Innovative Academy
  • Ro'yxatdan o'tish
  • Kirish
  • En
  • O'z
  • Ру

Innovative Academy

  • Журналы
    • Евразийский журнал академических исследований
    • Евразийский журнал медицинских и естественных наук
    • Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры
    • Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук
    • Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук
  • Новые журналы
    • Центральноазиатский журнал образования и инноваций
    • Евразийский журнал технологий и инноваций
    • Бюллетень педагогов нового Узбекистана
    • Бюллетень студентов нового Узбекистана
  • Конференции
    • Наука и технология в современном мире
    • Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения
    • Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Инновационные исследования в современном мире: теория и практика
    • Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
  • Объявления
    • Как написать научную статью?
    • Doktorantura yuzasidan savollar va ularga javoblar
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • Xirsh indeksi nima va uni qanday oshirish mumkin?
    • «Faol hamkor» aksiyasi
    • «In Ambassador» jamoasi
    • atm

Qidirish

##search.advancedFilters##

##search.searchResults##

KICHIK MAKTAB DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI

Ushbu maqolada kichik maktab yoshidagi bolalarning psixologik xususiyatlarining rivojlanishi haqida ma'lumot beriladi. Jumladan, maqolada kichik maktab yoshidagi bolalarning maktabga berish jarayonida sodir bòladigan psixologik òzgarishlar haqida ma'lumotlar yoritilgan.

Nafisa Orzikulova , Bahora Rajabova

20-24

2025-05-20

MAKTAB TA’LIMIGA E’TIBOR

Ushbu maqolada maktab ta’limiga bo‘lgan e’tibor, maktab bosqichlari, turlari va
maktab haqida bir qator ma’lumotlar berilgan.

Shohista Ro‘zimova

50-52

2023-04-06

SHTEYNER, PASKAL VA BRAINSHON TEOREMALARI VA ULARNING MAKTAB GEOMETRIYA KURSIDAGI MASALALARNI YECHISHGA TATBIQI

Ushbu maqolada Shteyner, Paskal va Brainshon teoremalari atroflicha yoritiladi hamda ularning maktab geometriya kursidagi ahamiyati va tatbiqlari o‘rganiladi. Bu teoremalar klassik va proyektiv geometriyaning muhim natijalari bo‘lib, ularning maktab darajasidagi masalalarni yechishda qanday ishlatilishi izohlanadi. Maqolada har bir teoremaning tarixi, bayoni, isboti va amaliy jihatlari muhokama qilinadi. Bu teoremalar o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ular yordamida murakkab geometriya masalalarini soddalashtirish, yangi bog‘liqliklarni aniqlash va shakllar orasidagi munosabatlarni oson tushunish mumkin. Maqolada ushbu teoremalar chuqur tahlil qilinib, ularning maktab geometriya kursidagi tatbiqlari ko‘rib chiqiladi.

Shaxlo Zaxriddinova , Hulkar Numonova

51-53

2025-03-31

KICHIK MAKTAB YOSHIDA O‘QUV MOTIVLARINI SHAKLLANTIRISHINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Kichik maktab yoshi — bu bolaning shaxsiy va intellektual rivojlanishida hal qiluvchi bosqich bo‘lib, aynan shu davrda o‘quv motivlari shakllanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur tezisda o‘quv motivlarini shakllantirishning psixologik xususiyatlari, uning rivojlanish bosqichlari va ta’lim jarayonidagi roli tahlil qilinadi. O‘quv motivlari bolaning ta'lim faoliyatiga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otadi, ichki ehtiyoj va maqsadlarning shakllanishiga asos bo‘ladi. Motivlarning shakllanishiga ijtimoiy muhit, oila, maktabdagi o‘qituvchi va sinfdoshlar ta’sir ko‘rsatadi. O‘quv motivlarining mustahkam rivojlanishi bolalarda bilim olishga bo‘lgan ichki ehtiyojni, o‘z-o‘zini rivojlantirish va o‘zlashtirish istagini kuchaytiradi. Tezisda kichik maktab yoshidagi bolalarda motivatsiyaning tashqi va ichki omillari, ularni rivojlantirish usullari, shuningdek, o‘qituvchilarning va ota-onalarning bu jarayondagi roli batafsil yoritilgan. Psixologik tadqiqotlarga tayangan holda, bolalarning o‘quv faoliyatidagi motivatsion xususiyatlari va ularning ta’lim jarayoniga ta’siri keng ko‘rib chiqiladi. Ushbu tadqiqot natijalari kichik maktab yoshidagi bolalarda barqaror o‘quv motivlarini shakllantirish uchun samarali metodik yondashuvlarni ishlab chiqishga yordam beradi.

Moxigul Abdulxamidova

61-63

2025-04-28

MAKTAB DIREKTORLARI BOSHQARUV SAMARADORLIGINI BAHOLASHNING HUQUQIY-ME’YORIY ASOSLARI

Mazkur maqolada O‘zbekiston ta’lim tizimida maktab direktorlari boshqaruv samaradorligini baholashga oid amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar tahlil qilinadi. Unda umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari reytingini shakllantirish bosqichalri, “Zamonaviy maktab”larga qo‘yiladigan talablar orqali maktab direktorlari faoliyatiga baho berish, attestatsiya va akkreditatsiya tartiblari hamda “menejerlik sertifikati” tizimining mazmun-mohiyati o‘rganilgan. Unda maktab direktorlarining boshqaruv faoliyatini baholashda mavjud yondashuvlarning ustun va zaif jihatlari ochib berilib, samaradorlik va sifat indikatorlari asosida reyting tizimini joriy etish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan.

Ulug‘bek Po‘latov

64-69

2025-09-22

KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARNI MA`NAVIY VA AXLOQIY TARBIYALASHDA ERTAKLARNING AHAMIYOTI

Mazkur maqolada kichik maktab yoshidagi bolalarni ma`naviy va axloqiy tarbiyalashda ertaklarning ahamiyoti haqida so`z yuritilib, maktab ta’limi va oila hamkorligida bolalarni aqliy va axloqiy tarbiyalashda ertaklardan foydalanish haqida yozilgan.

Zuxra Naimova

1351-1354

2022-12-26

OILAVIY MUHITNING MAKTAB O‘QUVCHISI PSIXOLOGIK HOLATIGA TA’SIRI

Maktab o‘quvchilari shaxsiy rivojlanishida psixologik holat muhim omil hisoblanadi. Bu holatga bevosita ta’sir etuvchi eng asosiy omillardan biri oilaviy muhitdir. Oila — bola hayotidagi birinchi ijtimoiy muhit bo‘lib, undagi munosabatlar, emotsional qo‘llab-quvvatlash, tarbiyaviy yondashuvlar o‘quvchining ruhiy holatiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu maqolada oilaviy muhitning maktab o‘quvchisi psixologik holatiga ko‘rsatadigan ta’sir mexanizmlari, ya’ni ota-onalar bilan muloqot sifati, nazorat darajasi, oilaviy iqlim, tarbiya uslublari va oiladagi emotsional barqarorlik darajasi tahlil qilinadi. Tadqiqotda psixologik barqarorlik, stress, xavotir, o‘z-o‘zini baholash darajasi kabi omillar o‘quvchi shaxsiyatining rivojlanishidagi ahamiyati nuqtai nazaridan o‘rganiladi. Shuningdek, oilaviy nizolar, ota-onalarning e’tiborsizligi, haddan ziyod talabchanlik yoki emotsional befarqlik maktab o‘quvchilarida psixologik muammolarni yuzaga keltirishi mumkinligi amaliy misollar bilan ko‘rsatiladi.

Aynura Soliyeva

89-90

2025-05-31

MAKTAB O'QUVCHILARINING TAYANCH KOMPETENSIYALARI

Ushbu maqolada hozirgi bosqichda o’zbek maktab o'quvchilarining asosiy vakolatlari tahlil qilinadi. O'qish, matematik, ilmiy savodxonlik, moliyaviy savodxonlik, ijodiy va tanqidiy fikrlash kabi asosiy vakolatlar ko'rib chiqiladi. PISA va PIRLS xalqaro tadqiqotlari asosida maktab o'quvchilari va ularning xorijiy tengdoshlari o'rtasida ushbu vakolatlarning shakllanish darajasi taqqoslanadi. Asosiy vakolatlarning rivojlanishiga ta'sir qiluvchi omillar aniqlanadi. Maktab o'quvchilarining asosiy vakolatlarini shakllantirishga yondashuvlarni takomillashtirish bo'yicha ta'lim tizimi uchun tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kamola Sabitova , Kamola Sabitova

78-81

2024-03-29

ZAMONAVIY O‘SMIRLARNING SALOMATLIGI VA TURMUSH TARZI

Maqolada maktab tibbiyoti muammolari boʼyicha tadqiqot maʼlumotlari keltirilgan. Soʼnggi besh yil ichida maktab oʼquvchilarining salomatlik holati baholanadi. Surunkali kasalliklarga chalingan bolalar soni ortib borayotganligi qayd etilmoqda. Maktab yoshidagi bolalar orasida kasallanish tarkibida asosiy oʼrinni tayanch-harakat tizimi va koʼrish organi kasalliklari egallaydi.

F.M.Gafarova, Z.M.Аbdujabarova, M.D.Аnvarova

288-293

2025-12-22

SHTEYNER, PASKAL, BRIANSHON TEOREMALARI VA ULARNI MAKTAB BOSQICHIGA TADBIQI

Ushbu maqola geometriyaning klassik Shteyner (Steiner), Paskal (Pascal) va Brianshon (Brianchon) teoremalarini o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, ularning maktab matematika ta’limiga murakkab, lekin samarali tarzda tadbiq qilish imkoniyatlarini keng ko‘lamda yoritadi. Bu teoremalar, o‘zining chuqur nazariy mazmuni va vizual-tahliyli xususiyatlari bilan, nafaqat oliy matematikaning poydevorini tashkil etadi, balki maktab o‘quvchilarining analitik fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda ham muhim vosita sifatida xizmat qilishi mumkin. Maqolada ushbu teoremalarning tarixiy kelib chiqishi, geometrik mohiyati va zamonaviy ta’limdagi dolzarbligi sinchiklab tahlil qilinadi, shu bilan birga, ularni maktab dasturiga moslashtirish uchun innovatsion metodik yondashuvlar taklif etiladi.

Shahlo Zahiriddinova , Farangiz Yormatova

88-91

2025-03-31

KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O’QUVCHILARNING RUHIY RIVOJLANISHIGA OID MUAMMOLARNI ANIQLASH VA TUZATISHDA MAKTAB PSIXOLOGINING DIAGNOSTIK-KORREKSION ISHLARNI OLIB BORISHDAGI NAZARIY-AMALIY YONDASHUVLARI

Mazkur maqolada kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning ruhiy rivojlanishida uchraydigan muammolar, ularni erta aniqlash va psixologik korreksiya orqali bartaraf etish masalalari yoritilgan. Maktab amaliyotchi psixologining ushbu jarayondagi o‘rni, vazifalari, psixodiagnostik usullardan samarali foydalanish yo‘llari hamda korreksion ishlarning mazmuni nazariy va amaliy nuqtayi nazardan tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada o‘quvchilarning emotsional holati, muloqotdagi qiyinchiliklar, o‘qishga bo‘lgan motivatsiya pastligi, o‘z-o‘zini baholashdagi nomutanosiblik kabi muammolar psixologik kuzatuv va test natijalari asosida ochib berilgan. Amaliyotchi psixologning o‘qituvchilar va ota-onalar bilan hamkorlikda olib boradigan faoliyati, shuningdek, yoshga mos psixoprofilaktika va psixokorreksiya uslublarining samaradorligi haqida tavsiyalar keltirilgan.

Rohila Abduvahobova

147-150

2025-05-29

SHTEYNER, PASKAL VA BRIANSHON TEOREMALARI VA ULARNI MAKTAB GEOMETRIYA KURSIDAGI MASALALARNI YECHISHGA TADBIG’I

Ushbu maqolada Shteyner, Paskal va Brianshon teoremalari va ularning maktab geometriya kursidagi masalalarni yechishda qo‘llanilishi o‘rganiladi. Shteyner teoremasi uchburchakning aylana bilan bog‘liq xususiyatlarini, Paskal teoremasi esa koniklik va oltita nuqtaning geometrik xossalarini tavsiflaydi. Brianshon teoremasi esa olti burchak va uning diagonallari orasidagi bog‘liqlikni ifodalaydi. Ushbu teoremalarning isboti va ularni masalalar yechishda qo‘llash usullari tahlil qilinadi. Maqolada maktab geometriya kursida tez-tez uchraydigan masalalar misolida ushbu teoremalarning samaradorligi va amaliy ahamiyati ko‘rsatiladi. Shuningdek, o‘quvchilarga ushbu teoremalardan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi. Maqola geometriya darslarida nazariy bilimlarni mustahkamlash va ularni amaliyotda qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Shahlo Zahriddinova , Soxiba Yodgorova

85-87

2025-03-31

IELTS XALQARO TEST TIZIMI VA UNING MAKTAB O‘QUVCHILARIGA INGLIZ TILINI O‘QITISHDAGI AHAMIYATI

Maqolada IELTS xalqaro test tizimining maktab o‘quvchilariga ingliz tilini o‘qitish jarayoniga ta’siri va ahamiyati tahlil qilinadi. IELTS va CEFR standartlari o‘rtasidagi muvofiqlik ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, IELTS talablarining o‘qitish metodikasiga ta’siri (kommunikativ yondashuv, tanqidiy fikrlash) asoslanadi va maktab o‘quvchilarini ushbu talablarga tayyorlashdagi asosiy muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar keltiriladi.

D. Saydazimova, S. Komilova

8-10

2025-12-05

OTA-ONALAR VA PSIXOLOG HAMKORLIGI HAMDA O‘QUVCHILARNING RUHIY BARQARORLIGIGA TA’SIRI

Ushbu maqolada ota-onalar va maktab psixologi o‘rtasidagi hamkorlikning o‘quvchilarning ruhiy barqarorligiga ko‘rsatadigan ta’siri tahlil etiladi. Muallif o‘quvchilarning ruhiy holatini barqarorlashtirishda oila va maktab psixologi o‘rtasidagi uzviy aloqaning ahamiyatini yoritadi. Shuningdek, o‘zaro muloqot shakllari, maslahat uslublari va natijalar tahlil qilingan.

Maxarramxon Kulmatova

60-62

2025-06-27

MAKTAB OʻQUVCHILARIDA OʻQISHGA BOʻLGAN MOTIVATSIYANI OSHIRISH USULLARI

Ushbu maqolada maktab o'quvchilarining o'qishga bo'lgan motivatsiyasini oshirish usullari tadqiq etiladi. Tadqiqot metodologiyasi sifatida adabiyotlar tahlili va o'qituvchilar bilan intervyu o'tkazish qo'llanilgan. Natijalar shuni ko'rsatadiki, o'qituvchilarning o'quvchilarga individual yondashishi, dars jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llashi va ota-onalar bilan hamkorlik qilishi o'quvchilarning motivatsiyasini oshirishda muhim rol o'ynaydi. Shuningdek, maqolada keltirilgan tavsiyalar o'qituvchilar, maktab ma'muriyati va ota-onalarga o'quvchilarning o'qishga qiziqishini oshirishda yordam beradi.

Gulchehra Karimova

28-31

2024-05-13

MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARDA KARIYES TARQALISHIGA TASHQI OMILLARNING TA’SIRI

Ushbu tadqiqot maktab yoshidagi bolalarda tish kariyesi tarqalishiga ta’sir etuvchi tashqi omillarni aniqlashga qaratilgan. Farg‘ona shahar umumta’lim maktablarida 6-15 yoshdagi 420 nafar o‘quvchi o‘rtasida o‘tkazilgan epidemiologik kuzatuvlarga ko‘ra, kariyes tarqalishida shakarli mahsulotlar iste’moli, noto‘g‘ri ovqatlanish tartibi, stomatologik gigiyena vositalaridan noto‘g‘ri foydalanish, ekologik omillar, ijtimoiy-iqtisodiy holat va ota-onalarning stomatologik madaniyati asosiy risk omillari ekanligi aniqlandi. Tadqiqot natijalari maktab gigiyenasi, profilaktik stomatologiya va sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirilgan dasturlarni takomillashtirish zarurligini ko‘rsatadi.

Yigitaliyeva Xilola Muxammadjon qizi

13-17

2025-12-05

MAKTAB O‘QUVCHILARINING PSIXOLOGIK FAROVONLIGINI TA’MINLASH: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA SAMARALI METODLAR

Mazkur maqolada maktab o‘quvchilarining psixologik farovonligini ta’minlash bo‘yicha psixologning roli, zamonaviy yondashuvlar, shuningdek, o‘quvchilarda uchraydigan keng tarqalgan psixologik muammolar va ularni hal etish usullari ko‘rib chiqiladi. Psixologik yordam jarayonida individual yondashuv, ijtimoiy-emotsional o‘rganish, guruh terapiyasi kabi samarali metodlarning ahamiyati yoritilgan. Maqola maktab psixologlari, pedagoglar va ota-onalar uchun foydali amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Jumayeva Mashxura O'tkirovna

87-88

2025-06-22

MAKTAB O‘QUV RESURSLAR MARKAZINI TASHKIL ETISH PLATFORMASINI YARATISH

Maktab o‘quv resurslar markazini tashkil etish platformasi ta’lim tizimining samaradorligini oshirish, resurslarni markazlashtirish va o‘qituvchilar bilan o‘quvchilar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan innovatsion yechimdir. Ushbu platforma orqali ta’lim materiallari va resurslarining mavjudligi, yangilanishi va taqsimlanishi markazlashtiriladi. O‘qituvchilar va talabalar o‘z ehtiyojlariga mos keladigan resurslarni osongina topishlari, o‘zaro tajriba almashishlari va ta’lim jarayonini individualizatsiya qilishlari mumkin. Mazkur maqolada maktab o‘quv resurslar markazini tashkil etish platformasini yaratish to‘g’risida ma’lumotlar keltirilgan.

Madinaxon G’ofurova, Odiljon Atabayev

66-68

2025-05-10

O’RTA TA’LIM MAKTABLARINING TIPOLOGIYASI

Ushbu maqolada O‘zbekiston sharoitida qishloq maktablarining tiplanishi va tasnifini chuqur o‘rganadi, sinflar majmuasi, demografik tarkibi, ta’lim dasturlari va me’moriy jihatlari kabi omillarga urg‘u beradi. Unda maktabni tiplashtirishda o‘quvchilar va ota-onalar tarkibining ahamiyati, o‘quv majmualarini iqlim va seysmik sharoitlardan kelib chiqqan holda loyihalash, estetik ko‘rinishda an’anaviy o‘zbek me’morchiligi elementlaridan foydalanish masalalari muhokama qilinadi. Umumiy oʻrta taʼlim maktablarining salohiyati va tuzilmasi koʻrsatilgan boʻlib, asosiy eʼtibor 11 yillik asosiy maktab modeliga va oʻquvchilarni qamrab olishdan kelib chiqqan holda optimal sinflar soniga qaratiladi. Maqola maktab tarmog'ini joylashtirishni aniqlashda demografik tahlilning ahamiyati va o'quvchilar, ayniqsa, qishloq joylarida foydalanish imkoniyatini ta'minlash zarurligini muxokama qiladi.

Olimjon Abduraxmonov

136-141

2024-09-19

MAKTAB MATEMATIKA DARSLARIDA INNOVATSION YONDASHUV

Maktab matematika kursi mazmunini,o'rta mahsus ta'lim matematika kursi mazmuni bilan uzluksizlik va uzviylik muammolarini aniqlash hamda bu muammolarni echish maktab matematikasini o'zlashtirish samaradorligini talab darajasini ta'minlaydi.Ushbu maqoladan maqsad maktab matematika darslarida innovatsion yondoshuvga asoslanish orqali matematika o'qitish metodikasini takomillashtirish va ta'limda kutilgan samaradorlikka erishish.

O.N. Hakimov, X.B. Erkinov

31-33

2023-12-19

O'QUVCHILARDA STRESSNI BOSHQARISHDA MAKTAB PSIXOLOGINING ROLI VA AHAMIYATI

Mazkur maqolada o'quvchilarda stressni boshqarishda maktab psixologining o'rni va ahamiyati o'rganiladi. Maktab psixologi, o'quvchilarning ruhiy salomatligini ta'minlash, stressni boshqarish va uning salbiy oqibatlarini oldini olish borasida muhim rol o'ynaydi. Ta'lim jarayonida o'quvchilarning psixologik holatini aniqlash, stressni kamaytirish bo'yicha metodik yondoshuvlarni qo'llash va individual yondoshuvni amalga oshirish orqali psixolog o'quvchilarni nafaqat akademik, balki emotsional jihatdan ham qo'llab-quvvatlaydi. Ushbu maqolada maktab psixologining stressni boshqarishdagi metodlari va pedagogik roli tahlil qilinadi.

Umarova Dilnoza Utkurovna

95-97

2025-12-11

MAKTABLARDA PSIXOMATIK KASALLIKLARINI OLDINI OLISH. PSIXOPROFILAKTIKA CHORALARI

Paixomatik kasalliklari – bu psixologik omillar ta’siri ostida yuzaga keladigan jismoniy kasalliklardir. Maktab davrida  o’quvchilarda o’quv jarayonidagi zo’riqish, stress, oilaviy muammolar sinfdoshlar bilan o’zaro nizolar natijasida yuzaga kelishi mumkin. Ushbu tezisda maktab sharoitida bunday kasalliklarni oldini olish uchun psixoprofilaktika choralari, psixologik xizmatning o’rni va samaralari metodlar yoritib beriladi. Shu bilan birgalikda ushbu tezisda  talim jarayonida sog’lom psixologik muhit yaratish ota onalar bilan hamkorlik va maktab psixologik xizmatning o’rni xaqida so’z yuritiladi.

Nilufar Qodirova , Abuqunduz Xalimjonov

23-24

2025-09-30

MAKTAB BITIRUVCHILARINI AXBOROT TEXNALOGIYALARI KASBIGA YO’NALTIRISH

Mazkur tezisda maktab bitiruvchilarini axborot texnologiyalari (AT) sohasi bo‘yicha kasbga yo‘naltirishning ahamiyati va usullari yoritilgan. Axborot texnologiyalari sohasining zamonaviy jamiyatda tutgan o‘rni va iqtisodiy rivojlanishda tutgan roli haqida so‘z yuritiladi. Tezisda o‘quvchilarda texnik qobiliyatlarni rivojlantirish, AT sohasi bilan bog‘liq kasblarga qiziqish uyg‘otish, shuningdek, mehnat bozorining talablariga mos mutaxassislar yetishtirishga yo‘naltirilgan dasturlar va uslublar tahlil qilinadi. Xususan, maktab va AT sohasi o‘rtasidagi hamkorlik, amaliy darslar, seminarlar va kasbga yo‘naltirish dasturlari bo‘yicha tajribalar o‘rganilgan. Shu orqali, yoshlarning AT sohasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish va ularni kelajakdagi muvaffaqiyatli kasbiy faoliyatga yo‘naltirish imkoniyatlari ko‘rsatiladi.

Tursunaliyev Husanboy Shavkatjon o’g’li

122-124

2025-01-13

KICHIK MAKTAB YOSHI O’QUVCHILARDA XOTIRA JARAYONINI RIVOJLANTIRISHNING O’ZIGA XOS JIHATLARI

Ushbu maqolada kichik maktab yoshida o'quvchilarning xotir jarayonini rivojlantirishga oid psixologik- pedagogik omillar tahlil qilingan. Shuningdek, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda xotira jarayonini rivojlantirishning o‘ziga xos jihatlari ko’rib chiqilgan.

Sarvinoz Turg’unova

138-142

2025-07-31

MAKTAB O'QUVCHILARIDA SHAXSIY PROKRASTINATSIYANING NAMOYON BO'LISHI

Maqolada maktab o'quvchilarida shaxsiy kechikish muammosi ko'rib chiqiladi. Kechiktirish hodisasining nazariy tahlili u yoki bu darajada mos kelmaydigan shaxsiyatning murakkab ruhiy hodisasi sifatida taqdim etiladi. Bu yoshlarda kechikish va boshqa hodisalar bilan munosabatlarning yuqori xavfini ko'rsatadi. Maktab o'quvchilarida kechikish xususiyatlarini o'rganish natijalari tahlil qilinadi. Bu prokrastinatsiya fenomenini tavsiflovchi bir nechta ko'rsatkichlarda o'z aksini topadi: motivatsion etishmovchilik, kechikish perfektsionizmi va kechiktirish tashvishi.

Gulshanoy O’rozboeva

15-17

2023-08-12

##navigation.items## 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Индексация

Zenodo
WorldCat
Universal Impact Factor
SJIFactor
SIS
ROAD
Researchbib
OpenAIRE
Open Access
ISSN
Internet Archive
Index Copernicus
Google Scholar
DataCite
DOI
DRJI
CiteFactor
Advanced Science Index

butom

Требования Редакционный совет Политика Отправить материал

Til tanlash

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

##plugins.block.developedBy.blockTitle##

Ochiq jurnal tizimlari

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, Amir Temur Avenue 120/30, 100017


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2024 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy