We are pleased to inform you that the Research Support Center "Innovative Academy RSC" has organized the Republican Conference "Young Scientists". This is a national online conference with open access, where review abstracts related to various fields are published. The main goal is to offer an intellectual platform for national scientists, and it aims to promote interdisciplinary research.

Published: 2025-12-13

GILGAMISH ASARINING YARATILISH TARIXI

“Gilgamish dostoni” insoniyat tarixidagi eng qadimgi yozma yodgorliklardan biri bo‘lib, uning yaratilishi miloddan avvalgi III ming yillikka borib taqaladi. Bu doston qadimgi Shumer sivilizatsiyasi adabiy merosining eng yirik namunasi hisoblanadi. Doston nafaqat adabiyotshunoslikda, balki tarix, arxeologiya, mifologiya, tilshunoslik va madaniyatshunoslik kabi ko‘plab fanlar uchun asosiy manba vazifasini bajaradi. Uning shakllanish tarixi murakkab bo‘lib, bir necha bosqichda rivojlangan va turli davrlarda qayta ishlangan. Gilgamish obrazi tarixiy shaxsga bog‘langan bo‘lib, u Uruk shahri hukmdori sifatida miloddan avvalgi 2700-yillarda yashagan deb taxmin qilinadi.

Jasmina Toshpo‘latova

4-5

2025-12-12

КОММУНИКАТИВНО-ДИАЛОГОВЫЕ ТЕХНОЛОГИИ В ШКОЛЕ

В данной статье рассматриваются особенности применения коммуникативно-диалоговых технологий в современной школе. Подчёркивается значимость диалога как средства развития мышления, формирования познавательной активности и совершенствования речевых умений учащихся. Анализируются формы и педагогические возможности диалогового взаимодействия, включая дискуссии, групповую работу, ролевые игры и проектную деятельность. Освещаются трудности, возникающие при внедрении диалоговых методов, и условия их успешной реализации.

Бобур Акбаров, Жонибек Рузиев , Сардор Равшанов

6-8

2025-12-12

THE IMPACT OF LATIN LEARNING ON ANGLO-SAXON ENGLAND

This article extensively covers the historical formation of the Latin language, its role in the fields of science, literature, politics and diplomacy, and its influence on the processes of cultural revival. The study analyzes the role of the Latin language in preserving the intellectual heritage of European civilization, shaping scientific thinking, and developing cultural integration. It also covers the processes associated with the strengthening of scientific traditions in medieval universities, the dissemination of literary achievements, and the formation of the Latin language as a single means of communication in diplomatic relations. The article shows that the Latin language continues to be important today as an important element of scientific terminology and cultural heritage.

Sultonova Oydinoy, Umarova Dilafruz

9-15

2025-12-12

HARBIY TAYYORGARLIKDA KOGNITIV QOBILIYATLARNING O‘RNI

ushbu ilmiy maqolada harbiy tayyorgarlik jarayonida kognitiv qobiliyatlarning ahamiyati, ularning shakllanish mexanizmlari, tezkor qaror qabul qilish, stress ostida vaziyatni tahlil qilish, kuzatuvchanlik, diqqat va xotira jarayonlarining harbiy xizmatchilar samaradorligiga ta’siri ilmiy asoslanadi. Neyropsixologik, pedagogik va harbiy psixologiya yondashuvlari integratsiyasi orqali harbiy ta’lim tizimida kognitiv tayyorgarlikni kuchaytirishning zamonaviy metodlari tahlil qilinadi.

Diyora Abdugʻapporova

16-19

2025-12-12

QURILISHDA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHDA BANKLAR, SOLIQ VA BOSHQA MOLIYAVIY MUASSASALARNING O‘RNI, AHAMIYATI

Ushbu maqolada qurilish sohasida tadbirkorlikni rivojlantirishda banklar, soliq tizimi va boshqa moliyaviy muassasalarning roli yoritiladi. Moliyalashtirish mexanizmlari, kreditlash, soliq imtiyozlari va davlat qo‘llab-quvvatlash choralari tahlil qilinib, ular tadbirkorlik faolligini oshirishdagi ahamiyati ko‘rsatib beriladi.

Sharifa Rasulova, Bexruz Norboyev

20-22

2025-12-12

MILLIY IQTISODIYOTNING MUSTAQIL TARMOG`I SIFATIDA QURILISHNING SHAKLLANISHI VA TEXNIK-IQTISODIY XUSUSIYATLARI

Maqolada qurilishning milliy iqtisodiyotdagi mustaqil tarmoq sifatida shakllanishi, uning iqtisodiy ahamiyati hamda texnik-iqtisodiy xususiyatlari yoritiladi. Shuningdek, sohaning modernizatsiya jarayonlari va iqtisodiy rivojlanishdagi o‘rni tahlil qilinadi.

Sharifa Rasulova, Hilola Ahmatova

23-25

2025-12-12

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA FAN VA INNOVATSIYALARNING RIVOJLANISH HOLATI TAHLILI

Hurmatli yurtboshimiz takidlaganlaridek, Innovatsiya – bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan bo‘lsak, uni aynan innovatsion g‘oyalar, innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak.

Висола Исломова

26-29

2025-12-12

“РОЛЬ ИННОВАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В СОВЕРШЕНСТВОВАНИИ СИСТЕМЫ МЕНЕДЖМЕНТА КАЧЕСТВА В СФЕРЕ ТОРГОВЛИ”

В статье подробно анализируется роль инновационных технологий в совершенствовании системы менеджмента качества в сфере торговли, механизмы их внедрения и практические результаты. Также рассматривается влияние цифровых решений на эффективность бизнеса в условиях глобального и локального рынка, а также оптимизация менеджмента качества посредством внедрения технологий искусственного интеллекта. В статье также подробно освещены практические рекомендации, существующие проблемы и способы их решения.

Э.А. Уралбоева

30-34

2025-12-12

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TA’LIM SOHASIDAGI ISLOHOTLAR

Ushbu maqolada mustaqillikka erishgan O`zbekiston Respublikasida ta’lim tizimining shakllanishi va uning qonun bilan mustahkamlanishi, Oliy va o`rta maxsus ta’limning joriy etilishi, unga oid davlat qonunlari, ularga kiritilgan o`zgarishlar haqida asosiy ma’lumotlar yoritilgan.

Jasurbek Jamoliddinov

35-38

2025-12-12

TA’LIM TURLARI VA TA’LIMNI TASHKIL ETISH SHAKLLARI

Ushbu maqolada ta’limning asosiy turlari — formal, norformal, informal, masofaviy va inklyuziv ta’limning mazmuni, xususiyatlari hamda afzalliklari yoritilgan. Shuningdek, ta’lim jarayonini tashkil etishning turli shakllari: dars, amaliy mashg‘ulot, seminar, ma’ruza, mustaqil ta’lim, guruhli ish va onlayn darslar batafsil tahlil qilingan. Maqola zamonaviy pedagogik jarayonning samaradorligini oshirishda turli ta’lim shakllaridan oqilona foydalanishning ahamiyatini ochib beradi.

Sadoqatoy Boltaboyeva, Malika Jo’rayeva , Shohida Turdiyrva

39-40

2025-12-15

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA FAOLIYATLAR JARAYONIDA SENSOR–FONETIK O‘YIN TEXNOLOGIYASINI QO‘LLASH

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatida sensor–fonetik o‘yin texnologiyasidan foydalanishning mazmuni, vazifalari va ahamiyati yoritilgan. Sensor va fonetik rivojlanishning uyg‘unlashuvi bolalarning nutq faolligi, tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishi va fonematik eshituvini shakllantirishga yordam berishi ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Shuningdek, sensor–fonetik o‘yinlarning turlari, ularni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish usullari hamda texnologiyaning pedagogik afzalliklari bayon etilgan.

Durdona Tursunova

41-44

2025-12-15

“KОNSTITUTSIYA – ERKIN VA FARОVОN HAYОT GARОVI”

Ushbu maqоlada О‘zbekistоn Respublikasi Kоnstitutsiyasining jamiyat taraqqiyоtidagi о‘rni, fuqarоlarning erkinliklari va farоvоnligini ta’minlashdagi huquqiy mexanizmlari hamda asоsiy qоnunning zamоnaviy ijtimоiy-siyоsiy hayоtdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Kоnstitutsiyada belgilangan demоkratik tamоyillar – insоn huquqlarining ustuvоrligi, adоlat, xalq hоkimiyatchiligi va ijtimоiy davlat kоnsepsiyasi – mamlakatning barqarоr rivоjlanishiga asоs bо‘luvchi оmillar sifatida kо‘rib chiqiladi. Tadqiqоtda kоnstitutsiyaviy islоhоtlarning mazmun-mоhiyati, ularning ta’lim, iqtisоdiyоt, sud-huquq tizimi va fuqarоlik jamiyati institutlari faоliyatiga kо‘rsatgan ta’siri ilmiy yоndashuv asоsida о‘rganiladi. Shuningdek, yangi tahrirdagi Kоnstitutsiyaning yоshlar uchun yaratayоtgan imkоniyatlari, ta’lim оluvchilarning huquqiy madaniyatini оshirishdagi rоli va erkin hamda farоvоn hayоt uchun mustahkam huquqiy kafоlat ekanligi asоslab beriladi. Maqоla yakunida kоnstitutsiyaviy qadriyatlarni keng targ‘ib etish va ularni amaliyоtga jоriy etishni takоmillashtirish bо‘yicha xulоsalar berilgan.

Sevinch Tоshpо‘latоva

45-49

2025-12-15

TURLI YOSHDAGI BOLALARNING JISMONIY RIVOJLANISH KO‘RSATKICHLARI

Ushbu maqolada turli yoshdagi bolalarning jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari ilmiy-statistik tahlil asosida o‘rganilgan. Tadqiqotda antropometrik parametrlar: bo‘y uzunligi, tana vazni, ko‘krak qafasi aylanasining o‘zgarishi, tana massasi indeksi (BMI), jismoniy tayyorgarlik testlari natijalari va biologik yetilish darajalari baholandi. Maqolada yosh davrlari bo‘yicha normativ tendensiyalar, funksional rivojlanish dinamikasi va tashqi omillarning ta’siri (ovqatlanish, faollik darajasi, iqlimiy sharoit, irsiy omillar) tahlil qilingan. Natijalar umumiy jismoniy rivojlanish me’yorlarini shakllantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda amaliy ahamiyatga ega.

Saidaxon Maxmudova, F. Mirzabekova

50-55

2025-12-15

TABIIY TILNI QAYTA ISHLASH (NLP) ASOSIDA AVTOMATIK BILIMLAR CHIQARISH

Hozirgi kunda axborot texnologiyalari jadal rivojlanib borayotgan bir davrda matnli ma'lumotlardan avtomatik tarzda bilim olish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu maqolada tabiiy tilni qayta ishlash texnologiyalari qanday qilib matnlardan kerakli bilimlarni ajratib olishga yordam berishini o'rgandik. Tadqiqot davomida matnlarni ma'no jihatdan tahlil qilish, ulardan muhim obyektlar va ularning bir-biri bilan bog'liqliklarini topish, shuningdek bilim graflarini qurish usullari batafsil ko'rib chiqildi. Ishda zamonaviy sun'iy intellekt modellari, ayniqsa transformer arxitekturasi va an'anaviy qoidaga asoslangan usullarning qiyosiy tahlili amalga oshirildi. Olingan natijalar shuni ko'rsatdiki, zamonaviy NLP texnologiyalari bilimlar bazasini yaratishda juda samarali vosita hisoblanadi.

Asilbek Topiqov

56-59

2025-12-15

INTERNATIONAL STANDARDS FOR ENGLISH LANGUAGE TEACHING AND ASSESSMENT

This article discusses international standards for English language teaching and assessment, their content, didactic requirements, and the advantages of integrating them into the educational process. In the modern education system, international standards such as CEFR, TOEFL, and IELTS allow students to assess their linguistic competencies based on specific criteria. The study analyzes the scientific basis of CEFR language proficiency levels, communicative approach, assessment criteria, language skills teaching methods, and testing systems. It also presents proposals for implementing international assessment standards in national educational programs, improving teacher training, and modernizing the teaching process. The results show that the adaptation of English language teaching to global requirements is an important factor in improving the quality of education, developing students' communicative competence, and shaping them as competitive personnel in the international arena.

Raximova Muxlisa Nozim kizi , Xatira Gaybullayeva Muratdzhanovna

60-62

2025-12-15

ARUZ VAZNIDAGI RUBOIY, TUYUQ VA G‘AZALLARNI IFODALI O‘QISH TEXNOLOGIYALARI

Ushbu maqolada aruz vaznidagi ruboiy, tuyuq va g‘azal janrlarini ifodali o‘qishning zamonaviy pedagogik texnologiyalari yoritiladi. Sharq mumtoz adabiyotining asosiy vazn tizimi bo‘lgan aruz o‘zining qat’iy bo‘g‘in uzun-qisqaligi, musiqa va ritm uyg‘unligi bilan o‘quvchi nutq madaniyatini shakllantirishda muhim vosita hisoblanadi. Maqolada aruz vaznida yozilgan matnlarni o‘qitishda fonetik tayyorgarlik, nafasni boshqarish, talaffuz aniqligi, ohangdorlik, ritmik urg‘u, pauza va tempni to‘g‘ri qo‘llash kabi metodik yondashuvlar tahlil qilinadi. Shuningdek, ruboiy va tuyuqning ixcham shakli, g‘azalning keng qamrovli tuzilishi o‘qish texnikasiga qanday ta’sir qilishi ilmiy asosda izohlanadi. Innovatsion yondashuvlar — audio-darslar, videomashg‘ulotlar, raqamli skaner-ritm tizimlari, mobil ilovalar va dramatizatsiya mashqlari orqali aruzni oson o‘zlashtirish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda o‘qituvchi va o‘quvchining interaktiv hamkorligiga asoslangan ifodali o‘qish texnologiyalarining afzalliklari asoslab beriladi. Maqola aruz vazni bo‘yicha o‘qish madaniyatini rivojlantirish, mumtoz merosni chuqurroq anglash, badiiy tafakkurni kengaytirishga xizmat qiladi.

Dildora Elamanova

63-65

2025-12-15

STRATEGIES FOR TEACHING GRAMMAR IN CONTEXT

This article explores effective strategies for teaching grammar in context, emphasizing the importance of integrating grammar instruction with real-life language use. It reviews current literature on communicative language teaching and task-based learning, highlighting how these approaches contribute to more engaging and effective grammar instruction. The study includes a mixed-methods investigation comparing traditional grammar instruction with context-based methods in an ESL classroom. Results indicate that context-based instruction significantly enhances grammatical accuracy and fluency, as students are able to apply grammar in meaningful tasks. The article concludes by advocating for the integration of grammar teaching within communicative contexts to foster greater linguistic competence and learner engagement.

Qoraboyeva Nargiza Tursunovna

66-69

2025-12-15

TO‘LQIN TARQALISH TENGLAMASINI COMSOL MULTIPHYSICS DASTURI YORDAMIDA MATEMATIK MODELLASHTIRISH

Ushbu maqolada bir o‘lchovli fazoda  to‘lqin tarqalish tenglamalarining 1 metr sterjindagi, vaqt oralig‘i dt=0.1 sekund va qadami dx=0.1 metr bo‘lgan holat uchun to‘lqin tarqalishining aniq yechim va birdan yettinchi darajagacha bo‘lgan aniqlilik darajalari Chekli elememtlar usuli asosida ishlovchi COMSOL MULTIPHYSICS dasturida ko‘rib chiqilgan. Aniq yechim va aniqlilik darajalari grafik yordamida bir – biriga taqqoslangan.

D.M. Davronova

70-73

2025-12-15

GIDRAVLIK JARAYONLARNI MATEMATIK MODELLASHTIRISHDA O‘XSHASHLIK NAZARIYASINI QO‘LLASH

Ushbu tezis, murakkab gidravlik jarayonlarni matematik modellashtirishda o‘xshashlik nazariyasini asosiy metodologik vosita sifatida o‘rganadi. Nazariya, real tizimlarni laboratoriya sharoitidagi masshtablangan modellar orqali tahlil qilish imkonini beradi. Tadqiqotning asosiy maqsadi — gidrodinamik tenglamalarni Reynolds, Froud, Eyler kabi mezonlar yordamida o‘lchovsiz shaklga keltirish orqali hisoblash hajmini optimallashtirishdir. O‘xshashlik nazariyasining to‘g‘ri qo‘llanilishi eksperimental natijalarni haqiqiy sharoitlarga yuqori aniqlikda ekstrapolyatsiya qilish usullarini asoslab beradi. Olingan xulosalar suv inshootlarini loyihalashda va hisobiy gidrodinamika (CFD) modellarining samaradorligini oshirishda muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.

D.M. Davronova

74-79

2025-12-15

TORLAR VA SONLI FARQLAR USULI: MATEMATIK MODELLASHTIRISHNING ASOSIY VOSITALARI

Ushbu maqolada differentsial operatorlarning sonli farqlarga asoslangan yaqinlashishlarining nazariy va amaliy jihatlari o‘rganilgan. Tor usullarining matematik asoslari, diskretlashtirish jarayoni, turli tartibli sonli farq yaqinlashish sxemalari va ularning xatolari tahlil qilingan. Birinchi, ikkinchi va to‘rtinchi tartibli hosilalar uchun optimal yaqinlashish formulalari keltirilgan, ularning yaqinlashish tartiblari va xatolari tahli qilingan. Issiqlik o‘tkazuvchanlik tenglamasi uchun turli sxemalar (anig, noanig va og’irlikli sxemalar) taqdim etilgan. Maqolada yaqinlashish xatosini kamaytirish usullari, barqarorlik muammolari va zamonaviy rivojlanishlar ham muhokama qilingan. Olingan natijalar hisoblash matematikasi, sonli usullar va matematik fizika sohalarida amaliy qo‘llanilishi mumkin.

Sanobar Azimjonova

80-84

2025-12-15

RAQAMLI IQTISODIYOTDA KRIPTOVALYUTALARNING O’RNI

Ushbu ishda raqamli iqtisodiyotning shakllanishi jarayonida kriptovalyutalarning roli va ahamiyati tahlil qilingan. Raqamli texnologiyalar jadal rivojlanib borayotgan bugungi kunda blokcheyn asosidagi moliyaviy vositalar global iqtisodiy tizimning muhim qismiga aylanmoqda. Ishda kriptovalyutalarning asosiy funksiyalari, ularning tranzaksiya tezligi, xavfsizlik darajasi, decentralizatsiya prinsipi, hamda an’anaviy moliya tizimiga ta’siri yoritilgan. Shuningdek, kripto aktivlarning investitsion imkoniyatlari, ularning iqtisodiy o‘sishga qo‘shayotgan hissasi va mavjud xavf-xatarlar ham ilmiy nuqtai nazardan ko‘rib chiqilgan. Mamlakatlar tomonidan kriptovalyutalarni tartibga solish bo‘yicha olib borilayotgan siyosatlar va raqamli iqtisodiyotda ushbu aktivlardan foydalanish istiqbollari ham tadqiq etiladi.

Muxammadisxoq O’smonjonov , Javohir Qobiiljonov

85-88

2025-12-15

GLOBAL DIPLOMACY IN ACTION: HOW MODERN SUMMITS SHAPE INTERNATIONAL COOPERATION

This article analyzes the role of recent high-level diplomatic meetings in shaping international relations and enhancing cooperation on global challenges. Drawing on events in Rio de Janeiro, Baku, and Beijing, it demonstrates that diplomacy continues to withstand political, environmental, and economic pressures. The study concludes that international dialogue remains vital for sustaining peace and mutual understanding.

Muxtorova Shodiya

89-91

2025-12-15

WORD FORMATION IN ENGLISH: MORPHOLOGICAL PROCESSES AND LINGUISTIC SIGNIFICANCE

This article examines word formation as a key area of morphological studies, focusing on the major word-formation processes in English. It highlights the role of these processes in lexical expansion and demonstrates how language can withstand social, technological, and cultural change. The study provides a systematic overview suitable for linguistic research and academic publication.

Muxtorova Shodiya

92-94

2025-12-15

MAHALLIY BRENDLARNI RIVOJLANTIRISH: SOTUV VA REKLAMA STRATEGIYALARI

Ushbu maqolada O‘zbekistondagi mahalliy brendlar qanday rivojlanayotgani, ular sotuv va reklama bo‘yicha qanday usullardan foydalanayotgani haqida gapiriladi.

Bexruz Komilov

95-98

2025-12-15

SIGNAL VA TASVIRLARNI SHOVQINDAN TOZALASHDA MASHINAVIY O‘RGANISH USULLARI

Ushbu maqolada signal va tasvirlarni shovqindan tozalashga qaratilgan mashinaviy o‘rganish usullari o‘rganildi. Konvolyutsion neyron tarmoqlar (CNN), avtrokodlovchi (Autoencoder), rekurrent neyron tarmoqlar (RNN, LSTM) va transformer arxitekturasi asosida qurilgan modellar tahlil qilindi. Har bir yondashuvning afzalliklari, cheklovlari va amaliy qo‘llanish sohalari ko‘rsatildi. Shuningdek, turli modellarning tasvir va audio signalni tozalashdagi samaradorligi bo‘yicha tajriba natijalari taqdim etildi.

Alisher Dexqonov , Nurulloh Aminjonov

99-101

2025-12-15

QORAQALPOQ VA INGLIZ PAREMIYALARIDA YOVVOYI HAYVON ATAMALARINING QO‘LLANILISHI

Ushbu maqolada Qoraqalpoq va ingliz tilidagi paremiyalarda yovvoyi hayvon atamalarining semantik, madaniy va pragmatik funksiyalari chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, ikkala tilda ham yirtqich va o‘tloq hayvonlar inson xarakteri, ijtimoiy axloq, shuningdek, ekologik muhit bilan bog‘liq qadriyatlarni aks ettiradi. Shu bilan birga, tahlil Qoraqalpoq paremiologiyasida jamoaviy hushyorlik va ekologik ong, ingliz tilida esa shaxsiy fazilat va xulq-atvorni ta’kidlaydigan o‘ziga xos farqlarni ochib beradi. Maqola, shuningdek, tarjima va madaniy kontekstni tushunishda maqollardagi hayvon metaforalarining ahamiyatini ko‘rsatadi.

Nargiza Mnajatdinova

102-103

2025-12-15

ИССЛЕДОВАНИЕ МЕТОДОВ АУТЕНТИФИКАЦИИ ДЛЯ ЗАЩИТЫ ДАННЫХ В СЕТЯХ IoT

В тезисе рассматриваются методы аутентификации, применяемые для защиты данных в сетях Интернета вещей (IoT). Актуальность исследования обусловлена быстрым ростом числа IoT-устройств и повышением требований к обеспечению информационной безопасности в телекоммуникационных системах. Целью работы является анализ существующих методов аутентификации и оценка их эффективности с учётом ограниченных вычислительных и энергетических ресурсов IoT-устройств. В ходе исследования рассмотрены традиционные и современные подходы к аутентификации, включая криптографические и многофакторные методы. Проведён сравнительный анализ методов по критериям безопасности, надёжности и ресурсной эффективности. Полученные результаты позволяют определить наиболее перспективные методы аутентификации для применения в IoT-сетях и могут быть использованы при проектировании защищённых телекоммуникационных систем.

Муборак Абдужаппарова, Абдуфаттох Абдуллаев

104-106

2025-12-15

ARXEOBOTANIKA VA IZOTOPIK TAHLILLAR YORDAMIDA MARKAZIY OSIYO QADIMGI CHORVACHILIK VA QISHLOQ XO‘JALIGI TIZIMLARINI O‘RGANISH

Ushbu tadqiqot Markaziy Osiyo oazislaridagi qadimgi jamiyatlarning qishloq xo‘jaligi va chorvachilik tizimlarini ekologik va ijtimoiy kontekstda o‘rganishga qaratilgan. Arxeobotanika va izotopik tahlillar yordamida, shuningdek qo‘shma xalqaro va mahalliy ekspeditsiyalarning qazishma natijalari orqali, jamiyatlarning resurslardan samarali foydalanish, suv boshqaruvi, ekin va chorvachilik uyg‘unligi, ijtimoiy integratsiya hamda ekologik barqarorlik mexanizmlari aniqlanadi. Tadqiqot natijalari qadimgi oazis jamiyatlarining murakkab iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy tizimlarini tushunishga yordam beradi va Markaziy Osiyo arxeologiyasining tarixshunoslik yondashuvini rivojlantiradi.

Ravshanbek Tojiboyev

107-111

2025-12-15

FIZIKA FANINI O‘QITISHDA ILG‘OR PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASH

Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim jarayonining innovatsion bosqichida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etishning nazariy asoslari va amaliy ahamiyati fizika fanini o‘qitish misolida chuqur yoritiladi. Pedagogik texnologiyalarni rivojlantirishga oid ilmiy qarashlar, ular shakllangan tarixiy bosqichlar hamda texnologik yondashuvning hozirgi davrdagi dolzarbligi o‘rganiladi. Maqola asosida taqdim etilgan faildagi ilmiy-nazariy mulohazalar keng tahlil qilinib, ularning fizika ta’limi kontekstida qo‘llanish imkoniyatlari aniqlashtiriladi.

G‘.A. Ibodullayev, Z.M Mansurova, O.I. O‘razboyeva

112-117

2025-12-15

ZAMONAVIY PEDAGOGIKADA SHAXSGA YO‘NALTIRILGAN YONDASHUV: USTUNLIKLAR VA QIYINCHILIKLAR

Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalarida ingliz tilini o‘qitish jarayonida shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvni qo‘llashning nazariy-metodologik asoslari, amaliy afzalliklari hamda u bilan bog‘liq qiyinchiliklar tahlil etiladi. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim konsepsiyasi zamonaviy pedagogikaning markaziy tamoyillaridan biri sifatida o‘quvchilarning individualligi, tilga bo‘lgan ehtiyojlari va o‘rganish uslublarini inobatga olishga asoslanadi.

Nigoraxon Mirzoyokubova

118-120

2025-12-15

VICTORIAN AGE

The Victorian Age (1837–1901) represents one of the most transformative periods in British history, marked by industrial expansion, scientific progress, and major social reforms. This paper examines the main cultural, social, and literary developments of the era while highlighting the central themes, ideological shifts, and literary innovations that defined Victorian society. Through analysis of historical sources, literary works, and scholarly interpretations, the research discusses how industrialization, moral complexity, and evolving societal norms shaped Victorian literature. The study concludes that the Victorian Age laid the foundation for modern English culture and continues to hold significant influence in contemporary literary studies.

Xasanboyeva Umidaxon Otabek qizi , Ruzmetova Diana Kamilovna

121-122

2025-12-15

ENVIRONMENTAL ASPECTS OF BIOHYDROMETALLURGY

The article examines the environmental aspects of biohydrometallurgy as a modern and promising approach to mineral raw material processing. The main advantages of biotechnological methods compared to traditional metallurgical processes are analyzed, including reduced energy consumption and lower environmental impact. Special attention is given to potential environmental risks and measures to ensure environmental safety. The role of biohydrometallurgy in the development of environmentally sustainable industrial technologies is highlighted.

Sherbayeva Ayzada

123-130

2025-12-15

THE ROLE OF MARKETING IN LOGISTICS: AN EDUCATIONAL PERSPECTIVE

The article analyzes the role and importance of marketing in modern logistics systems within an educational context. The theoretical foundations of logistics and marketing integration, their significance in developing students’ professional competencies, and practical application issues are examined. The study substantiates the necessity of implementing marketing principles in logistics education. The article demonstrates the effectiveness of a logistics-marketing approach in training specialists who meet modern market demands. Special attention is given to enriching students’ theoretical knowledge with practical skills, understanding logistics services marketing, and forming a customer-oriented approach. The research emphasizes the integration of marketing concepts into logistics curricula to enhance graduates’ competitiveness in the labor market.

Nusuraliyev Kamoliddin Zaxid o’g’li, Gulsara Aymuratovna Jubanova

131-134

2025-12-15

YER KUZATUVİ VA ATROF-MUHİT TAHLİLİDA SUN’İY İNTELLEKT İNTEGRATSİYASİ

Sun’iy intellekt integratsiyasi geofazoviy ma’lumotlarni zamonaviy texnologiyalar bilan birlashtirish orqali atrof-muhit monitoringi, bashorat va qarorlar qabul qilishda yangi imkoniyatlar yaratadi. AGU 2024 dagi Greg Leptouxning ma’ruzasiga asoslangan ushbu sharh Arktikadagi atrof-muhit o‘zgarishidan tropik mintaqalardagi ofatlarga javob berishgacha bo‘lgan muammolarni hal qilishda sun’iy intellekt rolini o‘rganadi. Masofaviy zondlash tasvirlaridan yarim tizimli ma’lumotlar va tabiiy til matnlarigacha bo‘lgan multimodal ma’lumotlarni tahlil qilishdagi yutuqlar ko‘rsatiladi. Bilim grafiklari va generativ sun’iy intellekt domenlararo ma’lumotlarni uzluksiz birlashtirishga imkon beradi. Natijada, sun’iy intellekt Yer kuzatuvi va atrof-muhit tahlili uchun aqlli raqamli kelajakni shakllantiradi.

Mohlaroyim Erkinova , Abdurashid Xolmatov

135-141

2025-12-15

SUN'IY INTELLEKT YORDAMIDA OPERATSION TIZIM JARAYONLARINI BOSHQARISH MODELLARINI ISHLAB CHIQISH

Ushbu maqolada sun'iy intellekt texnologiyalari operatsion tizimlarning jarayonlarini boshqarish sohasiga joriy etish imkoniyatlari nazariy va amaliy jihatdan yoritiladi. Zamonaviy operatsion tizimlar ko'p sonli jarayonlar, resurslar va foydalanuvchi talablarini dinamik muvofiqlashtirishda murakkab boshqaruv mexanizmlarini talab qiladi. Mashinaviy o'qitish, mustahkamlovchi o'qitish va prediktiv tahlil algoritmlari yordamida jarayonlarni avtomatlashtirish, resurslarni optimallashtirish va tizim samaradorligini oshirish mumkin. Tadqiqotda intellektual modellar, real vaqtli monitoring, moslashuvchan rejalashtirish usullari va simulyatsiya natijalari ko'rib chiqiladi. Linux tizimida o'tkazilgan tajriba natijalari kutish vaqtini 40% ga kamaytirish, CPU foydalanishini 91% gacha oshirish va energiya sarfini 22% tejashni ko'rsatdi.

I.F. Eshboyev

142-146

2025-12-15

ISSIQLIK O‘TKAZUVCHANLIK TENGLAMALARI UCHUN AYIRMALI SXEMALAR

Ushbu ilmiy maqolada bir o‘lchovli issiqlik o‘tkazuvchanlik tenglamasini yechish uchun eng keng qo‘llaniladigan ayirmali sxemalar: aniq (Eylerning aniq sxemasi), qorong‘u (Eylerning qorong‘u sxemasi) va Kreyn-Nikolson sxemalari qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi ushbu sxemalarning barqarorligi, aniqlik darajasi va hisoblash samaradorligini aniq analitik yechimga ega bo‘lgan standart masala yordamida solishtirishdan iborat. Furye usuli yordamida sxemalarning barqarorlik shartlari aniqlangan, Teylor qatoriga yoyish orqali esa ularning yaqinlashuvchanligi baholangan. Raqamli eksperimentlar natijasida aniq sxemaning qattiq barqarorlik chegarasiga ega ekanligi , qorong‘u sxemaning shartsiz barqaror, lekin birinchi tartibli aniqligi tufayli nisbatan katta xatolik berishi, Kreyn-Nikolson sxemasining esa shartsiz barqarorlik va vaqt bo‘yicha ikkinchi tartibli yuqori aniqligi bilan ajralib turishi ko‘rsatildi. Xulosa qilib, har bir amaliy masala uchun optimal sxema tanlashda hisoblash tezligi, aniqlik talabi va barqarorlik cheklovlarini kompleks hisobga olish zarurligi ta’kidlanadi.

Moxlaroyim Sobirjonova

147-150

2025-12-15

XATOLARNI TESKARI TARQATISH USULI (BACK PROPAGATION)

Ushbu tezisda sun’iy neyron tarmoqlarni o‘qitishning eng muhim usullaridan biri bo‘lgan xatolarni teskari tarqalish (backpropagation) algoritmi batafsil tahlil qilinadi. Algoritmning tarixiy rivojlanishi, matematik asoslari, ishlash printsipi va zamonaviy qo‘llanilishi yoritilgan. Shuningdek, Bartsev va Oxonin tomonidan ishlab chiqilgan umumlashtirilgan “ikkilik printsipi” ham ko‘rib chiqiladi. Maqolada backpropagationning afzalliklari va cheklovlari, shuningdek, zamonaviy optimizatsiya metodlari haqida ham so‘z boradi. Ushbu ish sun’iy intellekt va chuqur o‘rganish sohasida neyron tarmoqlarni samarali o‘qitish uchun muhim nazariy va amaliy ma’lumotlar to‘plamidir.

Israil Tojimamatov , Ruxshona Alijonova

151-154

2025-12-15

JAMIYATDAGI KASBLARNI RAQAMLASHTIRISH YO‘LLARI VA IJTIMOIY TARMOQLARNING INSON ONGGIGA TA’SIRI

Ushbu maqola jamiyatdagi kasblarni raqamlashtirishning zamonaviy yo‘llari va ijtimoiy tarmoqlarning inson onggiga ko‘rsatadigan ta’sirini chuqur tahlil qiladi. Raqamlashtirish jarayoni kasblarning samaradorligini oshirish, yangi imkoniyatlar yaratish va iqtisodiy o‘sishga hissa qo‘shish kabi ijobiy tomonlari bilan birga, ish o‘rinlarining qisqarishi va malaka talablarining o‘zgarishi kabi muammolarni ham keltirib chiqaradi. Ijtimoiy tarmoqlar esa inson onggini shakllantirishda muhim ro‘l o‘ynaydi: ular axborot tarqatish, ijtimoiy aloqalarni mustahkamlashda foydali bo‘lsa-da, depressiya, qaramlik va haqiqatni buzilishi kabi salbiy ta’sirlarga olib keladi. Maqola amaliy misollar, tahliliy yondashuvlar va qiyosiy tahlillar asosida mavzuni yoritadi, zamonaviy davr xususiyatlarini hisobga olgan holda.

Ifoda Yusupbekova , Muhammadali Mamatqodirov

155-159

2025-12-15

SUVNI TOZALASH USULLARI. SOG`LOM HAYOT SARI QADAM

Suv, hayot manbai sifatida, insoniyat uchun eng muhim resurslardan biridir. Suvning tozaligi va sifatli bo‘lishi, nafaqat inson salomatligi, balki ekologik muvozanat uchun ham zarurdir. Hozirgi kunda, global miqyosda suv resurslarining ifloslanishi va kamayishi muammosi dolzarb ahamiyatga ega. Suvni tozalash usullari, bu muammoni hal etishda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu mustaqil ishda, suvni tozalash usullari va ularning sog‘lom hayotga ta’siri o‘rganiladi. Maqsadimiz, suvni tozalash usullarini tahlil qilish va ularning inson salomatligi va ekologik barqarorlikka bo‘lgan ta'sirini aniqlashdir.

Nargiza Adizova, Jahongir Ko`chimov

160-165

2025-12-15

RADAR SIGNALLARINI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYALARI

Radar signallarini qayta ishlash texnologiyalari zamonaviy axborot tizimlari, harbiy mudofaa, aviatsiya, meteorologiya va transport xavfsizligining ajralmas qismi hisoblanadi. Raqamli signalni qayta ishlash algoritmlarining takomillashishi radar tizimlarining aniq ishlashi, shovqinga chidamliligi va ob’ektlarni identifikatsiya qilish imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirmoqda. Ushbu maqolada radar signallarini qayta ishlashning nazariy asoslari, amaliy yondashuvlari, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari yoritib beriladi. Jumladan, zamonaviy radar tizimlarida qo‘llanilayotgan filtrlash algoritmlari, Doppler effektiga asoslangan ma’lumotlarni tahlil qilish usullari, mashinaviy o‘rganish orqali maqsadlarni aniqlash va tasniflash yondashuvlari ko‘rib chiqiladi. Signalning past sifatda qabul qilinishi, atmosfera sharoitlari, multipath effekti, hamda kuchli shovqinlar sabab aniqlikning pasayishi kabi muammolar ilmiy adabiyotlar asosida tahlil qilinadi. Shuningdek, radar tizimlarida konvolyutsion neyron tarmoqlar, adaptiv filtrlash, Kalman filtrlari, spektral tahlilning qo‘llanishi va ularga asoslangan takomillashtirish takliflari beriladi. Ushbu maqolada taqdim etilgan ilmiy taklif va tavsiyalar radar tizimlarining ishonchliligi, aniqligi va samaradorligini oshirishga qaratilgan bo‘lib, kelgusida iqtisodiy samaradorlik va xavfsizlik darajasining oshishiga xizmat qiladi. Jumladan, avtomatlashtirilgan monitoring tizimlarining rivojlanishi, transport boshqaruvida avariyaviy holatlarning kamayishi, harbiy kuzatuv tizimlarining optimallashtirilishi kabi ijtimoiy va iqtisodiy afzalliklar yoritiladi. Maqola oxirida istiqbolli tadqiqot yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar ham keltirilgan.

Muxsinjon Yusufjonov, Asrorbek Ubaydullayev

166-169

2025-12-15

MURAKKAB ATAMALARNI O‘ZLASHTIRISH ORQALI NUTQ MADANIYATINI OSHIRISH YO‘LLARI

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutq madaniyatini rivojlantirishda murakkab atamalarni o‘zlashtirish jarayoni tahlil qilingan. Tadqiqot davomida o‘quvchilarning murakkab so‘zlarni yodlab olish bilan cheklanib qolayotganligi, ammo ularni og‘zaki nutqda faol qo‘llashda qiynalayotgani aniqlangan. Shu bois maqolada “Do‘stingni top” va “So‘z piramidasi” metodlari asosida ishlab chiqilgan innovatsion yondashuvlar taklif etiladi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, bu metodlar o‘quvchilarda so‘z boyligini kengaytirish, so‘zning ma’nosini anglash, uni tahlil qilish va nutqda mustaqil qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Ayniqsa, “andiz” so‘zi misolida o‘tkazilgan mashg‘ulotlar o‘quvchilarning tafakkurini, mantiqiy fikrlashini va til bilan ishlash madaniyatini kuchaytirgan. Maqola natijalariga ko‘ra, murakkab atamalarni o‘zlashtirish jarayonini interfaol metodlar asosida tashkil etish o‘quvchilarning nutq madaniyatini oshirishda samarali yo‘l hisoblanadi.

Irodaxon Xoldarova, Mubinaxon Shokirova

170-175

2025-12-15