Mazkur maqolada umumiy ta’lim maktablarida biologiya fanini o‘qitishda o‘quvchilarning metakognitiv ko‘nikmalarini rivojlantirishning nazariy-metodik asoslari, psixologik-pedagogik mohiyati hamda zamonaviy ta’lim jarayonidagi amaliy ahamiyati chuqur tahlil etilgan. Tadqiqot davomida j. Flavell, l. Vygotskiy, g. Schraw, m. Veenman kabi olimlarning metakognitsiya nazariyalari o‘rganilib, biologiya faniga integratsiya qilish imkoniyatlari asoslab berilgan. Shuningdek, elektron darsliklar, onlayn platformalar, virtual laboratoriyalar, ar/vr texnologiyalari, “think–pair–share” va “flipped classroom” kabi innovatsion metodlarning o‘quvchilarni mustaqil o‘rganishga, refleksiv tahlilga, o‘z-o‘zini baholashga undashdagi samarasi ilmiy dalillar asosida ko‘rsatib berilgan. Maqola biologiya ta’limini metakognitiv yondashuv orqali takomillashtirishning dolzarbligi va istiqbolli yo‘nalishlarini ochib beradi.