Ma’lumki, og`zaki so`zlashuv nutqidan tortib yozma matnlargacha gender jihatdan farqlanadi. Matnlar tuzilishi tekshirilganda, ayollar va erkaklar nutqining fonetik, leksik-frazeologik, grammatik, stilistik va boshqa turdagi farqlari yaqqol ko`zga tashlanadi. Ayollar va erkaklar nutqida fonetik xususiyatlar ham farqlanadi. Muloqotning jins jihatidan xoslanishi muhim ahamiyat kasb etib, sotsiolingvistikaning о`rganish muammolaridan biri sanaladi. Murojaat shakllarini jins jihatidan tahlil qilganda, erkak va ayol kishilarning nutqida qо`llaniladigan murojaat shakllari hamda erkak va ayol kishiga nisbatan qо`llaniladigan murojaat shakllari tarzida tahlil qilish lozim. O`zbek tili va uning shevalariga mansub iboralar ham jins kо`rsatish xususiyatiga ega. Chunki о`zbek tilida iboralar ayollar nutqida yoki erkaklar nutqida ishlatilish ko`lami jihatidan ham farqlanib turadi.