) NAVLARINI BIOMETRIK TAXLIL NATIJALARI

Farg‘ona viloyati tuproq-iqlim sharoitiga mos bo‘lgan kasallik, zararkunandalarga chidamli, yuqori don beruvchi kuzgi bug‘doy navlarini ilmiy asosda tanlab olish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari bayon etilgan.

Jamoldin Hayonboyev , Zokirjon Ismatullaev , Sanatjon Toshmatov

25-28

2025-09-29

AYOLLAR SPORTIDAGI TENGLIK VA RIVOJLANISH IMKONIYATLARI: GLOBAL TAJRIBA VA DOLZARB MUAMMOLAR

Mazkur maqolada ayollar sportidagi tenglik masalasi, uning tarixiy shakllanishi, hozirgi zamon global muammolari va rivojlanish tendensiyalari tahlil qilinadi. Dunyo miqyosida ayollar sporti ijtimoiy, iqtisodiy hamda madaniy omillar bilan chambarchas bog‘liq ekani ko‘rsatib o‘tiladi. Maqolada xalqaro tajriba asosida ayollar sportiga bo‘lgan munosabat, teng imkoniyatlar yaratish siyosati va sportdagi gender tenglikni ta’minlash mexanizmlari nazariy jihatdan yoritiladi. Shuningdek, O‘zbekiston sport tizimidagi ayollar faoliyatining o‘sish sur’atlari va mavjud to‘siqlar haqida ham fikr yuritiladi.

Sevinch Mamatova

129-131

2025-10-31

HARBIY-VATANPARVARLIK TARBIYASI: TARIXIY TAJRIBA VA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR

Tarixiy tajriba asosida yosh avlod qalbida Vatanga sadoqat, jasorat, fidoyilik tuyg‘ularini shakllantirishning samarali usullari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, bugungi kunda ta’lim muassasalari, oilalar va jamoatchilik tomonidan amalga oshirilayotgan zamonaviy tarbiyaviy yondashuvlar haqida fikr yuritiladi.

Xayrullo Ikromov

81-83

2025-05-20

AKADEMIK YOZUVNI O‘QITISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR: XALQARO TAJRIBA

Maqolada oliy ta’lim muassasalarida akademik yozuvni o‘qitishda qo‘llanilayotgan zamonaviy pedagogik texnologiyalar tahlil qilinadi. Xorijiy tajriba asosida raqamli platformalar, interaktiv usullar va sun’iy intellektning ta’lim jarayoniga integratsiyasi yoritiladi. Talabalarda tanqidiy fikrlash, akademik savodxonlik va tadqiqot ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi o‘rni ko‘rsatib beriladi. Innovatsion yondashuvlarning afzalliklari hamda ularni joriy etishda yuzaga keladigan muammolar ko‘rib chiqiladi.

Симела Абдуллаева

9-12

2025-11-10

O'ZBEKISTONDA ZARGARLIK SANOATINING RIVOJLANISHI: DAVLAT QO'LLAB-QUVVATLASHI VA XALQARO TAJRIBA

Ushbu maqola O'zbekiston Respublikasi Prezidentining zargarlik sanoatini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash bo'yicha qabul qilingan qarorining mazmuni va bu borada xalqaro tajriba yutuqlari bilan taqqoslashiga bag'ishlangan. Tadqiqot zargarlik sanoatini rivojlantirishning asosiy yo'nalishini o'rganadi: ishlab chiqarishni, bozor amaliyoti, zamonaviy texnologiyalar va kadrlar malakasini oshirish.

Adolat Settiyeva

149-151

2025-07-31

SO‘ZNING ASSOTSIATIV MA’NO XUSUSIYATI

Ushbu maqoladа o‘zbek leksemasining assotsiativ ma’no xususiyati ochib berildi. O‘zbek tili egalari ustida o‘tkazilgan assotsiativ tajriba asosida ushbu so‘zning  lug‘aviy va assotsiativ ma’nolariga tavsif berildi. Assotsiativ tajriba asosida so‘z ma’nolarining til egalari assotsiatsiyalarida voqelanishi dalillandi.

D. Lutfullayeva

94-99

2024-11-13

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ONA TILI DARSLARIDA XALQARO TAJRIBA VA INNOVATSION YONDASHUVLARDAN FOYDALANISH

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda ona tili darslarini o‘qitishda xalqaro tajriba va innovatsion yondashuvlardan foydalanish masalalari tahlil qilinadi. Dunyodagi ilg‘or ta’lim tizimlarida qo‘llanilayotgan usullar, interfaol metodlar, texnologik vositalar va integrativ yondashuvlar o‘rganiladi. Shuningdek, innovatsion pedagogik texnologiyalar, jumladan, STEAM, CLIL, kommunikativ va lingvodidaktik metodlarning ona tili darslarida samaradorligi yoritiladi. Maqolada ta’lim sifati va o‘quvchilarning savodxonligini oshirishga qaratilgan zamonaviy yondashuvlarning ahamiyati asoslab beriladi.

Muxiddinova Yulduz Rustam qizi

4-6

2025-04-07

OILAVIY ZOʻRAVONLIKKA QARSHI KURASHNING HUQUQIY ASOSLARI

Mazkur maqolada huquqiy taʼlimning ahamiyati, oilaviy zoʻravonlikka qarshi kurashning samaradorligini oshirish yoʻllari hamda ushbu muammolar yechimiga qaratilgan xalqaro va milliy tajriba asosida olib borilgan tadqiqotlar tahlil qilinadi. Shu bilan birga, jamiyatda huquqiy savodxonlikni oshirish va oilaviy muhitda sogʻlom ijtimoiy munosabatlarni shakllantirish boʻyicha amaliy tavsiyalar ham bayon etiladi.

