«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya: Nazariy va amaliy izlanishlar» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.
Опубликован: 2026-01-05
Статьи
O‘QUVCHILAR NUTQINI YOZMA ISHLAR ORQALI RIVOJLANTIRISH USULLARI
Mazkur maqolada o‘quvchilarning nutqini o‘stirishda yozma ishlarning ahamiyati haqida so‘z boradi.
2026-01-05
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARIDA IJODIY KO‘NIKMALARNI SHAKLLANTIRISHNING METODIK ASOSLARI
Ushbu tezisda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida ijodiy ko‘nikmalarni shakllantirish masalasi zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida tahlil qilinadi. O‘qituvchining ijodiy salohiyati ta’lim jarayonining samaradorligini ta’minlovchi muhim omil sifatida ko‘rib chiqilib, uni rivojlantirishga xizmat qiluvchi metodik yo‘nalishlar yoritib beriladi. Tadqiqotda muammoli ta’lim, interfaol metodlar, loyiha faoliyati hamda pedagogik refleksiyaning boshlang‘ich ta’limdagi ahamiyati asoslab berilgan.
2026-01-05
TURKMAN MUSIQASI: MILLIY MADANIY MEROS VA UNING BADIIY XUSUSIYATLARI
Mazkur ilmiy tezisda turkman xalq musiqasining shakllanish jarayoni, janr va uslubiy xususiyatlari, an’anaviy cholg‘u asboblari hamda xalq musiqasining turkman milliy madaniyatidagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, turkman musiqasining tarbiyaviy-estetik ahamiyati va uning bugungi kundagi rivojlanish tendensiyalari yoritiladi.
2026-01-05
MUSIQA NAZARIYASINI CLIL (CONTENT AND LANGUAGE INTEGRATED LEARNING) TEXNOLOGIYASI ORQALI O‘QITISH: METODIK YONDASHUVLAR VA AMALIYOT
Mazkur ilmiy tezisda CLIL (Content and Language Integrated Learning) texnologiyasi asosida musiqa nazariyasi fanini o‘qitishning nazariy-metodik asoslari, pedagogik imkoniyatlari va amaliy samaradorligi tahlil qilinadi. Tezisda CLIL yondashuvi orqali musiqa nazariyasi darslarini samarali tashkil etish, til va musiqa kompetensiyalarini bir vaqtda shakllantirishga yo‘naltirilgan metodik yechimlar taklif etiladi.
2026-01-05
BOLALARNI MAKTABGA MOSLASHTIRISHDA OILA MUHITINING PEDAGOGIK JIHATLARI
Ushbu maqolada bolalarni maktab ta’limiga moslashtirish jarayonida oila muhitining pedagogik jihatlari tahlil etilgan. Tadqiqotda bolalarning maktabga moslashuvida oiladagi ta’limiy muhit, ota-onalarning pedagogik savodxonligi, oilaviy muloqot madaniyati hamda maktab va oila o‘rtasidagi hamkorlikning ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, bolalarning jismoniy, aqliy va ijtimoiy-axloqiy tayyorgarligi, oilaviy muhitning ijobiy va salbiy ko‘rinishlari, ularning bolaning psixologik holati va ijtimoiy moslashuviga ta’siri ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berilgan. Maqolada Sharq mutafakkirlari qarashlari hamda zamonaviy pedagogik va psixologik tadqiqotlar tahliliga tayanilgan holda, bolalarning maktabga muvaffaqiyatli moslashuvi uchun ota-ona, pedagog va psixologlar hamkorligini kuchaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim tizimida faoliyat yurituvchi pedagoglar, psixologlar hamda ota-onalar uchun metodik ahamiyatga ega.
2026-01-07
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA INNOVATSION TA’LIM VOSITALARIDAN SAMARALI FOYDALANISH METODIKASI
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ta’lim jarayonida innovatsion ta’lim vositalaridan samarali foydalanish masalalari yoritilgan. Innovatsion pedagogik texnologiyalar, raqamli ta’lim vositalari va interaktiv metodlarning o‘quvchilarning bilish faolligi, mustaqil fikrlashi hamda dars samaradorligiga ta’siri tahlil qilingan. Shuningdek, innovatsion ta’lim vositalaridan foydalanish metodikasi bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan.
2026-01-07
BOSHLANGʻICH SINF O‘QUVCHILARIDA TARBIYASI QIYIN VA BO‘SH O‘ZLASHTIRISH HOLATLARINING OLDINI OLISHDA INDIVIDUAL YONDASHUVNING AHAMIYATI
Mazkur tezisda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tarbiyasi qiyin va bo‘sh o‘zlashtirish holatlarining oldini olishda individual yondashuvning pedagogik-psixologik ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda tarbiyasi qiyin va past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarning psixologik xususiyatlari, ularning o‘qishga bo‘lgan motivatsiyasi, diqqat va iroda bilan bog‘liq muammolari tahlil qilingan. Shuningdek, individual yondashuv tamoyillari, ularni amaliyotga tatbiq etish usullari, maktab psixologi va o‘qituvchining hamkorlikdagi faoliyati, ota-ona bilan ishlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Tadqiqot natijalari individual yondashuv o‘quvchilarning o‘quv faolligi, intizomi va o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini yaxshilashda samarali omil ekanini ko‘rsatadi. Tezis materiallari boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, maktab psixologlari hamda pedagogika sohasi tadqiqotchilari uchun amaliy ahamiyatga ega.
2026-01-07
МОДЕЛЬ ПРОЕКТИРОВАНИЯ МОДУЛЬНОЙ ПРОГРАММЫ ПО КОРЕЙСКОМУ ЯЗЫКУ В ДОПОЛНИТЕЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ: ЦЕЛИ, РЕЗУЛЬТАТЫ И КРИТЕРИИ ОЦЕНИВАНИЯ
В тезисе представлена модель проектирования модульной программы по корейскому языку для системы дополнительного образования на примере Республики Узбекистан. Актуальность работы определяется одновременно несколькими факторами: ростом образовательной мобильности и интереса к корейскому языку со стороны молодежи, расширением культурно-образовательного сотрудничества, а также потребностью организаций дополнительного образования в программах, которые обеспечивают «быстрый» и при этом доказуемый результат обучения. В таких условиях модульный формат рассматривается как наиболее управляемый способ конструирования содержания: он позволяет гибко собирать траекторию обучения под конкретные цели слушателей, обеспечивать сопоставимость результатов между группами и поддерживать прозрачность оценивания.
2026-01-07
MAKTABGACHA TA’LIM TARBIYALANUVCHILARIDA IJODIY QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH (TAYYORLOV GURUHLARI TASVIRIY FAOLIYATI MISOLIDA)
Maktabgacha ta’lim tizimida tarbiyalanuvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish bugungi kunda dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa tayyorlov guruhlarida bolalarning tasviriy faoliyatga bo’lgan qiziqishi ularning shaxs sifatida shakllanishiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Ushbu yosh bosqichida bolalar atrof-muhitni ranglar, shakllar va obrazlar orqali idrok etib, o’z fikr va his-tuyg’ularini rasm orqali ifodalashga intiladilar.
2026-01-08
KREDIT-MODUL TIZIMI ASOSIDA OLIY TIBBIY TA’LIMNI TASHKIL ETISHNING ASOSIY TAMOYILLARI VA O’ZIGA XOS JIHATLARI
Bugungi kunda oliy tibbiy ta’lim tizimini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish, bo’lajak shifokorlarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Shu jarayonda kredit-modul tizimini joriy etish ta’lim jarayonining shaffofligini ta’minlash, talabalarning mustaqil ta’lim olish foiz ko’rsatkichlarini oshirish hamda o’qitish natijalarini kompetensiyaviy yondashuv asosida baholash imkonini beradi.
2026-01-08
УМУРТҚА АРТЕРИЯСИ СИНДРОМИНИ ТАШХИСЛАШ ВА ДАВОЛАШДА ЗАМОНАВИЙ ЁНДАШУВЛАР
Умуртқа артерияси синдроми (УАС) – умуртқа артерияси ёки унинг шохларининг ишламаши натижасида мия пояси ва кичик мия тузилмаларининг ишемик шикастланиши билан боғлиқ клиник-неврологик ҳолатдир. Беморларда геми-парез, баланс ва координация бузилишлари, сенсор дисфункциялар, бош айланиши ва турли вестибуляр синдромлар кенг тарқалган бўлиб, уларнинг эрта аниқланиши ва самарали даволаш жараёнлари клиник аҳамиятга эга. УАСнинг патогенези бир нечта механизмлар билан боғлиқ: қон томирлари стенози ва деформациялари, гемодинамик бузилишлар, коллатерал қон йўлларининг ривожланиши ва вертебро-базиляр қон оқими дисфункцияси.
2026-01-08
BETAKROR SO’Z USTASI
Maqolada o‘zbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri so’z Shermuhammad Munis Xorazmiyning so’z qo’llash mahorati tahlil qilinadi.
2026-01-08
SAMARALI MULOQOT VA IJTIMOIY KOʻNIKMALARNI RIVOJLANTIRISHDA MAKTAB PSIXOLOGINI O'RNI
Ushbu maqolada maktab psixologining o‘quvchilar ijtimoiy moslashuviga ko‘rsatadigan ta’siri tahlil etilgan. Ijtimoiy moslashuvning mazmuni, bolalarda uchraydigan asosiy psixologik to‘siqlar va ularni bartaraf etishdagi maktab psixologining asosiy vazifalari yoritilgan. Shuningdek, psixologik diagnostika, korreksiya, profilaktika va maslahat berish faoliyatlari asosida maktab muhitida sog‘lom psixologik muvozanat yaratishning samarali usullari ko‘rsatib berilgan. Ota-ona va o‘qituvchilar bilan hamkorlikda olib boriladigan ishlar orqali o‘quvchilarning ijtimoiy hayotga muvaffaqiyatli moslashuvi ta’minlanishi asoslab berilgan.
2026-01-09
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA TASHABBUSKORLIK VA MUSTAQILLIKNI RIVOJLANTIRISH METODLARI
Boshlang’ich sinf o’quvchilarida tashabbuskorlik va mustaqillik — shaxsning ijodiy faoliyat ko‘rsatishi, o‘z fikrini erkin ifoda etishi va mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatini shakllantiruvchi asosiy pedagogik sifatlar hisoblanadi. Bugungi ta’lim jarayonida bu sifatlar bolaning shaxsiy rivojlanishi, ijtimoiy moslashuvi va kelajakdagi kasbiy muvaffaqiyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Xususan, boshlang‘ich ta’lim bosqichida boshlang’ich sinf o’quvchilarining tashabbuskorligi va mustaqilligi ularning o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlashni rivojlantirish va ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Shu sababli, pedagogik jarayonda boshlang’ich sinf o’quvchilarida bu sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan metod va usullarni aniqlash va tizimli ravishda qo‘llash dolzarb ilmiy masala sifatida e’tiborga molikdir.
2026-01-09
MAKTAB O'QITUVCHILARINI PEDAGOGIK MAHORATINI OSHIRISH MEXANIZMLARI
Ushbu maqolada maktab o‘qituvchilarining pedagogik mahoratini oshirishga qaratilgan samarali mexanizmlar tahlil qilinadi. Jumladan, uzluksiz kasbiy rivojlanish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish, raqamli ta’lim vositalaridan foydalanish, mentorlik va reflektiv faoliyat orqali o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish masalalari yoritiladi. Shuningdek, malaka oshirish tizimini takomillashtirish va o‘qituvchi faoliyatini baholash mexanizmlarining ta’lim sifati oshishidagi o‘rni asoslab beriladi.
2026-01-09
YOSHLARDA OLIY MA’LUMOTLILIKKA QIZIQISH SHAKLLANISHINING PSIXOLOGIK KOMPONENTLARI
Ushbu maqolada yosh avlod vakillarida oliy ma’lumot olishga bo‘lgan qiziqishning shakllanishini ta'minlovchi psixologik konstruktlarni nazariy jihatdan tahlil qiladi.
2026-01-09
TALABALARDA LUG‘AT BOYLIGINI OSHIRISHNING SAMARALI USULLARI
Mazkur maqolada talabalarda lug‘at boyligini oshirishning samarali, ilmiy asoslangan va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan usullari yetarlicha yoritilgan. Talabaning til kompetensiyasini rivojlantirishda lug‘at boyligining o‘rni muhim omil sifatida qaralib, so‘zlarni o‘rganish va ularni nutqda faol qo‘llash jarayoni tahlil qilinadi. Maqolada lug‘at boyligini kengaytirishda kontekst asosida o‘qitish, kommunikativ metodlar, interfaol mashg‘ulotlar, muammoli vaziyatlar asosida so‘z o‘rgatish, shuningdek, raqamli ta’lim vositalari va axborot - kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning afzalliklari ochib beriladi. Shu bilan birga, talabalarning mustaqil ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish, so‘zlarni faol va passiv lug‘atga ajratish, ularni og‘zaki va yozma nutqda muntazam qo‘llash orqali mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Tadqiqot davomida kuzatuv, taqqoslash va tahlil usullaridan foydalanilib, taklif etilgan metodlarning ta’lim jarayonidagi samaradorligi asoslab beriladi. Maqola natijalari talabalarning nutq madaniyatini rivojlantirish, fikrni aniq va ravon ifodalash hamda til o‘rganish jarayonini yanada samarali tashkil etishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.
2026-01-12
SAVOLGA ASOSLANGAN TA’LIM: MUSTAQIL FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH OMILI
Savolga asoslangan ta’limning o‘quvchilarda mustaqil fikrlashni rivojlantirishdagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, savolga asoslangan yondashuv o‘quvchilarda tanqidiy, tahliliy va ijodiy fikrlashni shakllantiradi, ularni bilimni tayyor qabul qiluvchi emas, balki izlanishchi shaxs sifatida rivojlantiradi. Shuningdek, maqolada savollarga asoslangan o‘qitishning nazariy asoslari, metodik afzalliklari va ta’lim jarayonida qo‘llanish imkoniyatlari tahlil qilingan.
2026-01-12
MUSIQA VA TASVIRIY SAN’AT DARSLARIDA ESTETIK TARBIYANI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI
Ushbu tezisda musiqa va tasviriy san’at darslari orqali o‘quvchilarda estetik tarbiyani shakllantirishning pedagogik asoslari yoritilgan. Tadqiqotda estetik tarbiyaning mazmun-mohiyati, uning shaxs kamolotidagi o‘rni hamda san’at fanlarining o‘quvchilarda go‘zallikni idrok etish, badiiy did va ijodiy tafakkurni rivojlantirishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, musiqa va tasviriy san’at darslarini tashkil etishda qo‘llaniladigan samarali pedagogik yondashuvlar, metod va vositalarning estetik tarbiya jarayoniga ta’siri ochib beriladi. Tezis materiallari ta’lim jarayonida estetik tarbiyani takomillashtirishga xizmat qiladi.
2026-01-13
YANGI O'ZBEKISTON TARAQQIYOT STRATEGIYASIDA TA'LIM TIZIMIDAGI ISLOHOTLAR
Yangi O’zbekistonning taraqqiyot topishida ta’lim tizimi juda ham muhim o’rin tutadi.Ushbu maqola Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasida ta’lim tizimining o’rni va olib borilayotgan islohotlar haqida. Yurtimizda mustaqillik yillaridan boshlab hozirgi kungacha ta’lim tizimida keng miqyosda islohotlar o’tkazildi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan to oliy ta’lim va oliy ta’limdan keyingi ta’limgacha ko’plab ishlar olib borildi. Yoshlarni Vatanga bo’lgan muhabbat, Vatan tuyg’usi bilan ulg’aytirib, ilm olish orqali vatanimizni rivojiga hissa qo’shishyapti. 2023-yil sentabr oyida Prezidentimiz farmoni bilan “O’zbekiston - 2030” strategiyasi tasdiqlandi. Ikki yildan buyon ta’lim tizimida olib borilgan keng ko’lamli islohotlar natijasida O’zbekiston ta’lim tizimi dunyo miqyosida tenglashmoqda.
2026-01-13
AXBOROT XAVFSIZLIGI BO'YICHA BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARI UCHUN METODIK TAVSIYALAR
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida axborot xavfsizligi madaniyatini shakllantirish, ularni raqamli muhitda xavfsiz harakatlanishga o‘rgatish va internetdan foydalanish jarayonida uchrashi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni anglashga tayyorlash bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqiladi. Tadqiqot davomida xorijiy va mahalliy ilmiy manbalar tahlil qilinib, kiberxavfsizlik ta’limida qo‘llanilayotgan zamonaviy yondashuvlar — o‘yinlashtirish, interaktiv mashg‘ulotlar, vizual materiallardan foydalanish, real hayotiy vaziyatlarga asoslangan topshiriqlar hamda baholash mezonlari tahlil etildi. Shuningdek, O‘zbekiston olimlarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida axborot bilan ishlash kompetensiyalarini shakllantirish, o‘qituvchilarning raqamli kompetensiyasini oshirish va AKTdan foydalanish metodikasi bo‘yicha fikrlari umumlashtirildi. Maqolada o‘quvchilar yoshiga mos, sodda va amaliy topshiriqlarga asoslangan metodik tavsiyalar, xavfsizlik qoidalarini o‘rgatishning bosqichma-bosqich modeli, darslarda qo‘llash mumkin bo‘lgan interaktiv o‘yinlar hamda o‘qituvchilar uchun amaliy tavsiyalar taqdim etiladi. Natijada, raqamli makonda ongli, ehtiyotkor va mas’uliyatli foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan yondashuv ishlab chiqiladi.
2026-01-13
BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARIDA MEDIA SAVODXONLIKNI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI
Ushbu maqola boshlang‘ich sinf oʻquvchilarida media savodxonlikni rivojlantirish texnologiyalarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Zamonaviy raqamli jamiyatda bolalar kundalik hayotida internet, ijtimoiy tarmoqlar, televizor va turli raqamli qurilmalardan faol foydalanadi. Shu bilan birga, ularning oladigan axborotini tanqidiy tahlil qilish, noto‘g‘ri ma’lumotlardan ajratish va xavfsiz onlayn muhitda harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantirish dolzarb pedagogik vazifa hisoblanadi. Maqolada xorijiy va O‘zbek olimlarining tadqiqotlari tahlil qilinib, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida media savodxonlikni rivojlantirishning samarali metod va texnologiyalari aniqlangan.
2026-01-13
BOSHLANGʻICH TAʼLIMDA MOBIL ILOVALAR YORDAMIDA O’QITISH TAJRIBASI
Ushbu maqola boshlang‘ich ta’limda mobil ilovalar yordamida o‘qitish tajribasini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotning asosiy maqsadi — mobil ilovalar orqali darslarni interfaol, qiziqarli va samarali o‘tkazish imkoniyatlarini aniqlash, ularning o‘quvchilarning bilimini o‘zlashtirish, faolligi va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga ta’sirini tahlil qilish. Maqolada xorijiy va O‘zbek olimlarining tadqiqotlari tahlil qilinib, boshlang‘ich sinflarda mobil ilovalarni qo‘llash tajribasi yoritilgan.Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, interfaol viktorinalar, o‘yinlashtirilgan topshiriqlar, multimedia materiallar va kollaborativ loyihalar o‘quvchilarning darsga qiziqishini oshiradi, diqqatni jamlash va mavzuni tez o‘zlashtirish imkonini beradi. Shu bilan birga, o‘qituvchilarning texnologik tayyorgarligi va barcha o‘quvchilar uchun qurilmalar mavjudligi samarali natija uchun muhim shartlar sifatida aniqlangan.
2026-01-13
BOSHLANG'ICH TA‘LIMDA SUN'IY INTELLEKT ASOSIDA O‘QUV RESURSLARIDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI
Ushbu maqola boshlang‘ich ta’limda sun’iy intellekt (SI) asosida o‘quv resurslaridan foydalanish istiqbollarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqot doirasida xorijiy va mahalliy adabiyotlar, shu jumladan ilmiy maqolalar, hisobotlar va ekspert intervyulari tahlil qilindi. Maqolada AI texnologiyalarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun darslarni individualizatsiyalash, adaptiv o‘quv resurslarini yaratish va o‘quv jarayonini interaktiv tarzda tashkil etish imkoniyatlari ko‘rsatildi.Tahlil shuni ko‘rsatdiki, SI yordamida o‘quvchilarning bilim darajasi real vaqt rejimida kuzatilishi, baholash jarayoni avtomatlashtirilishi va o‘qituvchining ish yukini kamaytirish mumkin. Shu bilan birga, texnologik infratuzilma, o‘qituvchilarning raqamli savodxonligi va ma’lumotlar xavfsizligi kabi masalalar ham muhim ahamiyat kasb etadi.
2026-01-13
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA RAQAMLI O‘QUV QO‘LLANMALARIDAN FOYDALANISH TEXNOLOGIYASI
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda raqamli o‘quv qo‘llanmalaridan foydalanishning didaktik va metodik asoslari yoritiladi. Raqamli resurslarning o‘quvchilarning darsga qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlash va bilimlarni mustahkamlashdagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, raqamli o‘quv qo‘llanmalarini dars jarayoniga integratsiya qilish bosqichlari, o‘qituvchilarning raqamli kompetensiyasini rivojlantirish talablari hamda ta’lim samaradorligiga ta’siri ilmiy-amaliy jihatdan ko‘rib chiqiladi.
2026-01-13
RAQAMLI RESURSLAR ASOSIDA MA’NAVIY TARBIYA DARSLARINI LOYIHALASH METODIKASI
Ushbu maqolada raqamli resurslar asosida ma’naviy tarbiya darslarini loyihalashning zamonaviy metodik asoslari ilmiy nuqtai nazardan yoritiladi. Tadqiqotda raqamli ta’lim vositalarining o‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy kompetensiyalarni shakllantirishdagi roli, ularning pedagogik samaradorligi hamda dars jarayoniga integratsiya qilish mexanizmlari tahlil etiladi. Shuningdek, ma’naviy tarbiya darslarini rejalashtirishda interaktiv platformalar, multimediali kontentlar, virtual ta’lim muhiti va monitoring tizimlaridan foydalanishning metodik yondashuvlari asoslab beriladi. Maqola yakunida raqamli resurslar asosida ma’naviy tarbiya jarayonini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar keltiriladi.
2026-01-13
O’QUVCHILARDA ALGORITMIK FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH UCHUN MASHQLAR VA METODLAR
Ushbu maqolada oʻquvchilarda algoritmik fikrlashni samarali rivojlantirish uchun zamonaviy mashqlar va oʻquv metodlarining samaradorligi tahlil qilingan. Algoritmik fikrlash — masalalarni bosqichma-bosqich, mantiqiy tartibda hal qilish qobiliyati boʻlib, bu nafaqat dasturlashda, balki kundalik hayotda ham muhimdir. Maqolada darslar, treninglar, loyiha faoliyatlari va interaktiv oʻyinlar algoritmik fikrlashni shakllantirishda muhim rol oʻynashi koʻrsatildi.Shuningdek, yosh va individual qobiliyatlarni hisobga olgan holda modellashtirish, diagramma chizish, fikrlarni strukturaviy yoritish kabi metodlar tavsiya qilingan. Muammoni tahlil qilish, yechimlarni taqqoslash va optimallashtirish uchun maxsus mashqlar keltirilgan. «Boshlangʻich dasturlash» va «faol oʻqitish» usullari algoritmik fikrlashni rivojlantirishga katta hissa qoʻshadi.
2026-01-13
BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA INFORMATIKA DARSLARIDA STEAM YONDASHUVNING QO'LLANILISHI
Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida informatika darslarida STEAM (Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics) yondashuvining qo‘llanilishi masalasi tahlil qilinadi. STEAM pedagogik modeli o‘quvchilarning texnologik savodxonligini oshirish, mantiqiy va algoritmik tafakkurini rivojlantirish, ijodiy fikrlash va muammoni hal qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Tadqiqotda interfaol va loyiha asosida o‘qitish metodlari, robototexnika, blokli dasturlash, raqamli ijod va mini-laboratoriya mashg‘ulotlarining STEAM yondashuvini samarali tatbiq etishdagi roli yoritilgan. Maqolada shuningdek, o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishi va faolligi, jamoaviy ishlash ko‘nikmalari, o‘zini namoyon etish imkoniyatlari ushbu metodlar orqali qanday rivojlantirilishi ko‘rsatib berilgan.
2026-01-13
ZAMONAVIY TA’LIMDA IJODIY FIKRLASHNI SHAKLLANTIRISHNING KONSEPTUAL YONDASHUVLARI
Ushbu maqola boshlang‘ich ta’lim tizimida o‘quvchilarda ijodiy fikrlashni shakllantirish va rivojlantirish masalalarini ilmiy-nazariy hamda amaliy nuqtai nazardan o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqot doirasida ijodiy fikrlash tushunchasining pedagogik va psixologik asoslari tahlil qilinib, uning ta’lim jarayonidagi ahamiyati ilmiy jihatdan asoslab beriladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tasavvur qilish, mustaqil qaror qabul qilish hamda muammoli vaziyatlarga ijodiy yondashish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi zamonaviy ta’lim texnologiyalarining samarali jihatlari ochib beriladi. Xususan, interfaol metodlar, loyiha asosida o‘qitish, o‘yin texnologiyalari va STEM yondashuvining ta’lim jarayoniga integratsiyalashuvi tahlil qilinadi. Tadqiqot metodologiyasi asosida olib borilgan ilmiy tahlillar natijalari ushbu pedagogik yondashuvlarning o‘quvchilarning bilimlarni egallash faolligi hamda ijodiy salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatadi. Maqola xulosalari boshlang‘ich ta’limda ijodiy fikrlashni rivojlantirish ta’lim sifati va samaradorligini ta’minlovchi ustuvor omillardan biri ekanini tasdiqlaydi.
2026-01-13
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING IJTIMOIY RIVOJLANISHIDA PSIXOLOGIK OMILLARNING AHAMIYATI
ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning ijtimoiy rivojlanishida psixologik omillarning o‘rni va ahamiyati tahlil etiladi. Bolaning shaxs sifatida shakllanishida emotsional muhit, muloqot, o‘yin faoliyati, kattalar va tengdoshlar bilan o‘zaro munosabatlarning psixologik jihatlari yoritib beriladi. Tadqiqot davomida ijtimoiylashuv jarayoniga ta’sir etuvchi asosiy psixologik omillar ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berilgan.
2026-01-16
ZAMONAVIY BOSHLANGʻICH TAʼLIMDA INNOVATSION TEHNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK AHAMIYATI
mazkur maqolada zamonaviy boshlangʻich taʼlim jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanishning pedagogik ahamiyati, ularning oʻquvchilarning bilim olish faolligini oshirishdagi oʻrni, shaxsga yoʻnaltirilgan taʼlimni tashkil etishdagi imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, boshlangʻich sinf o‘quvchilarida mustaqil fikrlash, ijodkorlik va raqamli savodxonlikni shakllantirishda innovatsion yondashuvlarning samaradorligi tahlil qilingan.
2026-01-16
ONA TILINI O'QITISHDA "LEARNING BY DOING" USULINING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI
Ushbu maqolada ona tilini o'qitishda "Learning by Doing" (amaliyot orqali o'rganish) usulining nazariy-metodologik asoslari tahlil qilinadi. Maqola zamonaviy pedagogik yondashuvlar kontekstida amaliy faoliyat orqali til o'rganish metodikasining asosiy tamoyillari, nazariy bazasi va ona tili ta'limida qo'llanish imkoniyatlarini ko'rib chiqadi. Tadqiqotda Jon Dyuining pragmatik pedagogikasi, konstruktivistik ta'lim nazariyasi va kommunikativ yondashuv asosida "Learning by Doing" usulining ona tili darslarida samaradorligini oshirish mexanizmlari ochib beriladi. Natijalar shuni ko'rsatadiki, "Learning by Doing" usuli o'quvchilarning nutqiy kompetensiyasini rivojlantirishda, tanqidiy fikrlashni shakllantirishda va tilni jonli muloqot vositasi sifatida o'zlashtirishda muhim ahamiyatga ega.
2026-01-19
A CONTRASTIVE STYLISTIC ANALYSIS OF HOW RABASSA, STALBOY, AND NURALI QOBUL HANDLE KEY MAGICAL EVENTS IN ONE HUNDRED YEARS OF SOLITUDE USING FACTUAL OR FIGURATIVE LANGUAGE
This thesis presents a contrastive stylistic analysis of three major translations of Gabriel Garcia Marquez's seminal magical realist novel, Cien años de soledad, focusing specifically on how core instances of the fantastic are rendered. The study compares the highly acclaimed English translation by Gregory Rabassa, the standard Russian translation by Valeriy Stalboy, and the significant Uzbek translation by Nurali Qobul (and collaborators). The central hypothesis is that the effectiveness of translating Magical Realism hinges on preserving the "unastonished tone" the unique stylistic quality where extraordinary events are reported with factual, declarative prose. This study investigates the degree to which each translator employs factual (literal/unadorned) language versus figurative (metaphorical/interpretive) language when translating three key magical events: Remedios the Beauty’s Ascension (the literalization of spiritual purity). The Insomnia Plague (the literalization of social and existential memory loss). Jose Arcadio's Trail of Blood (the literalization of connection and fate).
2026-01-19
UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA MUSIQA MADANIYATI FANINI O‘QITISHNING ZAMONAVIY TA’LIM TALABLARI
Mazkur tezisda umumta’lim maktablarida musiqa madaniyati fanini o‘qitishda zamonaviy ta’lim talablari va ularning pedagogik mazmun-mohiyati tahlil qilinadi. Ta’lim jarayonida kompetensiyaviy yondashuv, o‘quvchilarning individual qobiliyatlarini rivojlantirish, musiqiy-estetik tafakkurini shakllantirish hamda milliy va jahon musiqa madaniyati namunalarini uyg‘unlashtirish masalalari yoritiladi. Shuningdek, innovatsion pedagogik texnologiyalar, interaktiv metodlar va raqamli ta’lim vositalaridan foydalanish orqali musiqa madaniyati darslarining samaradorligini oshirish yo‘llari asoslab beriladi.
2026-01-19
MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA VENA KLASSIK MAKTABI KOMPOZITORLARI ASARLARI O‘RGATISHNING PEDAGOGIK ZARURIYATI
Mazkur tezisda musiqa madaniyati darslarida Vena klassik maktabi kompozitorlari asarlarini o‘rgatishning pedagogik zaruriyati ilmiy-nazariy jihatdan asoslab beriladi. Vena klassik maktabi vakillari ijodining musiqiy-estetik ahamiyati, ularning asarlarida mujassam bo‘lgan badiiy g‘oya, shakl va janrlar xilma-xilligi o‘quvchilarda musiqiy did, estetik tafakkur hamda badiiy idrokni rivojlantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, mazkur kompozitorlar asarlarini ta’lim jarayoniga integratsiya qilish orqali o‘quvchilarda musiqiy savodxonlik, eshitish madaniyati va ijodiy faollikni oshirish imkoniyatlari ko‘rsatib beriladi.
2026-01-19
TALABALARDA MILLIY O‘ZLIK VA TARIXIY TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHDA MADANIY MEROSDAN FOYDALANISH METODIKASI
Ushbu tezis ishida talabalarda milliy o‘zlik va tarixiy tafakkurni rivojlantirishda madaniy merosdan foydalanish metodikasi pedagogik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Madaniy merosning moddiy va nomoddiy shakllari talabalarga tarixiy ongni rivojlantirish, milliy qadriyatlarni anglash va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish imkonini beradi. Ishda interfaol metodlar, loyiha ishlari, ekskursiyalar va raqamli ta’lim vositalari orqali madaniy merosdan foydalanishning pedagogik mexanizmlari yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston ta’lim tizimidagi so‘nggi islohotlar va davlat siyosati kontekstida talabalarda milliy o‘zlikni shakllantirishning dolzarbligi ko‘rsatildi.
2026-01-19
KOMMUNIKATIV GRAMMATIKA DARSLARIDA RAQAMLI “TASK-BASED” (VAZIFA ASOSLI) MODELNI JORIY ETISH METODIKASI
Mazkur tezisda kommunikativ grammatika darslarida raqamli texnologiyalar bilan uyg‘unlashgan vazifa asosli o‘qitish (task-based language teaching) modelini joriy etish metodikasi yoritiladi. Raqamli muhit grammatika qoidalarini alohida yodlashdan ko‘ra, ularni nutqiy vaziyatda qo‘llashni jadallashtiradi; ayniqsa, real kommunikativ maqsadga yo‘naltirilgan topshiriqlar, tezkor teskari aloqa va iterativ qayta ishlash jarayonlari o‘quvchining “grammatika–mazmun–muloqot” bog‘liqligini anglashiga xizmat qiladi. Tadqiqotda LMS va mobil servislar asosida tuzilgan “pre-task–task–post-task” sikli, fokusli grammatika (focus on form) elementlari hamda raqamli refleksiya mexanizmlari birlashtirildi. Pilot sinov natijalari vazifa asosli raqamli dizayn grammatik aniqlik va nutq ravonligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini, shuningdek, o‘quvchilarning o‘z-o‘zini nazorat qilish ko‘nikmalarini faollashtirishini ko‘rsatdi.
2026-01-19
DARS JARAYONINI TASHKIL ETUVCHI VA NAZORAT QILUVCHI DASTURIY TA’MINOTLAR HAMDA ULARNING TA’LIM SAMARADORLIGIGA TA’SIRI
Mazkur tezisda dars jarayonini tashkil etish va nazorat qilishda qo‘llaniladigan dasturiy ta’minotlar hamda ularning ta’lim samaradorligiga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqot Prezident maktablarida dars jarayonida sinovdan o‘tkazilgan bulutli ta’lim platformalari – Google Drive, EduPage, Padlet va Moodle misolida olib borilgan. Ushbu platformalarning o‘quv jarayonini rejalashtirish, o‘quv materiallarini boshqarish, baholash va monitoring qilishdagi pedagogik imkoniyatlari ochib beriladi. Amaliy tajriba natijalari darsni tashkil etuvchi va nazorat qiluvchi dasturiy ta’minotlardan tizimli foydalanish ta’lim jarayonining shaffofligi, boshqaruvchanligi va samaradorligini oshirishini ko‘rsatadi.
2026-01-19
TA'LIM TRANSFORMATSIYASI DAVRIDA ONA TILI FANINI O'QITISHDA GAMIFIKATSIYA USULLARIDAN FOYDALANISH METODIKASI
Maqolada zamonaviy ta'lim tizimining transformatsiya jarayonida ona tili fanini o'qitishda gamifikatsiya texnologiyalarini qo'llash metodikasi tadqiq etilgan. Gamifikatsiya usullarining nazariy asoslari, xorijiy va mahalliy tajribalar, hamda ularni amaliyotga tatbiq etish bo'yicha tavsiyalar taqdim etilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, gamifikatsiya elementlarini o'quv jarayoniga integratsiyalash o'quvchilarning kognitiv faolligini oshiradi, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi va ona tiliga nisbatan ijobiy munosabat shakllantirishga xizmat qiladi.
2026-01-19
DUAL TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH VA KASBIY TA’LIMDA DUAL TA’LIMNING AHAMIYATI
Mazkur maqolada dual ta’lim tizimining mohiyati, uni kasbiy ta’lim jarayoniga joriy etish zarurati hamda mehnat bozori bilan integratsiyalashuvdagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, dual ta’limning afzalliklari, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdagi ahamiyati va O‘zbekiston sharoitida uni rivojlantirish istiqbollari yoritib beriladi.
2026-01-20
