We are pleased to inform you that the Research Support Center "Innovative Academy" has organized the Republican Conference "Science and Innovation". This is a national online conference with open access, where review abstracts related to various fields are published. The main goal is to offer an intellectual platform for national scientists, and it aims to promote interdisciplinary research.

Published: 2025-10-27

HISSIY INTELLEKT VA OILAVIY ZO‘RAVONLIK: BOLANING SHAXSIY RIVOJLANISHIGA KOMPLEKS TA’SIRI

Maqolada oila instituti bolani tarbiyalashning asosiy omili sifatida ko‘rib chiqiladi. Oilaviy zo‘ravonlik hamda ota onadagi hissiy intellektning bolaning shaxs sifatida kamol topishiga ta’sirini ochib beradi.

Feruza Abdumuradova

4-7

2025-10-27

НОДАВЛАТ НОТИЖОРАТ ТАШКИЛОТЛАРИНИ ФАОЛЛИГИНИ ОШИРИШ ЙЎНАЛИШЛАРИ

Ушбу мақолада нодавлат нотижорат ташкилотларини бошқариш, уларни жамиятдаги аҳамиятини ошириш масалалари таҳлил қилиган ва таклифлар берилган.

Гулсум Хусанова

8-12

2025-10-27

IKROM OTAMUROD IJODIDA LIRIK KECHINMA VA SUKUT JANRI

Mazkur maqolada zamonaviy o‘zbek she’riyatining yorqin vakili Ikrom Otamurod ijodida lirik kechinma va sukut janrining o‘ziga xos poetik talqini tahlil etilgan. Shoir asarlarida lirik kechinma inson ruhiyatining nozik, ichki qatlamlarini ochib beruvchi badiiy vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Ayniqsa, sukut holati — so‘z aytilmagan, ammo his etilgan tuyg‘ular orqali ifoda etilgan ruhiy kechinma shakli sifatida shoir poetikasining markazida turadi. Maqolada Ikrom Otamurodning she’rlarida sukutning semantik, estetik va falsafiy ma’nolari, shuningdek, bu uslub orqali milliy ruh va zamonaviy inson tafakkurining uyg‘un ifodasi yoritilgan. Tadqiqot natijalari shoir lirikasida so‘z va sukunat, kechinma va ifoda o‘rtasidagi murakkab estetik munosabatni ochib beradi.

Zarnigorxon Mavlonova

13-16

2025-10-27

O‘QUVCHILARDA MATEMATIKA FANIGA IJOBIY MUNOSABATNI SHAKLLANTIRISH

Ushbu maqolada o‘quvchilarda matematika faniga ijobiy munosabatni shakllantirishning nazariy va amaliy asoslari tahlil qilinadi. Matematika o‘quvchilarda mantiqiy fikrlash, tahlil qilish va muammolarni hal etish qobiliyatini rivojlantiruvchi fan sifatida muhim o‘rin tutadi. Maqolada o‘qituvchining pedagogik yondashuvi, motivatsiya usullari, darsda qo‘llaniladigan zamonaviy texnologiyalar hamda ta’lim muhitining psixologik omillari o‘quvchilarda matematika faniga ijobiy munosabatni shakllantirishda hal qiluvchi omillar sifatida ko‘rib chiqilgan.

Sarbinaz Dauletmuratova

17-18

2025-10-27

ПРЕИМУЩЕСТВА И ПРОБЛЕМЫ АРХИТЕКТУРНОГО ПРОЕКТИРОВАНИЯ НА ОСНОВЕ СОВРЕМЕННЫХ BIM-ТЕХНОЛОГИЙ В ЦИФРОВОЙ АРХИТЕКТУРЕ

В этой статье, посвященной современному цифровому архитектурному направлению в широком смысле, широко используются теоретические и практические аспекты применения технологии BIM (Building Information Modeling). Проведен научный анализ важности, эффективности, экономической выгоды и возможностей одностороннего сотрудничества в процессах проектирования, строительства и эксплуатации. В связи с этим, в нашей стране в настоящее время активно рассматриваются актуальные проблемы, технические недостатки инфраструктуры и вопросы подготовки персонала.

Акобир Кельматов

19-21

2025-10-27

QОN TОMIRLАRNI RENTGEN USKUNАSIDА АNIQLАSHDА РАRАLLEL HISОBLАSH АLGОRITMLАRINI УАRАTISH

Rentgenоgrаfiуа vа аngiоgrаfiуаdа qоn tоmirlаrni (vessellаrni) аvtоmаtik аjrаtish (segmentаtsiуа) shifоkоr qаrоrini qо‘llаb-quvvаtlаsh tizimlаrining аsоsiу kоmроnentidir. уuqоri аniqlikdаgi tаsvirlаrdа рiksellаr sоni kаttа bо‘lgаnligi sаbаbli (mаsаlаn, 2048×2048 vа undаn уuqоri), ketmа-ket qауtа ishlаsh reаl vаqtgа уаqin ishlаshgа tо‘sqinlik qilаdi. Shu bоis, kо‘р уаdrоli срU, GрU vа klаster аsоsidаgi раrаllel hisоblаsh аlgоritmlаrini ishlаb сhiqish dоlzаrb mаsаlаdir.

Аbbоsjоn Tо’усhibоуev

22-24

2025-10-27

РАЗВИТИЕ ТУРИСТИЧЕСКОЙ ПРИВЛЕКАТЕЛЬНОСТИ РЕГИОНА НА ОСНОВЕ КРЕАТИВНОЙ ЭКОНОМИКИ (НА ПРИМЕРЕ КАРАКАЛПАКСТАНА)

Исследования показывают, что регионы с диверсифицированными кластерами креативной индустрии более эффективно привлекают туристический сектор, а также существует эмпирическое подтверждение того, что такие регионы в меньшей степени зависят от традиционных источников дохода, таких как сфера услуг и гостиничный бизнес. В данном исследовании основное внимание уделяется организационным механизмам, а также анализируется взаимосвязь между развитием креативной индустрии и привлекательностью туризма в Республике Каракалпакстан. В работе демонстрируется, как креативная экономика способствует устойчивому росту региона, посредством сравнительного анализа следующих структурных факторов: экономической среды, институциональной базы, творческого человеческого капитала, инновационной экосистемы и предпринимательской инфраструктуры. Для подтверждения нашей эмпирической модели мы соотносим региональные туристические показатели, используя регрессионный анализ по таким параметрам, как занятость, инвестиции, цепочка создания культурной ценности и система креативного производства, и их вклад в интегрированную экономическую структуру.

Камилла Хошимова

25-30

2025-10-27

BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI MAHALLIY TARIXIY MATERIALLAR VOSITASIDA VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASH

Yurtimizda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy sohada, ta’lim yo‘nalishdagi islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad- xalqimizning ma’naviy yuksalishiga zamin hozirlash, xususan, yoshlarni insonparvarlik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, axloqiy-estetik jihatdan barkamol insonlar bo‘lib etishishlarining ilmiy asoslangan tarbiyaviy tizimini ishlab chiqishdan iborat bo‘lib qolmoqda. Tariximiz shuni isbotlaganki, davlat va jamiyatning barqarorligi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, harbiy, madaniy, axloqiy, maishiy, texnologik, axborot kabi omillarning o‘zaro aloqasiga bog‘liq, bu, birinchi galda, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-axloqiy muammolarini echish va maqsad sari yo‘naltirishga qaratilgan bo‘lishi lozim. Mazkur tizimning shakllanishi ikkilamchi dialektik jarayon bo‘lib, unda murakkablik, kengqamrovlilik va ziddiyat kabi qonuniyatlar o‘z ifodasini topgan.

Raxat Kosbergenov

31-32

2025-10-27

5-6 YOSHDAGI BOLALARDA BADIIY ASARLAR VOSITASIDA MILLIY TUYGʻULARNI SHAKLLANTIRISH

Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi, xususan 5–6 yoshli bolalarda badiiy asarlar orqali milliy tuygʻularni shakllantirish masalalari yoritilgan. Unda badiiy adabiyotning bola dunyoqarashi, maʼnaviy-axloqiy fazilatlari va milliy o‘zlikni anglash jarayonidagi oʻrni tahlil etilgan. Shuningdek, xalq ogʻzaki ijodi, ertaklar, sheʼrlar, hikoyalar va zamonaviy bolalar adabiyotining tarbiyaviy ahamiyati hamda pedagogning ushbu jarayondagi roli haqida soʻz yuritilgan. Maqola maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglariga, tarbiyachilarga va ota-onalarga amaliy tavsiyalarni taqdim etadi.

Sitora Otaqulova

33-38

2025-10-27

HAJVIY MATNDA INVERSIYA VA PARALLELIZMNING USLUBIY VAZIFASI

Mazkur tezisda hajviy matnlarda qo‘llaniladigan sintaktik vositalar inversiya va parallelizmning badiiy-uslubiy funksiyalari tahlil qilinadi. Inversiya va parallelizm hajviylikning sintaktik asoslarini belgilovchi vosita sifatida matnning kulgili, kinoyaviy, istehzoli ohangini kuchaytiradi, muallifning estetik maqsadini ifoda etishga xizmat qiladi.

Yulduz Bahriddinova

39-40

2025-10-27

CODE-SWITCHING IN DIGITAL COMMUNICATION: A SOCIOLINGUISTIC PERSPECTIVE ON ONLINE IDENTITY AND LANGUAGE CHOICE

the era of globalization, multilingualism has become a defining feature of human communication. The phenomenon of code-switching—alternating between two or more languages within a single conversation or discourse—has gained new dimensions in the context of digital communication. Social media, online chats, and messaging platforms have not only made code-switching more visible but also turned it into a marker of identity, social belonging, and cultural awareness (Myers-Scotton, 1993). This paper explores the sociolinguistic causes of code-switching in digital spaces and how language choice reflects users’ online identities and communicative intentions.

Mamadaliyeva Dilbaroy Muhammad Vali qizi

41-42

2025-10-28

USMON AZIMNING POETIK MAHORATI

Mazkur tezisda zamonaviy o’zbek she’riyatining yirik vakillaridan biri – Usmon Azimning poetik mahorati tahlil qilinadi. Adibning o’ziga xos poetik olami, ramz va badiiy vositalardan foydalanish uslubi, she’rlardagi falsafiylik, erkin fikrlash va modernistik qarashlar yoritib beriladi. Uning she’riy nutqidagi ma’no qatlamlari, obrazlar tizimi va estetik qarashari asosida zamonaviy o’zbek adabiyotidagi o’rni aniqlanadi. Tadqiqot  davomida  Usmon  Azimning ayrim mashhur she’rlari poetik jihatdan tahlil qilinib, ularning badiiy-estetik ahamiyati ochib beriladi.

Toʼlgʻanoy Ravshanova

43-45

2025-10-28

BALIQCHI TUMANIDA YENGIL AVTOMOBILLAR UCHUN SOVUTISH TIZIMIGA TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISHNI PO’STINI LOYIHALASH

Ushbu maqolada Baliqchi tumanida yengil avtomobillar uchun sovutish tizimiga texnik xizmat ko‘rsatish postini loyihalash masalalari yoritilgan. Avtomobillarda sovutish tizimi dvigatelning samarali ishlashini ta’minlashda muhim bo‘g‘in hisoblanadi. Maqolada mavjud xizmat ko‘rsatish sharoitlari tahlil qilingan, hududiy ehtiyojlar o‘rganilgan hamda samarali texnik xizmat ko‘rsatish postini tashkil etish bo‘yicha takliflar berilgan.

Mirzohid Xolmamatov , V. Jo’rayev

46-49

2025-10-28

O‘ZBEKISTON YOSHLARINING LIDERLIGINI OSHIRISH: MA’RIFATLI JAMIYATGA YO‘L

Ushbu maqolada yoshlarning liderligini oshirish ma’rifatli jamiyatga yo‘l ekanligi hamda shu jarayonda yoshlarning o‘rni va ijtimoiy mas’uliyati tahlil qilinadi. Maqolada yoshlar faoliyatining ijtimoiy, ma’naviy va huquqiy jihatlari, xalqaro tajribalar hamda O‘zbekiston sharoitida ularni amalga oshirish mexanizmlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, Koreya, Germaniya, Singapur, Turkiya, AQSh va Yaponiya kabi mamlakatlar tajribasi bilan qiyosiy tahlil o‘tkazilib, natijada yoshlarning liderlik salohiyatini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Begoyim Varisova

50-52

2025-10-28

PEDAGOGIK JARAYONDA FORMATIF BAHOLASHNING MILLIY TA’LIM TIZIMIGA MOSLASHTIRISH MUAMMOLARI

Tezisda pedagogik jarayon doirasida formatif baholashni milliy ta’lim tizimiga moslashtirish jarayonidagi ilmiy va amaliy muammolar tahlil qilinadi. Mazkur tadqiqotda formatif baholashning nazariy asoslari, xalqaro tajribalar va milliy ta’lim tizimining o‘ziga xosligi bilan uyg‘unlashuvi masalalari o‘rganiladi. Shuningdek, tezisda o‘qituvchilar va talabalar tajribasi orqali formatif baholash metodologiyasining samaradorligi, uning milliy ta’lim kontekstiga moslashuvi, pedagogik jarayonda yuzaga keladigan cheklovlar va ularni bartaraf etish strategiyalari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari pedagogik amaliyot va ta’lim siyosatini rivojlantirishga amaliy tavsiyalar sifatida taqdim etiladi.

Sobitjon Xalimov

53-57

2025-10-28

ADABIYOT DARSLARIDA O‘QISH SAVODXONLIGI KO‘NIKMASINI O‘QUVCHILARDA SHAKLLANTIRISH HAYOTIY ZARURAT SIFATIDA

Ushbu tezisda adabiyot darslarida o‘qish savodxonligi ko‘nikmasini shakllantirish hayotiy zarurat ekanligi va ushbu ko‘nikmani shakllantirish uchun pedagoglarimiz ko‘proq nimalarga e’tibor berishlari kerakligi haqida ma’lumot berilgan.

Dilfuza Shamsiyeva

58-60

2025-10-28

INTELLEKTUAL MULK SOHASIDAGI NIZOLARNI MUQOBIL HAL ETISHNI USULLARINING INSTITUTLASHUV: O'ZBEKISTON VA XORIJIY DAVLATLAR TAJRIBASI

Zamonaviy dunyoda intellektual mulk nizolarni muqobil hal etish usullari muhim ahamiyatga ega hisoblanib intellektual mulk huquqi innovatsion rivojlanish va iqtisodiy o'sish muhim omil sifatida tan olanadi. Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish va ular bilan bog'liq nizolarni samarali hal etish mexanizmlari har qanday davlat innovatsion boshqaruvini belgilov omil hisoblanadi. Ushbu mavzuni tahlil qilish davomida institutsiyalashuvi tushunchasiga tarafib berish o’rinili hisoblandi. intellektual mulk sohasidagi nizolarni muqobil hal etishning institutsiyalashuvi deganda, tegishli intellektual mulk obyekti ustida tuzilgan shartnoma predmetidan kelib chiqib, nizolarni muqobil hal etishning vositachilik, muzokara, mediatsiya yoki arbitraj usullaridan birini tomonlarning ixtiyoriy tanlovi asosida hal etish tushuniladi. Ya`ni, nizolarni muqobil hal etishning institutsiyalashuvi bu – nizo predmetini qaysi institutda (mediatsiya instituti, arbitraj instituti, muzokara instituti) hal qilishga aytiladi. Shu kunlarda ADR tizimi mahalliy va xalqaro nizolarda ommaviy va xususiy ravishda qo’llanilmoqda.

Sardorbek Toshmatov

61-68

2025-10-28

BUXORODA NAQSHBANDIYLIK TARIQATI VA UNING YOYILISHI

Xalqimizning butun o‘tmish tarixi hamda madaniy-ma’naviy merosi kabi uning ajralmas qismi bo‘lgan tasavvufni tom ma’noda keng, chuqur va xolisona o‘rganish ham asosan mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan so‘ng boshlandi. O‘tgan davrda tasavvuf ta’limoti va tariqatlarining Hakim Termiziy (820-932), Xoja Ahmad Yassaviy (vaf. 1166), Xoja Abduxoliq G‘ijduvoniy (1103-1179), Najmiddin Kubro (1145-1221), Bahouddin Naqshband (1318-1389), Xoja Ahror Valiy (1404-1490) kabi yirik namoyandalari merosi to‘g‘risida anchagina tadqiqotlar amalga oshirildi. E’tirof etish lozimki, o‘tmish merosimizni o‘rganish va keng targ‘ib etishda doimo davlatning bu sohaga bergan e’tibori muhim o‘rin tutib kelgan. Mamlakatimiz tarixiy taraqqiyotining «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi» asosida boshlangan yangi bosqichida bunday e’tiborning yanada kuchaygani kuzatilmoqda.

Azimjon Yakubov

69-73

2025-10-28

EHTIMOLLAR NAZARIYASINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASHNING SAMARADORLIGI

Mazkur maqolada ehtimollar nazariyasini o‘qitish jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llashning samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi – ehtimollar nazariyasini o‘qitishda talabalarning tushunchaviy fikrlashini rivojlantirish, ularni amaliy muammolarni yechishga yo‘naltiruvchi interaktiv metodlardan foydalanish orqali ta’lim sifatini oshirishdan iborat. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, kompyuter modellashtirish, vizualizatsiya va loyiha asosida o‘qitish talabalarning matematik tafakkurini shakllantirishda samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi.

Sh.I. Iminova, D.R. Mirzaarapova

74-75

2025-10-28

MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEKISTONNING XITOY BILAN MUNOSABATLARI

Ushbu maqola Oʻzbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida (1991–2025 yillar) Xitoy Xalq Respublikasi bilan ikki tomonlama munosabatlarining rivojlanishini chuqur tahlil etadi. Maqolada siyosiy dialog, iqtisodiy hamkorlik, savdo-iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar, xavfsizlik masalalari va madaniy-gumanitar almashinuvlarning amaliy, tahliliy va qiyosiy jihatlari keng yoritilgan. Mustaqillikning dastlabki davrida munosabatlarning shakllanishi, 2000-yillarda strategik sheriklikka oʻtishi va soʻnggi yillarda (2020–2025 yillar) «Bir kamar, bir yoʻl» tashabbusi doirasidagi dinamik oʻsishga alohida eʼtibor qaratilgan. Tahlilda Oʻzbekistonning Markaziy Osiyodagi geosiyosiy oʻrni, Xitoyning global taʼsirini hisobga olgan holda, munosabatlarning ijobiy va salbiy tomonlari qiyoslangan. Natijada, ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlikning kelajakdagi istiqbollari va global oʻzgarishlar sharoitida yangi imkoniyatlar koʻrib chiqilgan. Maqola ilmiy-tadqiqot va amaliyot uchun muhim manba boʻlib xizmat qiladi.

Farangizxon Saydaliyeva

76-80

2025-10-28

INTEGRO-DIFFERENCIALLIQ TEŃLEMELER USHIN SHEGARALIQ MÁSELENI SANLI-ANALITIKALIQ METOD PENEN SHESHIWDE PARAMETRLESTIRIWDI PAYDALANIW

Kórinip turǵanınday, matricası aynıǵan matrica bolǵanı ushın A. M. Samoylenkonıń sanlı-analitikalıq metodınıń sxemaların tikkeley qollanıp bolmaydı yamasa esaplawlarǵa baylanıslı qıyınshılıqlar kelip shıǵıwı múmkin. Sonlıqtan, (1), (4) shegaralıq máseleniń sheshiminiń dáslepki eki dúziwshisin T noqatta  parametrleri menen almastıramız [2]:

A. B. Abutova , O. D. Nurjanov

81-83

2025-10-28

PROFILAKTIKA INSPEKTORI TOMONIDAN FIRIBGARLIK JINOYATLARINING VIKTIMOLOGIK PROFILAKTIKASINI AMALGA OSHIRISHNI TAKOMILLASHTIRISH

Mazkur maqolada profilaktika inspektorlarining firibgarlik jinoyatlarini oldini olish va ularning viktimologik profilaktikasini amalga oshirishdagi o‘rni, ahamiyati hamda ushbu faoliyatni takomillashtirish yo‘llari tahlil qilinadi. Shuningdek, aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, xavf guruhlariga mansub shaxslar bilan ishlashning samarali usullari, profilaktika subyektlari o‘rtasidagi hamkorlik masalalari yoritilgan.

Karimboy Ilxamov

84-85

2025-10-28

MINTAQA IQTISODIYOTINING RIVOJLANISHIDA SAVDO TARMOG‘INING O‘RNI VA AHAMIYATI (XORAZM VILOYATI MISOLIDA)

Mazkur ilmiy ishda Xorazm viloyati misolida mintaqaviy iqtisodiy rivojlanish jarayonida savdo tarmog‘ining tutgan o‘rni va iqtisodiy ahamiyati chuqur tahlil etilgan. Tadqiqot jarayonida savdo tarmog‘ining hududiy iqtisodiy o‘sishga ko‘rsatadigan ta’siri, kichik biznes subyektlarining umumiy savdo faoliyatidagi ulushi hamda tashqi savdo hajmlarining o‘zgarish tendensiyalari empirik ma’lumotlar asosida o‘rganilgan. Olingan natijalarga ko‘ra, Xorazm viloyatida faoliyat yuritayotgan savdo korxonalarining 99,7 foizini kichik biznes subyektlari tashkil etadi. Shu bilan birga, tashqi savdo aylanmasining 15,4 foizga ortgani hudud iqtisodiy faolligining sezilarli darajada oshganini ko‘rsatadi. Tadqiqot yakunida savdo infratuzilmasini modernizatsiya qilish, elektron savdo mexanizmlarini kengaytirish hamda kichik biznes faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Oysuluv Sabirova

86-89

2025-10-28

O‘QUVCHILARNING IJTIMOIY-HISSIY RIVOJLANISHIDA MUSIQANING AHAMIYATI

Ushbu maqolada o‘quvchilarning ijtimoiy-hissiy rivojlanishida musiqaning o‘rni va ahamiyati haqida so‘z boradi. Musiqa nafaqat estetik tarbiyaning bir qismi, balki bolalarning ichki dunyosini anglash, hissiyotlarini ifoda etish, boshqalar bilan sog‘lom ijtimoiy munosabatlar o‘rnatish, o‘ziga bo‘lgan ishonchni rivojlantirishda ham muhim vosita ekanligi ko‘rsatib o‘tiladi. Tadqiqot davomida musiqaning stressni kamaytirish, empatiya va muloqot madaniyatini shakllantirishdagi ta’siri, shuningdek, emotsional va kognitiv rivojlanishga ijobiy ta’siri asoslab berilgan. Maqola natijalariga ko‘ra, musiqa darslari o‘quvchilarning ijtimoiy-emotsional salohiyatini oshirishda samarali pedagogik vosita hisoblanadi va ta’lim jarayonida unga alohida e’tibor qaratilishi lozimligi ta’kidlanadi.

Zilola Shahobiddinova

90-92

2025-10-28

MONITORING OF GASEOUS EMISSIONS FROM INDUSTRIAL ENTERPRISES INTO THE ATMOSPHERE: TECHNOLOGIES, STANDARDS AND ENVIRONMENTAL SAFETY APPROACHES

Industrial enterprises significantly contribute to atmospheric air pollution through continuous emissions of hazardous gases such as NOₓ, SO₂, CO, VOCs, and particulate matter. Deterioration of air quality poses serious environmental and public health challenges, especially in regions with dense industrial activities. Traditional periodic monitoring methods often result in delayed detection of emission-limit exceedances, limiting the effectiveness of environmental supervision. This study aims to analyze contemporary emission monitoring technologies and assess their potential for strengthening environmental safety at industrial facilities in Uzbekistan. A systematic review of international and national regulatory frameworks was performed along with evaluation of advanced monitoring solutions, including Continuous Emission Monitoring Systems (CEMS), IoT-enabled smart sensor networks, satellite-based remote sensing, and artificial intelligence–supported data analytics.

Ro‘ziboyeva Sadoqat A’zam qizi

93-95

2025-10-28

“BANK KREDITLARI VOSITASIDA KICHIK BIZNESNI MOLIYAVIY QO‘LLAB-QUVVATLASH: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR.”

Mazkur ilmiy tezisda O‘zbekiston Respublikasida kichik biznes subyektlarini bank kreditlari vositasida moliyaviy qo‘llab-quvvatlash masalalari tahlil qilingan. Kichik biznes milliy iqtisodiyotning eng muhim tarkibiy qismi sifatida ishlab chiqarish hajmini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholining daromad darajasini ko‘tarishda beqiyos ahamiyatga ega. Shu bois, bank kreditlari kichik biznesni rivojlantirishning asosiy moliyaviy manbai hisoblanadi.

Surayyo Gulyamova , Surayyo Gulyamova

96-99

2025-10-28

AKSIYADORLIK JAMIYATLARIDA AKTSIYALARNI OMMAVIY JOYLASHTIRISH (IPO) ORQALI INVESTITSIYALARNI JALB QILISH SAMARADORLIGI

Mazkur ilmiy tezisda aksiyadorlik jamiyatlarida aktsiyalarni ommaviy joylashtirish (IPO) orqali investitsiyalarni jalb qilish samaradorligi o‘rganilgan. Tadqiqotda IPO jarayonining iqtisodiy mohiyati, uning kapital bozorini rivojlantirishdagi roli hamda korxonalarning moliyaviy mustaqilligini ta’minlashdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston sharoitida IPO mexanizmini takomillashtirish, investorlar ishonchini oshirish va xalqaro tajribalarni tatbiq etish yo‘llari tahlil qilingan.

Shohisanam To'qsonova, Nasiba Sherqo'ziyeva

100-104

2025-10-28

“SOLIQ IMTIYOZLARI VOSITASIDA INVESTORLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALALARI”

Ushbu tezisda O‘zbekiston Respublikasida soliq imtiyozlari vositasida investorlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqotda soliq imtiyozlarining iqtisodiy mohiyati, ularning investitsion muhitni yaxshilashdagi roli hamda xorijiy va mahalliy investorlar uchun yaratilgan soliq yengilliklarining samaradorligi yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston amaliyotida qo‘llanilayotgan imtiyozlar tizimi, ularning natijalari va mavjud kamchiliklar ilmiy asosda baholanadi. Soliq imtiyozlari iqtisodiy o‘sishni jadallashtirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, ishlab chiqarish salohiyatini oshirish va xalqaro investitsion hamkorlikni kengaytirishda muhim mexanizm sifatida namoyon bo‘layotgani isbotlab berilgan. Tadqiqot yakunida soliq imtiyozlari tizimini yanada takomillashtirish, ularni maqsadli va samarali qo‘llash bo‘yicha amaliy takliflar ilgari surilgan.

Muqaddasxon Yo‘ldasheva, Sh. Qiyosov

105-108

2025-10-28

XIDIR DERYAYEVNI "QISMAT"ASARI TAHLILI

Ushbu maqolada turkman adabiyotining yirik vakili Xidir Deryayevning “Qismat” asari badiiy, g‘oyaviy va falsafiy jihatdan tahlil qilinadi. Asarda inson taqdiri, jamiyatdagi o‘zgarishlar, milliy ruh va ma’naviy qadriyatlar ifodasi yoritiladi. Muallifning realizmga yaqin badiiy uslubi, obrazlar tizimi, ichki monologlar va psixologik tahlil orqali inson hayotining murakkab kechinmalari ochib beriladi. Maqolada asarning ijtimoiy-ma’naviy mazmuni, kompozitsion qurilishi hamda yozuvchining mahorati zamonaviy adabiy tahlil uslublari asosida yoritiladi.

Zilola Jo’rayeva , Dilshoda Aliyeva

109-111

2025-10-29

JURNALISTIKA KECHA VA BUGUN

Maqola jurnalistikaning o'tmishi va bugungi holatini tahlil qiladi. Kecha jurnalistikasi bosma nashrlar, radio va televideniya orqali rivojlangan bo'lsa, bugun raqamli media, ijtimoiy tarmoqlar va sun'iy intellekt ta'sirida o'zgargan. Mavzu jurnalistika evolyutsiyasi, etik muammolar, axborot erkinligi va kelajak istiqbollarini o'rganadi. Maqsad – jurnalistikaning jamiyatdagi o'rnini baholash va o'zgarishlarni muhokama qilish.

Mahina No‘monova

112-114

2025-10-29

KARBOKSIMETILKRAXMAL VA GIDROLIZLANGAN AKRIL EMULSIYASI ASOSIDA TO‘QIMACHILIK MATOLARI UCHUN QUYUQLASHTIRUVCHILAR OLINISHI VA XOSSALARI

Ushbu maqolada karboksimetilkraxmal (KMK) va gidrolizlangan akril emulsiyasi asosida to‘qimachilik sanoati uchun samarali quyuqlashtiruvchilar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan. Tadqiqotda tabiiy polisaxarid – kraxmalning modifikatsiyalangan hosilasi bo‘lgan KMK ning suvda eruvchanligi, yopishqoqlik darajasi va akril emulsiyasi bilan o‘zaro ta’siri chuqur o‘rganildi. Natijada, ularning optimal nisbatlari aniqlanib, hosil bo‘lgan kompozitsion quyuqlashtiruvchi tizimlarning reologik xossalari, pH muhitga barqarorligi hamda haroratga chidamliligi tahlil qilindi. Olingan namunalarning tuzilishi infraqizil spektroskopiya (IK-spektr) yordamida tasdiqlandi. Tadqiqot natijalari KMK–akril asosidagi quyuqlashtiruvchilarning mato bosish jarayonlarida yaxshi quyuqlashtirish qobiliyatiga ega ekanligini, bo‘yoqning bir tekis taqsimlanishi va rang barqarorligini oshirishga xizmat qilishini ko‘rsatdi. Taklif etilgan kompozitsiyalar ekologik jihatdan xavfsiz, iqtisodiy samarali va mahalliy xomashyolardan tayyorlanishi bilan ajralib turadi.

Mukarrama Yusupova, Axtam Haydarov , Kamoliddin Xo‘jaqulov

115-118

2025-10-29

MODA BOZORIDA MARKETING TADQIQOTLARINING METODOLOGIK ASOSLARI

Fashion biznesi dunyodagi eng dinamik rivojlanayotgan sanoatlardan biri sifatida o‘ziga xoslik bilan ajralib turadi. Bu o‘ziga xoslikning birinchi omili – mavsumiylik (kuz/qish, bahor/yay), ikkinchisi esa – iste’molchilarning funksional, estetik va ijtimoiy ehtiyojlari va istaklariga doimiy e’tibor, ya’ni iste’molchi didi va afzalliklaridan oldinda bo‘lishga intilishdir. Natijada, fashion biznes noyob dizayner brendlarini diversifikatsiya qilish tizimi va brend portfellarini boshqarish sxemalarini ishlab chiqdi.

Oydinoy Tuxtayeva

119-123

2025-10-29

BO‘LAJAK INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARINING TADQIQOTCHILIK KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK ZARURATI

Maqolada bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarida tadqiqotchilik kompetensiyasini shakllantirishning pedagogik va psixologik zarurati ilmiy asosda tahlil qilinadi. Muallif ta’lim jarayonida o‘qituvchining tadqiqotchilik faoliyatini tashkil etish, motivatsion omillarni kuchaytirish va mustaqil fikrlashni rivojlantirishning ahamiyatini ochib beradi. Shuningdek, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, refleksiv yondashuv, ijodiy muhit va innovatsion metodlar asosida tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirishning samarali mexanizmlari bayon etilgan.

Masturaxon Nabixonova

124-126

2025-10-29

GEOGEBRA DASTURI ASOSIDA STEREOMETRIYA TEOREMALARINI ISBOTLASH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH

Mazkur maqolada GeoGebra dasturi yordamida stereometriya teoremalari isbotini o‘qitish jarayonini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Ushbu dastur asosida o‘qitish o‘quvchilarda fazoviy tasavvurni rivojlantirish, mantiqiy fikrlash va teoremalarni chuqurroq anglash imkonini beradi. Tadqiqot davomida 10–11-sinflarda tajriba-sinov ishlari o‘tkazilib, GeoGebra vositasida o‘tkazilgan darslarning an’anaviy darslarga nisbatan samaradorligi aniqlangan.

Shahnoza Sultonova

127-128

2025-10-29

ЗЕЛЕНЫЕ ИНВЕСТИЦИИ КАК ИНСТРУМЕНТ УСТОЙЧИВОГО ЭКОНОМИЧЕСКОГО РОСТА

Исследование посвящено анализу роли зеленых инвестиций в обеспечении устойчивого экономического роста. Рассматриваются ключевые направления климатического финансирования и его влияние на структурные преобразования экономики. На основе данных выявлены тенденции роста инвестиций в чистую энергетику, энергоэффективность и низкоуглеродный транспорт, а также обозначены барьеры доступа к зеленому капиталу для развивающихся стран.

Шахризода Олимова

129-131

2025-10-29

O‘ZBEKISTONDAGI SOLIQ TIZIMI

Mazkur ishda O‘zbekiston Respublikasining soliq tizimi, uning tarkibi va asosiy turlari, soliq siyosatining maqsad va vazifalari, soliq ma’muriyati hamda nazorat mexanizmlari keng yoritilgan. Shuningdek, soliq yengilliklari va imtiyozlari, raqamlashtirish jarayonlari, soliq to‘lovchilarga yaratilgan qulayliklar va tizimdagi mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish yo‘nalishlari tahlil qilingan. Ishda soliq tizimining davlat byudjeti, iqtisodiy barqarorlik va ijtimoiy adolatni ta’minlashdagi o‘rni alohida e’tibor bilan ko‘rib chiqilgan.

Abdusalom Umirov , Azizbek Jumanazarov

132-136

2025-10-29

IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNING JAMIYATGA INTEGRATSIYALASH MUAMMOLARI

Ushbu maqolada imkoniyati cheklangan bolalarning jamiyatga integratsiyalash jarayoni ilmiy-nazariy hamda amaliy nuqtayi nazardan o‘rganilgan. Tadqiqotda pedagogik va psixologik yondashuvlarning o‘zaro ta’siri, ijtimoiy muhitning qabul qiluvchanlik darajasi hamda integratsiya jarayonida uchraydigan asosiy muammolar tahlil etilgan. Shuningdek, ota-onalar, pedagoglar va jamiyat o‘rtasidagi hamkorlikning bolaning ijtimoiylashuvi hamda o‘zini anglashiga ta’siri yoritilgan. Maqolada imkoniyati cheklangan bolalarning shaxs sifatida rivojlanishida inklyuziv ta’limning o‘rni, mavjud to‘siqlar va ularni bartaraf etish yo‘llari bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar berilgan.

Mirkamol Normurodov , Mariyam Abduvaxobova , Norgul Axmatova , Maxsuma Quvondiqova

137-140

2025-10-29

UY TAʼLIMINING PEDAGOGIK VA PSIXOLOGIK JIHATLARI

Ushbu maqolada uy ta’limining pedagogik va psixologik jihatlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil etilgan. Tadqiqotda uy ta’limining o‘quvchi shaxsining mustaqil rivojlanishiga, intellektual va emotsional holatiga ta’siri yoritilgan. Shuningdek, o‘qituvchi, ota-ona va o‘quvchi o‘rtasidagi pedagogik hamkorlikning ahamiyati, o‘quvchilarda o‘z-o‘zini boshqarish, mustaqil fikrlash va mas’uliyatni shakllantirishdagi o‘rni ochib berilgan. Maqolada uy ta’limining afzalliklari bilan bir qatorda ijtimoiy muloqotning yetishmasligi kabi muammolar ham ko‘rib chiqilgan hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar keltirilgan.

Mirkamol Normurodov , Bobur Xaqnazarov , Omadbek Olimov , Zaxro Inomjonova

141-143

2025-10-29

KANOP ASOSIDA TO‘QIMACHILIK SANOATIDA CHIQINDISIZ ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYALARI

Ushbu maqolada kanop (Hibiscus cannabinus L.) tolasi asosida to‘qimachilik sanoatida chiqindisiz ishlab chiqarish texnologiyalarining ilmiy asoslari keng yoritilgan. Unda kanop xomashyosining biologik, texnologik va ekologik xususiyatlari tahlil qilingan, biotexnologik yondashuvlar, qayta ishlash jarayonlarida chiqindilarni minimallashtirish va ularni ikkilamchi xomashyo sifatida qayta foydalanish yo‘llari o‘rganilgan.

M.A. Fayzieva, U.M. Barotova, Abdulla Urozov

144-146

2025-10-29

MOSH EKININING O‘G‘IT ME’YORLARI VA AGROTEXNIKA OMILLARI BO‘YICHA ILMIY ADABIYOTLAR TAHLILI

Mosh (Vigna radiata L.) — dukkakli ekinlar orasida tuproq unumdorligini tiklash va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan o‘simlikdir. U qisqa vegetatsiya davriga, yuqori oqsil miqdoriga va tuproqda biologik azot yig‘ish xususiyatiga ega. So‘nggi yillarda Xorazm vohasida mosh ekinini ikkilamchi yoki takroriy ekin sifatida ekish ko‘payib, bu ekinning agrotexnikasi, ayniqsa o‘g‘it me’yorlari va nav tanlash masalalari ilmiy jihatdan dolzarb bo‘lib bormoqda.

Zuhrajon Ro’zmetova

147-148

2025-10-29