Axmadova Farangiz Akmal qizi

56-59

2025-02-25

QISHLOQ XO‘JALIGIDA DAVLAT NAZORATINING HUQUQIY ASOSLARI: XALQARO TAJRIBA VA MILLIY AMALIYOT

Maqolada O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sohasida davlat nazoratining huquqiy asoslari xalqaro tajriba bilan solishtirgan holda tahlil qilingan. Jahon Savdo Tashkilotining SPS bitimi, Yevropa Ittifoqi va AQShdagi nazorat modellari misolida xatarga asoslangan yondashuvning afzalliklari yoritiladi. Tadqiqotda O‘zbekiston nazorat tizimining institutsional fragmentatsiyasi va preskriptiv yondashuvining samaradorlikka ta’siri ko‘rsatilib, uni raqamlashtirish va yagona platforma orqali integratsiya qilish zarurligi asoslanadi. Xulosa qismida agrar sohada Risk-Based yondashuvni joriy etish, vakolatlarni uyg‘unlashtirish va xalqaro standartlarga mos huquqiy zamin yaratish bo‘yicha takliflar berilgan.

JANDULLAEVA GOZZAL NIETULLAEVNA

169-173

2025-10-31

XIZMAT KO’RSATISHDA QO’SHMA YARATUVCHANLIK: TURLI XIZMAT SOHALARIDA MIJOZNING QIYMAT YARATISHDAGI ROLI

Ushbu maqola xizmat ko‘rsatish jarayonida mijozning faol ishtirokini nazariy jihatdan o‘rganadi hamda turizm va no-turizm sohalarida qiymat yaratish  jarayonining qo‘shma (co-creation) modeli orqali tahlilini taqdim etadi. So‘nggi yillarda tajriba iqtisodiyoti (experience economy) sharoitida mijozlar endi passiv iste’molchi emas, balki xizmat sifatining faol hamyaratuvchisiga aylanmoqda. Shu nuqtai nazardan, maqolada xizmat dizayni, mijoz ishtiroki, tajriba qiymati va xizmat jarayonida hissiy hamkorlik tushunchalari nazariy asosda ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, qo‘shma yaratuvchanlik modeli nafaqat turizmda, balki sog‘liqni saqlash, ta’lim, moliya va chakana savdo kabi boshqa xizmat tarmoqlarida ham raqobat ustunligini ta’minlashda muhim omil hisoblanadi.

Adolat Sidiqxo’jayeva

121-125

2025-10-29

IJTIMOIY INKLYUZIYA VA TA’LIM INTEGRATSIYASI: O‘ZARO BOG‘LIQLIK TAHLILI

Mazkur maqolada ijtimoiy inklyuziya va ta’lim integratsiyasi tushunchalarining o‘zaro bog‘liqligi ilmiy-nazariy va amaliy asosda tahlil qilingan. Ijtimoiy inklyuziya – jamiyatdagi barcha qatlamlarning, ayniqsa imkoniyati cheklangan shaxslarning ijtimoiy hayotga jalb etilishini ta’minlashga yo‘naltirilgan jarayon bo‘lsa, ta’lim integratsiyasi esa bu jarayonning amaliy ifodasi sifatida maxsus ehtiyojli o‘quvchilarni umumiy o‘quv tizimiga qo‘shishni ko‘zda tutadi. Maqolada xalqaro va milliy tajriba misolida integratsiyalashgan ta’limning ijtimoiy inklyuziyaga ta’siri, mavjud muammolar va zamonaviy yondashuvlar keng yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda ushbu yo‘nalishning rivojlanish istiqbollari va amalga oshirish mexanizmlari haqida tavsiyalar berilgan.

Laylo Bekbo‘sinova

164-166

2025-06-16

MANFAATLAR TO‘QNASHUVI TUSHUNCHASI VA UNING HUQUQIY TABIATI

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasidagi davlat boshqaruvida manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiyaning oldini olish masalalari tahlil qilinadi. Maqolada manfaatlar to‘qnashuvi tushunchasi, uning huquqiy tabiati, xalqaro tajribalar va O‘zbekistonning amaldagi huquqiy tizimi o‘rganiladi. Bunda, korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi jamiyatda tengsizlik, o‘zaro nizolarni keltirib chiqarishi, davlat boshqaruvidagi ishonchsizlikni kuchaytirishi mumkinligi ta’kidlanadi. Shu sababli, davlat boshqaruvini shaffoflashtirish, korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish, davlat xizmatchilarining huquqiy savodxonligini oshirish, normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish zarurligi qayd etilgan. Maqolada xalqaro tajriba va amaliyotda olingan o‘rganishlar, shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiyaga qarshi kurashishda yuzaga kelgan muammolar va ularni bartaraf etish uchun takliflar keltirilgan.

Jamola Najimova , Jahongir Bokiyev

41-47

2025-03-10

##navigation.items## 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Indexing

butom

Requirements Editorial Board Politics Send the material

Til tanlash

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

##plugins.block.developedBy.blockTitle##

Ochiq jurnal tizimlari

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, st. Shirin 53, 100131


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2023 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy