Innovative Academy
  • Register
  • Login
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Journals
    • Eurasian Journal of Academic Research
    • Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences
    • Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture
    • Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences
    • Eurasian Journal of Mathematical Theory and Computer Sciences
  • New Journals
    • Central Asian Journal of Education and Innovation
    • Eurasian Journal of Technology and Innovation
    • Bulletin of pedagogs of new Uzbekistan
    • Bulletin of students of new Uzbekistan
  • Conferences
    • Science and technology in the modern world
    • Applied Sciences in the modern world: problems and solutions
    • Natural Sciences in the modern world: theoretical and practical research
    • Innovative research in the modern world: theory and practice
    • Pedagogy and psychology in the modern world: theoretical and practical research
    • Social Sciences in the modern world: theoretical and practical research
  • Announcements
    • Ilmiy maqola qanday yoziladi?
    • Questions and answers to doctoral studies
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • What is the Hirsch index and how to increase it?
    • atm

Search

Advanced filters

Search Results

QANDLI DIABETLI O'TKIR KORONAR SINDROM TASHXISLI BEMORLARDA ANTITROMBOTSITAR TERAPIY: TANLOV VA XAVFLAR

Mazkur tezisda qandli diabetli (QD) bemorlarda o'tkir koronar sindrom (OKS) paytida antitrombotsitar terapiya tanlovi va xavflari tahlil qilinadi. Qandli diabet bemorlarida trombotik voqealar xavfi yuqoriligi va antitrombotsitar terapiyaga bo‘lgan individual javob farqlari OKSni davolashda muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqot natijalari qandli diabetli bemorlarda dual antitrombotsitar terapiya (DAT) samaradorligi, xavf faktorlarini baholash, tanlov kriteriyalari va qon ketish xavfini kamaytirish strategiyalari haqida ma’lumot beradi.

Bekmurod Maxmudov, Go'zal Shamsutdinova

31-33

2025-11-11

POST-TRAVMATIK STRESS BUZILISHINING (PTSB) OLDINI OLISH VA DAVOLASH: ZAMONAVIY PSIXOTERAPIYA YONDASHUVLARI

Ushbu maqolada post-travmatik stress buzilishi (PTSB) tushunchasi, uning asosiy belgilari, shakllanish sabablari va ruhiy salomatlikka ta’siri o‘rganiladi. PTSB urush, zo‘ravonlik, falokat va ekstremal holatlardan so‘ng yuzaga keladigan psixologik buzilishdir. Maqolada ushbu buzilishning zamonaviy psixoterapevtik davolash usullari: kognitiv-behavioral terapiya, EMDR, ekspozitsion terapiya, mindfulness va farmakoterapiya metodlari tahlil qilinadi. Shuningdek, buzilishning oldini olish bo‘yicha profilaktika choralariga ham e’tibor qaratiladi.

Oybek Marahimov

97-99

2025-07-17

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR UCHUN RASM CHIZISH ORQALI ART TERAPIYA METODLARI.

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar psixologik rivojlanishida rasm chizish orqali art terapiya metodlarining o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ijodiy faoliyat, ayniqsa tasviriy san’at mashg‘ulotlari, bolalarning emotsional holatini barqarorlashtirish, stress va xavotirni kamaytirish hamda shaxslararo munosabatlarini yaxshilashda samarali vosita hisoblanadi. Rasm chizish jarayonida bola o‘z his-tuyg‘ularini ranglar va shakllar orqali ifodalaydi, bu esa ularning ichki dunyosini ochib berish bilan birga ijobiy psixologik muhitni shakllantiradi. Maqolada erkin rasm chizish, mavzuli rasm ishlash, rang terapiyasi, guruhiy ijodiy mashg‘ulotlar va fantaziya asosida chizish kabi metodlar ilmiy asoslangan holda tahlil qilinadi. Shuningdek, art terapiya vositalaridan foydalanishning pedagogik va psixologik natijalari, ularni maktabgacha ta’lim muassasalarida qo‘llashning samaradorligi haqida xulosalar berilgan

Nodira Amirova, Feruza Talipova

38-41

2025-10-13

ОНКОЛОГИК КАСАЛЛИКЛАР БИЛАН ҲАСТАЛАНГАН БЕМОРЛАРНИНГ ПСИХОЛОГИК ХУСУСИЯТЛАРИ

Ushbu maqolada onkologik tashxisning inson ruhiyatiga ko‘rsatadigan ta’siri, bemorlarda kuzatiladigan emotsional (qo‘rquv, shok, depressiya), kognitiv (katastrofik fikrlash, xotira pasayishi), shaxsiy (tana obrazining buzilishi, o‘z-o‘zini qadrlashning kamayishi) va ijtimoiy-psixologik o‘zgarishlar atroflicha yoritilib onkologik bemorlarning reabilitatsiyasida psixologik yordamning o‘rni — kognitiv-bixevioral terapiya, art-terapiya, ekzistensial terapiya, oilaviy maslahat va palliativ psixologik qo‘llab-quvvatlash kabi usullar asoslab berilgan.

Zamira Magdiyeva, Toxir Nurulloev

10-12

2025-11-20

INSULT BILAN KASALLANGAN BEMOR PSIXOLOGIYASIDAGI O’ZGARISHLAR

Ushbu maqolada insultga chalingan bemor psixologiyasi va undagi o’zgarishlar haqida gap boradi.Bu holat inson hayoti uchun xavfli bo‘lishi bilan birga, uning ruhiy salomatligiga ham chuqur ta’sir ko‘rsatadi. Maqolada insultdan keyingi psixologik o‘zgarishlar — depressiya, tashvish, apatiya va hissiy beqarorlik holatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, bemorlarning ruhiy tiklanishida psixologik reabilitatsiya, art-terapiya, kognitiv-behavioral terapiya, neyropsixologik mashqlar, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va motivatsion treninglarning ahamiyati yoritiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, insultdan keyingi ruhiy barqarorlik darajasi bemorning jismoniy tiklanish tezligi va hayot sifatini belgilovchi asosiy omillardan biridir..

Yulduzxon Narmetova , Asilbek Durdimurodov

61-64

2025-11-25

O’TMISH VA BUGUNNING INDIVIDUAL TAJRIBASI BAHOLASH HOLATLAR, TUR XIL PSIXOLOGIK YO'NALISHLARGA UNING TA’SIR

mazkur maqolada insonning o‘tmish va hozirgi hayotiy tajribalarining psixologik baholanishi, ularning shaxsiy rivojlanish va ruhiy holatga ta’siri ko‘rib chiqilgan. Har bir shaxsning xatti-harakati va qarorlariga uning ilgari boshidan kechirgan voqealari chuqur ta’sir ko‘rsatadi. Maqolada psixologiyaning turli yo‘nalishlari – psixoanalitik, kognitiv, gumanistik va bihevioristik yondashuvlar orqali individual tajribaning qanday talqin qilinishi tahlil qilingan. Bundan tashqari, zamonaviy psixoterapevtik amaliyotda o‘tmish tajribalar bilan ishlashning samarali usullari – kognitiv-behavioral terapiya, travma markazli yondashuv va narrativ terapiya haqida ham ma’lumotlar keltirilgan. Maqola shaxsiy o‘sish, o‘zini anglash va ruhiy muvozanatga erishishda o‘tmish tajribasining ahamiyatini ochib beradi.

Mubinaxon Ikromxo'jayeva

76-78

2025-08-31

OITS MUAMMOSI VA TIBBIYOT FANIDAGI INNOVATSION YECHIMLAR

OITS (Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi) hali ham global salomatlik uchun jiddiy tahdiddir. Ushbu maqolada OITSning epidemiologiyasi, asosiy muammolari va unga qarshi kurashishda tibbiyot fanida yuz berayotgan innovatsion yondashuvlar tahlil qilinadi. Ayniqsa diagnostika, dori vositalarini ilg‘or shakllari, gen-terapiya, immun modulyatsiyasi va raqamli salomatlik yechimlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot metodologiyasi sifatida adabiyot tahlili, holat tahlili va komparativ tahlil usullari qo‘llanildi. Natijalarda innovatsion yechimlar OITSga chalingan bemorlar uchun davolash samaradorligini oshirish, virus yukini kamaytirish va nojo‘ya ta’sirlarni minimallashtirish bo‘yicha istiqbollar ko‘rsatildi. Xulosa qilib aytganda, OITSga qarshi kurashda tibbiyot fanidagi yangicha texnologiyalar va multidisipliner yondashuvlar muhim rol o‘ynaydi va yaqinda ular klinik amaliyotda keng qo‘llanishi mumkin.

Muhammadyusuf Ibrohimov

81-85

2025-09-30

QAD QOMAT BUZULISHLARI BO‘LGAN BOLALARNING KOMPLEKS REABILITATSIYASIDA AN‘ANAVIY GIMNASTIKA ELEMENTLARINI QO‘LLASH VA SAMARADORLIGINI BAHOLASH

Bolalarda qad qomat buzilishlari (skolioz, kifoz, lordoz, holat buzilishlari) so‘nggi yillarda jiddiy ortib bormoqda. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, maktab yoshidagi bolalarning 25–30%ida turli darajadagi holat buzilishlari uchraydi. Sedentar turmush tarzi, noto‘g‘ri o‘tirish odatlari, mushak disbalansi va kamharakatlik ushbu muammolarning asosiy omillari hisoblanadi. An’anaviy gimnastika usullari (cho‘zilish, nafas mashqlari, statik-dinamik holatni tuzatish mashqlari) ortopedik reabilitatsiyada keng qo‘llanilib, mushaklar tonusini normallashtirish, umurtqa pog‘onasining biomekanikasini tiklash va bolalarning umumiy jismoniy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi bilan ajralib turadi. Shuning uchun an’anaviy gimnastikaning kompleks reabilitatsiya tizimidagi samaradorligini baholash dolzarb hisoblanadi.

D.G. Quziboyeva, D.K. Tulyaganova

30-31

2025-12-08

STRESSNI BOSHQARISH

Ushbu maqola stressni boshqarishning turli usullarini o'rganadi va ular orqali stressning salbiy ta'sirini kamaytirish yo'llarini ko'rsatadi. Stress – zamonaviy hayotda keng tarqalgan va insonlar ruhiy va jismoniy salomatligiga ta'sir qiluvchi omildir. Maqolada jismoniy mashqlar, nafas olish texnikalari, meditatsiya, ijtimoiy qo'llab-quvvatlash va vaqtni boshqarish kabi stressni kamaytirishning samarali metodlari yoritiladi. Shuningdek, psixologik yondashuvlar, masalan, kognitiv-behavioral terapiya (CBT), stressni boshqarishda qanday yordam berishi haqida ham ma'lumotlar berilgan. Maqola stressni boshqarishning muhimligini tushuntirib, sog'lom hayot tarzini yaratishda ushbu usullarni qanday qo'llashni ko'rsatadi.

Dilnoza Baratullayeva , Madinabonu Saidqulova

49-51

2025-05-07

PSORIAZ KASALLIGINING KELIB CHIQISHI VA UNING DAVOLASH YO‘LLARI

Ushbu maqolada psoriaz kasalligining kelib chiqishi va davolash usullari haqida so‘z yuritiladi. Maqolada, shuningdek, psoriazning davolash usullari ham ko‘rib chiqiladi. Bugungi kunda psoriazni davolashda turli usullar qo‘llaniladi: topikal davolash, fototerapiya, sistematik davolash va biologik terapiyalar. Har bir usulning samaradorligi bemorning kasallikning og‘irligiga, individual xususiyatlariga va bemorning umumiy holatiga qarab farq qiladi. Kasallikni samarali boshqarish uchun individual yondashuv va kompleks davolash zarur. Bu maqolada psoriaz kasalligi haqida umumiy ma’lumotlar va davolash usullari tahlil qilinadi. Psoriaz - surunkali va yallig‘lanishli teri kasalligi bo‘lib, asosan teri hujayralarining tezroq yangilanishi bilan namoyon bo‘ladi. Uning kelib chiqish sabablari hali to‘liq aniqlanmagan bo‘lsa-da, genetik, immunologik va atrof-muhit omillari uning rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Psoriazning davolash usullari zamonaviy tibbiyotda turli xil terapiya va dori-darmonlar orqali amalga oshiriladi, shuningdek, bemorning turmush tarzini o‘zgartirish ham muhim ahamiyatga ega.

RA’NOGUL CHORIYEVA , S. SH. BOYQOBILOV

77-80

2025-01-27

ARTERIAL GIPERTENZIYA SINDROMIGA EGA TIZIMLI QIZIL BO‘RICHA BILAN OG‘RIGAN BEMORLARDA SUTKALIK QON BOSIMI MONITORINGINING XUSUSIYATLARI

Arterial gipertenziya (AG) sindromiga ega bo‘lgan tizimli qizil bo‘richa (TQB) bilan og‘rigan bemorlarda arterial bosimning (AB) sutkalik monitoringi asosida sutkalik qon bosimi monitoringining o‘ziga xosliklarini o‘rganish.   

Muxlisa Xidoyatova , Doston Kurakboyev

15-16

2025-11-10

EKSTREMAL VAZIYATLARDA INSON PSIXIKASINING BARQARORLIGI: ZAMONAVIY PSIXOLOGIK YONDASHUVLAR

Ushbu maqolada ekstremal vaziyatlarda (urush, tabiiy ofatlar, pandemiyalar va boshqa favqulodda holatlar) inson psixikasining barqarorligi masalasi o‘rganiladi. Bugungi kunda dunyo miqyosida stress omillarining ortib borayotgani sharoitida psixologik chidamlilik va moslashuvchanlik muhim ahamiyat kasb etmoqda. Maqolada psixik barqarorlik tushunchasi, unga ta’sir etuvchi omillar va zamonaviy psixologik yondashuvlar (kognitiv-behavioral terapiya, mindfulness, resilensiya modeli) ilmiy asosda tahlil qilinadi. Bundan tashqari, amaliy misollar orqali ekstremal vaziyatlarda ruhiy holatni boshqarish usullari ochib beriladi.

Oybek Marahimov

94-96

2025-07-17

SEMIZLIK FONIDA YURAK ISHEMIK KASALLIGINING KLINIK, FUNKSIONAL VA GENETIK PREDIKTORLARI

Semizlik (obezitas) yurak-qon tomir kasalliklarining, xususan yurak ishemik kasalligining (YIK) asosiy risk omillaridan biri hisoblanadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, global semizlik prevalensi 2024-yilda 650 million kattalarda aniqlangan. Semizlik faqat lipid va glyukoza almashinuvini o‘zgartirmaydi, balki surunkali yallig‘lanish va endotel disfunksiyasi orqali YIK rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga, genetik faktlar (masalan, lipid metabolizmi va insulin sezuvchanligini tartibga soluvchi polimorfizmlar) semizlik va YIK o‘rtasidagi bog‘liqlikni kuchaytiradi.

G.O. Tilepbaeva, S.K. Nuritdinova

29

2025-12-08

BOLALARDA STRESSNI KAMAYTIRISHDA ART TERAPIYANING AHAMIYATI

Mazkur maqolada bolalarda stressni kamaytirishda art terapiyaning ahamiyati tahlil qilingan. Bolalarda stressning kelib chiqish sabablari oilaviy, ta’limiy va ijtimoiy omillar bilan bog‘liq ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan. Art terapiya usullari – rasm chizish, loydan buyum yasash, qo‘g‘irchoq terapiyasi va ranglar bilan ishlash orqali bolalarning ichki dunyosini ifodalash, salbiy emotsiyalarni chiqarish va ruhiy barqarorlikni ta’minlashdagi roli yoritilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, art terapiya bolalarda stressni kamaytirishning samarali usullaridan biri bo‘lib, ularning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish, ijtimoiy muhitga moslashuvini yengillashtirish hamda psixologik salomatligini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi..

Nodira Amirova , Feruza Talipova

44-46

2025-10-13

EMOTSIONAL ZO‘RIQISHLARNI KAMAYTIRUVCHI YONDASHUVLAR

Mazkur maqolada emotsional zo‘riqish (stress) tushunchasi va uni kamaytirish yo‘llari tahlil qilinadi. Emotsional zo‘riqish inson salomatligiga, ruhiy holatiga va kundalik faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli, uni oldini olish va yengillashtirish bo‘yicha samarali yondashuvlarni o‘rganish bugungi kunda muhim hisoblanadi. Maqolada kognitiv-behavioral terapiya, mindfulness, psixologik moslashuv (rezilyentlik), ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faollik kabi yondashuvlar ilmiy manbalar asosida bayon qilinadi. Har bir yondashuvning afzalliklari va amaliy qo‘llanilish imkoniyatlari muhokama qilinadi.

Dilraboxon Jalalova

30-32

2025-05-06

OITS BILAN KASALLANGAN AYOLLARDA HOMLADORLIKNING KLINIK XUSUSIYATLARI

Mazkur tezisda OITS bilan kasallangan ayollarda homiladorlikning klinik xususiyatlari yoritilgan. Unda immun tizimining susayishi, homiladorlik davrida opportunistik infeksiyalarning kuchayishi, tug‘ruq va homilaga yuqish xavfi tahlil qilingan. Shuningdek, antiretrovirus terapiya qo‘llash va tug‘ruqni to‘g‘ri tashkil etishning ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan.

Madina Avazbekova

147-148

2025-09-29

GINEKOLOGIK XIRURGIYA AMALIYOTLARIDA QIN MIKROBIOTASINING DISBIOZI VA POSTOPERATSION INFEKSIYA XAVFI

Ginekologik xirurgiya amaliyotlarining muvaffaqiyati nafaqat operativ texnika va jarroh mahoratiga, balki bemorning biologik muhitiga, xususan, qin mikrobiotasining holatiga ham bevosita bog‘liqdir. Qin mikrobiotasi ayol reproduktiv tizimining muhim himoya mexanizmlaridan biri bo‘lib, uning muvozanatli holati patogen mikroorganizmlarning ko‘payishini cheklaydi va mahalliy immunitetni qo‘llab-quvvatlaydi. Disbioz holatlarida esa laktobatsillarning kamayishi, anaerob va shartli-patogen mikrofloraning ustunlashuvi natijasida to‘qimalarning infeksiyaga sezuvchanligi ortadi. Ushbu maqolada ginekologik xirurgiya amaliyotlari fonida qin mikrobiotasining disbiozi rivojlanish mexanizmlari, uning postopertsion infeksiyalar – endometrit, jarrohlik yarasi infeksiyasi, tos a’zolarining yallig‘lanish kasalliklari kabi asoratlar bilan bog‘liqligi chuqur tahlil qilinadi. Shuningdek, operatsiyadan oldingi va keyingi davrda mikrobiologik skrining, profilaktik antibakterial terapiya va probiotik yondashuvlarning ilmiy asoslari muhokama qilinadi. Tadqiqot natijalari ginekologik xirurgiyada infeksion asoratlarni kamaytirish va bemorlar reabilitatsiyasini yaxshilashga qaratilgan kompleks yondashuvlarning dolzarbligini ko‘rsatadi.

Muhlisa Numonjonova, Madina Uzoqova , Dilnozaxon Dolimova

22-25

2026-01-05

TIZIMLI QIZIL BO‘RICHA BILAN OG‘RIGAN BEMORLARDA SINXRON INTENSIV TERAPIYANING TA’SIRI

Sinxron intensiv terapiyaning (SIT) tizimli qizil bo‘richaning rivojiga ta’sirini baholash.

Muxlisa Xidoyatova, Doston Kurakboyev

37-38

2025-11-10

KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O'QUVCHILARDA ART TERAPIYA ORQALI TASAVVUR VA IJODKORLIKNI RIVOJLANTIRISHNING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Hozirgi davrda yuksak qobiliyatli mutaxassislarni tayyorlashga nisbatan talab kun sayin ortib bormoqda. Maqolada turli yosh chegarasidagi o’quvchilarning aqliy faoliyati va san’atga bo’lghan qiziqishlarini rivojlantirish va ijodiy intelekini art terapiya orqali rivojlantirish masalasida so’z yuritilgan

Akmal Mardonovich Nazarov , Muhayyo Karimovna Muxamedova

62-64

2022-03-14

VITILIGO DAVOSIDA PSIXOLOGIK YONDASHUVNING ROLI

Mazkur tezisda vitiligo davosida psixologik yondashuvning ro`li mavzusida gam yuritiladi. Vitiligo - bu pigmentatsiya buzilishi bo'lib, u insonning psixologik holatiga jiddiy ta'sir ko'rsatadi. Ushbu kasallik nafaqat jismoniy balki ruhiy tushkunlik, o'ziga bo'lgan ishonchning pasayishi va ijtimoiy izolyatsiyaga sabab bo'lishi mumkin. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, vitiligoni davolashda psixologik yondashuv muhim rol o'ynaydi. Ushbu maqolada vitiligo bilan kasallangan shaxslarning psixologik holatini yaxshilash usullari, stress va depressiya bilan kurashish metodlari, shuningdek, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning ahamiyati ilmiy asosda tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida kognitiv-bihevioral terapiya, stressni boshqarish texnikalari va psixo-ta'lim metodlari vitiligo kasalligini yengishda samarali bo‘lishi mumkinligi ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, bemorlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish va jamiyatdagi stigmatizatsiyani kamaytirish muhim omil ekanligi asoslab beriladi.

Sitora Abdujabborova, Humoyun Kuchkarov , Jasur Umarov

49-50

2025-02-20

INQIROZLI OILAGA PSIXOLOGIK KO'MAK BERISH YO'LLARI

Ushbu maqolada inqirozli oilalarga psixologik ko‘mak berishning samarali yo‘llari yoritilgan. Oilaviy inqiroz sabablari, psixologik belgilar va ularni bartaraf etish strategiyalari haqida aniq ma'lumotlar beriladi. Muallif psixologik suhbat, oilaviy terapiya, stressni boshqarish va resurslarni aniqlash texnikalariga e'tibor qaratadi. Maqola real hayotiy misollar asosida inqirozli vaziyatlarda qanday yondashuvlar natija berishini ko‘rsatib beradi va amaliy tavsiyalar bilan boyitilgan. Material psixologlar, ijtimoiy ishchilar hamda oilaviy muammolarni chuqurroq tushunishni istaganlar uchun mo‘ljallangan.

Salimjon Maxmudov , Shaxnoza Ataboyeva

142-145

2025-04-30

SILIKOZ PATOGENEZIDA KREMNIY DIOKSIDI VA YALLIGʻLANISH MEDIATORLARINING OʻRNI

Pnevmokoniozning bir turi hisoblangan silikozning etiologik omili kremniy dioksididir. Oʻpka silikozining rivojlanishi oʻziga xos jarayon boʻlib, unda alveolyar makrofaglar tomonidan kremniy dioksidi zarralarini yutish va ularning chiqarilishi yalligʻlanishni, tugunli shikastlanishlar va qaytarilmas fibrozni keltirib chiqaradi. Silikozning patofiziologiyasi murakkab boʻlib, patogen mexanizmlar oʻrtasidagi oʻzaro ta’sir toʻliq oʻrganilmagan.  Ushbu maqola silikozning patofiziologiyasi boʻyicha yangi ma’lumotlarni koʻrib chiqadi.

Alisher Najmiddinov , Noila Ibragimova, Gulshan Muxitdinova

63-77

2023-12-15

YURAK ISHEMIK KASALLIGI, SURUNKALI BUYRAK YETISHMOVCHILIGI VA 2 TIP QANDLI DIABET BILAN OG‘RIGAN BEMORLARNING HAYOT SIFATI XUSUSIYATLARINI O‘RGANISH

Yurak ishemik kasalligi (YIK), surunkali buyrak yetishmovchiligi (SBY) va 2-tip qandli diabet (2TQD) global sog‘liqni saqlash uchun eng jiddiy muammolardan biri bo‘lib, ular nafaqat o‘lim va nogironlikka olib keladi, balki bemorlarning hayot sifatini keskin pasaytiradi. 2021-yilda YIK bilan 254 milliondan ortiq kishi, SBY bilan 670 milliondan oshiq kishi, 2TQD esa 589 million kattalarda aniqlangan. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bu kasalliklarning birgalikda uchrashi bemorlarning jismoniy, ruhiy va ijtimoiy faoliyatini sezilarli darajada pasaytiradi. Shu bilan birga, O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mintaqasida YIK, SBY va 2TQD bilan og‘rigan bemorlarning hayot sifatini kompleks baholash bo‘yicha yetarli tadqiqotlar mavjud emas.

G.B. Shoymurodova, S.K. Nuritdinova

27-28

2025-12-05

MAKTABGACHA YOSHDAGI NUTQI TO’LIQ RIVOJLANMAGAN BOLALAR NUTQINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Nutqiy aloqa jarayonida kishilar fikr almashadilar va bir - birlariga ta’sir koʻratadilar. Nutqiy aloqa til orqali amalga oshiriladi, til bu fonetik, leksik va grammatik vositalar tizimidir. Ushbu maqolada nutqi to’liq rivojlanmagan bolalar nuqsonining klinik ko’rinishlari, nuqson turiga qarab korreksion ish jarayonini tashkil etish yoritilgan. 

Muborak Xamidova , Madina Usarova

30-33

2025-02-11

SURUNKALI GEPATITLAR: DIAGNOSTIKA, DAVOLASH VA PROFILAKTIKA

Surunkali gepatit jigar to‘qimasining olti oy va undan ko‘p davom etadigan doimiy yallig‘lanishi bilan tavsiflangan progresiv kasallikdir. U turli virusli infeksiyalar, autoimmun kasalliklar, metabolik buzilishlar yoki jigar to‘qimasiga zarar yetkazuvchi moddalar bilan uzoq muddatli ta’sir natijasida yuzaga kelishi mumkin. Surunkali gepatit ko‘pincha dastlab belgilanmaydi, bu esa erta tashxisni qiyinlashtiradi. Davolanmasa, kasallik jigar fibroziga, sirrozga yoki gepatosellyulyar karsinomaga o‘tishi mumkin, bu esa dunyo bo‘yicha bemorlik va o‘lim ko‘rsatkichlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu maqola kasallikni aniqlash usullari, jumladan serologik testlar, jigar funktsional testlari, tasvirlash texnologiyalari va jigar biopsiyasini ko‘rib chiqadi, bu esa kasallik bosqichini aniqlash va davolash strategiyasini belgilashga yordam beradi. Davolash gepatit turiga va kasallik og‘irligiga qarab farqlanadi: antiviral terapiya, immunomodulyator vositalar, hayot tarzi o‘zgarishlari va asoratlarni boshqarish muhim o‘rin tutadi. Profilaktik chora-tadbirlar, jumladan emlash, xavfsiz in’ektsiya amaliyotlari va jamoatchilik salomatligi dasturlari, kasallik yuzaga kelishini va yukini kamaytirishda muhimdir. Erta tashxis, individual davolash va keng qamrovli profilaktika surunkali gepatitda klinik natijalarni yaxshilash va bemorlarning hayot sifatini oshirish uchun zarurdir.

Alisher Davlatov

80-82

2026-01-26

1 - 25 of 126 items 1 2 3 4 5 6 > >> 

Indexing

butom

Requirements Editorial Board Politics Send the material

Language

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Developed By

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, st. Shirin 53, 100131


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2023 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy