Innovative Academy
  • Register
  • Login
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Journals
    • Eurasian Journal of Academic Research
    • Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences
    • Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture
    • Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences
    • Eurasian Journal of Mathematical Theory and Computer Sciences
  • New Journals
    • Central Asian Journal of Education and Innovation
    • Eurasian Journal of Technology and Innovation
    • Bulletin of pedagogs of new Uzbekistan
    • Bulletin of students of new Uzbekistan
  • Conferences
    • Science and technology in the modern world
    • Applied Sciences in the modern world: problems and solutions
    • Natural Sciences in the modern world: theoretical and practical research
    • Innovative research in the modern world: theory and practice
    • Pedagogy and psychology in the modern world: theoretical and practical research
    • Social Sciences in the modern world: theoretical and practical research
  • Announcements
    • Ilmiy maqola qanday yoziladi?
    • Questions and answers to doctoral studies
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • What is the Hirsch index and how to increase it?
    • atm

Search

Advanced filters

Search Results

INTEGRATION OF DIGITAL TECHNOLOGIES AND INNOVATIVE METHODS IN MODERN EDUCATION: PEDAGOGICAL APPROACHES AND PRACTICAL EXPERIENCES

This article analyzes the integration of digital technologies and innovative methods into the modern educational process. Today, changes in the education system and the rapid development of information technologies require new approaches to pedagogical activity. From this perspective, the article explores interactive forms of teaching, effective ways of using digital tools, and the essence of advanced pedagogical practices. Based on pedagogical approaches, the article discusses opportunities to increase students' interest in learning, foster independent thinking, and improve the quality of the educational process. Factors affecting the effectiveness of education and practical recommendations for their implementation are also presented.

L.R. Mirjalolova, N.T. Kamolova, N.V. Xaydarova, Sh.B. Abdug‘aniyeva

127-134

2025-04-22

ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR VA INTERAKTIV METODLAR ORQALI SHARQ TILLARINI O’RGANISH HAMDA TILI O’RGANILAYOTGAN MAMLAKAT MADANIYATINI BILISHNING ROLI

Axborot asri bo’lgan XXI asrda zamonaviy texnologiyalar kirib bormagan sohaning o’zi bo’lmasa kerak. Albatta, ushbu texnologiyalarning imkoniyatlaridan to’liq foydalanish o’zimiz uchun foydalidir va sharq tillarini o’rganishni istovchi insonlar ham ushbu zamonaviy texnologiyalar va interaktiv metodlar orqali o’z manzillariga yanada tezroq yetib borsalar ajab emas. Ushbu maqolada zamonaviy texnologiyalar va interaktiv metodlarning ta’limdagi ahamiyati haqida suhbatlashish bilan birga bir nechta metodlarni ko’rib chiqamiz.

Sabohat Kenjayeva

191-193

2025-05-31

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA DASTURIY TA’MINOT BO‘LIMINI O‘QITISH METODIKALARI

Mazkur maqolada raqamli texnologiyalar asosida dasturiy ta’minot bo‘limini o‘qitishning samarali metodikalari tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalar ta’lim tizimiga integratsiya qilinishi o‘quvchilarga bilim olish jarayonini yanada interaktiv va samarali qilish imkonini beradi. Dasturiy ta’minot bo‘limida raqamli texnologiyalarni qo‘llash nafaqat nazariy bilimlarni, balki amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga ham xizmat qiladi. Maqolada interfaol ta’lim metodlari, jumladan, guruhli muhokama, case-study, rol o‘ynash, hackathon va interaktiv testlar kabi metodlarning samaradorligi ko‘rsatilgan.Ushbu metodlar o‘quvchilarga real hayotdagi muammolarni hal qilishda yordam beradi va ularni tizimlarni yaratish va rivojlantirishda tajriba orttirishga rag‘batlantiradi. Maqola, raqamli texnologiyalar asosida dasturiy ta’minot bo‘limini o‘qitishda interaktiv usullarni qo‘llashning ta’lim samaradorligini oshirishdagi muhim rolini ta’kidlaydi. O‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish va ta'lim jarayonini modernizatsiyalashda raqamli texnologiyalarning o‘rni yuksakdir.

Ra’no Saitova , Muxiba Yaxiyaxonova, Sevinch Negmatova

54-59

2025-07-28

SUN’IY INTELLEKT VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA INTERAKTIV O‘QITISH TIZIMINI ISHLAB CHIQISH VA JORIY ETISH

Maqolada sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar asosida interaktiv o‘qitish tizimini yaratishning nazariy-metodologik asoslari, texnologik arxitekturasi hamda uni ta’lim jarayonida joriy etish mexanizmlari yoritiladi. Zamonaviy ta’lim jarayonida AI algoritmlaridan foydalanish o‘quvchilarning  individual bilim darajasi, kognitiv xususiyatlari va o‘quv sur’atini aniqlash imkonini beradi. Learning Analytics vositalari yordamida o‘quv jarayonidagi ma’lumotlar chuqur tahlil qilinib, real vaqt rejimida moslashtirilgan o‘quv topshiriqlari, testlar va resurslar taqdim etilishi mumkin. Tadqiqotda interaktiv muhitning texnik va pedagogik talablari, foydalanuvchi–tizim o‘zaro ta’siri, avtomatik baholash tizimlari, bilim monitoringi va shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim tamoyillari o‘rganiladi. Raqamli texnologiyalar asosida shakllantirilgan bunday tizim o‘qituvchiga dars jarayonini optimallashtirish, o‘quvchilarning faol ishtirokini oshirish va o‘quv natijalarini prognozlash imkonini beradi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, AI integratsiyasi ta’limning samaradorligini oshirish, interaktivlikni kuchaytirish va o‘quvchilarning mustaqil ta’limga bo‘lgan motivatsiyasini yuksaltirishda muhim omil hisoblanadi.

Ixtiyorjon Axmadjonov , Ramziddin Faxriddinov

133-137

2025-11-30

SUN’IY INTELLEKT VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA INTERAKTIV O‘QITISH TIZIMINI ISHLAB CHIQISH

Ushbu maqolada sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar asosida interaktiv o‘qitish tizimini ishlab chiqish jarayoni, uning ta’lim sifatini oshirishdagi ahamiyati hamda zamonaviy ta’lim tizimiga ta’siri haqida yoritilib o’tilgan. Sun’iy intellektning o‘qitishdagi adaptiv imkoniyatlari, raqamli texnologiyalarning interaktiv muhit yaratishdagi roli va o‘qituvchi hamda o’quvchi o‘rtasidagi muloqotni takomillashtirishdagi afzalliklari haqida tahlil qilinadi. Shu bilan birga, AI yordamida shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish metodlarini shakllantirish, o‘quv jarayonini avtomatlashtirish, aralash ta’limni tashkil etish va interaktiv ta’lim platformalarini yaratish yo‘nalishlari haqida so‘z yuritilib o’tiladi.

Laylobonu Abduvoxidova, Sarvinoz Ergasheva , Baxodir Azamxonov

121-125

2025-12-17

MATEMATIKA FANINI O’QITISHDA GEOGEBRA VA DESMOS DASTURLARINING AHAMIYATI

Ushbu maqolada matematika fanini o‘qitishda interaktiv dasturiy vositalarning o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Bugungi kunda raqamli texnologiyalar yordamida o‘quv jarayonini interaktiv va qiziqarli shaklda tashkil qilish mumkin bo‘lib, bu o‘quvchilarning bilim olish jarayonini yanada samarali bo‘lishini ta’minlaydi. Tadqiqotda matematika fanini o‘rgatish uchun ishlab chiqilgan zamonaviy dasturiy vositalar Geogebra va Desmos dasturlarining asosiy farqlari ko’rib o’tiladi. Ularning afzalliklari va cheklovlari batafsil tahlil qilingan. Mazkur maqola, ayniqsa, o‘qituvchilar va ta’lim sohasi mutaxassislari uchun foydali manba bo‘lib, o‘qitishda interaktiv yondashuvlar va vositalardan foydalanishni tavsiya qiladi.

Akbar Kodirov, Mashxura Sa’dullayeva

95-98

2025-10-31

“RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA INNOVATSION YONDASHUVLAR YORDAMIDA IQTISODIY KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISH VA GLOBAL MEHNAT BOZORIDA RAQOBATBARDOSHLIKNI OSHIRISH”

Ushbu maqolada zamonaviy raqamli texnologiyalar sharoitida innovatsion tafakkur va global kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilgan zamonaviy ta’limiy va texnologik yondashuvlar tahlil qilinadi. Raqamlashtirish jarayonlari ta’lim, iqtisodiyot va ijtimoiy hayotning barcha sohalariga kirib borayotgani, raqamli savodxonlik, kreativ fikrlash, muammolarni yechish, media va axborot madaniyatini rivojlantirishning dolzarbligi asoslab beriladi. Shuningdek, sun’iy intellekt, big data, bulutli texnologiyalar, AR/VR, IoT kabi raqamli vositalarning shaxs kompetensiyalarini kengaytirishdagi roli yoritiladi. Maqolada innovatsion ta’lim metodlari — loyiha asosida o‘qitish, STEAM yondashuvi, onlayn-ta’lim platformalari va real vaqtli interaktiv muhitlarning samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari raqamli texnologiyalar integratsiyasi orqali yoshlarning global mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lishi, ijodkorlik, moslashuvchanlik va kommunikativ ko‘nikmalarining rivojlanishiga erishish mumkinligini ko‘rsatadi. 

Mukaddas Umarova , Muhammadqodir Nuraliyev

20-22

2025-12-17

ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR: AN’ANAVIY VA INNOVATSION YONDASHUVLAR TAQQOSLANISHI

Zamonaviy pedagogik texnologiyalar ta’lim tizimining yuksalishida muhim omillardan biridir. Ular o‘quvchilarning faolligi, mustaqilligi va ijtimoiy-hayotiy ko‘nikmalarini rivojlantirishda beqiyos imkoniyatlar yaratadi. Ushbu maqolada zamonaviy va an’anaviy pedagogik yondashuvlarning o‘ziga xos xususiyatlari, ularning ta’lim jarayoniga ta’siri va qiyosiy afzalliklari yoritilgan. An’anaviy ta’limda o‘qituvchi asosiy shaxs sifatida ishtirok etsa, innovatsion texnologiyalar o‘quvchining markaziy rolini ta’minlaydi. Pedagogik jarayonda AKT vositalari, interaktiv metodlar, muammoli va loyihaviy yondashuvlar orqali dars samaradorligini oshirish mumkin. Maqolada shuningdek, yangi texnologiyalarni amaliyotga joriy qilishda uchraydigan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari ham ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotlar natijasida olingan xulosalar shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy metodlar nafaqat bilim, balki ijtimoiy kompetensiyalarni ham rivojlantirishga xizmat qiladi.

Raya Sarsenbaeva, Nadira Rametullaeva

85-87

2025-06-16

O'QUVCHILAR BILAN JONLI MULOQOTNI TASHKIL ETISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING O’RNI

Zamonaviy ta'lim tizimida o'quvchilar bilan jonli muloqotni tashkil etish ta'lim samaradorligini oshirishda muhim rol o'ynaydi. Pedagogik texnologiyalar o'quvchilarning ta'lim jarayonidagi faoliyatini interaktiv va qiziqarli qilishda yordam beradi. Ushbu maqolada pedagogik texnologiyalar va ularning o'quvchilar bilan jonli muloqotni tashkil etishdagi o'rni, shuningdek, o'quvchilarning bilim olish jarayonidagi faolliklarini oshirishga qanday hissa qo'shishi tahlil qilinadi. Maqolada texnologik vositalarning ta'limdagi ahamiyati, ularning interaktiv usullar orqali o'qituvchilar va o'quvchilar o'rtasida samarali muloqotni qanday ta'minlashi ko'rib chiqiladi.

Nigora Kenjaboyeva , Madina Abdulazimova

89-91

2024-12-16

BOSHLANG‘ICH SINFDA ARIFMETIK AMALLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR VA INTERAKTIV USULLARNING SAMARADORLIGI: NAZARIY VA AMALIY TAHLIL

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda arifmetik amallarni o‘rgatish jarayonini optimallashtirishda pedagogik texnologiyalar va interaktiv usullarning o‘rni tahlil qilingan. Tadqiqotda arifmetik amallarni o‘qitishning anʼanaviy va zamonaviy yondashuvlari qiyosiy o‘rganilib, o‘quvchilarning bilish faoliyatini rivojlantirishga xizmat qiladigan samarali metodlar taklif etilgan. Maqolada, ayniqsa, interaktiv o‘yinlar, muammoli vaziyatlar yaratish va axborot texnologiyalaridan foydalanish orqali o‘quvchilarning matematikaga bo‘lgan qiziqishini oshirish yo‘llariga eʼtibor qaratilgan.

Sevinch Ikromova

99-101

2025-08-11

BOG‘CHA YOSHIDAGI BOLALARDA INGLIZ TILI DARSLARINI INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA O‘QITISH

Maqolada bog‘cha yoshidagi bolalarda ingliz tilini innovatsion texnologiyalar yordamida o‘qitish masalasi tahlil qilinadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik va lingvistik xususiyatlari asosida ingliz tilini o‘qitishda multimedia, o‘yin va interaktiv texnologiyalarning pedagogik samaradorligi yoritiladi. Shuningdek, Prezident farmon va qarorlarida belgilangan vazifalar asosida innovatsion yondashuvlarning ta’lim jarayonidagi o‘rni asoslab beriladi.

Jumabike Bazarbayeva

14-15

2026-01-29

XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA ZAMONAVIY METODLAR: KECHA VA BUGUN

Ushbu maqolada xorijiy tillarni o‘qitishda qo‘llaniladigan zamonaviy metodlar tahlil qilinadi. Maqola til o‘rgatish jarayonida an'anaviy yondashuvlardan zamonaviy metodologiyalarga o‘tishning tarixiy aspektlari, metodik o‘zgarishlar va pedagogik yangiliklar haqida so‘z yuritadi. Xususan, maqolada xorijiy til o‘rgatishda kommunikativ yondashuv, immersiv texnologiyalar, interaktiv usullar va audiovizual vositalardan samarali foydalanishning ahamiyati muhokama qilinadi. Kecha va bugungi ta'lim metodologiyalari o‘rtasidagi farqlar, ularning talabalarning til o‘rganish jarayoniga ta'siri, shuningdek, yangi texnologiyalar va pedagogik yondashuvlarning qo‘llanilishining samaradorligi keltiriladi. Maqola xorijiy til o‘qituvchilari uchun metodik tavsiyalar va zamonaviy pedagogik texnikalarni amaliyotga tatbiq etish yo‘llari haqida muhim ma'lumotlar beradi.

GALINA KAN

117-120

2025-02-18

TA’LIM JARAYONIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK TAMOYILLARI

Maqola ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalardan foydalanishning pedagogik tamoyillari va ularning ta'sirini tahlil qiladi. Hozirgi kunda raqamli texnologiyalar, jumladan, axborot kommunikatsiya texnologiyalari (AKT), umumiy o‘rta va maktabgacha ta'lim tizimlarida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu texnologiyalar ta'lim sifatini oshirish, o‘quv jarayonlarini tashkil etish va metodik ta’minotni rivojlantirishda katta rol o‘ynamoqda. Maqola shuningdek, raqamli texnologiyalarning psixologik va pedagogik jihatlarini, shuningdek, bolalarning intellektual rivojlanishiga ta'sirini ham ko‘rib chiqadi. Ta'lim tizimini raqamlashtirishning afzalliklari, xususan, pedagoglar va talabalarning o‘zaro hamkorligi uchun interaktiv muhit yaratish, bilim olish imkoniyatlarini kengaytirish va ta'lim jarayoniga sun'iy intellektni joriy etish masalalari muhokama qilinadi.

Vohid Jurayev , Shahloxon Komilova

37-42

2024-06-07

TEXNIK TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHDA ONLAYN VA MASOFAVIY O‘QITISH

Ushbu tezisda texnik tafakkurni rivojlantirish jarayonida onlayn va masofaviy o‘qitish texnologiyalarining o‘rni va samaradorligi tahlil qilingan. Tezisda raqamli platformalar, virtual laboratoriyalar, masofaviy treninglar va interaktiv texnologiyalar orqali texnik ko‘nikmalarni shakllantirish va mustahkamlashning innovatsion yondashuvlari o‘rganilgan. Shuningdek, texnik tafakkurni rivojlantirishda o‘quvchilar faoliyatini faollashtirish, motivatsiyasini oshirish va mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish uchun onlayn ta’limning metodik jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari texnologiyalar yordamida o‘qitish samaradorligini baholash va texnik ta’lim sifatini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Naima Rahimova

63-66

2024-12-17

VIRTUAL REALLIK (VR) VA KENGAYTIRILGAN REALLIK (AR)

Virtual reallik  va kengaytirilgan reallik  texnologiyalari, so'nggi yillarda raqamli dunyoda inqilobiy o'zgarishlarga sabab bo'ldi. Bu texnologiyalar insonlarning haqiqatni tushunishi, muhitga bo'lgan munosabati va virtual olam bilan o'zaro aloqalarini yangi darajaga olib chiqdi. VR texnologiyasi to'liq virtual muhit yaratib, foydalanuvchini haqiqatdan ajratilgan, sun'iy yaratilgan olamga olib kiradi. Bu texnologiya, ayniqsa, o'yinlar, ta'lim, tibbiyot va sanoat sohalarida keng qo'llaniladi. AR texnologiyasi esa haqiqiy dunyoni kengaytiradi, ya'ni foydalanuvchining atrofdagi muhitiga virtual elementlarni qo'shadi. AR qurilmalari yordamida real vaqt rejimida fizika, grafikalar va video tasvirlari virtual elementlar bilan integratsiya qilinadi. AR texnologiyasi mobil qurilmalar, o'qitish, sog'liqni saqlash, marketing va o'yinlar kabi sohalarda samarali qo'llanilmoqda. Bu texnologiyalar turli sohalarda yangi imkoniyatlar yaratib, tajriba va ko'nikmalarni yanada boyitmoqda. VR, masalan, o'qituvchilar va talabalar uchun interaktiv ta'lim muhitlarini yaratishda qo'llaniladi, AR esa marketing va tijorat sohalarida, mijozlarga tovarlarni taqdim etishda ishlatiladi. Shu bilan birga, bu texnologiyalarning yanada rivojlanishi va keng qo‘llanilishi bilan bog‘liq ba'zi muammolar, masalan, yuqori narxlar, texnik cheklovlar va xavfsizlik masalalari ham mavjud.

Farrux Qodirov , Mashxura Sa’dullayeva

139-144

2025-03-31

INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN PRESCHOOL EDUCATION

Innovative technologies have a revolutionary impact on current preschool education, improving learning experiences and promoting developmental milestones. This article investigates the use of digital tools, interactive platforms, and adaptive learning approaches that are suited to the needs of early learners. The analysis focuses on significant trends, benefits, and challenges connected with integrating these technologies in early childhood settings, emphasizing their ability to encourage creativity, collaboration, and critical thinking abilities.

Зиёда Джалилова , Венера Примова

601-603

2025-01-14

ZAMONAVIY O‘QITISHNING DASTURIY TA‘MINOTIGA OID MATERIALLAR BILAN TANISHISHNI TAKOMILLASHTIRISH

Ushbu maqolada zamonaviy o‘qitish jarayonida dasturiy ta’minotdan foydalanishning ahamiyati hamda o‘qituvchilarning tegishli materiallar bilan tanishishini takomillashtirish masalasi yoritiladi. Raqamli texnologiyalar ta’lim sifatini oshirishda muhim vosita bo‘lib, o‘qituvchilarni zamonaviy dasturiy ta’minot bilan muntazam tanishtirish va ulardan samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Maqolada interaktiv ta’lim platformalari, virtual laboratoriyalar, masofaviy ta’lim tizimlari va sun’iy intellekt asosidagi o‘quv dasturlarining imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy ta’lim dasturlarini o‘zlashtirishda uchraydigan muammolar, ularni bartaraf etish usullari ham ko‘rib chiqiladi. O‘qituvchilarni yangi texnologiyalar bilan tanishtirishning samarali yo‘llari, metodik qo‘llanmalar va seminarlar orqali ularning bilim va malakasini oshirish muhimligi ta’kidlanadi. Maqola zamonaviy ta’limda innovatsion yondashuvlar va raqamli texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha tadqiqot olib borayotgan pedagog va mutaxassislar uchun foydali bo‘lib, o‘quv jarayonini takomillashtirishga xizmat qiladi.

Ulug‘bek Bahrullayev , Malika Nurullayeva , Muxiba Yaxiyaxonova

55-61

2025-07-28

AXBOROTLI JARAYONLAR BO‘LIMINING O‘QITISH METODIKASI

Mazkur maqolada axborotli jarayonlar bo‘limining o‘qitish metodikasi tahlil qilinadi. Axborotli jarayonlar - bu ma'lumotlarni qabul qilish, qayta ishlash va uzatishning turli usullari va tizimlari bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlardir. Maqolada axborot jarayonlarini samarali o‘rgatish uchun metodik yondashuvlar, pedagogik texnologiyalar va interaktiv usullar keltirilgan. O‘quvchilarda analitik fikrlash, axborotlarni tahlil qilish va ularni amaliyotda qo‘llash qobiliyatlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, zamonaviy texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati ko‘rsatiladi.

Lobar O‘rinova , Muxiba Yaxiyaxonova , Sevinch Negmatova

106-110

2025-07-28

INGLIZ TILINI OʻQITISHDA RAQAMLI VOSITALARNING TAʼSIRI

Ushbu maqola ingliz tilini oʻqitish jarayonida raqamli vositalarning taʼsirini chuqur tahlil qiladi. Raqamli vositalar, jumladan, mobil ilovalar, onlayn platformalar, interaktiv dasturlar va virtual reallik texnologiyalari, oʻquv jarayonini yanada samarali, interaktiv va kirishli qilishda muhim rol oʻynaydi. Maqolada ushbu vositalarning ijobiy jihatlari (motivatsiya oshishi, individual yondashuv, global kirish imkoniyatlari), salbiy jihatlari (texnologiya qaramligi, tengsizlik, diqqat tarqalishi) va oʻquvchilarning turli guruhlari uchun taʼsiri koʻrib chiqiladi. Tadqiqot natijalariga asosan, raqamli vositalar anʼanaviy usullarga nisbatan oʻquv samaradorligini 20-30% ga oshiradi, ammo texnologiya bilan bogʻliq muammolar, jumladan, sogʻliqqa taʼsir va etik masalalar ham mavjud. Maqola oʻqituvchilar, oʻquvchilar va taʼlim tizimi rahbarlariga ushbu vositalarni samarali qoʻllash, treninglar olish va muvozanatli yondashuvni taʼminlash boʻyicha batafsil tavsiyalar beradi. Maqolaning maqsadi – zamonaviy taʼlimda raqamli vositalarning rolini aniqlash va ularni etik hamda tenglik asosida integratsiya qilish yoʻllarini taklif etish.

Ilyosbek Safarov , Ilhom Xolmuminov

142-146

2025-11-30

BOSHLANGʻICH SINFLARDA RAQAMLI AHLOQIY OʻYINLAR YORDAMIDA IJOBIY XULQ ATVORNI RIVOJLANTIRISH

Ushbu maqola boshlang‘ich sinflarda raqamli axloqiy o‘yinlar yordamida o‘quvchilarda ijobiy xulq-atvorni shakllantirishning metodik va pedagogik imkoniyatlarini tadqiq etishga bag‘ishlangan. Raqamli texnologiyalar va interaktiv o‘yinlar bugungi ta’lim jarayonida o‘quvchilarning diqqatini jalb qilish, motivatsiyasini oshirish va axloqiy qadriyatlarni o‘zlashtirishda samarali vosita sifatida e’tirof etilmoqda. Maqolada xorijiy va O‘zbekistonlik olimlarning tadqiqotlari tahlil qilinib, raqamli axloqiy o‘yinlarning pedagogik ahamiyati, interaktiv xususiyati va o‘quvchilarning ijtimoiy-axloqiy rivojlanishiga ta’siri ko‘rib chiqilgan.

Oybek Ne’matov, Mohinur Xudoynazarova

33-38

2025-12-18

ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH VA RAQAMLI TA’LIM MUHITINING AHAMIYATI

Zamonaviy axborot texnologiyalarining rivojlanishi va ularning ta’lim tizimidagi qo‘llanilishi ta’lim jarayonini sezilarli darajada o‘zgartirmoqda. Ushbu maqolada zamonaviy axborot texnologiyalari va raqamli ta’lim muhitining ahamiyati, shuningdek, ta’lim sohasida ularning integratsiyasi muhokama qilinadi. Ta’limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining (AKT) qo‘llanishi o‘qitish va o‘rganish jarayonlarini samarali va interaktiv qiladi, shuningdek, o‘qituvchilar va talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Raqamli ta’lim muhitining rivojlanishi masofaviy ta’limni qo‘llashni, onlayn platformalarda bilim olishni va o‘qitishning yangi usullarini ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi. Ushbu maqolada, raqamli resurslar, interaktiv texnologiyalar va ta’limda zamonaviy pedagogika metodlari muhokama qilinadi. Maqolada shuningdek, zamonaviy ta’lim tizimida axborot texnologiyalarining kiritilishi bilan bog‘liq imkoniyatlar va muammolar ko‘rsatiladi. Raqamli ta’limning kelajagi, o‘qituvchilarning raqamli kompetensiyalarini oshirish, shuningdek, ta’limda texnologiyalarning ahamiyati haqida xulosa chiqariladi

Azizbek Abdumannobov , A.A. Shernayev

54-57

2025-06-30

BOSHLANG'ICH MAKTABDA TABIATSHUNOSLIK FANINI INTERAKTIV O'QITISH: RAQAMLI VOSITALAR VA INNOVATSION YONDASHUVLAR

Ushbu maqolada boshlang'ich maktab darajasida tabiatshunoslik fanini o'qitishda zamonaviy raqamli texnologiyalar va interaktiv usullarning ta'siri tahlil qilingan. Tadqiqot adabiyotlar tahlili asosida amalga oshirilgan bo'lib, virtual laboratoriyalar, multimedia ta'lim vositalari, gamifikatsiya va boshqa innovatsion yondashuvlarning o'quvchi bilim sifatiga ta'siri ko'rib chiqilgan. Natijalar shuni ko'rsatadiki, raqamli vositalarning to'g'ri qo'llanilishi o'quvchilarning tabiatshunoslikka qiziqishini oshiradi va bilimlarni chuqurroq o'zlashtirishga yordam beradi.

Shohruh Ahmadaliyev

79-81

2025-08-31

IMPROVED METHODOLOGY FOR TEACHING ARCHITECTURAL PERSPECTIVE: VIRTUAL AND INTERACTIVE APPROACHES

This article analyzes the possibilities of using virtual and interactive methods in teaching architectural perspective. These approaches enhance the efficiency of the educational process, helping students develop both theoretical knowledge and practical skills. Technologies such as Virtual Reality (VR), Augmented Reality (AR), and 3D modeling enable students to deeply grasp the processes of technical drawing and design. Additionally, the article examines the advantages of hybrid learning and visual approaches in education. The research results confirm the crucial role of these methods in fostering creativity and increasing motivation for independent learning.

V.A. Talipova

16-20

2025-02-07

TABIIY FANLARNI O'QITISHDA ZAMONAVIY RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI

Zamonaviy raqamli texnologiyalar ta’lim tizimiga kirib kelishi bilan dars jarayonlari interaktiv va samaraliroq tus oldi. Tabiiy fanlar – fizika, kimyo, biologiya va geografiya – o‘ziga xos murakkab ilmiy tushunchalarga boy bo‘lgani sababli, bu fanlarni zamonaviy raqamli vositalar asosida o‘qitish, o‘quvchilarning bilim olish jarayonini soddalashtirib, ularda chuqur tushuncha va amaliy ko‘nikmalar hosil qilishga yordam beradi. Mazkur maqolada zamonaviy raqamli texnologiyalarning tabiiy fanlarni o‘qitishdagi o‘rni, ular orqali ta’lim samaradorligini oshirish usullari, virtual laboratoriyalarning afzalliklari va interaktiv metodlar orqali o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish yo‘llari yoritiladi. Shuningdek, maqolada ilmiy-pedagogik yondashuvlar va xalqaro tajribalar asosida metodologik tahlillar ham keltirilgan.

Kumushoy Órinboyeva , Jasurbek Akramov, Mahliyoxon Tursunaliyeva , Umidaxon Ergasheva

67-70

2025-04-24

DIZARTRIYA TASHXISIDA LOGOPEDIK YONDASHUVLARNING ZAMONAVIY USULLARI

Ushbu maqolada dizartriya tashxisida zamonaviy logopedik yondashuvlar, ularning metodik xususiyatlari va amaliy qo‘llanilishi tahlil qilingan. Tadqiqotda dizartriya shakllari, artikulyatsion va nafas mashqlarining roli, shuningdek kompyuter va interaktiv texnologiyalar yordamida nutq korreksiyasining samaradorligi yoritilgan. Mashg‘ulotlar individual tarzda ishlab chiqilgan va bemorning nutq rivojini kompleks rivojlantirishga qaratilgan. Tadqiqot natijalari logopedlar, nevrologlar, pedagoglar va ota-onalar uchun metodik jihatdan muhim ahamiyatga ega bo‘lib, dizartriya bilan og‘rigan bemorlarning nutq rivojini samarali ta’minlashga xizmat qiladi

Jasmina Sultanova

146-149

2026-01-29

1 - 25 of 70 items 1 2 3 > >> 

Indexing

butom

Requirements Editorial Board Politics Send the material

Language

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Developed By

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, st. Shirin 53, 100131


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2023 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy