Innovative Academy
  • Регистрация
  • Вход
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Журналы
    • Евразийский журнал академических исследований
    • Евразийский журнал медицинских и естественных наук
    • Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры
    • Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук
    • Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук
  • Новые журналы
    • Центральноазиатский журнал образования и инноваций
    • Евразийский журнал технологий и инноваций
    • Бюллетень педагогов нового Узбекистана
    • Бюллетень студентов нового Узбекистана
  • Конференции
    • Наука и технология в современном мире
    • Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения
    • Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Инновационные исследования в современном мире: теория и практика
    • Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
  • Объявления
    • Как написать научную статью?
    • Вопросы о докторантуре и ответы на них
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • Xirsh indeksi nima va uni qanday oshirish mumkin?
    • «Faol hamkor» aksiyasi
    • «In Ambassador» jamoasi
    • atm

Найти

Расширенные фильтры

Результаты поиска

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA O‘Z-O‘ZINI ANGLASH VA “MEN” KONSEPSIYASINING SHAKLLANISHI

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda o‘z-o‘zini anglash va “Men” konsepsiyasining shakllanishi bilan bog‘liq dolzarb muammolar yoritilgan. Bola shaxsining rivojlanishida o‘z-o‘zini anglash, baholash, ijtimoiy muhit bilan o‘zaro munosabatlar va o‘yin faoliyatining tutgan o‘rni chuqur tahlil qilingan. Shuningdek, bola o‘zini anglashda kattalar bilan bo‘ladigan munosabatlar, tajriba, o‘zini hurmat qilish va o‘ziga bo‘lgan ishonchning ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqot davomida Erikson nazariyasi asosida bolalarning o‘z-o‘zini anglash jarayoni hamda bu jarayonning ularning shaxsiyati va psixologik tayyorgarligiga ta’siri ochib berilgan. Maktabgacha ta’limda o‘z-o‘zini anglashni rivojlantirish bo‘yicha pedagogik tavsiyalar ham berilgan.

Safarova Ozoda Alisher qizi, Abdulazizova Nigina Faxriddin qizi

25-27

2025-10-15

O‘Z-O‘ZINI ANGLASH DARAJASI VA EMOTSIONAL INTELLEKT: PEDAGOGIKA YO‘NALISHIDAGI YONDASHUVLAR

Mazkur maqolada pedagogika yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalar uchun o‘z-o‘zini anglash darajasi va emotsional intellektning ahamiyati yoritilgan. Talabalar shaxsiy va kasbiy shakllanish jarayonida o‘z his-tuyg‘ularini anglash, boshqarish va baholash, shuningdek boshqalarning emotsiyalariga nisbatan to‘g‘ri munosabat bildirish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari lozim. Ushbu maqolada o‘z-o‘zini anglash va emotsional intellektning o‘zaro bog‘liqligi, ularni rivojlantirishda qo‘llaniladigan metodik yondashuvlar hamda amaliy usullar tahlil qilingan.

O‘lmasov Muhriddin

52-55

2025-05-19

TALABALARNING O’ZINI O’ZI ANGLASH DARAJASINING AKADEMIK INTILISHLARIGA TA’SIRI: KORELYATSION TADQIQOT

Ushbu tadqiqot talabalarning o‘zini o‘zi anglash darajasi va ularning akademik intilishlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashga bag‘ishlangan. Shaxsning o‘zini o‘zi anglash jarayoni uning o‘z imkoniyatlari, qobiliyatlari, kuchli va zaif tomonlarini anglashini, shuningdek, jamiyatdagi rolini to‘g‘ri baholashini o‘z ichiga oladi. Akademik intilish esa talabaning ta’limdagi maqsadlari, muvaffaqiyatga intilishi, o‘quv faoliyatiga bo‘lgan motivatsiyasi bilan belgilanadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, o‘zini o‘zi anglash darajasi yuqori bo‘lgan talabalar akademik intilishlarda faolroq, kelajakka aniq rejalari va yuqori motivatsiyaga ega bo‘ladilar.

Kuchqarova Madina Rustamjon qizi, Xalimjanov Abduqunduz Rahimjon o’g’li

24-25

2025-10-06

“TALABALARDA AXLOQIY O‘ZINI ANGLASH VA BURCH HISSINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK MEXANIZMLARI”

Mazkur maqolada talabalarda axloqiy o‘zini anglash va burch hissini shakllantirishning pedagogik-psixologik mexanizmlari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil etiladi. Tadqiqotda shaxsning axloqiy ongini rivojlantirish, ichki mas’uliyat tuyg‘usini mustahkamlash, qadriyatlar tizimini shakllantirish hamda ijtimoiy-me’yoriy xulqni barqarorlashtirish omillari aniqlangan. Axloqiy o‘zini anglash va burch hissining o‘zaro determinantligi shaxsning motivatsion, kognitiv va affektiv sohalari birligi asosida izohlanadi. Maqolada oliy ta’lim muassasalarida talabalarning axloqiy rivojlanishini ta’minlovchi pedagogik shart-sharoitlar, interaktiv metodlar va psixologik ta’sir mexanizmlarining samaradorligi asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari talabalarda mas’uliyat, ijtimoiy faollik va axloqiy barqarorlikni shakllantirishga xizmat qiluvchi konseptual modelni ishlab chiqishga yo‘naltirilgan.

Davidov Bobur Bahodir o‘g‘li

110-114

2026-02-20

ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ У ПОДРОСТКОВ

В данной статье анализируются психологические аспекты, наблюдаемые в подростковом возрасте, роль этого периода в развитии личности человека и его специфика. Подростковый возраст – это переходный этап в жизни человека, который сопровождается физиологическими, эмоциональными и социальными изменениями.отация: В  статье анализируются  , наблюдаемые в подростковом возрасте, роль этого периода в развитии личности человека и его специфика. Подростковый возраст – это переходный этап в жизни человека, который сопровождается физиологическими, эмоциональными и социальными изменениями. В статье на научно-теоретической основе рассматривается процесс самореализации подростков, проблемы эмоциональной нестабильности, социальной адаптации, а также влияние семейной и школьной среды на их психическое состояние. Результаты исследования служат основой для разработки психопрофилактических мероприятий, необходимых для обеспечения здорового психологического развития подростков. Психологические изменения, наблюдаемые в подростковом возрасте, их причины, а также психические состояния, формирующиеся под влиянием социальной и семейной среды, анализируются на научно-теоретической основе.езультаты исследования служат основой для разработки психопрофилактических мероприятий, необходимых для обеспечения здорового психологического развития подростков

Jaxongirmirzo Abdurasulov , Abdulaziz Toshpo‘latov

90-99

2025-09-30

PSIXOLOGIYA FANIDA O‘ZINI O‘ZI ANGLASH MUAMMOSINING NAZARIY ASOSLARI

o‘zini o‘zi anglash ongning tarkibiy qismi, aniqrog‘i uning o‘ziga xos shakli hisoblanadi. Ong deb inson psixikasida ob’ektiv borliqni aks ettiruvchi shakli, psixik va o‘zini o‘zi  boshqarishning yuqori darajasi tushuniladi hamda odatda, faqatgina insonga xos deb sanaladi. O‘zini o‘zi anglash esa insonning o‘zini, o‘z “Men”ini atrofdagi olamdan ajralishi va alohida gavdalanishidir.

Feride Rajjaboyeva , Sevara Usmanova

9-11

2025-04-07

BOLALARDA O’Z-O’ZINI ANGLASH VA “MEN” KONSEPSIYASINING RIVOJLANISHI

Ushbu maqolada bolalarda o‘z-o‘zini anglash va “Men” konsepsiyasining shakllanishi psixologik hamda ijtimoiy omillar asosida tahlil qilingan. Tadqiqot davomida D. B. Elkonin, L. S. Vigotskiy, S. L. Rubinshteyn va G. Ollportning nazariy qarashlariga tayangan holda bolaning shaxsiy o‘sishida nutq, muloqot va emotsional tajribaning roli yoritilgan. Maqolada shuningdek, kattalar,  ota-ona va tarbiyachilarning  bola bilan qiladigan munosabati uning o‘ziga bo‘lgan ishonchini, ijtimoiy moslashuvini va “Men” konsepsiyasining rivojlanish darajasini belgilovchi muhim omil sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqot natijalari bolalarning shaxsiy o‘zini anglash jarayoni ijobiy psixologik muhitda yanada samarali shakllanishini isbotlaydi

A.A. Odiljonova, Sh.A. Abduraxmonova

142-145

2025-10-31

MILLIY O’ZLIKNI ANGLASH - MILLAT TARAQIYOTINING POYDEVORI.

Ushbu maqolamda Milliy o'zlikni anglash Millat taraqiyotida uning tutgan o'rni va maqsad vazifalari, ajdodlarimizning bizga qoldirgan madaniy va ma'naviy meroslarining o'zlikni anglashdagi moxiyati va yosh avlod tarbiyasida vatanga muxabbatni shakilantirish asosiy omill bo'lib qaralishi xaqida muloxaza qilamiz.  

Maqsudova Gulbahor Abdujabbarovna

122-124

2023-08-24

BALOG‘AT DAVRIDA SHAXSNING O‘ZLIKNI ANGLASH VA IDENTIFIKATSIYA QILISH JARAYONLARI

Mazkur ilmiy maqolada balog‘at davrida shaxsning o‘zligini anglash va identifikatsiya qilish jarayonlari tahlil qilinadi. O‘sib kelayotgan yosh organizm psixikasi o‘zgarishga uchrab, shaxsiy va ijtimoiy identifikatsiya vositalari orqali o‘zligini shakllantirishga intiladi. Tadqiqotda Erikson va boshqa psixologlarning nazariy yondashuvlari asosida o‘zlikni anglash bosqichlari, ularning yosh xususiyatlari bilan bog‘liqligi, shuningdek, o‘zlik krizisi va uni yengib o‘tish mexanizmlari yoritilgan. Amaliy jihatdan bu jarayonlar maktab, oila va tengdoshlar muhiti bilan o‘zaro aloqada namoyon bo‘lishi ko‘rsatib o‘tilgan.

Zuxurova D.A., Shodmonova M.O.

152-153

2025-05-29

ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA MATNNI ANGLASHNING KOGNITIV STRATEGIYALARI

Ushbu maqola ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida matnni anglash jarayonida qo‘llaniladigan kognitiv strategiyalarni o‘rganishga bag‘ishlangan. Unda matnni anglash tushunchasi, kognitiv strategiyalarning mohiyati va asosiy turlari — oldindan taxmin qilish, savol berish, asosiy g‘oyani ajratib olish, vizual tasavvur qilish va xulosa chiqarish strategiyalari batafsil yoritilgan. Shuningdek, maqolada mazkur strategiyalarning o‘quvchilarning tafakkuri, mantiqiy fikrlash qobiliyati, nutq boyligi va matn bilan ishlash malakalarini rivojlantirishdagi ahamiyati tahlil qilingan. Tadqiqot davomida kognitiv strategiyalarning dars jarayonida qo‘llanilishi o‘quvchilarning faolligini oshirishi, mustaqil o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirishi va matn mazmunini chuqurroq tushunishga yordam berishi ta’kidlangan. Shu bilan birga, maqolada o‘qituvchilar uchun mazkur strategiyalarni samarali tatbiq etish bo‘yicha tavsiyalar ham berilgan, bu esa ta’lim jarayonining sifatini oshirishga xizmat qiladi

Nomozova Umida Xayrulla qizi

178-180

2026-01-26

O‘SMIR YOSHIDA O‘ZINI ANGLASH VA MOTIVATSIYANING ROLI: MUAMMO VA YECHIMLAR

Ushbu maqolada o‘smirlik davridagi o‘zini anglash jarayoni, shaxsiy motivatsiya va ichki ruhiy holatning ta’lim va rivojlanishga ta’siri yoritiladi. Muallif o‘z shaxsiy tajribasi, sinfdoshlari bilan kuzatuvlari hamda pedagogik yondashuvlarga asoslanib, o‘quvchilarda o‘ziga ishonch, hayotga maqsad bilan qarash va to‘g‘ri yo‘nalish tanlashda motivatsiyaning qanday rol o‘ynashini tahlil qiladi. Shuningdek, maktabdagi muhit, ota-ona va ustozlarning psixologik qo‘llab-quvvatlovi muhim omil sifatida ko‘rsatilgan.

Meliqóziyeva Muxlisa

11-12

2025-07-07

KASBIY IDENTIFIKATSIYA VA KARYERA DIZAYNINING O‘ZARO BOG‘LIQLIGI

Ushbu maqolada kasbiy identifikatsiya va karyera dizayni tushunchalarining mazmuni hamda ularning o‘zaro uzviy bog‘liqligi tahlil qilinadi. Kasbiy identifikatsiya shaxsning o‘z qobiliyatlari, qiziqishlari, qadriyatlari va kasbiy yo‘nalishini anglash jarayoni sifatida qaraladi. Karyera dizayni esa shaxsning uzoq muddatli kasbiy maqsadlarini rejalashtirish va ongli ravishda shakllantirish jarayonini ifodalaydi. Tadqiqotda kasbiy o‘zini anglash karyera rejalashtirishda muhim omil ekani, shaxsiy identifikatsiya darajasi yuqori bo‘lgan insonlar o‘z karyerasini samarali loyihalay olishi asoslab beriladi. Shuningdek, ta’lim jarayonida kasbiy identifikatsiyani rivojlantirish orqali yoshlarning mehnat bozoriga moslashuvchanligi va raqobatbardoshligini oshirish masalalari yoritiladi.

Abdulmadjidova Mahdiyona Dilmurodjon qizi , Abdulhayev O’ktamjon Iqboljon o’g’li

106-110

2025-12-19

PSIXOLOGIK TRENINGLAR

Mazkur maqolada psixologik treninglarning mohiyati, turlari, metodlari va ularning insonlarning shaxsiy rivojlanishi, ruhiy holatini yaxshilash va ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Psixologik treninglar stressni boshqarish, o‘zini anglash, jamoada ishlash va emotsional intellektni rivojlantirish kabi ko‘plab sohalarda samarali qo‘llaniladi. Maqolada turli trening turlari (stressni boshqarish, o‘zini anglash, ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirish, liderlik va boshqalar) va ularning metodlari, shuningdek, rolli o‘yinlar, suhbat va muhokama usullari kabi trening texnikalari ko‘rib chiqilgan. Psixologik treninglarning asosiy foydalari, jumladan, stressni kamaytirish, o‘zini anglashni rivojlantirish va maqsadlar sari rag‘batlantirish ta'kidlangan.

Maxmudjonova Shaxnoza, Akbaraliyeva Asila

91-94

2025-01-15

YOSHLARNING KASB TANLASH QARORIGA TA’SIR ETUVCHI PSIXOLOGIK OMILLARI

Har bir yosh inson hayotida eng muhim qarorlardan biri — bu kasb tanlashdir. Chunki tanlangan kasb nafaqat uning kelajakdagi iqtisodiy holatini, balki shaxs sifatida o‘zini anglashini, ijtimoiy mavqeini va hayotdan qoniqish darajasini ham belgilaydi. Kasb tanlash jarayoni murakkab psixologik hodisa bo‘lib, unda turli ichki va tashqi omillar, shuningdek, shaxsning ruhiy xususiyatlari katta rol o‘ynaydi. Bugungi kunda yoshlarning kasb tanlash qaroriga bir qator omillar ta’sir ko‘rsatmoqda — ota-onalarning fikri, jamiyatdagi stereotiplar, iqtisodiy sharoit, ta’lim tizimidagi yo‘nalishlar va, eng muhimi, yoshlarning o‘z psixologik holati va motivatsiyasi. Shaxsning o‘ziga bo‘lgan ishonchi, qiziqishlari, qobiliyatlari, qadriyatlari va hayotiy maqsadlari to‘g‘ri yo‘naltirilgan bo‘lsa, u holda tanlangan kasb nafaqat moddiy barqarorlik, balki ruhiy qoniqish manbaiga ham aylanadi. Psixologik jihatdan qaralganda, kasb tanlash jarayoni shaxsning o‘zini bilish darajasi, irodaviy sifatlari, qaror qabul qilish qobiliyati va atrof-muhit bilan o‘zaro munosabatlariga bevosita bog‘liq. Ba’zi yoshlar o‘z orzulari asosida qaror qabul qilsa, boshqalar ko‘proq tashqi bosim yoki jamiyat talabiga moslashadi. Shu sababli, kasb tanlashda psixologik tayyorgarlik, motivatsion tahlil va o‘z shaxsiy xususiyatlarini anglash muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur tezis yoshlarning kasb tanlashdagi psixologik omillarini tahlil qiladi, ularning hissiy holati, ichki turtkilari, o‘z-o‘zini baholash darajasi va qaror qabul qilish jarayoniga ta’sir etuvchi asosiy psixologik mexanizmlarni yoritadi. Shuningdek, bu jarayonda ota-ona, pedagog va psixologlarning o‘rni ham alohida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari yoshlar o‘rtasida kasb tanlashda mustaqil fikrlashni, ijobiy motivatsiyani shakllantirish va o‘zini anglash darajasini oshirish zarurligini ko‘rsatadi. Shunday qilib, to‘g‘ri tanlangan kasb — bu faqat hayot yo‘lini belgilovchi qaror emas, balki insonning ruhiy baxti va ijtimoiy muvaffaqiyatining poydevoridir.

Akbarjonova O’g’iloy Qosimjon qizi, Xalimjonov Abduqunduz Rahimjon o’g’li

86-89

2025-10-08

RETSEPTIV ESTETIKA TAMOYILLARI ASOSIDA BOLALAR ADABIYOTINI O‘QITISHNING PEDAGOGIK SAMARADORLIGI

Ushbu maqolada boshlangʻich taʼlim jarayonida ertaklardan foydalanish orqali oʻquvchilarning tanqidiy tafakkurini rivojlantirish masalasi retseptiv estetika nazariyasi asosida tahlil qilinadi. Ertak matnlarini qabul qilish, anglash, talqin qilish va baholash jarayonlarida oʻquvchilarda kuzatiladigan fikrlash operatsiyalari ilmiy-pedagogik nuqtai nazardan yoritiladi. Shuningdek, ertaklarning estetik, tarbiyaviy va bilish imkoniyatlari tanqidiy tafakkurni shakllantirishdagi didaktik vosita sifatidagi ahamiyati ochib beriladi.

Usmonova Gulruh , Sayfiddinova Jamila Ziyodulla qizi

79-81

2026-02-23

TIL O’RGANISHDA GEYMIFIKATSIYANING PSIXOLOGIK MOTIVATSION MODELI

Ushbu maqolada til o‘rganishda o‘quvchilarning ichki motivatsiyasini shakllantirishda geymifikatsiyaning psixologik ta’siri Malone va Lepper (1987) motivatsion modeli hamda Deci va Ryanning O‘z-o‘zini anglash nazariyasi (Self-Determination Theory – SDT) asosida tahli qilinadi. Tadqiqot Malone va Lepper modelining to‘rtta asosiy elementi – qiyinchilik, qiziqish, nazorat va fantaziyaning til o‘rgatishning geymifikatsiyalashgan muhitida qanday amaliy ifodasini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, SDT doirasidagi uch asosiy psixologik ehtiyoj – avtonomiya, kompetensiya va sotsial aloqadorlikning geymifikatsiya vositalari orqali qondirilishi, bu esa o‘quvchilarning barqaror ichki motivatsiyasi va tilni chuqur o‘zlashtirishiga olib kelishi tahlil qilinadi. Xulosa qilib, geymifikatsiya ushbu nazariyalar asosida qurilganda, til o‘rganishni qiziqarli, shaxsiylashtirilgan va samarali jarayonga aylantirishning kuchli vositasi ekanligi ta’kidlanadi.

Maparova Zuxra Kuanishbaevna

90-93

2025-12-11

ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ СПОСОБЫ РАЗВИТИЯ ФАСИЛИТАТОРСКИХ КАЧЕСТВ У УЧИТЕЛЕЙ

В данной статье рассматриваются методы развития фасилитационных психологических качеств у учителей. Анализируются ключевые аспекты, такие как эмпатия, активное слушание и способность создавать поддерживающую образовательную среду. Предлагаются практические рекомендации и стратегии для эффективного внедрения фасилитационных подходов в педагогическую практику, что способствует повышению качества обучения и взаимодействия с учащимися.​

Dinora Mamanova

7-16

2025-05-06

KASB-HUNARGA YO'NALTIRISHDA O'QUVCHI SHAXSIGA INDIVIDUAL YONDASHISH METODIKALARI

Ushbu maqolada kasb-hunarga yo'naltirishda o'quvchi shaxsiga individual yondashish metodikalari va ularning amaliy ahamiyati tahlil qilingan. Maqolada o'quvchilarning psixologik xususiyatlarini diagnostika qilish, shaxsiy profilni shakllantirish, individual kasb yo'naltirish dasturlarini ishlab chiqish metodikalari tavsiflanadi. Portfolio metodi, kasbiy sinovlar, individual maslahat berish, loyiha metodlari va raqamli texnologiyalardan foydalanishning samarali usullari ko'rib chiqilgan. O'quvchilarning qobiliyatlari, qiziqishlari va shaxsiy xususiyatlarini inobatga olgan holda kasb tanlashga yordam berishning zamonaviy yondashuvlari tahlil qilinib, amaliy tavsiyalar berilgan. Individual yondashuvning o'quvchilarning o'z-o'zini anglash darajasini oshirish, kasb tanlashda xatolik ehtimolini kamaytirish, motivatsiyani kuchaytirish, kasbiy adaptatsiya davrini qisqartirish va shaxsiy rivojlanish yo'nalishini aniqlashga ta'siri ko'rsatilgan. Maqola ta'lim muassasalari xodimlari, o'qituvchilar, psixologlar, kasb-hunarga yo'naltirish bo'yicha mutaxassislar va ota-onalar uchun mo'ljallangan.

Qurbonov Pardatursun, Axatov Ikromxon Iskandar o‘g‘li

8-12

2025-04-15

ILK O‘SPIRINLIK YOSHIDA O‘Z-O‘ZINI ANGLASHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI VA TARBIYADAGI ROLI

Maqolada ilk o‘spirinlik davrida shaxsning psixologik rivojlanishi, xususan, o‘zini anglash, «Men» obrazi va o‘z-o‘zini baholash jarayonlari tahlil qilinadi. Ilmiy tahlillar asosida ushbu bosqichda shaxsiy identifikatsiya va ijtimoiy rollarni o‘zlashtirishda oila, maktab va muhitning ta’siri ochib berilgan. Shuningdek, tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda pedagogik yondashuvlar ahamiyati ko‘rsatilgan.

Tauyekelova Goʻzzal Yerkinovna

93-95

2025-05-12

YOSHLARNING HUQUQ VA ERKINLIKLARINI ANGLASH – VATANPARVARLIK ONGINI SHAKLLANTIRISH OMILI SIFATIDA (ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI AKADEMIK LITSEYLARI MISOLIDA)

Maqolada yoshlarning huquq va erkinliklarini anglash jarayonining vatanparvarlik ongini shakllantirishdagi o‘rni har tomonlama tahlil qilinadi. Tadqiqotda huquqiy ong va vatanparvarlik tushunchalarining o‘zaro bog‘liqligi asoslanib, huquqiy bilimlar yoshlarning fuqarolik mas’uliyati, qonunlarga hurmati hamda davlat manfaatlariga sadoqatini kuchaytiruvchi muhim omil ekanligi ochib beriladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar siyosati va huquqiy tarbiyaga oid farmonlari mazmuni yoritilib, ularning Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari faoliyatida amaliy tatbiqi tahlil qilinadi. Maqolada huquqiy fanlar, amaliy mashg‘ulotlar va intizomiy tarbiya vositasida yoshlarda huquqiy mazmunga ega vatanparvarlik ongini shakllantirish mexanizmlari ko‘rsatib beriladi. Umumiy tahlil natijalariga ko‘ra, huquqiy ongga tayangan vatanparvarlik modeli yoshlarni ongli, mas’uliyatli va jamiyat hayotida faol fuqaro sifatida tarbiyalashda samarali ekanligi xulosa qilinadi.

Usenova Gulnaz Islamovna

134-136

2026-02-17

SHAXSIY KOMPETENSIYA MODELI

Mazkur maqolada shaxsiy kompetensiya modeli konsepsiyasining mohiyati, uning tuzilmalari va o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Shaxsiy kompetensiya zamonaviy jamiyatda har bir individning muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvi va kasbiy o‘sishini ta'minlovchi muhim sifat sifatida ko‘rib chiqiladi. Ushbu modelni shakllantirish jarayonida psixologik, pedagogik, ijtimoiy va professional komponentlarning o‘zaro bog‘liqligi va bir-birini to‘ldirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Maqola shaxsiy kompetensiyaning asosiy ko‘rsatkichlari – o‘z-o‘zini anglash, o‘z-o‘zini boshqarish, kommunikativlik va muammolarni hal qilish qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan. Shuningdek, modelni qo‘llashning ta'lim jarayonlari va professional faoliyatda qo‘llanilishi tahlil etilgan.

Komiljonova Tabassum G‘ulomboy qizi

71-74

2024-11-25

AUDIOMATN ASOSIDAGI TOPSHIRIQLARNI BAJARISH TEZLIGINI OSHIRISHDA TINGLAB TUSHUNISH KO‘NIKMASINING O‘RNI

Ushbu maqolada chet tilini o‘rganish jarayonida tinglab tushunish ko‘nikmasining o‘rni va uning audiomatn asosidagi topshiriqlarni tez va samarali bajarishga ta’siri tahlil qilinadi. Tinglab tushunish nafaqat eshitilgan matnni qabul qilish, balki uni ma’no jihatidan anglash, kontekst asosida talqin qilish, eshitilgan axborotni qayta ishlash hamda yodda saqlash jarayonlarini ham o‘z ichiga oladi. Maqolada ushbu ko‘nikmaning shakllanish bosqichlari, metodik yondashuvlar va amaliy mashqlar samaradorligi nazariy jihatdan ko‘rib chiqiladi. Yakunda tinglab tushunishni rivojlantirishga qaratilgan tavsiyalar beriladi.

Abdimajidova Shaxnoza Namozovna

73-75

2025-05-26

IJTIMOIY SOLISHTIRISH FENOMENINING YOSHLAR O‘ZIGA BAHO BERISHIGA TA’SIRI

Mazkur maqolada ijtimoiy solishtirish fenomeni va uning yoshlar o‘ziga baho berish jarayoniga ta’siri ilmiy-nazariy va empirik asosda o‘rganildi. Tadqiqotda ijtimoiy solishtirishning yoshlarning o‘zini baholash darajasi, shaxsiy muvaffaqiyatlar va o‘ziga ishonch bilan bog‘liqligi tahlil qilindi. Shu bilan birga, ijtimoiy solishtirishning ijobiy va salbiy psixologik oqibatlari, shaxsning motivatsiyasi va o‘zini anglash jarayoniga ta’siri ko‘rib chiqildi. Empirik qismda 18–25 yoshdagi 120 nafar respondent ishtirokida so‘rovnoma va psixodiagnostik metodlar orqali ijtimoiy solishtirish tendensiyalari va o‘zini baholash darajasi o‘rganildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, ijtimoiy solishtirishning yuqori darajasi ko‘pincha o‘zini baholashning pasayishiga va tashvishlanishning ortishiga olib keladi, ammo maqsadli va konstruktiv solishtirish o‘zini anglash va shaxsiy motivatsiyani oshirishga yordam beradi. Maqola xulosalarida yoshlar o‘zini baholashining ijtimoiy solishtirish kontekstida optimallashtirish bo‘yicha psixologik tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Asadbek Abdumannonov , Saxmiddin Gaffarov , Oybek Xudayberdiyev

50-53

2026-01-02

YOSHLAR ORASIDA KASBIY IDENTIFIKATSIYANING SHAKLLANISHIGA PSIXOLOGIK OMILLARNING TA’SIRI

Ushbu maqolada yoshlar orasida kasbiy identifikatsiyaning shakllanish jarayoni psixologik nuqtai nazardan keng va chuqur tahlil qilinadi. Xususan, shaxs motivatsiyasi, o‘z-o‘zini anglash darajasi, qiziqish va qobiliyatlar, emotsional holat, psixologik barqarorlik hamda ijtimoiy-psixologik muhitning kasb tanlashdagi o‘rni ilmiy manbalarga tayangan holda yoritiladi. Tadqiqot davomida kasbiy identifikatsiya yoshlarning shaxs sifatida shakllanishi, kasbiy barqarorligi va jamiyatga moslashuvida muhim omil ekanligi asoslab beriladi.

Karajanova Elvira Karajan qizi

34-35

2026-01-26

O‘ZBEKISTON JAMIYATIDA DINIY QADRIYATLAR VA MILLIY O‘ZLIKNI ANGLASH JARAYONINING SOTSIOLOGIK TAHLILI

Mazkur maqolada O‘zbekiston jamiyatida diniy qadriyatlarning milliy o‘zlikni anglash jarayonidagi o‘rni sotsiologik yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda diniy qadriyatlarning ijtimoiy institut sifatidagi vazifalari, ularning milliy identitet, ijtimoiy barqarorlik va ma’naviy yangilanish jarayonlariga ta’siri, shuningdek, globallashuv sharoitida bu qadriyatlarning qayta talqin qilinishi masalalari yoritilgan. O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng, diniy qadriyatlarni tiklash, ularni milliy mafkura bilan uyg‘unlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan siyosiy, madaniy va ijtimoiy islohotlar tahlil qilinadi. Maqola sotsiologik nazariyalar asosida yozilgan bo‘lib, diniy qadriyatlarning jamiyat barqarorligidagi o‘rni va yoshlar ongiga ta’sirini ilmiy asosda ochib beradi.

Qodirjonova Dilnavoz Abdujabbor qizi

54-56

2025-10-13

1 - 25 из 354 результатов 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Индексация

Zenodo
WorldCat
Universal Impact Factor
SJIFactor
SIS
ROAD
Researchbib
OpenAIRE
Open Access
ISSN
Internet Archive
Index Copernicus
Google Scholar
DataCite
DOI
DRJI
CiteFactor
Advanced Science Index

butom

Требования Редакционный совет Политика Отправить материал

Язык

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Разработано

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, Amir Temur Avenue 120/30, 100017


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2024 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy